Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти
Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi
Download 0.56 Mb.
|
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish
Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi. Sog`lom avlodni tarbiyalashdagi asosiy maqsad va vazifalari haqida gapirar ekanmiz, xalqimiz o`rtasida keng tarqalgan "Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur, qudratli elning farzandlari sog`lom bo`lur" degan hikmatli iborani yana bir bor esga olishimiz o`rinli bo`ladi. Bizning mana shu qisqa-yigirma ikki yillik yangi tariximizda mustaqillikka erishish, milliy davlatchiligimiz, ertangi kunimizni qurishda, yurtimizni turli balo-qazolardan asrashda, O`zbekistonimizning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi, jahon maydonida munosib obro` topishida eng asosiy omillar: bu ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan sog`lom, hech kimdan kam bo`lmasdan, boshini baland ko`tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir bo`lgan barkamol avlodimizdir.
"Sog`lom avlodni tarbiyalash-buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir". Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqilligimizning ilk yillarida aytilgan bu so`zlar mamlakatimizning istiqboldagi bosh maqsadini, davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishini belgilab bergan. O`zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan uzoqistiqbolni ko`zlab, farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart, degan ezgu niyatni o`z oldiga asosiy maqsadqilibqo`ygan. Istiqlol yillarida bu olijanob maqsad yo`lida miqyosi vaahamiyati jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda bolalarning sog`lomtug`ilishi va sog`lomulg`ayishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilib, bolalar va o`smirlar o`rtasida sportni ommalashtirish, sog`lomhayot tarzini keng qaror toptirish, barkamol avlodni shakllantirishning noyob tizimi yo`lga qo`yildi. Bolalar sporti ta`lim-tarbiya sohasining uzviy qismiga aylandi. 2013 yilda bolalar sporti obyektlari, musiqa va san`at maktablari barpo etish, rekonstruksiya qilishva kapital ta`mirlash ishlari izchil davom ettirildi. 113 sport inshooti va suzish havzasi, 55 bolalar musiqa va san`at maktablari qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu obyektlarning 132 tasi qishloq joylarda ishga tushirildi. Bu maqsadlar uchun 210 milliard 400 million so`m mablag` yo`naltirildi. Prezidentimiz sport majmualari, musiqava san`at maktablarini har tomonlama sifatli qurish, buning uchun ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini ko`paytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligini ta`kidladi. Bolalar sporti obyektlarini qurishhech qachon to`xtamaydi.Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi. Aziz bolalarimiz kamol topadigan bu majmualarni shunday chiroyli vamustahkam etib quraylikki, bu bizdan o`ziga xos bir esdalik, ularga mehrimizning ifodasi bo`lsin, dedi davlatimiz rahbari. Barcha sport majmualari zamonaviy sport inventarlari va malakali murabbiylar bilan ta`minlanayotgani tufayli ularning qamrovi tobora kengayib bormoqda. Bugun mamlakatimizda 2 millionga yaqin bola sportning 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug`ullanmoqda. Bitta sport inshootidan o`rtacha kunlik foydalanish vaqti 9,5 soatni tashkil etmoqda. -Bolalar uchun barpo etiladigan har bir inshootni qalb qo`rimizni bag`ishlab qurishimiz kerak. U yerda shug`ullangan bolalar shunday imkoniyatlardan mamnun bo`lib, ezgu maqsad va intilishlar bilan yashasin. Zero, farzandlarimizni xursand qilish, ularning har tomonlama barkamol bo`lib voyaga yetishi uchun sharoit yaratish bizning burchimiz, - dedi Prezidentimiz. Bolalar sporti obyektlari asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bugungi kunda 120 turdagi sport inventarlari va uskunalarining 116 tasi mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga ommaviy sportning inson va oiladagi rolini, uning jismoniy va ma`naviy sog`lomlik asosi ekanini targ`ib-tashviqqilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o`z qobiliyat va iste`dodini ro`yobga chiqarishda sportning ahamiyatini ochib berish, dunyoda O`zbekistonning obro`-e`tiborini yanada oshirish borasida jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxasis-murabbiylarning mas`uliyatli ekanligi hammamizga ma`lumdir, ayniqsa futbol bo`yicha, chunki futbol millionlab kishilar sevib o`ynaydigan sportning bir turidir. Futbol-bolalar va o`smirlar uchun hamisha jozibador, maroqli, zavqli bo`lib, ularning eng yaxshi fazilatlarini namoyon qilishga imkon beradi. Futbol-yakkama-yakka olishuvga keng imkoniyatlar ochib berishi bilan ayniqsa yoshlar orasida ommalashib ketgan.Bolalar kuchlilikni sinashda, abjirlikda, chidamlilikda, ziyraklikda shu o`yin orqali bellashishlari mumkin, chunki futbolchilarning aksariyati faqat futbol maydonlarida emas, balki kundalik hayotda ham qiyinchiliklarni yengishdagi matonatlari shijoatlari bilan ajralib turadilar. Ilmiy, ilmiy-uslubiy manbalarni tahlilqildik, ko`pgina ilmiy anjumanlar materialarini o`rganib chiqdik. Ilmiy amaliy anjumanlar materiallaridan mavzuga oid quyidagi: "Teoretiko-metodologicheskie osnovi provedeniya pedagogicheskix issledovaniy v sportivnix igrax" Ayrapetyants L, Seytxalilov (2010y), "Proektirovanie sportivnogo mikrosikla v igrovix vidax sporta" Akramov J, Yuldashev S (2010y), "Otsenka urovnya fizicheskogo razvitiya yunix futbolistov razlichnix igrovix amplua na osnove antropometricheskix metodov issledovaniya" Gulyamov N, Sagatov D, (2013y), "Futbolchilar o`yin uslubining rivojlanishi" Ibragimov M, ergasheva G (2013y), "Buxoro futbolining rivojlanishida 3son IBO`OZM futbol maktabining o`rni va ahamiyati" Ibragimov M, Botirov J (2013y), "O`zbek xotin-qizlari futbolini rivojlantirishning dolzarb muammolari" Najmiddinova G, Ibragimov M (2008y), "Bolalar sportida mashg`ulotga o`rgatishning dastlabki bosqich va uslublari" Raxmatov O (2014y), "Vzaimosvyaz fizicheskogo razvitiya, sostava tela i fizicheskoy podgotovlennosti futbolistov" Safarova D, Abdullaev A (2005y), "Sport o`yinlari futboldan pedagogik texnologiya nazariyasining umumiy asoslari" Soatov Sh, Sultonov B (2008y), "Futbol mashg`ulotlarini tashkil qilishda murabbiylar ish faoliyatini taokmillashtirish" Salimov G`, Xakimov X (2013y.) "Bolalar va o`smirlar sport maktabida futbolchilarni tayyorlash xususiyatlari" Farmonov N.(2014y) va boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling