Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Malakaviy ishning vazifalari va tadqiqot uslubiyati


Download 0.56 Mb.
bet11/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

2.2. Malakaviy ishning vazifalari va tadqiqot uslubiyati
Futbol bo`yicha BO`SM larda o`quv-trenirovka jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish, iste’dodli yosh sportchilarni tanlash va tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi. Ko`p yillik statistik ma’lumotlarga qaraganda Respublikamizning aksariyat BO`SMlarida yuqori malakali, raqobatbardosh sport zahiralarini tarbiyalash va O`zbekiston yoshlar terma jamoalariga munosib sportchilarni etishtirib berish juda sust amalga oshiriladi. Hatto Buxoro shahrida ham faoliyat ko`rsatayotgan BO`SMlarda o`quv-trenirovka jarayonini tashkil qilish va rasmiy musobaqalarni o`tkazib turish talab darajasiga munosib deb bo`lmaydi. Mashg’ulotlar ilmiy asoslangan rejalashtiruv xujjatlari asosida o`tkazilmaydi, ularga uslubiy jixatdan ko`r-ko`rona yondoshiladi. Yosh futbolchilar guruhlarida (10-12, 13-14 va 15-16 yosh) shug’ullanayotgan bolalar tarkibi o`xtin-o`xtin o`zgarib turadi.
Pedagogik tadqiqotning priovard maqsadi shug’ullanishni endi boshlagan 13-14 yoshli futbolchi bolalarda sakrovchanlik sifatlarini nostandart o`yinsimon mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini o`rganishdan iborat.
Tadqiqotning ob’ekti nazorat va tajriba guruhlarida shug’ullanuvchi 13-14 yoshli futbolchi bolalar va ularda sakrovchanlik sifatlarini nostandart o`yinsimon mashqlar ta’sirida rivojlanish dinamikasi.
Pedagogik tadqiqotning asosiy vazifalari:
1. Sakrovchanlikni rivojlantirishga mo`ljallangan harakatli o`yinlarni tanlash va ularni futbol xususiyatiga moslab qayta ishlab chiqish.
2. Yosh futbolchilar mashg’ulotlarida sakrovchanlik sifatini harakatli o`yinlar yordamida rivojlantirish tajribasini o`rganish.
3. 13-14 yoshli futbolchilarda sakrovchanlik sifatlarini nostandart o`yinsimon mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini aniqlash.
Tadqiqot uslublari:
1. Adabiyotlar tahlili.
2. Joydan turib vertikal sakrash.
3. Chopib kelib vertikal sakrash.
4. Joydan turib uzunlikka sakrash.
5. Joydan turib 30 sm balandlikka osilgan to`pga bosh bilan tegib maksimal marta sakrash.
Mavzu bo`yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlavr qiyosiy tarzda taxlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan, dastlabki o`rgatish bosqichida sport malakalariga o`rgatish samaradorligi jismoniy sifatlarga bog’liq ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, stereotip mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondoshuv har doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg’u berildi. Aynan adabiyotlarni taxlil qilish bobida jismoniy sifatlar futbol musobaqalarida qanday ahamiyatga ega ekanligi, ayniqsa sakrovchanlik va sarkash chidamkorligi muvofiq o`yin malakalarini samarali ijro etishda muhim manbaa ekanligi ochib berildi.
2. Joydan turib vertikal sakrash testi quyidagi tartibda amalga oshirildi: tekshiriluvchi Abalakov usuli yordamida joydan ikki oyoq bilan debsinib, qo`llarni yoysimon harakati bilan maksimal balandga sakraydi.
3. Chopib kelib vertikal sakrash testida tekshiriluvchi maksimal sakrab, devorga bo`r bilan belgi qo`yadi. So`ng tekshiriluvchi joydan turib o`ng qo`li yozilgan xolatda bo`r bilan belgi qo`yadi. Joydan turib bo`r bilan belgi qo`yilgan nuqta va sakrab qo`yilgan belgi o`rtasidagi oraliq o`lchanadi.
4. Uzulikka joydan turib sakrash an’anaviy ravishda o`tkazildi.
5. Joydan turib 30 sm balandda osilgan to`pga bosh bilan tegib maksimal marta sakrash quyidagi tartibda o`tkazildi: 30 sm balandda osilgan to`p tekshiriluvchini boshidan qayd etilgan balandlikka ip bilan tortib o`lchanadi. So`ng signal bilan mashq boshlanadi. To`pga bosh tegmay qolganda, test to`xtatiladi.
Pedagogik tajriba nazorat va tajriba guruhlarida shug’ullanayotgan 13-14 yoshli bolalarda o`tkazildi (12 tadan).
Nazorat guruhidagi bolalar an’anaviy dastur asosidagi mashg’ulotlarda ishtirok etdi.
Tajriba guruhlaridagi bolalar mashg’ulotlarida esa an’anaviy mashqlardan tashqari sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi mashqlar qo`llaniladi.
Bu mashqlar quyidagilardan iborat edi:
1. Guruh 6 tadan ikkin jamoaga bo`linib, start chizig’i kolonna bo`lib joylashadi. Rahbarni signali bilan birinchi turgan bolalar oyoqlariga qop kiyib 18 m li oraliqqa va orqaga qarab chopishadi. So`ng chopib kelib, qopni o`z sheriklariga beradi. Sheriklari mashqni davom ettirishadi. Birinchi bo`lib estafetani tugatgan jamoa g’olib deb topiladi (o`yin 3 marta qaytariladi).
2. “Oqsoq qarg’alar jangi”. Guruh ikki jamoaga bo`linadi va bir-biriga qarab 1 metr oraliqda joylashadi. Interval 3 metr. O`rtada diametri 2 m li aylana chiziq ichiga juftliklar joylashib, avval o`ng oyoqda sakrab elka bilan raqibini aylanadan chiqarishga intiladi, so`ng shu o`yin chap oyoq bilan bajariladi. O`yin o`ng va chap oyoqlarda 3 martadan bajariladi. Eng ko`p marta o`z raqiblarini aylanadan chiqargan jamoa g’olib deb topiladi.
3. Guruh ikki jamoaga bo`linadi va start chizig’ida kolonna bo`lib saflanadi. Rahbarni signali bilan birinchi turgan bolalar ikki oyoq bilan debsinib arg’amchi (skakalka)ni aylantirib sakrab 9 m li masofaga yugurishadi va orqaga qaytib, o`z sheriklariga arg’amchini beradi. Sheriklar mashqni davom ettirishadi. Estafetani birinchi bo`lib tugagan jamoa g’olib deb topiladi.
Mashq 3 marta qaytariladi.
4. Guruh ikki jamoaga bo`linadi va devorga yuzma-yuz sherenga bo`lib joylashadi. Ishtirokchilar o`ng qo`liga bo`r olib, shu qo`lini cho`zib devorga nuqta-belgi chizadi. Shu belgidan 30 sm balandda 10 sm li aylana chizadi. Rahbarning signali bilan ishtirokchilar sakrab shu aylanga nuqtalar quyadi. Bir necha sakrashdan so`ng nuqta aylanadan pastga tushib ketsa, mashq to`xtatiladi. Har bir o`yinchi o`z nuqtalarini sanaydi. Eng ko`p nuqta to`plagan jamoa g’olib deb topiladi. Mashq 3 marta bajariladi.
5. 2.30 m balandlikda gimnastik xalqasi maxsus moslama yordamida o`rnatiladi. Har biri 6 tadan bo`lingan ikki jamoa a’zolari navbatma-navbat yugurib kelib sakrab trener tomonidan 3 m oraliqda har bir ishtirokchini boshidan 30 sm balandlikda dastaga omonat osilgan to`pni nishonga (gimnastik xalqa) yo`llaydi. Qaysi jamoa a’zolari nishonga ko`proq to`p yo`naltirsa, shu jamoa g’olib deb topiladi (1 rasm). O`yin 3 marta qaytariladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling