Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


-rasm. Yugurib kelib sakrab bosh bilan to`pni nishonga yo`llash


Download 0.56 Mb.
bet12/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

1-rasm. Yugurib kelib sakrab bosh bilan to`pni nishonga yo`llash
6. Maxsus moslamaga ikki to`p boshdan 30 sm balandlikda va 1 m oraliqda osiladi.
Ikki jamoa ishtirokchilari navbatma-navbat ikkita osilgan to`pga ketma-ket sakrab bosh bilan tegishlari lozim. To`pga bosh tegmay qolsa, o`yin to`xtatiladi, bosh tegilgan to`plar soni hisoblanadi. Bosh bilan to`pga tegilgan umumiy to`plar soni qaysi jamoada ko`p bo`lsa, shu jamoa g’olib deb topiladi. O`yin 3 marta qaytariladi (2-rasm).

2-rasm. 1 m oraliqda boshdan 30 sm balandlikda osilgan to`pga siljib sakrab maksimal marta bosh bilan tegish.
7. Trener 3 m oraliqdan 2-3 m balandlikka to`p tashlab turadi. Ikki jamoa a’zolari navbatma-navbat yugurib kelib, tashlangan to`pni sakrab trenerga aniq qaytaradi. O`yin uch marta qaytariladi. Sakrab aniq yo`llagan to`plarning umumiy soni aniqlanadi. To`pni sakrab eng ko`p aniq yo`llagan jamoa g’olib deb topiladi (3 rasm).

3 rasm. Trener tashlab berayotgan to`pni navbatma-navbat yugurib kelib sakrab bosh bilan aniq qaytarish.
8. Darbozadan 3 m oraliqda baland tashlab berilgan to`pni yugurib kelib sakrab bosh bilan darboza ostiga osilgan nishon (xalqa)ga kiritish. Ikki jamoa a’zolari navbatma-navbat bajarishadi. Aniq kiritilgan to`plarning umumiy soni aniqlanadi. Eng ko`p aniq kiritgan jamoa g’olib deb topiladi (4 rasm).

4 rasm. Darbozadan 3 m oraliqda tashlab berilgan to`pni yugurib kelib sakrab bosh bilan darboza ositiga o`rnatilgan nishonga aniq kiritish
Pedagogik tajriba dasturida mashg’ulotlarda sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishga oid nostandart mashqlarni qo`llash tajribasi trenerlarga havola etiladigan so`rovnoma ham kiritilgan.
So`rovnomaga qo`yidagi savollar kiritildi:
1. Sakrovchanlik sifatini baholovchi testlarni bilasizmi?
2. Futbol tugaragiga tanlov o`tkazilayotganda sakrovchanlikni baholovchi testlardan foydalanasizmi?
3. Dastlabki o`rgatish bosqichida sakrovchanlikni yoki sakrash chidamkorligini og’irliklar bilan rivojlantirish tavsiya etiladimi?
4. Sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi mashqlarni mashg’ulotlarning tayyorgarlik qismida qo`llash mumkinmi?
5. Shug’ullanishni endi boshlagan bolalarda sakrovchanlikni og’irliklar bilan moslashtirib-turish mashqlari yordamida rivojlantirish foydalimi?
6. Sakrovchanlikni rivojlantirishda sakrashga oid nostandart o`yinsimon mashqlarni qo`llaysizmi?
7. Yosh futbolchilarni tayyorlash jarayonida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini testlar yordamida nazorat qilib turasizmi?
Ushbu savollarga uch xil variantli javoblar berilgan: “Ha”, “Yo`q”, “Aniq aytolmayman”.
Savolnomada 18 ta trener-o`qituvchi ishtirok etgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling