Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти
Download 0.56 Mb.
|
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish
Izoh: Suratda N-nazorat guruhi Maxraj T- tajriba guruhi Olingan natijalar shuni ko`rsatadiki, pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval ikki guruhdagi yosh futbolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi deyarli bir-biridan farqlanmagan. Ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasi shu yoshdagi bolalar uchun ancha kam miqdorni tashkil etadi. Jumladan, tadqiqotdan oldin olingan natijalar joydan turib vertikal sakrash bo`yicha nazorat guruhida 38,4 sm, tajriba guruhida 38, sm ni tashkil etdi. 30 sm balandda osilgan to`pga maksimal marta sakrab tegish testi bo`yicha nazorat guruhidagi yosh futbolchilarning o`rtacha ko`rsatkichi 6,0 marta, tajriba guruhida bu ko`rsatkich 6,2 martaga teng bo`ldi. Ko`rinib turibdiki, sakrash chidamkorligi ham ikki guruhdagi bolalarda sust rivojlangan va natijalar bir-biridan farq qilmagan. Shu bilan bir qatorda nazorat va tajriba guruhlarida o`tkazilgan turli mazmunli (an’anaviy va nostandart o`yin mashqlari kiritilgan mashg’ulotlar) 6 oylik mashg’ulotlar sakrovchanlik va sakrash chidamkorligiga turlicha ta’sir etkanligi kuzatiladi. Jumladan, agar nazoart guruhida joydan turib vertikal sakrash tadqiqotdan avval 38,4 sm ni tashkil etgan bo`lsa, tadqiqot muddati tugaganidan so`ng bu ko`rsatkich 4,6 sm gacha yaxshilandi xolos. Tajriba guruhida esa bu ko`rsatkichlar 38,0 sm dan 44,8 sm gacha o`sdi. 30 sm balandda osilgan to`pga maksimal marta sakrab bosh bilan tegish testi bo`yicha ko`rsatikchlar nazorat guruhida 6,0 martadan 7,2 martagacha, tajriba guruhida 6,2 martadan 9,6 martagacha ko`tarildi. Demak, ko`rinib turibdiki, nazorat guruhida qo`llanilgan an’anaviy mashg’ulotlar sakrovchanlik va sakrash chidamkorligiga etarli unumli ta’sir etmagan. Tajriba guruhida qo`llanilgan nostandart estafetali o`yinsimon sakrash mashqlari ushbu sifatlarga o`ta samarali ta’sir etganligi kuzatildi. Mazkur guruh mashg’ulotlarida qo`llaniladigan nosatndart estafetada sakrash mashqlari bolalarda nafaqat sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini samarali o`sishiga ta’sir etdi, balki shu bolalarda faollik, mashg’ulotlarga bo`lgan qiziqishini ortirdi. Binobarin, jismoniy sifatlarni maqsadga muvofiq rivojlantirish uchun mashg’ulotlar tarkibiga nostandart estafetali o`yinsimon mashqlarni kiritish yosh futbolchilarni tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling