Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти
-rasm. Nazorat guruhida zarba berish aniqligi va texnikasini pedagogik tajriba davomida o`zgarish ko`rsatgichlari dinamikasi
Download 0.56 Mb.
|
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-rasm. Tajriba guruhida zarba berish aniqligi va texnikasini pedagogik tajriba davomida o`zgarish dinamikasi. Futbolchilarning jismoniy tayorgarligi
6-rasm. Nazorat guruhida zarba berish aniqligi va texnikasini pedagogik tajriba davomida o`zgarish ko`rsatgichlari dinamikasi.
Ko`rinib turibdiki, agar tajribadan avval zarba berish aniqligi haqiqatdan ham umuman namoyish etilmagan bo`lsa, tajriba yakunida ushbu sifat faqat 1.8 martaga usdi xolos. Boshqacha qilib aytganda, zarba berish aniqligi 6 oy davomida deyarli o`smadi desa ham bo`ladi. Chunki, bolalar test mashqlarini bajarish davomida statistik qonuniyatlarga asosan tasodifiy aniqlik ko`rsatilgan bo`lishi mumkin. Zarba berish texnikasi ushbu guruhda yuqorida qayd etilgan dinamik(ya’ni zarba berish aniqligi bo`yicha) ko`rsatgichlarga o`xshash tarzda ifodalandi. Jumladan, tajribadan avval zarba texnikasi 1.4 ballga teng bo`lgan bo`lsa, 6 oy muddatdan so`ng texnik ko`rsatgichni o`sish koeffitsenti 0.8 ni tashkil etdi. Demak ta’kidlash mumkinki, nazorat guruhida qo`llanilib kelingan an’anaviy mazmunli mashg’ulotlar zarba berish texnikasini ham, uni aniqligini ham jadal shakllantirish qudratiga ega emas ekan. Tajriba guruhida olingan ko`rsatgichlar esa, aksincha o`ta ijobiy yo`nalish bilan qayd etildi (7-rasm) Chunonchi, tajribadan avval zarba berish aniqligi bu guruhda ham hech qanday ijobiy natija bilan yakunlanmadi. Lekin, 6 oylik pedagogik tajribadan so`ng aniqlik 4.8 martaga ortdi. Zarba berish texnikasi tajoibadan oldin 1.2 ballni tashkil etgan bo`lsa, tajriba yakunida texnika 4.9 ballgacha yaxshilandi. Binobarin ushbu ko`rsatgichlardan ko`rinib turibdiki, eksperimental mazmunli mashg’ulotlar zarba berish aniqligi va texnikasini samarali shakllantirish kuchiga ega ekan. 7-rasm. Tajriba guruhida zarba berish aniqligi va texnikasini pedagogik tajriba davomida o`zgarish dinamikasi. Futbolchilarning jismoniy tayorgarligi Jismoniy tayyorgarlik-o`quv trenirovka jarayonining muhimbo`limi hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik-organizmning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish, har tomonlama jismoniy rivojlatirish, sog`likni mustahkamlash bilan uzviy bog`liq bo`lgan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash jarayonidir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo`linadi. O`quv-trenirovka ishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari o`zaro uzviy bog`liqdir. Futbolchining umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama tarbiyalash, umumiy ishqobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar vashug`ullanuvchilar organizmiga umumiy ta`sir ko`rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olingan mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo`llaniladi. Bunda mushak-paylarning rivojlanish va mustahkamlanishiga, ichki a'zo va sistemalar funksiyasining takomillashishiga, harakatlarni koordinatsiya qilishni yaxshilash va harakat sifatlari umumiy darajasining oshishiga erishiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo`llaniladigan ko`pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta`sir ko`rsatadi, ayni chog`da ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko`proq rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi. Jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko`proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashqlar chaqqonlikni o`stirishga qaratilgandir. Bu mashqlar mashg`ulotning tarkibiy qismiga ulardan ba`zilari esa ertalabki mashg`ulotga kiritiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi-futbolchi uchungina xos bo`lgan jismoniy sifatlar va funksional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir. Futbolchining faoliyati bajarayotgan harakati intensivligining doimo o`zgarib turishi bilan xarakterlanadi. Mushaklar ishiniig yuksak intensivligi aktivlikning pasayishi va nisbatan tinch holatga o`tish bilan almashib turadi. Jadal yugurish, ilgari tashlanish, sakrashlar, yengil yugurish, yurish to`xtash bilan almashinadi, harakat yo`nalishi, maromi va sur`ati o`zgarib turadi. Bunday faoliyat muayyan jismoniy nagruzkani amalga oshirish bilan bog`liqbo`lib, u vegegativ jarayonlar birinchi navbatda modda almashinuv, nafas olish va qon aylanishdagi jiddiy funksional o`zgarishlar bilan davom etadi. Biroq, futbolchilarning o`yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligini ham hisobga olish kerak. Futbolchilar harakati anchagina murakkab. Yakkama-yakka qattiq kurash sharoitida, eng katta tezlikda vauzoqvaqt davomida g`ayri-tabiiy holatlarda (sirpanish, sakrash, bir oyoqqa tayangan holda) bo`lish futbolchiga ayni paytda murakkab taktik vazifani hal qilgan holda to`pni samarali egallab turishga monelik qilmasligi kerak. Futbolchilar to`pni qanchalik yaxshi olib yursalar, maydonda qanchalik o`ylab ish tutib harakatqilsalar, futbol tomosha sifatida shuncha qiziqarli bo`ladi. Shuning uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ularning o`yin faoliyati xarakterini hisobga olgan holda shunday tashkil qilinishi kerakki, bu ularga texnik va taktik mahoratini takomillashtirish uchun asos bo`lsin. Ko`proq muayyan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida yo`l-yo`lakay ayrim texnik priyomlar ijrosini takomillashtirish mumkin. Buning uchun odatda, bajarish xarakteri va tuzilishiga ko`ra u yoki bu texnik priyom yoxud uning alohida elementlariga o`xshash bo`lgan maxsus mashqlar qo`llaniladi. Jismoniy tayyorgarlik mashg`ulotlarida ko`proq takroriy oralatib o`tkazish o`zgaruvchan, o`yin va musobaqa metodlari qo`llanib turadi. Yillik trenirovka siklida avval umumiy jismoniy tayyorgarlik, keyin shu asosda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko`rish tavsiya qilinadi. Futbol bilan ko`p yil shug`ullanish mobaynida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik nisbati, shuningdek, ularning konkret mazmuni sport mahoratini o`stirish yuzasidan maxsus tayyorgarlik salmog`i asta-sekin ortib borish tomon o`zgarayotir. Futbolchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik epchillik asosiy o`rin tutadi. Ayni shu jismoniy fazilatlar futbolchining harakat imkoniyatlari darajasini ifodalaydi. Jismoniy fazilatlarni tarbiyalash trenirovka yagona jarayonining bir qismidir.Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasini qarab chiqar ekanmiz, bunga biz avvalo jismoniy fazilatlarni tarbiyalash metodlarini nazarda tutamiz. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling