Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Dastlabki tayyorgarlik guruhlarida futbolga xos sakrash ko`nikmalariga o`rgatish xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet16/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

Dastlabki tayyorgarlik guruhlarida futbolga xos sakrash ko`nikmalariga o`rgatish xususiyatlari.
Spotr nazariyasi va uslubiyati fanida o`rnatilgan pedagogik qonuniyatlarga asosan texnik va taktik malakalarga o`rgatish samaradorligi yoki boshqacha qilib aytganda sport mahoratini o`zlashtirish sur’ati ustivor jihatdan harakat ko`nikmalari (o`tirish, turish, yurish, yugurish, sakrash, hatlash, to`xtash, burilish va h k) va jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamkorlik, egiluvchanlik) ni tanlangan sport turi xususiyatlariga mos yo`nalishda shakllanganlik darajasiga bog’liq deb belgilangan.
Shunday bo`lsada sportchilarni tayyorlash amaliyotida ushbu ko`nikma va sifatlar aksariyat hollarda tanlangan sport turi xususiyatiga moslashtirilmay shakllanitriladi. Kuzatuvlar shu narsa ko`zga tashlanadiki, masalan, sakrash ko`nikmasi, ya’ni sakrovchanlik sifatini shakllantirishda tanlangan sport turida sakrab ijro etiladigan texnik taktik usullar (malakalar) xususiyatiga deyarli moslashtirilmas ekan. Ma’lumki, futboldagi sakrash ko`nikmalari, basketbol, valeybol, gandbol, gimnastika va h k. Sport turlaridagi sakrash ko`nikmalaridan tubdan farq qiladi. Xatto birgina futbolda sakrab bosh bilan darvozadan uzoqroq yoki yaqinroq, perpindikulyar yoki dioganal joylashgan holatlardan to`pni darvozaga yo`llash uchun ijro etiladigan sakrash ko`nikmasi o`ziga xos xususiyatga egadir. Sakrab o`ng va chap tomonlarga, oldinga yoki orqaga to`p uzatishda ham sakrash ko`nikmalari biomexanik jihatdan farqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan nazariy va uslubiy fikr mulohazalardan ko`rinib turibdiki, qanday jismoniy sifat bo`lmasin, avvalom bor ularni erta yoshlikdan, ya’ni dastlabki o`rgatish bosqichidan boshlab tanlangan sport turiga ixtisoslashtira borish asosida shakllantirish shu sport turida ijro etiladigan texnik-taktik usullarni samarali o`zlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ana shu farazni o`rganish maqsadida biz nazorat va tajriba guruhlariga mansub yosh futbolchilarda 30 sm balandlikda osilgan to`pni sakrab bosh bilan 3m oraliqda va 2.5m balandlikda chizilgan diometri 50smli nishonga zarba berish aniqligi va texnikasini o`rgandik. (5-rasm) Sakrab zarba berish uch urinishda ijro etiladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling