Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти
Download 0.56 Mb.
|
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish
XULOSALAR
Sog`lom bola yilining asosiy maqsad va vazifalari haqida gapirar ekanmiz, xalqimiz o`rtasida keng tarqalgan "Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur, qudratli elning farzandlari sog`lom bo`lur" degan hikmatli iborani yana bir bor esga olishimiz o`rinli bo`ladi. Bizning mana shu qisqa -yigirma ikki yillik yangi tariximizda mustaqillikka erishish, milliy davlatchiligimiz, ertangi kunimizni qurishda, yurtimizni turli balo-qazolardan asrashda, O`zbekistonimizning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi, jahon maydonida munosib obro` topishida eng asosiy omillar: bu ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan sog`lom, hech kimdan kam bo`lmasdan, boshini baland ko`tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir bo`lgan barkamol avlodimizdir. "Sog`lom avlodni tarbiyalash-buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir". Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqilligimizning ilk yillarida aytilgan bu so`zlar mamlakatimizning istiqboldagi bosh maqsadini, davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishini belgilab bergan. O`zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan uzoqistiqbolni ko`zlab, farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart, degan ezgu niyatni o`z oldiga asosiy maqsadqilibqo`ygan. Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobiga sport inshootlarini qurishva rekonstruksiyaqilish dasturining amalga oshirilishi tufayli respublikada har yili zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan stadionlar soni ko`paymoqda. Eng qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash va kelgusida ulardan yuqori malakali futbolchilar tarbiyalash imkonini beradigan iqtidorli sportchi yoshlarni qidirib topish va tayyorlash tizimi tobora takomillashtirilmoqda. Bizga ma`lumki ta`lim va trenirovka maxsus tashkil etilgan jarayon sifatida didaktik prinsiplarga, ya`ni ta`lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini aks ettiruvchi prinsiplarga muvofiq tuziladi. Ta`lim va trenirovkaning asosiy prinsiplariga tarbiya beruvchi ta`lim prinsipi, onglilik va aktivlik prinsipi, ko`rsatmalilik prinsipi, sistemalilik prinsipi, tushunarlilik prinsipi, puxtalik prinsipi kiradi. Bu prinsiplarning barchasi uzviy bog`liqdir. Tarbiya beruvchi ta`lim prinsipi yetakchi prinsiphisoblanadi. Trener ta`lim va trenirovka jarayonida futbolchilarni zarur maxsus bilimlardan xabardor qilib, kerakli ko`nikma va malakalarni hosil qiladi. Ta`limning onglilik va aktivlik prinsipi shogirdning ongli, aktiv, ijodiy faoliyati bilan pedagogik rahbarlikning eng qulay munosabatini bildiradi. Mashg`ulotlarga ongli munosabatda bo`lmay turib yuqori sport natijalariga erishib bo`lmaydi. Shug`ullanuvchilar bajarayotgan mashqlaridan maqsadva vazifa nima ekanligini tushunishlari zarur. Harakat malakalarini to`g`ri shakllantirishda, ularni puxtalashda, mashg`ulotlarga qiziqishni oshirishda ko`rsatmalilik prinsipining ahamiyati katta. To`g`ri tanlab olingan ko`rsatma vositasigina trener e`tiborni alohida jalb etmoqchi bo`lgan momentlarni ravshanroq aks ettirishi mumkin. Sistemalilik prinsipi mashg`ulotlarning o`zida materiallar va muayyan sistemani o`rganishda, qat`iy izchillik bo`lishini ko`zda tutadi. Tushunarlilik prinsipi ta`lim va trenirovka jarayonini shug`ullanuvchilarning xususiyatlariga, ularning imkoniyat va tayyorgarlik darajasiga muvofiq tuzishni taqozo etadi. Nazariy materiallarning mazmuni vahajmi, shuningdek, sport nagruzkasi futbolchilarning yosh xususiyatlariga, ularning umumiy va maxsus rivojlanganlik darajasiga, tashqi muhit sharoitiga mos bo`lishi lozim. Puxtalik prinsipi bu futbolchining o`quv -trenirovka jarayonida mashqlarni muntazam ravishda ko`p marta takrorlashidan iborat bo`lib natijada puxta malaka hosil bo`ladiki, futbolchi buni sport kurashi sharoitida namoyon qila oladi Zamonaviy sport trenirovkasi maxsus jarayon sifatida muayyan prinsiplar, qoidalar, ilmiy va metodik ko`rsatmalar asosida yaxlit amalga oshirilmoqda. Jismoniy tarbiya sistemasining umumiy prinsiplari (jismoniy tarbiyani mehnatva mudofaa praktikasi bilan bog`lash prinsipi, shaxsni har tomonlama garmonik kamol toptirish prinsipi, jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirish yo`nalishidagi prinsiplari)ga tayanib, sport trenirovkasi nazariyasi trenirovkaning o`ziga xos bir qanchaqonuniyatlarini ilgari suradi. Yuksak yutuqqa erishishga qaratilgan harakat, ixtisosni chuqurlashtirish, sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi, trenirovka jaryonining uzluksizligi, asta-sekinlik va maksimal nagruzka tendentsiyasi birligi, nagruzka dinamikasining to`lqinsimonligi, trenirovka jarayoninnng siklikligi qonuniyatlari jumlasidandir. O`z oldiga yuksak sport natijalariga erishishni maqsadqilibqo`ygan futbolchi uchun o`z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish qonunbo`lishi kerak. Bunday futbolchi sport nagruzkasini qo`llanish va trenirovka tashqil qilishda chog`i keladigan eng yuqoriko`rsatkichlarga tenglashadi, progressiv shakl, vosita va metodlardan ijodiy tashabbus ko`rsatgan holda foydalanadi. Sportning boshqa turlarida bo`lganidek futbolda ham sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi birgaligiga rioya qilingandagina yuksak sport natijalariga erishish mumkin. Futbolchining trenirovkasi-bu musobaqa, mashg`ulotva dam olishni navbati bilan almashtirib turgan holda yil bo`yi uzluksiz olib boriladigan jarayondir. Sportning taraqqiyoti sport trenirovkasi jarayoni xususiyatlarini ifodalovchi yangi prinsiplarni keltirib chiqardi. Ularning asosiylari ixtisoslashtirish, har tomonlamalik, izchillik, takroriylik, individuallik prinsiplari hisoblanadi. Ixtisoslashtirish prinsipi futbol mahoratini egallashda yetakchi o`rin tutadi.Futbolda ixtisoslashtirilgan trenirovka, yalpi to`p bilan bajariladiganmashqlar eng ko`p-80foizni tashkil qiladi, chunki bunda o`yin tayyorgarligi hal qiluvchi omillardandirki, buning o`rnini boshqahech qandaymashq bosa olmaydi. Ixtisoslashtirish yo`liga o`tish uchun har tomonlamalik prinsipini amalga oshirish lozimliginiham esdan chiqarmaslik kerak. Bunga esa maxsus tayyorgarlik va maxsus mashqlarni to`g`ri va izchil qo`llanish, shuningdek umumiy va maxsus tayyorgarlikni eng muvofiq tarzda uyg`unlashtirish orqali erishiladi. Har tomonlamalik prinsipi asosida odam organizmi butun a`zo va sistemalari o`zaro bog`liqligning fiziologik qonuniyati, ularning miya yarim sharlari po`stlog`ining yetakchi roli orqalialoqasi yotadi. Asta - sekinlik prinsipi trenirovkada nagruzkani asta - sekin oshira va pasaytira borishni, bajariladigan mashqlarning miqdori va intensivligini yoshga qarab oshirish yoki cheklashni, qabulqilingan davrlashtirishga qat`iy amal qilishni, mashg`ulotni to`g`ritashqil qilishni ko`zda tutadi Takroriylik prinsipi shartli reflektor asosidagi aloqalarni paydo qilish uchun, organ va sistemalar hamda ular funksiyasini takomillashtirish, o`zgartirish va qayta qurish uchun takroriy ta`sir etish zarurati to`g`risidagi fiziologik talabning to`g`ri ekanligini tasdiqlaydi. Futbolchi to`g`ri sport harakatlarini saqlash uchun olingan bilim egallangan malaka va ko`nikmalarni mustahkamlashi lozim.Bunga erishish uchun o`rganilgan priyomlarni qayta-qayta takrorlash zarur.Ayni chog`da vaqtida ishlab, vaqtida dam olishni ham unutmaslik darkor. Individuallashtirish prinsipi sport trenirovkasida shug`ullanuvchi organizmi imkoniyatlari bilan unga qo`yilayotgan talablar orasidagi muvofiqlikka qat`iy amal qilish zarurligini eslatib turadi. Trenirovkani individuallashtirish uning samaradorligini oshirish shuningdek, futbolchi sport mahoratining o`sish sur`atini tezlashtirish, sport faoliyatini uzaytirish imkonini beradi. 1. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadi, yosh futbolchilarni tayyorlashda, xususan texnik-taktik malakalarga o`rgatish samaradorligini oshirish uchun sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirish o`ta muhim ekanligi qayd etilgan. O`z navbatida jismoniy sifatlarni samarali rivojlantirish uchun faqatgina an’anaviy mashqlardan foydalanish etarli deb bo`lmaydi. Ushbu sifatlar nostandart estafetali o`yinsimon mashqlar yordamida o`ta samarali rivojlanishi mumkin ekanligi ko`p olimlar tomonidan ilmiy tasdiqlab berilgan. 2. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda nostandart o`yin mashqlarini qo`llash tajribasini o`rganish shuni ko`rsatadiki, Navoiy shahri va viloyatlari hududlarida faoliyat ko`rsatayotgan futbol tugaraklarida mashg’ulotlarni aksariyat an’anaviy tashkil qilinishi, jismoniy sifatlarini rivojlantirishda aksariyat murabbiylar tomonidan nostandart o`yin mashqlaridan foydalanmasliklaridan foydalanmasliklari aniqlandi. 3. Nazorat va tajriba guruhlarida o`tkazilayotgan 6 oylik an’anaviy va noan’anaviy (tezkorlik, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishga qaratilgan nostandart o`yinsimon mashqlar kiritilgan mashg’ulotlar) mashg’ulotlar tezkor-kuch va sakrovchanlik sifatlariga turlicha ta’sir etishi kuzatildi.. jumladan, nazorat guruhida qo`llanilgan an’anaviy mashg’ulotlar tezkor-kuch (sakrovchanlik) va sakrash chidamkorligiga juda kam miqdorida ta’sir etganligi aniqlandi. Tajriba guruhida qo`llanilgan nostandart o`yinsimon estafetali mashqlar shu sifatlarni o`ta samarali shakllantirganligi o`z isbotini topdi. 4. Pedagogik tajriba natijalaridan yana shu narsa aniqlandiki futbolga xos sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus harakatli o`yinlar sakrab bosh bilan nishonga zarba berish aniqligini ham, shu usul texnikasini shakllantirish salohiyatiga ega ekan. 5. O`tkazilgan tadqiqotlar natijalari, sakrab bosh bilan to`p uzatish, darvozaga yo`llash elementlari kiritilgan harakatli o`yinlar mazkur ko`nikmani samarali shakllantirishi mumkin ekan. Binobarin, ushbu o`yinlarni yosh futbolchilar tayyorlash amaliyotiga joriy etish zarurligiga e’tibor qaratadi. Demak, futbol to`garaklarida mashg’ulotlar tarkibiga nostandart o`yin mashqlarini kiritish va qo`llash jismoniy sifatlarni samarali rivojlantirishga imkoniyat yaratar ekan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling