Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 159.54 Kb.
bet42/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

Jismoniy sog‘lik– inson sog‘ligi holatining murakka tuzilishida muhim komponent bo‘ladi. U murakkab biologik tizim kabi organizm xususiyatiga asoslanadi. Organizm biologik tizim kabi integral xususiyatlarga ega bo‘lib, uning alohida tarkibiy elementlari bo‘lmaydi. Bu elementlar o‘zidan tashqarida individual mavjudlikni saqlab tura olmasligi mumkin.

Bundan tashqari organizm o‘zini tashkil qilish hisobidan individual mavjudlikni saqlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘zini tashkil etish ko‘rinishlariga o‘zini yangilash, o‘zini boshqarish va o‘zini tiklash qobiliyatlari kiradi.

O‘zini yangilash tashqi muhit narsalari, energiya va axborot bilan organizmning doimiy o‘zaro almashuvi bilan bog‘liq. O‘zini yangilash jarayonida organizm o‘z tartibini saqlaydi va buzilishining oldini oladi..

Jismoniy sog‘lik o‘zini boshqarishga organizmning qobiliyatidir. Bracha vazifalarning takomillashgan kordinatsiyasi- tirik organizmning o‘zini boshqarish tizimini aks ettiradi. O‘zini boshqarish rivojlanish, hayotning biologik shakli mohiyatidan iborat. Biologik tizimning bu umumiy xususiyati fiziologik-biokimyoviy yoki boshqa ko‘rsatkichlar, masalan tana harroratining doimiyligi, arterial bosmi darajasi, qondagi glyukoza miqdorini ma'lum va doimiy darajada belgilash va saqlash imkonini beradi. Tartiblilik darajasini saqlab turish organizmning ichki muhit- gomeostazisning tegishli dinamik doimiysida namoyon bo‘ladi. (homeostasis; grech. Homoios – o‘xshash + grech. Stasis qo‘zg‘almaslik).

Biologik tizimning o‘zini tashkil qilish shakli o‘zini tiklash qobiliyatida ham namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat eng avvalo regeneratsiyada, shuningdek uning tashkil etishning barcha darajalarida ko‘pgina parallel regulyator ta'sir mavjudligi bilan asoslanadi. Bu parallellar hisobidan yetishmagan funksiyalarni qoplash buzilish sharoitida organizmning yashashiga imkoni berib, bunda hayot qobiliyati darajasi- uning jismoniy sog‘ligini aks ettiradi.

Amaliy jismoniy sog‘lik- turli tashqi muhit omillariga moslashish imkonini xarakterlaydigan inson organizmining holati, jismoniy rivojlanish darajasi, jismoniy yuklamalarni bajarishga organizmning jismoniy va funksional tayyorgarligidir.


Insonning jismoniy sog‘ligiga tegishli asosiy omillar quyidagilar:

    • Jismoniy rivojlanganlik darajasi;

    • Jismoniy tayyorgarlik darajasi;

    • Jismoniy yuklamlarni bajarishga organizmning funksional tayyorgarligi darajasi;

  • Organizmning turli tashqi muhit omillariga moslashishini ta'minlaydigan organizmning moslashuv zaxirasi darajasi va qobiliyati.

Ruhiy sog‘liq– insonning ruhiy holati. Ruhiy sog‘lik asosini axloqni adekvat tartibga solishni ta'minlaydigan umumiy ruhiy qulaylik holati tashkil qiladi.

Jinsiy sog‘lik – insonning jinsiy borlig‘ining somatik, hissiy, intellektual va ijtimoiy jihatlari majmuasi, insonlar bilan muloqot qila olish va ularni sevishni oshiruvchi ijobiy holat.


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling