Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 0.61 Mb.
bet3/10
Sana25.11.2020
Hajmi0.61 Mb.
#151695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mulkni baxolash MXA


2. Bozor qiymati baxolash talablari

Baxolashni amalga oshirish xolatlarini qabul qilgunga qadar Baxolovchi ushbu vazifani 2-sonli MBMS va boshqa umumqabul qilingan baxolash tamoyillariga muvofiq bajarishda etarli bilim, tajriba va vakolatlarga ega ekanligini aniqlab olishi lozim, yoki:

1) vazifani qabul kilgunga kadar mijozga barcha shu kabi nomuvofiqliklar to‘grisida xabar berishi;

2) vazifani okilona bajarish maqsadida zarur bo‘lgan barcha tegishli chora-tadbirlarni qabul qilishi, shuningdek:

3) ishni yakunlash bo‘yicha takdim etiladigan xisobotda uni xal etish uchun qabul qilingan xolat va chora-tadbirlarni ochib berishi.

Bozor baxosini amalga oshirishda Baxolovchi ishonch kozongan baxoga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan e’tirofdagi uslub va usullarni bilishi, tushunishi va ulardan okilona foydalanishi lozim.

Bozor baxosini amalga oshirishda baxolanayotgan mol-mulk, ularga bo‘lgan xuquqni muvofiqlashtirishi, baxolash natijalarining maqsadi va ulardan taxminiy foydalanish, axborotlarni jamlash bo‘yicha xatti-xarakatlar doirasi, barcha cheklovchi shart-sharoitlar va xaqiqiy baxolash sanasini aniqlashi lozim.

Baxolashni amalga oshirishda Baxolovchi karalayotgan qiymat turini aniqlashi va uning ta’rifini berishi lozim. O‘ziga xos sinchkovlik bilan boshqa xar qanday qo‘llanilayotgan qiymat turi xamda bozor qiymati sifatida tushuniladigan yoki yzoxlanadigan turi o‘rtasidagi aniq va ravshan farqni aniqlab olish maqsadga muvofiqdir.

Bozor qiymatini baxolash to‘grisidagi xisobotni tuzishda Baxolovchi:

yanglishish extimolidan kutulish maqsadida baxolashning to‘lik va aniq ta’rifini berishi;

xisobotni o‘kiydiganlar va unga suyanuvchilar undagi ma’lumotlar, asoslar, taxlil va xulosalarni to‘lik tushunishlari uchun etarli ma’lumot takdim etishi;

baxolash asoslangan barcha taxminlar va cheklovchi shart-sharoitlarni bayon etishi;

baxolanayotgan mol-mulk, shuningdek, u tadkik etilgan doiralarni aniq-ravshan muvofiqlashtirishi va yoritishi;

baxolanayotgan xuquq va mol-mulk xuquqlarini muvofiqlashtirishi;

belgilanayotgan qiymat turi, baxolash maqsadi, xaqiqiy baxolash sanasi va xisobot tuzish sanasini ko‘rsatib berishi;

qo‘llanilayotgan baxolash bazalarini to‘lik va mukammal tushuntirib berishi xamda ularni qo‘llash uchun asoslar va xulosalar keltirishi;

xisobotga ilova sifatida xolislik, xakkoniylik, to‘lov miqdori yoki boshqa ragbatlantirishdan mustakillik, MBMSning professional ulushi, qo‘llanilishi va boshqa ochiladigan ma’lumotni tasdiqlovchi imzolangan professional sertifikatni kiritishi lozim.

Bozor qiymati tushunchasi va ta’rifi butun baxolash faoliyati uchun eng muxim axamiyatga ega. 2-sonli MBMS tayanadigan 1-sonli MBMSda mazkur asosiy tushuncha va tamoyillarning iqtisodiy va uslubiy asoslari kiskacha tushuntirib beriladi.

Bozor qiymati tushunchasi baxolash sanasiga amalga oshiriladigan biror xaqiqiy bitimga (kelishuvga) bogliq emas. Bozor qiymati - bu taxmin qilinayotgan, bozor qiymati ta’rifida mavjud shart-sharoitlarga rioya qilishda baxolash sanasida sotilayotganda o‘rnatiladigan extimoliy narxdir. Bozor narxi - bu xaridor va sotuvchining ayni paytda rozi bo‘lgan bozor qiymatini aniqlash shartlarini bajarishdagi rasmiy shartnomalarni tayyorlash va ular bilan bogliq bo‘lgan xujjatlarga bitim tuzilishi uchun kamrok vaqt talab etilishiga karamasdan, agarda ularning xar biri bozorda mavjud bo‘lgan boshqa imkoniyatlar va mukobilliklarni o‘rganish uchun etarli vaqtga ega bo‘lganlarida qiymat tushunchasi.

Bozor qiymati konsepsiyasi narxning ochiq va raqobat bozorida muzokaralar yo‘li bilan aniqlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zan ushbu xolat "bozor qiymati" atamasini "ochiq bozordagi qiymat" atamasi bilan almashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. "Ochiq" va "raqobatli" so‘zlari mutlak axamiyatga ega emas. Bitta aktiv uchun bozor xalkaro yoki maxalliy bo‘lishi mumkin. Bozor ko‘p sonli xaridor va sotuvchilardan iborat bo‘lishi yoki ishtirokchilarning cheklangan soni bilan xarakterlanishi mumkin. Aktiv sotishga ko‘yilgan bozor ta’rif bo‘yicha cheklangan yoki tor deb xisoblanmaydi.

Boshqacha kilib aytganda, "ochiq" so‘zining mavjud emasligi bitimning (keli-shuvning) xususiy yoki yopik xarakterga egaligini bildirmaydi.

Bozor baxolari odatda taqqoslanadigan mol-mulk ob’ektlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotga asoslanadi. Baxolash jarayoni Baxolovchining zarur va mos tadqiqot, oqilona taxlilni amalga oshirishi xamda ma’lumot va dalillar bilan mustaxkamlangan xulosa chiqarishini talab etadi.

Baxolovchilar ushbu jarayonda ma’lumotlarga ishonmaydilar, ular bozorda kuzatiladigan va ishga tegishli barcha dalillar, tendensiyalar, taqqoslama bitimlar (kelishuvlar) va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqishlari lozim.

Bozor ma’lumotlari cheklangan yoki moxiyati bo‘yicha mavjud bo‘lmagan (masalan, ayrim ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlari uchun) xollarda, Baxolovchi tegishli tartibda xolatni ochib berishi xamda ma’lumotlarning etarli darajada emaeligi sababli xisob-kitoblarning qay yo‘sinda cheklanganligini ko‘rsatishi lozim. Baxolovchining o‘z xulosasi barcha baxolash jarayonlarida talab etiladi, biroq baxolash to‘grisidagi xisobotda baxolovchining bozor qiymatini belgilashda bozor ma’lumotlariga asoslanishi yoki mol-mulk xarakteri va taqqoslama bozor ma’lumotlarining mavjud emasligi uni ko‘pincha o‘z xulosalariga tayanishiga majbur qilishi ochib berilishi lozim.

Bozor shart-sharoitlarining shiddatli o‘zgarish davrlari narxlarning tezda o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Bunday xolat odatda muvozanatsizlik deb ataladi. Muvozanatsizlnk davri yillab davom etishi xamda joriy va kutilayotgan bozor shart-sharoitlariga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa xollarda iqtisodiyotdagi ildam sakrashlar bozor ma’lumotlarining beqarorligiga olib kelishi mumknn. Agar ayrim savdo-sotiqlar bozor xolatiga kiritilmasa, baxolovchi ularga kichiq ulush ko‘shishi yoki umuman muxokamadan chiqarib tashlashi lozim. SHunday bo‘lishiga qaramay, baxolovchi mavjud ma’lumotlar asosida bozorning real darajasi xaqida xulosa chiqarish xolatiga tushib qolishi mumkin. Ayrim bitimlarning (kelishuvlarning) narxi bozor qiymatining ko‘rsatkichi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin, biroq baxolash jarayonida bunday ma’lumotlarning taxlilini inobatga olish lozim.

Talabning kamayishi xollarida yoki bozor kon’yunkturasi yomonlashganda ko‘p sonli "manfaatdor sotuvchilar" bo‘lishi xam, bo‘lmasligi xam mumkin. Ayrim bitimlar (kelishuvlar) (lekin xammasi xam emas) ayrim mulkdorlarning amaldagi sotish manfaatlarini kamaytiruvchi yoki yo‘kotuvchi moliyaviy (yoki boshqa) bosim yoki shart-sharoilar unsurlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday bozor sharoitlarida Baxovchilar barcha tegishli omillarni xisobga olishlari xamda ayrim bitimlarga (kelishuvlarga), ularning fikricha, tegishli tartibda bozorni aks ettiruvchi shunday ulushlarni kiritishlari lozim.

Sud boshqaruvchilari, xususan, likvidatsiya (tugatish) boshqaruvchilari bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda odatda lavozimlari bo‘yicha aktivlarning savdosidan maksimal narxni olishlari majbur. Biroq, savdo-sotiqlarning tegishli marketing chora-tadbirlarini amalga oshirmasdan yoki etarli bo‘lmagan marketing davrisiz xam sodir bo‘lishi mumkin.

Baxolovchi ushbu bitimlarni (kelishuvlarni) ularning bozor qiymati ta’rifi talablariga javob berishi, shuningdek mazkur ma’lumotlarga kiritiladigan ulushni aniqlash maqsadida taxlil qilishi lozim.

Narxlarning tez sur’atlarda o‘sishi yoki pasayishi bilan tavsiflanadigan bozor munosabatlariga o‘tish davrlarida, agar o‘tgan davr ma’lumotlariga asossiz yuqori ulush kiritilsa yoki bo‘lajak bozorlarga nisbatan o‘rinsiz taxminlar qabul qilinsa, qiymatni oshirish yoki pasaytirish tavakkalchiligi mavjud bo‘ladi. Bunday xollarda baxolovchilar bozor xatti-xarakatlari va munosabatlarini puxta taxlil qilishlari va aks ettirishlari xamda ularning xisobotlari ularning tadqiqotlari va xulosalari natijalarini to‘liq ochib berishlari uchun xarakat qilishlari lozim.

SHuningdek, bozor qiymati konsepsiyasi bozor qiymati bo‘yicha bitimda (kelishuvda) mol-mulkning mos ravishda bozorga etarli vaqt davomida erkin kira olish ta’minlangan xolda xamda zarur reklamaning mavjuddigi bilan kiritilishini taxmin qiladi. Xaqiqiy baxolash sanasiga qadar taklifning joyga ega bo‘lishi taxmin qilinadi. Qat’iy belgilangan (uzoq muddatli) aktivlar bozori, odatda, aksiyalar, obligatssyalar va boshqa joriy aktivlar bozoridan farq qiladi. Qat’iy belgilangan aktivlar ko‘pincha kamyob xisoblanadi. Ular odatda kamroq sotiladi va bunda, masalan, qimmatli qogozlar birjasida kotirovka qilinadigan xolatga qaraganda birmuncha rasmiy va kam samarali bozorlarda sotiladi. Bundan tashqari, qat’iy belgilangan aktivlar kam likvidlidir. Mazkur sabablar, shuningdek,qat’iy belgilangan aktivlarning ommaviy birjada sotilmasligi sababli, ularning bozor qiymati tegishli marketing tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni xisobga olgan xolda bozorga taklif etilishi va bitimni (kelishuvni) tuzish to‘grisidagi muzokaralarni tugatish davrining mos davomiyligini inobatga olishi lozim.

Investitsiya kompaniyalari, pensiya jamgarmasi, trast kompaniyalari yoki mol-mulk xuquqlarining o‘xshash shakllariga ega kompaniyalarning uzoq muddatli investitsiyalariga oid bo‘lgan mol-mulknish daromad ob’ektlari, odatda, belgilangan savdo-sotiq rejasiga muvofiq individual asosda aktivlarning sotilishi asosida baxolanadi. Portfel investitsiyalar yoki mol-mulk ob’ektlarining guruxi sifatida qaraladigan bunday aktivlarning umumiy qiymati aloxida olingan barcha aktivlarning bozor qiymati summasidan ko‘prok yoki kamroq bo‘lishi mumkin.

Barcha baxolash jarayonlarida ularning maqsadi va funksiyalarini ta’qidlash lozim. Agar baxolash funksiyasi moliyaviy xisobotlarni tayyorlash bilan bogliq bo‘lsa, u xolda Baxolovchi baxolash to‘grisidagi xisobotning boshqa talablariga ko‘shimcha qilib, xar bir aktivning qaysi toifaga kiritilishini batafsil aniqlikda ta’kidlashi lozim.

Istisno xollarda bozor qiymati manfiy miqdorga ega bo‘lishi mumkin. Bunday xolatlarga muayyan ijaraga olingan mol-mulk, ayrim ixtisoslashti- rilgan mol-mulk ob’ektlari, buzulishi er uchaskasining qiymatidan qimmatroqqa tushadigan eskirib qolgan mulk ob’ektlari, atrof-muxitning ifloslanishi ta’siriga uragan ayrim ob’ektlar va boshqalar kiritiladi.

Baxolash to‘grisidagi xisobotlar yanglishishga olib kelmasli lozim.Bozor qiymatini aniqlash va u xakda xisobot tuzish maqsadida amalga oshiriladigan baxolashlar 2-sonli MBMSning 5-bandi talablariga javob berishi lozim. Xisobotlar 2-sonli MBMSda berilgan bozor qiymati ta’rifiga aniq murojaatni, ushbu mol-mulk uning foydaliligi yoki yanada samarali (yoki yanada extimolli) foydalanish nuqtai nazaridan baxolanishi aniq ko‘rsatilgan xolda, shuningdek barcha asosiy taxminlar bayonini o‘z ichiga olishi lozim.

Bozor qiymatini belgilashda, Baxolovchi kuzatishlari, xotima va xulosalarining mos va mantikiy tushuntirib berish imkoniyatini kafolatlash maqsadida baxolovchi baxolash sanasi (qiymatning xisob-kitobiga tegishli sana), baxolash maqsadi va funksiyalari xamda ishga tegishli va oid bo‘lgan boshqa mezonlarni aniq belgilashi lozim.

Garchi muayyan xolatlarda qiymat tushunchalari va uning mukobil ifodalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, Baxolovchi bunday qiymatlarni topib, xisobotga kiritadigan bo‘lsa, ularning bozor qiymatini tashkil etadi kabi talkin etilmasligini kafolatlashi lozim.



Nazorat savollari:

    1. 2-sonli MBMSning vazifasi nimadan iborat?

    2. Bozor qiymati ayirboshlash qiymatini tushuntirib bering?

    3. Xarajatlar uslubini qo‘llashning tushuntirib bering?

    4. Bozor qiymatini xisoblashning barcha uslublari izoxlang?

5. 2-sonli MBMS maqsadlari uchun bozor qiymati qanday aniqlanadi?

6. Bozor qiymati aktivning sotish yoki xarid qilish bilan bogliq xarajatlarni xisobga olmasdan, xamda xar qanday yo‘ldosh soliqlarni (ko‘shilgan qiymat soligi va boshqalar) to‘lash xarajatlarini qoplamasdan qanday tushuniladi?



  1. Baxolashni amalga oshirish xolatlarini qabul qilgunga qadar Baxolovchi ushbu vazifani 2-sonli MBMS va boshqa umumqabul qilingan baxolash tamoyillariga muvofiq qanday aniqlab olishi lozim?

  2. Baxolovchi bozor qiymatini baxolash to‘grisidagi xisobotni tuzishda nimalarni aniqlab olishi kereak?




  1. MAVZU. BOZOR QIYMATIDAN FARQLI BAHOLASH ASOSLARI (3-SONLI MBMS)



Reja:

1.Bozor qiymatidan farqli baholash asoslari

2.3-sonli MBMS talablari

3.Bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazalarining qo‘llanilishiga izox berish

Tayanch iboralar:

1.Bozor qiymatidan farqli baholash asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkin boshqarish davlat ko‘mitasini 2006 yil 14 iyundagi 01/19-21-sonli karori bilan tasdiqlangan. Bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazasi

Mazkur "Bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazasi" Mulkni baxolash milliy standarti (3-sonli MBMS) O‘zbekiston Respublikasining "Baxolash faoliyati to‘grisida"gi Konuni asosida ishlab chiqilgan xamda O‘zbekiston Respublikasida baxolash faoliyatini me’yoriy tartibga solishning tarkibiy qismi bo‘lib xisoblanadi.


Bozor qiymatidan farlanuvchi qiymat bazasini aniqlash va tushuntirish xamda ularni qo‘llash standartlarini belgilash, shuningdek ular va bozor qiymati o‘rtasidagi farqlarni aniqlash 3-sonln MBMSning maqsadi xisoblanadi.

Bozor qiymati - odatda, keng ko‘lamda foydalanish uchun talab etiladigan asosiy va eng keng tarkalgan (mos keluvchi)qiymat. Biroq,qiymatni baxolashning mukobil bazalari ma’lum bir xolatlarda muvofiq bo‘lishi va talab kiliiishi mumkin. Baxolovchilar kabi, ularning xizmatlaridan foydalanuvchilar xam bozor qiymatiga asoslangan baxolarning nobozor bazalarga asoslangan baxolardan farqi, shuningdek ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farqning qiymat baxosidan foydalanish imkoniyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni (agar mavjud bo‘lsa) yakkol tushunishlari muximdir.

Bozor qiymati tushunchasi 2-sonli MBMSda bayon etilgan aniq, aynan tenglashtirilgan taxminlarga asoslangan. Kolgan baxolash bazalari qiymat baxosining noto‘gri talkin etilishiga olib kelmasligi uchun aiik tenglashtirilishi loznm bo‘lgan turli taxminlarning qo‘llanilishini talab etadi.

3-sonli MBMS bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazalarini taqdim etadi va tushuntirib beradi.

Investitsion qiymat - belgilangan yoki berilgan investitsiyalash maqsadlarida aniq investor yoki investorlar guruxi uchun mol mulk qiymati.

Ushbu sub’ektiv tushuncha muayyan mol-mulk ob’ektining investitsiyalashga nis- batan aniq maqsadlar va/yoki mezonlarga ega bo‘lgan investor, investorlar guruxi yoki tashkilot bilan o‘zaro munosabatlarni aniqlaydi.

Faoliyat yurituvchi korxona qiymati - biznesning umumiy qiymati.

Mazkur tushuncha muttasil faoliyat yurituvchi tashkilotning baxosinii ko‘zda tutadi, undan kelib chiqkan xolda tashkilotning tarkibiy qismlari bo‘yicha ularning umumiy qiymatdagi ulushiga muvofiq "faoliyat yurituvchi korxonaning umumiy qiymati"ni tatbik etish yoki tushuntirish mumkin, biroq o‘z-o‘zidan ushbu unsurlarning xech biri bozor qiymati uchun baza bo‘lib xisoblanmaydi.

SHuning uchun "faoliyat yurituvchi korxona qiymati" tushunchasi fakat biznes yoki tashkilotning tarkibiy qismini tashkil etuvchi mol-mulkka nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Sugurta qiymati - sugurta shartnomasi yoki polisi qoidalarida ko‘zda tutilgan mol-mulk qiymati.

Soliqqa tortish maqsadlari uchun qiymat, yoki soliq (soliqqa tortish)qiymati - mol-mulkning soliqka tortilishiga oid bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlarida mavjud ta’riflar asosida xisoblanadigan qiymat. Biroq, ushbu turdagi ayrim xujjatlarda bozor qiymati soliqka tortish maqsadlari uchun baxolash bazasi sifatida ta’kidlab o‘tilgan bo‘lishi mumkin, ushbu qiymatni xisoblash uchun taklif etiladigan uslublar 2-sonli MBMSdagi ta’rifga binoan bozor qiymatidan farqlanuvchi natijalarni berishi mumkin. SHuning uchun soliqka tortish maqsadlari uchun qiymatni (yoki soliq qiymatini), agar O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy xujjatlarida zid ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa,

2-sonli MBMSda keltirilgan ta’rifga muvofiq keladi deb xisoblab bo‘lmaydi.

O‘rnini bosishning qoldiq qiymati - uni jismoniy eskirish ko‘shib xisoblangan summa va eskirishning (funksional, tashki) barcha tegishli shakllari ayirib tashlangan xolda, inshootlarni o‘rnini bosishning (qaytadan tiklashning) umumyy xarajatlari bilan birgalikdagi summada mavjud foydalanishda er uchastkasining joriy bozor qiymatnni xisoblashga asoslangan baxolash uslubidan iborat. Nobozor qiymat turi bo‘lib xisoblanadigan natija o‘rnini bosishning qoldiq qiymati deb ataladi. Umol-mulkning saloxiyatli foydaliligiga bogliq.

Foydalanish (utilizatsiya) qiymati - ko‘shimcha ta’mirsiz va takomillashtirishsiz foydalanishni davom ettirish uchun emas, balki undagi

sotish uchun mo‘ljallangan materiallarning majmui sifatida karaladigan mol-mulk ob’ektining (er uchastkasidan tashkari) qiymati. Ushbu qiymat yalpi yoki sof (sotish xarajatyaari chiqarib tashlangan xolda) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin; so‘nggi xolatda) "sof realizatsiya qiymati" bilan mos tushishi mumkin. Xar qanday xolatda xam ko‘shilgan yoki chiqarib tashlangan unsurlar aniqlanishi lozim.

Tugatish qiymati yoki majburiy sotish qiymati - okilona asoslarga ko‘ra, bozor qiymati ta’rifida ta’kidlangan marketing uchun vaqtinchalik doiralarga javob berish maqsadida, mol-mulkning juda kiska muddatda sotilishidan kutish mumkin bo‘lgan summa. Mol-mulkning tugatish qiymatini baxolash mol-mulkning bozor qiymatiga, uning majburiy xolatlar, ushbu mol-mulkni saklash va muxofaza qilishning ko‘shimcha xarajatlari sababli, mol-mulkning kiska muddatlarda realizatsiya qilinishi zaruriyati omiliga diskontlanishini xisobga olgan xolda asoslanishi mumkin.

Birlashtirish qiymati - bu birlashish manfaatining qiymati dastlabki manfaatlar summasidan ortik bo‘lganda, ikki yoki undan ortik manfaatlarning birlashishiga berilgan xar qanday ko‘shimcha qiymat.

Maxsus xaridor - bu baxolanayotgan ob’ekt bilan iqtisodiy yuridik yoki geografik alokadorlikka ega bo‘lgan boshqa aktivga manfaati mavjud xaridor.

Maxsus qiymat - bu bozorda xaridorlar uchun umuman maqbul) bo‘lmagan manfaatlarni uygunlashtirish natijasi xisoblangan ustunliklarni ifodalash maqsadida maxsus xaridor to‘lashi mumkin bo‘lgan bozor qiymatidan oshadigan summa. Maxsus qiymat umumiy bozorga nisbatan muayyan mulkdor yoki foydalanuvchi yoxud saloxiyatli mulkdor yoki foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘shimcha qiymatdan iborat, ya’ni maxsus qiymat maxsus manfaatga ega bo‘lgan xaridor uchungina qo‘llanilishi mumkin.

Adolatli qiymat - erkin bitimda (kelishuvda) xabardor va asosli tomonlar o‘rtasida aktiv ayirboshlanishi (mol-mulk sotilgan yoki karzdorlik bartaraf etilgan) mumkin bo‘lgan pul ko‘rinishidagi summa.

Foydalanishdagi qiymati (joriy qiymat) - aktiv yoki xosil bo‘ladigan pul mablaglari birligidan olinishi kutilayotgan kelgus pul okimlarining keltirilgan, diskontlangan qiymati.

Ko‘pgina xollarda BXMS tomonidan talab etiladigan qiymat baxolari moliyaviy xisobotni tayyorlayotgan tashkilotning adolatli qiymat to‘grisida xabar berishini taxmin qiladi. Aktivning adolatli qiymati, odatda, bozor bazasida olingan ma’lumotlar bo‘yicha baxolanadi, yoki bozor xolatini aks ettirishi lozim, xamda muvofiq ravishda, agar qiymat baxosi tashkilotga aktivning tegishli xisob summasini nominal baxolashga yordam bersa, baxolovchi aktivning bozor qiymati to‘grisida xabar berishini talab etadi.

Biroq, BXMS nobozor qiymat bazalari ta’riflarini talab qiladigan ayrim xolatlar xam mavjud. Bu xolat "aktivning foydalanish qiymati" belgilanayotganda yoki amortizatsiyani aniqlash uchun "qoldiq qiymat"ning nominal baxosi talab etilganda sodir bo‘ladi, - ikki ushbu qiymat xam,extimol bozor qiymatichalik bo‘lmasa xam, aloxida tashkilot uchun o‘ziga xos xisoblanadi.


    1. 3-sonli MBMS talablari

Bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazalari asosida baxolashni amalga oshirish maqsadida baxolovchilar 3-sonli MBMSning barcha bo‘limlari va baxolashning umumqabul qilingan tamoyillariga amal qilishlari lozim.

Baxolashni amalga oshirishda va bozor qiymatidan farqlanuvchi bazalar asosida xisobot tuzishda baxolovchi quyidagi ko‘rsatmalarni bajarishi lozim:

noto‘gri talkin etilishi extimollarini bartaraf etish, bozor qiymatidan chetga chiqadigan barcha taxminlarning bayon etilishini o‘z ichiga olgan xolda, yanglishishga olib kelmaydigan shaklda qiymat baxosi to‘grisida xabar berishi;

qiymat xisob-kitobining baxolashni amalga oshirish vazifasiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar va shart-sharoitlarga asoslanishini kafolatlashi;

qiymat xisob-kitobining maqbul uslub va tartibotlarga asoslanishini kafolatlashi;

xisobotni o‘kiydiganlar va unga suyanuvchilar undagi ma’lumotlar,asoslar, taxlil va xulosalarni to‘lik tushunishlari uchun etarli ma’lumot takdim etishi.

Baxolovchi xisobot tuzishda MBMS talablariga rioya qilishi, bunda:

qiymat bazasini aniqlashi, baxolashning maqsadi va taxminiy foydalanish, baxolashning xaqiqiy sanasi va xisobot tuzish sanasini ko‘rsatishi;

bozor qiymati ta’rifidan farq kiluvchi yoki unga ko‘shimcha qilingan taxminlarni aniq-ravshan farqlashi;

baxolashning MBMSga muvofiq amalga oshirilganligi, uning MBMSda belgilangan talablardan xar qanday chekinishni ochib berishi xamda bunday chekinishlarning tushuntirib berilishini ta’minlashi to‘grisidagi ma’lumotno- mani xisobotga kiritishi lozim.

Baxolovchi, agar qiymat baxosining bozor qiymatidan farqlanuvchi bazaga asoslanganligi va u xakda xisobot tuzish to‘grisida so‘z borayotgan bo‘lsa, u xolda uni bozor qiymatining ifodasi deb xisoblashga okilona asoslarning yo‘kligini kafolatlashi lozim.


    1. Bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazalarining qo‘llanilishiga izox berish

Bozor qiymati 2-sonli MBMSda ta’riflangan va muxokama qilingan. Kolgan bazalar uch asosiy guruxga bo‘linadi:

birinchi guruxda qiymat o‘ziga xos tomonning aktivlarga egalik qilishdan olinadigan foydani aks ettiradi. Ushbu qiymat bunday tomon uchun o‘ziga xos xisoblanadi. Biroq, ayrim xollarda u aktivlarning sotilishidan olinishi mumkyn bo‘lgan summaning aynan o‘zi bo‘lishi mumkin, mazkur qiymat o‘z moxiyatiga ko‘ra taxminiy ayir boshlashga majburiy jalb etilmaydigan aktivlarga egalik qilish dan olinadigan foydani aks ettiradi;

ikkinchi qiymat aktivlarni ayirboshlash uchun ikki o‘ziga xos tomon o‘rtasida okilona kelishilgan narxdan iborat. Tomonlar bogliq bo‘lmaslik-lari va erkin bitimda (kelishuvda) muzokaralar olib ( borishlari mumkin, aktivning nisbatan keng bozorga taklif etilishi majburiy emas, kelishilgan narx esa umumiy bozorni emas, balki tomonlarni jalb etish uchun egalik qilishdan olingan muayyan ustunliklarni (yoki nokulayliklarni) aks ettira-digan narx bo‘lishi mumkin;

uchinchi guruxda qiymat nizom yoki shartnomada bayon etilgan tarifga muvofiq belgilanadi.

Mazkur standartda belgilangan baxolash bazalari dastlabk ikki guruxdan biriga kiritiladi. Birinchi gurux "investitsiya qiymati" va "foydalanishdagi qiymati"ni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa "adolatli qiymat" qo‘llanilgan ayrim BXMSdan tashkari "maxsus qiymat"ni o‘z ichiga oladi.

O‘ziga xos tomon uchun qiymat va bozor qiymati o‘rtasidagi farqlar xaridor yoki sotuvchilarni bozorga kirish maqsadida ragbatlantiradi.

Bozor qiymati - bu odatda talab etiladigan baza bo‘lsada, biroq bozorni taxlil qilish va tushunish boshqa baxolash bazalarini xam talab qiladi.

"Adolatli qiymat"ni bozor qiymatidan farqlash lozim. U xar bir tomon mazkur bitimdan (kelishuvdan) oladigan tegishli ustunlik yoki nokulayliklarni e’tiborga oluvchi ikki maxsus tomon uchun adolatli xisoblangan narxning nominal baxosini talab etadi. Bozor qiymati ushbu mezonlarga javob berishi mumkin bo‘lsada, biroq buning xar doim xam ro‘y berishi majburiy emas. Mazkur ikki tomonning maxsus ko‘shma xatti-xarakatlari ular o‘rtasida adolatli xisoblangan narxning nisbatan keng bozordagi maqbul bo‘lishi mumkin bo‘lgan narxdan yuqori ekanligini bildirganda, korporativ bitimlarda (kelishuvlarda) majburiy tirishish choralari ko‘riladigan bo‘lsa, ko‘pincha "adolatli qiymat" ishlatiladi. Boshqacha kilib aytganda,"maxsus qiymat" olinishi mumkin. Bozor qiymati maxsus qiymatning ushbu

unsurining e’tiborga olinmasligini talab kilsa xam, biroq u "adolatli qiymat"ning nominal baxosining bir qismi bo‘lib xisoblanadi. Maxsus qiymat ikki manfaatlar summasiga karaganda, agar ular yakka sotilganda, yuqorirok qiymatdagi aktivlarni yaratuvchi ikki manfaatlarning birlashishidan xosil bo‘ladi. Ko‘shimcha aktiv yoki aktivlarga ega maxsus tomonda aktivning jismoniy, funksional yoki iqtisodiy xususiyatlari o‘ziga xos qiymatga ega bo‘lganda bu narsa xosil bo‘lishi mumkin.

SHuningdek, aktivning bozor qiymati odatda taqqoslash uchun talab etiladi, biroq aktiv qiymatini bilish o‘ziga xos tomonlar uchun (eki ushbu qiymat mazkur ikki tomon o‘rtasidagi ayirboshlash jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ko‘shma xarakatlarning natijasi bo‘lib xisoblansa) muayyan xolatlarda juda muximdir. Agar xisobotda "maxsus qiymat"to‘grisida xabar qilinadigan bulsa, uni xar doim bozor qiymatidan farqlash lozim.

Qiymat baxosini aniqlash maqsadida tez-tez ishlatiladigan ayrim atamalar o‘ziga xos qiymat bazalari bo‘lib xisoblanmaydi, biroq fakat aktivning xolati yoki u o‘zgartirilgan vaqtdagi xolatlarni yoritadi.

Qiymat bozor qiymati bazasi yoki boshqa bazalar asosida aniqlanishi mumkin.

Umumiy foydalanishdagi bunday atamalarning namunalari quyidagi-larni o‘z ichiga oladi:

Faoliyat yurituvchi korxona qiymati. Ushbu atama orkali umumiy biznes faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida berilgan xolat yoritiladi.

Mukobil ssenariylarni barcha aktivlarni o‘tkazib berishni, ayni paytda biznesda yakka tartibotlar sifatida foydalaniladigan, lekin biznesning yopilishi yoki ayrim aktivlar o‘tkazib berilgandan keyin umumiy korxona sifatida ko‘zda tutishi mumkin.

Tugatish savdosi. Ushbu atama orkali biznesda birgalikda foydalaniladigan aktivlar guruxi, odatda, biznes yopilganidan so‘ng, aloxida sotish uchun taklif etilgandagi xolat yoritiladi.

Foydalanish (utilizatsiya) qiymati. Ushbu atama orkali aktivning,u yaratilgan maqsadlar uchun uning iqtisodiy xayotining tugatilgandagi qiymati yoritiladi. Bunday aktiv xali xam mukobil foydalanish yoki chiqindilarni qayta ishlash uchun qiymatga ega bo‘lishi mumkin.

7-bandda ta’kidlangan atamalardan ularning keyingi cheklovchi zoxlarisiz foydalanmaslik lozim. Foydalanilayotganlari ajratib ko‘yilgan,ular xisobot bazasi sifatida etarli emas. Misol uchun: faoliyat yurituvchi korxona xisoblangan biznes maxsus tomon uchun bitta qiymat, maxsus tomonlar o‘rtasidagi ishga oid ko‘shma xarakatlar (biznes - sinergiya)bazasida boshqa - adolatli qiymat, shuningdek bozor qiymatiga ega bo‘lishi mumkin. SHuning uchun "bitta umumiy faoliyat yurituvchi korxonaning bozor qiymati", "aktivlarni tugatish uchun bozor qiymati" yoki "bitta umumiy faoliyat yurituvchi korxonaning adolatli qiymati" ifodalari yordamida asosiy

baxolash bazasini ma’lum qilish lozim. Eritib berilganlardan tashkari,baxolashning boshqa xolatlari xam bo‘lishi mumkin.

Sotuvchi majburan sotishi lozim bo‘lganda va/yoki tegishli marketing muddatlari bilan ta’minlash imkoniyatlari bo‘lmagan xolatlarda "tezlashtirilgan savdo" atamasi tez-tez qo‘llaniladi. Ushbu xolatlardagi maqbul narx bozor qiymati ta’rifiga muvofiq kelmaydi. Bunday xolatlarda ega bo‘lish mumkin bo‘lgan narx sotuvchiga o‘tkaziladigan bosim tabiati yoki tegishli marketing tadbirlarining ta’minlanmaganligi sabablariga bogliq bo‘ladi. Bu shuningdek sotuvchi uchun okibatlar - ta’kidlangan muddat davomida sotish uchun omadsiz xatti-xarakatlarda aks etishi xam mumkin. Sotuvchiga ko‘yilgan cheklovlarning tabiati va sabablari noma’lum bo‘lsa, u xolda majburiy sotishdagi maqbul narx real taxmin qilinmasligi mumkin. Majburiy sotishda sotuvchi qabul kilgan narx bozor qiymati ta’rifi bo‘yicha taxminiy ko‘ngilli sotuvchidan kelib chiqadigan xolatlarni emas, balki maxsus xolatlarni aks ettiradi. Bunday narx ushbu sotuvchi uchun "aktivning

investitsiya qiymati" ifodasi bo‘ladi.

Baxolash bazalarining uchinchi toifasi nizom, tartibga solish yoki shartnomaga muvofiq belgilangan bazalarni o‘z ichiga oladi. Konun bilan belgilangan qiymat bazalari ko‘pincha soliqka tortish maqsadlarida tayinlanadi. Qiymat baxosi yoki boshqa talablarni aniqlash uchun tayinlangan xususiy shartnomalar namunalari tanlov bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan "narx" yoki ijara shartnomasiga muvofiqk amalga oshirilgan "to‘lovlar"ni ko‘rib chiqish maqsadida mezonlarni o‘z ichiga oladi.

Bozor qiymatidan farqlanuvchi barcha qiymat bazalari baxolovchi tomonidan aniq-ravshan tenglashtirilishi yoki Baxolash to‘grisidagi xisobotga kiritilishi lozim bo‘lgan turli va/yoki ko‘shimcha taxminlarni talab qiladi. Ayrim xollarda tegishli mukobil baxolash bazasini ta’minlab bo‘lmaydi (masalan, bunday baxolash yanglishishga olib kelishi yoki uni uchinchi shaxs tomonidan noto‘gri talkin qilishga imkon berishi mumkin bo‘lganda) va baxolovchi topshirikni o‘zgartirishi lozim.

Baxolash to‘grisidagi xisobotlar yanglishishga olib kelmasligi lozim. Bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymatni aniqlash va u xakda Kyymat to‘grisidagi xisobotda takdim etish maqsadida amalga oshiriladigan baxolashlar 3-sonli MBMSning 6-bandi talablariga javob berishi lozim. Nobozor qiymat bazalaridagi qiymat baxolari uchun xisobotda baxolashning maqsadi va uning taxminiy qo‘llanilishi natijalari aniq ko‘rsatilishi, shuningdek qiymat baxosining xisob-kitob bazasi, unyng qo‘llanilishi yoki cheklanishi to‘lik ochib berilishi talab etiladi.

Agar qiymat baxosi ichki baxolovchi tomonidan amalga oshirilsa, u xolda bu kabi xar qanday o‘zaro bogliqlikning mavjud bo‘lishi va tabiati baxolash to‘grisidagi xisobotda o‘ziga xos ochib berilishi lozim.



Nazorat savollari:

  1. Bozor qiymatidan farlanuvchi qiymat bazasini aniqlash tartibini tushuntiring?

  2. Investitsion qiymatni izoxlang?

  3. Faoliyat yurituvchi korxona qiymatini izoxlang?

  4. Sugurta qiymatini izoxlang?

  5. Soliqqa tortish maqsadlari uchun qiymat qanday aniqlanadi?

  6. Bozor qiymatidan farqlanuvchi baxolash bazalarining qo‘llanilishiga izox bering?



    1. MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT TAYYORLASH MAQSADIDA BAHOLASH ASOSLARI (4-sonli MBMS)

Reja:

1.Moliyaviy xisobot va turdosh xujjatlar maqsadida baxolash

2. 4-sonli MBMS talablari

Tayanch iboralar: Qat’iy belgilangan (yoki uzok muddatli) aktivlar, bozor qiymati, faoliyat yurituvchi korxona qiymati, bozor qiymat, adolatli qiymat, moliyaviy xisobot, aktivlar, baxolash, investitsiya kompaniyalari, pensiya (jamgarma) fondlari, trast kompaniyalari institutsional investitsiyalar, fktivning baxolash bazasi, joriy foydalilik, kelgusi foydalilik, ixtisoslashtirilgan aktivlar, cheklangan realizatsiya imkoniyatlariga ega aktivlar
1.Moliyaviy xisobot va turdosh xujjatlar maqsadida baxolash

Mazkur "Moliyaviy xisobot va turdosh xujjatlar maqsaddda baxolash" Mulkni baxolash milliy standarti (4-sonli MBMS) O‘zbekiston Respublikasining "Baxolash faoliyati to‘grisida"gi Konuni asosida ishlab chiqilgan xamda O‘zbekiston Respublikasida baxolash faoliyatini me’yoriy tartibga solishning tarkibiy qismi bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat ko‘mitasining 2006 yil 14 iyundagi 01/19-22-sonli karori bilan tasdiqlangan.

4-sonli MBMSda narxlar o‘zgarishining joriy qiymat miqdorlariga ta’sirini aks ettirish maqsadida moliyaviy xisobot va tegishli xisobotlar uchun aktivlar baxosini tayyorlashda baxolovchi rioya qilishi lozim bo‘lgan umumiy tushuncha va tamoyillar bayon etilgan. SHuningdek, unda mol-mulkni baxolash bo‘yicha buxgalterlar, tartibga soluvchi organlar xodimlari va boshqa foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi lozim bo‘lgan konsepsiyalar ko‘rib chiqilgan

4-sonli MBMSni 1-sonli MBMSdagi qo‘llash bo‘yicha umumiy koidalar va ko‘rsatmalar kontekstida ko‘rib chiqish lozim.

Qat’iy belgilangan (yoki uzok muddatli) aktivlarni,masalan, asosiy aktivlarni, baxolashda qo‘llaniladagan mezonlar orasida shundaylari borki, ular qaralayotgan aktivning foydaliligi yoki yaroqliligi, uning u qurilgan va belgilangan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi ulushi, bozor qiymatini xisoblash uchun muxim bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash jixatlardan kelib chiqadi. Aktivlarni baxolovchilar, shuningdek, odatda "qat’iy belgilangan" (yoki uzok muddatli) xisoblanadigan aktivlar muayyan xollarda "joriy aktivlar" toifasiga kiritilishi mumkinligini bilishlari lozim. Sotish uchun zaxira sifatida ushlab turiladigan er uchastkalari va qurilmalar bunga misol bo‘lishi mumkin. SHuning uchun baxolovchilar qat’iy belgilangan aktivlar yoki muayyan turdagi jorny aktivlar bilan ish ko‘rishi mumkin.

4-sonli MBMSni qo‘llashda baxolovchi tomonidan baxolashning bozor tamoyillari, foydalanuvchi uchun mos va qulay formatda mazkur baxolash bilan bogliq xolatlarning xolisligi va to‘liq ochib berilishi fundamental axamiyat kasb etadi. Mol-mulkning o‘ziga xos xususiyati bozor qiymati konsepsiyasidan foydalanishga yo‘l qo‘ymagan xollarda, 4-sonli MBMS baxolashdagi tegishli talqin etilishi va ma’lumotlarning ochib berilishiga ko‘rsatma beradi.

4-sonli MBMS xar qanday ommabop yoki nashriy xujjatga kiritiladigan barcha asosiy aktivlar baxosiga qo‘llash mumkin. Buxgalteriya xisobi standartlari qiymatning "tarixiy" xarajatlarga muqobillik sifatida qayta baxolanishini e’tirof etadi, xamda doimiy qayta baxolashlarning amalga oshirilishini ko‘zda tutuvchi xisob siyosatini qabul qilishda korxonalar baxolash bazasi, qayta baxolash chastotasini ochib berishlari xamda ularni amalga oshirish uchun mustakil (tashki) baxolovchining jalb etilganligi yoki etilmaganligini ko‘rsatib berishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-xuquqiy xujjatlari yoki buxgalteriya xisobi koidalari 4-sonli MBMSning modifikatsiyasini talab etishi mumkin. Bunday xolatlar bilan bogliq xar qanday chekinish baxolash to‘grisidagi xisobotda kayd etilishi va aniq-ravshan asoslab berilishi lozim.

4-sonli MBMSni mijozning bitim tuzish, ssuda (kredit) olish kabi xususiy yoki ichki maqsadlari yoxud ijtimoiy manfaatlardan tashkari boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladigan baxolashda ko‘llab bo‘lmaydi

Bozor qiymati - bu yaxshi xabardor, okilona va majburlashsiz xar bir tomonning xarakat qilishida, tegishli marketing chora-tadbirlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim natijasida manfaatdor sotuvchi va manfaatdor xaridor o‘rtasida baxolash sanasida aktivning ayirboshlanishi sodir bo‘lgan xisoblangan pul ko‘rinishidagi summa.

YAnada samarali foydalanish jismonyy mumkin bo‘lgan, mantikiy oklangan, baxolanayotgan aktivning bozor qiymati maksimal bo‘lganda, moliyaviy amalga oshirish mumkin bo‘lgan real, yuridik jyxatdan maqbul mukobil foydalanish variantlari sifatida aniqlanadi.

Mavjud foydalanish uchun bozor qiymati aktivdan mavjud foydalanish yanada samarali ekanligi yoki emasligidan kat’yy nazar, bozor qiymatida mavjud shart-sharoitlarga amalga kilgan xolda, mavjud foydalanish uchun ochiq bozorda mazkur aktivning sotilishi mumkinligi to‘grisidagi taxminda undan mavjud foydalanishning davom etishiga asoslangan aktivning bozor qiymati sifatida aniqlanadi.

Eskirishni xisobga olgan xolda o‘rnini bosish xarajatlari va Faoliyat yurituvchi korxona qiymati.

"Eskirishni xisobga olgan xolda o‘rnini bosish xarajatlari" (EXO‘X)uslubi ochiq bozorda yoki faoliyatdagi biznes tarkibida kam-dan-kam sotiladigan (agar umuman sotilsa), va shundan so‘ng, bozor qiymati tushunchasi ta’rifiga muvofiq baxolab bo‘lmaydigan ixtisoslashtirilgan mol-mulkni baxolashda qo‘llaniladi. EXO‘X er uchastkasining undan joriy foydalanish maqsadida joriy bozor qiymatini baxolashga chegirmalar chiqarib tashlangan va barcha tegishli eskirish va maqbullashtirish shakllarini xisobga olgan xolda barcha yaxshilanishlarning o‘rnini bosish (yoki takror ishlab chiqarish) xarajatlarining ko‘shilishiga asoslangan.

Faoliyat yurituvchi korxona qiymati (3-sonli MBMSda aniqlangan va ko‘rib chiqilgan) barcha xolatlar xisobga olinganidan so‘ng korxonaning barcha aniq va noaniq aktivlarning sof qiymatini o‘z ichiga oladi. Ushbu miqdor umumiy biznes qiymatining ifodasi xisoblanganligi sababli, u odatda, korxonaning aloxida aktivlari bo‘yicha tatbik etilmasligi mumkin.

SHunday kilib, aloxida aktivlar faoliyat yurituvchi korxonaning qiymatiga ega emas, va shuning uchun u moliyaviy xisobot uchun aktyvlarni baxolash bazasi bo‘lib xizmat kilmaydi.

EXUX uslubi xar doim o‘xshash saloxiyatli daromadlilik, yoki davlat aktivlari yoxud bo‘sh pul okimlarining yuzaga kelishidan xoli aktivlarni xisobga olgan xolda, - o‘xshash funksional saloxiyat, butun korxonaning qiymati bilan bogliq xususiyatlar bilan ko‘rib chiqilishi lozim. SHuning uchun u bozor va nobozor jixatlarni o‘zvda mujassamlashtiradi. Biroq, EXO‘X uslubi biznesning o‘ziga emas, balki aloxida aktivlarning baxosiga

tegishli bo‘lganligi uchun, u faoliyat yurituvchi korxona qiymati uslubi va konsepsiyalaridan sezilarli darajada farq qiladi, xamda tegishli xolatlarda moliyaviy xisobotlar uchun aktivlarni baxolashda EXO‘Xdan foydalanish juda o‘rinlidir.

Bozor qiymati va adolatli qiymat tushunchalari sinonim emas (3 sonli MBMSga karang). MBMS aktivlarining turli xolatlar va shart-sharoitlarda sotilishi mumkinligiga to‘lik yo‘l ochib bergan xolda, bozor qiymatini aniqlaydi va undan foydalanadi. Ma’nosining buzilishi va extimoliy anglashilmovchilikdan kutulish maqsadida baxolash to‘grisidagi xisobot bozor qiymati ta’rifi va uning baxolanayotgan ob’ektga nisbatan qo‘llanilishining yoritilishi, bozor qiymatining mazkur baxosi qo‘llanilayotgan

shart-sharoitlarning izoxi, xamda aktiv odatda kay tarzda bozorda ko‘ldan ko‘lga o‘tishining (masalan, aloxida aktiv yoki aktivlar guruxining bir qismi sifatida) ko‘rsatmasini o‘z ichiga olishi lozim.

Moliyaviy xisobot yoki tegishli xisobvaraklarda ko‘rsatiladigan katiy belgilangan yoki uzok muddatli aktivlarning qiymati odatda mazkur aktivlarning "sof xisob summasi" deb ataladi. Sof xisob summasi jamgarilgan amortizatsiya chiqarib tashlangan yalpi xisob summasidan iborat. Sof xisob summasi odatda "tarixiy" xarajatlarni indeksatsiyalash yoki aktivlarni baxolash yoki davriy qayta baxolash yo‘li bilan aniqlanadigan "sof qayta baxolash summasi" bilan tenglashtiriladi. 4-sonli MBMS aktivlarning qiymati narxlarning o‘zgarishini aks ettiruvchi baxolash yoki davriy qayta baxolashga asoslanishi lozim bo‘lgan xolatlar uchun qiymatni xisoblash bazasiga tegishlidir. Bu jixatdan aktivni o‘rnini bosishning sof joriy xarajatlari bozor qiymatining baxolanishini amalga oshirish mumkin bo‘lgan joyda uning baxolash bazasini shakllantiradi.

Moliyaviy xisobotlarni tayyorlash va tegishli xisobvaraklar munosabati bilan amalga oshiriladigan mol-mulkni baxolash, odatda,ta’rifi bo‘yicha mulkdor ixtiyoridagi aktivlarning ulardan mavjud foydalanishdan kelib chiqib xamda korxonaning faoliyat yuritishda davom etishini xisobga olgan xolda baxolanishini talab etadi. Biroq, mulkdor ixtiyoridagi ayrim aktivlar keyinchalik korxonaga keraksiz bo‘lib koladi.

Agar bunday aktivlar korxonalar direktorlari tomonidan ortikcha deb e’lon qilinsa, u xolda ularni mavjud foydalanish emas, balki yanada samarali foydalanishdan kelib chiqib baxolash lozim. SHunga o‘xshash, odatda investitsiyalarga tegishli korxona aktivlari mavjud foydalanish emas, balki yanada samarali foydalanishdan kelib chiqyb baxolanadi.

Biznes amaliy muloxazalar bo‘yicha uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan aktivlarni sota olmasligi, va bunda foydali bo‘lib kolishi barcha aktivlar orasidan foydalanilayotgan aktivlarini aniqlash uchuy mantikiy asos bo‘lib xisoblanadi. Bunday aktivlarning sotilishy mazkur biznesning davom etishiga nomuvofiq bo‘lardi. SHu bilan birga, foydalanilayotgan aktivlarning bozor qiymatini baxolash bozor nuqtai nazaridan ushbu aktivlarning ulushini to‘kri aks ettiradi va boshqa aktivlarni baxolashda qo‘llaniladigan bozor qiymati uslublaribilan muvofiq keladi.

Baxolash jarayonidan Baxolovchi, odatda, korxona direktorlari yoki ularning professional maslaxatchilaridan mazkur aktivlarning mavjud foydalanish uchun saklanishi, korxona extiyojlari bilan taqqoslaganda ularning ortikcha ekanligi yoki investitsiyalar toifasiga kiritilishi to‘grisidagi ko‘rsatmalarni oladi. Bunday aniq ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmaganda, Baxolovchi o‘z tajribasi, bilimi va malakasiga tayangan xolda, mavjud dalillarni o‘rganib chiqib, u yoki bu aktivning kaysi toifaga kiritilishini belgilashi lozim. Ushbu xolatda bunday tasnif va uning asoslari to‘lik ochib berilishi lozim.

Biznesning davom etishi buxgalteriya xisobi va baxolash jarayonida karalayotgan korxona kelajakda o‘z faoliyatini davom ettirishi (ish mikyosi yoki uslubining rejalashtirilayotgan o‘zgarishlari to‘grisida buxgalterlar bilan tegishli maslaxatlarning mavjudligi sharti bilan) to‘grisidagi taxminni qabul qilishda fundamental axamiyat kasb etadi. Ushbu konsepsiya fakat bunday turdagi biznes qiymatiga nnsbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan faoliyat yurituvchi korxona qiymati konsepsiyasidan butunlay farq qiladi xamda barcha aktiv va majburnyatlarni o‘z ichiga oladi. Bunday qiymat turi aloxida aktivlarni baxolash bazasi sifatiga to‘gri kelmaydi. Aksincha, bozor qiymati va muayyan xolatlarda, eskyrishni xisobga olgan xolda o‘rnini bosish xarajatlari moliyaviy xisobot uchun korxonaning aloxida aktivlarini baxolashning maqbul bazalari xisoblanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling