Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


-SON MBMS «XUSUSIYLASHTIRISH MAQSADIDA MULK QIYMATINI BAHOLASH»NI


Download 0.61 Mb.
bet6/10
Sana25.11.2020
Hajmi0.61 Mb.
#151695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mulkni baxolash MXA


8-SON MBMS «XUSUSIYLASHTIRISH MAQSADIDA MULK QIYMATINI BAHOLASH»NI

QO‘LLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR

8-son MBMSni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar (keyingi o‘rinlarda uslubiy ko‘rsatmalar deb yuritiladi) 8-son MBMSni amalda qo‘llash maqsadida ishlab chiqilgan.



Uslubiy ko‘rsatmalarda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:

tashqi (iqtisodiy, ekologik) eskirish – tashqi vaziyat o‘zgarishi (shu jumladan ko‘chmas mulk bozoridagi o‘zgarishlar, ijtimoiy, moliyaviy, qonunchilik, ekologik va boshqa sharoitlarning o‘zgarishi) natijasida mulk qiymatidagi yo‘qotishlar;

jamlangan (umumiy) eskirish –jismoniy, funksional va tashqi eskirish natijasida binolar va inshootlar tiklanish qiymatining yoki almashtirish qiymatining kamayishi;

bartaraf etib bo‘lmaydigan eskirish – kelib chiqish sabablarini bartaraf etish xarajatlari ularni bartaraf etish natijasida ob’ekt qiymatiga qo‘shiladigan qiymatdan ko‘proq xarajatga ega eskirish;

nazorat uchun mukofot – nazorat elementlari mavjudligini aks ettiradigan qo‘shimcha qiymat;

reversiya – prognoz davrining oxirida kapitalning qaytishi;

etarli bo‘lmagan nazorat uchun chegirma – biznesdagi aksiyalar paketi (ulush) 100 foiz qiymatining mutanosib miqdoridan chegirib qolinadigan, ayrim yoki barcha nazorat vakolatlarining yo‘qligini aks ettiradigan summa yoki foiz;

likvidlilikning pastligi uchun chegirma – ob’ekt lozim darajada likvid emasligini aks ettirish uchun uning bozor qiymati kamaytiriladigan mutlaq yoki nisbiy kattalik;

xususiy kapital – korxonaning barcha majburiyatlari chegirib tashlanganda qoldadigan aktivlar;

almashtirish qiymati – o‘xshash darajada foydali bo‘lgan yangi yaxshilanishlarning joriy narxlardagi qiymati;

jismoniy eskirish – tabiiy qarish, noto‘g‘ri foydalanish, loyihalash vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar yoki foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida ob’ekt (uning elementlari) foydalanishga yaroqlilik xususiyatlarini qisman yoki to‘la yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan qiymatdagi yo‘qotishlar;

funksional eskirish – xohishlar, texnik innovatsiyalar yoki bozor standartlari o‘zgarishi natijasida ob’ekt qiymatidagi yo‘qotishlar.

Baholash haqida vazifani belgilash va baholash ob’ektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish

  1. Baholash haqida vazifani belgilash buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda amalga oshiriladi. Baholash haqida vazifada baholash ob’ektini baholashning asosiy shartlari, shuningdek baholashni o‘tkazishning cheklovchi shartlari belgilanadi va ta’riflanadi.

  2. Baholash haqida vazifa quyidagi shaklda tuziladi:

Baholash ob’ekti (nomi va qisqacha tavsifi)




Balansda saqlovchi (nomi, rekvizitlari)




Baholash ob’ekti (korxona, emitent) joylashgan manzil




Buyurtmachi va uning rekvizitlari




Baholovchi tashkilot va uning rekvizitlari




Baholashni o‘tkazish uchun asos




Baholash ob’ektining tashkiliy-huquqiy shakli




Baholashning maqsadi va vazifalari




Aniqlanayotgan qiymat turi




CHeklovchi shartlar




Baholash sanasi




Baholashni o‘tkazish grafigi (muddatlari)




Baholash to‘g‘risidagi hisobotni buyurtmachiga taqdim etish sanasi




Baholash maqsadiga va baholash ob’ektining xususiyatlariga qarab baholash haqida vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Baholash haqida vazifa baholash ob’ektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. SHartnomaga baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati ilova qilinishi ham mumkin.

Yig‘ilgan (buyurtmachidan yoki uning vakillaridan olingan) birlamchi hujjatlarga ega bo‘lgan holda, baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash ob’ektining balansda saqlovchisi (emitent) vakili bilan birga baholash ob’ektini ko‘zdan kechirish, uning amaldagi holatini o‘rganish, uni tavsiflash, o‘lchash va fotosuratga olishni hamda baholash ob’ektini identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni bajaradi.

Baholash ob’ektini identifikatsiya qilish vaqtida baholash ob’ektining amaldagi holatidan kelib chiqib uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi aniqlanadi.

SHuningdek, baholash ob’ektiga bo‘lgan amaldagi mulkiy huquqlarning mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi o‘rganiladi.

Zarur holda bahlovchining so‘roviga binoan hujjatlarni taqdim etgan shaxs tegishli hujjatlarga aniqliklar (izohlar)ni qo‘shimcha ma’lumotnomalar sifatida rasmiylashtiradi.

Baholash ob’ektini identifikatsiya qilish bo‘yicha bajarilgan barcha ishlarni baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiradi.

Korxonani baholashda baholash to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

korxonaning nomi va yuridik manzili;

tarmoqqa mansubligi va asosiy faoliyat turi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana va reestr raqami;

tashkiliy-huquqiy shakli;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari;

mulk tarkibi va tuzilishi;

filiallar va vakolatxonalar;

mulkiy huquqlar, cheklashlar, qo‘shimcha yuklamalar va servitutlar, ijara shartnomalari;

korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati.

Baholanayotgan korxonaning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash vaqtida uning faoliyat yo‘nalishlarini, korxona tarixi, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi va boshqaruv xodimlari haqidagi retrospektiv ma’lumotlarni, ichki moliyaviy axborotni (buxgalteriya balansi ma’lumotlarini, oxirgi uch yil uchun moliyaviy natijalar va pul mablag‘larining harakati haqidagi hisobotlarni) o‘rganish va ularga tavsif berish lozim.

Ko‘chmas mulkni baholash vaqtida quyidagilarni tavsiflash va identifikatsiya qilish lozim:

nomi, foydalanish yo‘nalishi va joriy foydalanish;

baholash ob’ekti joylashgan er, uning jismoniy va huquqiy tavsifi;

baholash ob’ektining iqtisodiy xususiyatlari va daromad keltirish qobiliyati;

ko‘chmas mulk hisoblanmaydigan, lekin baholashga kiritiladigan har qanday mulk yoki nomoddiy aktivlar;

baholash ob’ektiga aloqador bo‘lgan har qanday ma’lum servitutlar, cheklashlar va qo‘shimcha yuklamalar.

Mashinalar va uskunalarni baholash vaqtida, baholash maqsadiga qarab, quyidagilarni identifikatsiya qilish lozim:

mustaqil foydalaniladigan mashinalar, agregatlar va qurilmalarni;

texnologik jarayonga muvofiq texnologik mashinalar va yordamchi moslamalarni birlashtiruvchi texnologik majmualarni;

ishlab chiqaruvchi tarkibiy bo‘linmaning inventar ob’ektlar to‘plamidan iborat bo‘lgan mashinalar yoki dastgohlar parkini;

transport vositalarini.

Mashinalar va uskunalarni identifikatsiya qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda baholanayotgan uskunalarning inventar ro‘yxati tahlil qilinadi, ularning texnik-iqtisodiy tavsiflari aniqlanadi. Mazkur axborot manbai bo‘lib inventar kartochkalari, texnik pasportlar, tavsifnomalar, foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar, nomenklatura ma’lumotnomalari va boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Ikkinchi bosqich baholash ob’ekti o‘rnatilgan joyda amalga oshiriladi va uning amaldagi holatini o‘rganishni nazarda tutadi.

Mashinalar va uskunalarni identifikatsiya qilish quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:

yakka tartibda identifikatsiya uskunalar (mashinalar yoki transport vositalari)ning har bitta birligini alohida o‘rganish, tashqi ko‘zdan kechirish va asbob, moslama, jihoz va inventarni amalda butligini, shuningdek ularning ish qobiliyatini va foydalanish uchun tayyorligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. YAkka tartibda identifikatsiya mashinalar, uskunalar va transport vositalari alohida baholash ob’ektlari yoki korxonalarning ustav fondiga kiritish uchun mo‘ljallangan ob’ektlar hisoblangan yoki baholanayotgan korxona tarkibida bo‘lgan, miqdori 300 birlikdan kam bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi;

ommaviy identifikatsiya baholash ob’ektlarining turdosh guruhlarini (turlar yoki rusumlar yoki foydalanish yo‘nalishi yoki boshqalarga ko‘ra) shakllantirish prinsipiga binoan amalga oshiriladi. Ommaviy identifikatsiya mashinalar, uskunalar va transport vositalari ko‘chmas mulk tarkibida uning ajralmas qismi sifatida baholangan yoki baholanayotgan korxona tarkibida bo‘lgan, miqdori 300 birlikdan kam bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladi.

Mashinalar, uskunalarni va transport vositalarini identifikatsiya qilish usullaridan qat’i nazar, identifikatsiya taomilida quyidagi axborotni aks ettirish talab etiladi:

nomi, modeli (rusumi) mazkur turdagi baholanayotgan ob’ektlar sonini ko‘rsatgan holda;

ishlab chiqaruvchining nomi;

ob’ektning yo‘nalishi;

asosiy texnik tavsifi;

tayyorlangan yil va (oxirgi) foydalanishga topshirish sanasi;

poydevorga o‘rnatilishi va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi haqida ma’lumotlar;

ob’ektning ta’mirlanishi va unga texnik xizmat ko‘rsatilishi, uning ayrim uzellari va agregatlari almashtirilishi haqida ma’lumotlar.

Mulkni identifikatsiya qilish vaqtida baholovchi zaharli yoki xavfli materiallarning mavjudligi yoki o‘zgacha ta’sirini, aniq yoki yashirin nuqsonlarni aniqlash uchun tegishli organlar tomonidan biron-bir tekshiruv o‘tkazilgani yoki o‘tkazilmaganini baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatishi lozim.

Baholash ob’ektlarini baholash uchun axborot yig‘ish tartibi:

zarur ma’lumotlar tarkibini aniqlash;

axborot manbalarini tanlash;

zarur axborotni yig‘ish;

ma’lumotlarni tizimga solish, ularni ishlash va tahlil qilish;

axborotni baholash to‘g‘risidagi hisobotda bayon etishni o‘z ichiga oladi.

Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot baholovchiga narxni shakllantiruvchi eng muhim omillarni aniqlash va baholash ob’ektining yakuniy qiymati haqida asosli xulosa chiqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

Baholovchi baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ishni amalga oshiradi, baholash ob’ektining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganadi, baholash ob’ektining qiymatini aniqlash uchun muhim bo‘lgan axborotni, shu jumladan:

baholash ob’ektining qiymatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ekologik va boshqa omillar haqidagi axborotni;

baholash ob’ekti mansub bo‘lgan bozordagi talab va taklif haqidagi axborotni;

baholash ob’ekti haqidagi axborotni, shu jumladan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni, baholash ob’ektidan joriy foydalanish haqidagi, baholash ob’ekti bilan bog‘liq qo‘shimcha yuklamalar haqidagi ma’lumotlarni, baholash ob’ektining jismoniy xususiyatlari, uning texnik va foydalanishga oid ko‘rsatkichlari, eskirishi, oldingi va kutilayotgan daromadlar va xarajatlar haqidagi axborotni, baholash ob’ektiga doir buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlarini, shuningdek, baholash ob’ektining qiymatini aniqlash uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa axborotni baholashni o‘tkazish vaqtida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yondashuvlar va usullar yordamida tahlil qilishni amalga oshiradi.

Korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholash vaqtida baholovchi yig‘ilgan buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti asosida korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlilini amalga oshirishi lozim.

Baholovchi axborotning etarliligi va haqqoniyligini tahlil qilishni buning uchun unga ma’lum bo‘lgan vositalar va usullardan foydalanib amalga oshirishi lozim.

Agar qo‘shimcha axborotdan foydalanish baholash ob’ektining yakuniy qiymatini sezilarli darajada o‘zgarishiga olib kelmasa, yig‘ilgan axborot baholash maqsadi uchun etarli deb hisoblanishi mumkin. Axborot etarli emasligi baholash ob’ekti qiymatini baholashning yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bu hol baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.

Baholash ob’ektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili ko‘chmas mulk bozor qiymatini hisoblashning ajralmas qismidir.

Eng maqbul va eng samarali foydalanish ko‘chmas mulkdan foydalanishning qonun yo‘li bilan ruxsat etilgan, jismoniy jixatdan jihatdan ro‘yobga chiqarish va moliyaviy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan, ko‘chmas mulkning funksional imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish va uning eng katta qiymatini ta’minlash imkoniyatini beradigan ehtimol tutilgan yo‘li sifatida aniqlanadi.

Baholash ob’ektidan foydalanish, agar u qonunga muvofiq taqiqlangan yoki uni jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, eng samarali deb qaralishi mumkin emas. Hatto foydalanish qonunda ruxsat etilgan va jismoniy jihatdan uni amalga oshirish mumkin bo‘lgan holda ham baholovchi oqilona mulohazalarga ko‘ra bunday foydalanish amalda mumkinligi haqidagi o‘z fikrini asoslashi lozim.

Tahlil foydalanishning bir yoki bir nechta varianti bo‘lishi mumkinligini namoyish etganidan so‘ng, moliyaviy nuqtai nazardan ularning asosliligi tekshiriladi. Baholash ob’ektining eng katta qiymatini ta’minlaydigan va boshqa talablarga javob beradigan foydalanish eng samarali deb hisoblanadi.

Foydalanishning qonunda ruxsat etilgan va jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha variantlari orasidan baholash ob’ektiga kiritilgan investitsiyalarga zarur miqdordagi daromadni va baholash ob’ektining eng katta qiymatini ta’minlaydigan foydalanish varianti tanlanadi.

Baholash ob’ektidan foydalanishning ehtimol tutilgan variantlarini tanlashga uning jismoniy tavsifi, servitutlar va boshqa qo‘shimcha yuklamalar, yaxshilashlarni amalga oshirish mumkin emasligi, ob’ekt joylashgan er hamda baholovchi aniqlashi shart bo‘lgan boshqa omillar muayyan cheklashlar belgilashi mumkin.

Eng samarali foydalanishning bir necha turlarini aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda baholovchi foydalanishning barcha muqobil variantlarini undan foydalanish natijalariga ta’sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishi lozim.

Baholash ob’ekti uning faoliyat turi va asosiy yo‘nalishini saqlash sharti bilan xususiylashtirilayotgan bo‘lsa, eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili o‘tkazilmaydi. Keyinchalik uning qiymatini hisoblashda baholovchi baholash ob’ektidan uning joriy foydalanilishiga muvofiq foydalaniladi degan farazdan kelib chiqishi lozim.

Bozorga oid axborot etarli emasligi eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlilidan voz kechilishiga va baholash ob’ektidan foydalanishning joriy turi eng maqbul deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.

Eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlilini amalga oshirishdan voz kechish baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.



Daromad yondashuvi

Baholash ob’ektlari qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash pul oqimlarini diskontlash usuli yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usuli yordamida amalga oshiriladi.



Korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholash

Pul oqimlarini diskontlash usuli (keyingi o‘rinlarda matnda POD usuli deb yuritiladi) pul oqimlari beqaror bo‘lgan korxonalarni baholash uchun qo‘llaniladi va baholash ob’ektining qiymatini prognoz va prognozdan keyingi davrlarda (davrning oxirida) undan kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlashga asoslanadi.

Hisoblashlar quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:


PV =

CF1

+

CF2

+…+

CFn

+

FV

1+DR

(1+DR)2

(1+DR)n

(1+DR)n

, bu erda:

PV – joriy qiymat;

CF – n-chi davr pul oqimi;

FV – reversiya, prognozdan keyingi davrda korxonaning qoldiq qiymati;

DR – diskontlash stavkasi;

n – prognoz davrining oxirgi yili.

Prognoz yilining o‘rtasida pul oqimlarini olish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa (ishlab chiqarish mavsumiy bo‘lganda, daromad yil mobaynida bo‘lib-bo‘lib olinganda), pul oqimi prognoz davrining o‘rtasidan boshlab diskontlanadi.

Hisoblashlar quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:


PV =

n

CFi

+

FV

Σ

(1+DR)(i-0,5)

(1+DR)n

i=1

Quyidagilar korxona (aksiyalar paketlari, ulushlar, paylar)ni POD usuli bilan baholashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:

a) pul oqimi modelini tanlash;

b) prognoz davrining davom etish muddatini aniqlash;

v) retrospektiv tahlil, tushum, xarajatlar va investitsiyalarni prognoz qilish;

g) har bir davr uchun pul oqimi miqdorini hisoblash;

d) diskontlash stavkasini aniqlash;

e) prognozdan keyingi davrdagi qiymat (reversiya qiymati) miqdorini hisoblash;

j) bo‘lg‘usi pul oqimlari va reversiya joriy qiymatlarini qo‘shish;

z) yakunlovchi tuzatishlar kiritish.

Xususiylashtirilayotgan korxona (aksiyalar paketlari, ulushlar, paylar)ni baholash vaqtida xususiy kapital uchun pul oqimi modeli qo‘llaniladi.



Xususiy kapital uchun pul oqimi

Harakat belgisi

Ko‘rsatkich

Plyus

Soliqlar to‘langanidan keyingi sof foyda

Plyus

Amortizatsiya ajratmalari

Plyus (minus)

Xususiy aylanma kapitalning kamayishi (o‘sishi)

Plyus (minus)

Asosiy vositalarga investitsiyalarning kamayishi (o‘sishi)

Plyus (minus)

Uzoq muddatli qarzning o‘sishi (kamayishi)

Minus

Imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar

Jami:

Xususiy kapital uchun pul oqimi

Ayrim hollarda baholash ob’ektini baholash haqidagi vazifada POD usuli bilan hisoblashlarda investitsiya kiritilgan kapital uchun pul oqimi modelidan foydalanish belgilanishi mumkin.

Prognoz davrining davom etish muddatini aniqlash korxonaning rivojlanish rejalarini, qiymat ko‘rsatkichlari (tushum, tannarx, daromad, narxlar va boshqalar) dinamikasini, talab, ishlab chiqarish va sotuv hajmlarining o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Prognoz davrining davom etish muddati besh yil qilib belgilanadi. Baholash haqida vazifada prognoz davrining bundan kattaroq muddati belgilanishi mumkin.

Korxonaning mavjudligini tugatish uchun ob’ektiv sabablar bo‘lmasa, u nomuayyan muddat mavjud bo‘lishi mumkinligi faraz qilinadi. Korxonaning keyingi mavjudlik muddati ikki qismga: baholovchi pul oqimlari dinamikasini prognoz qiladigan prognoz davriga va pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli sur’atlari hisobga olinadigan prognozdan keyingi davrga bo‘linadi.

Retrospektiv tahlil va prognoz korxona va umuman tarmoq faoliyatining retrospektiv ko‘rsatkichlari bilan mantiqan mos kelishi lozim.

YAlpi tushum tahlili va prognozi quyidagi omillarni o‘rganishni talab etadi:

ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasini;

ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot narxlarini;

korxonaning o‘sish sur’atlarini;

mahsulotga bo‘lgan talabni;

mavjud (shu jumladan hali ishga solinmagan) ishlab chiqarish quvvatlarini;

kapital qo‘yilmalarning imkoniyatlari va ehtimol tutilgan oqibatlarini;

korxonaning rivojlanish rejalarini.

Xarajatlarni prognoz qilishda baholovchi:

retrospektiv ma’lumotlar va tendensiyalarni hisobga olishi;

o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlar tuzilishini o‘rganishi;

bir martalik va aloxida (zaruriy) xarajatlar moddalarini o‘rganishi;

kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lash uchun xarajatlarni qarzdorlikning prognoz qilinayotgan darajalariga muvofiq hisoblashi;

prognoz qilinayotgan xarajatlarni raqib korxonalarning tegishli ko‘rsatkichlari yoki tarmoqdagi o‘rtacha o‘xshash ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashi;

eskirgan uskunalarni almashtirish uchun xarajatlar (qo‘yilmalar) qilish zarurligini prognoz qilishi va asoslashi;

aktivlarning amortizatsiya ajratmalarini ularning o‘sishi va hisobdan chiqarilishini hisobga olib aniqlashi lozim.

Investitsiyalarni (investitsiyalar, moliyalash manbalari, investitsiyalar siyosatiga bo‘lgan ehtiyojni) tahlil va prognoz qilishda baholovchi:

mablag‘lar jalb qilish (kreditlar olish, aksiyalar chiqarish va boshqalar)ga bo‘lgan zaruriyatni tahlil qilishi;

ortiqcha yoki etishmayotgan aylanma vositalarni aniqlashi;

asosiy kapital eskirishiga qarab uni almashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida kapital qo‘yilmalarning zaruriy miqdorini aniqlashi;

uzoq muddatli qarzdorlikning o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ni hisoblashi lozim.

Prognoz davrining har bir yiliga pul oqimi miqdorini hisoblash uchun bilvosita va bevosita usullar qo‘llaniladi.

Bilvosita usul faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining tahliliga yo‘l qo‘yadi. U daromaddan foydalanish va mavjud pul mablag‘larini investitsiyalashni amalda namoyish etadi.

Bevosita usul kirim va chiqim moddalari, ya’ni buxgalteriya schyotlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining tahliliga asoslanadi.

Pu oqimi hajmini hisoblashda baholovchi korxonaning rivojlanish rejalarini o‘rganadi va zarur holda ularga tuzatish kiritadi.

Diskontlash stavkasining miqdori 8-son MBMSning 36-bandiga muvofiq aniqlanadi.

Prognoz davridagi reversiya qiymatini hisoblash xususiy kapitalning barcha aktivlari tuzilishiga qarab amalga oshiriladi.

Korxona aktivlari (xususiy kapital) asosan uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, investitsiyalar va boshqalar)dan iborat bo‘lsa, reversiya qiymati prognozdan keyingi davr sanasidagi korxona sof aktivlarining bozor qiymatini diskontlash yo‘li bilan hisoblanadi.

Bunda, prognozdan keyingi davrda korxona sof aktivlarining bozor qiymati sifatida korxona qiymatini xarajat yondashuvi bilan hisoblash natijasi olinadi.

Hisoblashlar quyidagi formulalar bo‘yicha amalga oshiriladi:


S1 = V * I * (1-A)

S2 = S1 * I * (1-A)

S3 = S2 * I * (1-A)



Sn = Sn-1 * I * (1-A)

FV = Sn * 1,02

, bu erda:

S1, S2, S3, …, Sn – sof aktivlarning tegishli prognoz davrlaridagi bozor qiymati;

V – baholash sanasida korxona sof aktivlarining bozor qiymati;

I – baholanayotgan korxona tarmog‘iga qarab, baholash sanasidan oldingi yil yakunlariga ko‘ra aniqlangan narxlarning yillik qimmatlashuv indeksi;

A – asosiy vositalar amortizatsiya ajratmalarining o‘rtacha hajmini 5 foiz miqdorida belgilovchi 0,05 koeffitsienti;

FV – prognozdan keyingi davrda kutilayotgan qiymat (reversiya qiymati);



n – prognoz davrlari soni.

Korxona aktivlari asosan joriy aktivlar (pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, tovarlar va boshqalar)dan iborat bo‘lgan holda, reversiya qiymati prognozdan keyingi birinchi davr pul oqimini pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli sur’atlarini hisobga oluvchi kapitallashtirish stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Hisoblashlar quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:



FV =

CFr

DR – t

, bu erda:

FV — prognozdan keyingi davrda kutilayotgan qiymat (reversiya qiymati);

CFr — prognozdan keyingi (qoldiq) davrning birinchi yilidagi pul oqimi (oxirgi prognoz davrining pul oqimi 1+t ga ko‘paytiriladi);

DR — diskontlash stavkasi;

t — qoldiq davrda pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli (shartli ravishda o‘zgarmas) sur’atlari.

Xususiylashtirish maqsadida baholash ob’ektlarini baholash vaqtida POD usuli qo‘llanilganda prognozdan keyingi davrda pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli sur’atlari yiliga 2 foiz hajmida belgilanadi.

Prognoz davrida pul oqimlari va reversiya joriy qiymatini hisoblash ularning ko‘rsatkichlarini birlik joriy qiymatining tegishli koeffitsienti (diskontlash omili) bo‘yicha diskontlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

POD usulini qo‘llaganda baholash ob’ekti prognoz davrida keltiradigan davriy pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash ob’ektining prognozdan keyingi davrdagi joriy qiymatini qo‘shish lozim.



Pul oqimlari va reversiya joriy qiymatini hisoblash

Ko‘rsatkich

1-chi prognoz yili

2-chi prognoz yili



n-chi prognoz yili

Prognozdan keyingi davr

Pul oqimi

(CFn, CFr)



CF1

CF2



CFn

CFr

Reversiya

qiymati (FV)



-

-

-

-

FV

Joriy qiymat koeffitsienti

(Kn)


K1=

1

(1 + DR)



K2=

1

(1 + DR)2





Kn =

1

(1 + DR)n



Kn =

1

(1 + DR)n



Pul oqimlari va reversiya joriy qiymati (PVn)

PV1= CF1* K1

PV2= CF2* K2



PVn= CFn* Kn

PVr= FV* Kn

Korxona

qiymati (V)



V = PV1 + PV2 + … + PVn + PVr

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling