Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 0.61 Mb.
bet4/10
Sana25.11.2020
Hajmi0.61 Mb.
#151695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mulkni baxolash MXA


2. 4-sonli MBMS talablari

Moliyaviy xisobot uchun aktivlarni baxolash - agar ochib berilayotgan axborotning tafsilotlari va doirasi kafolatlangan miqdorlarni bermasa - quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

korxona extiyojlari bilan taqqoslaganda, ortikcha bo‘lgan barcha investitsion mol-mulk va aktivlar ulardan yanada samarali foy- dalanganda bozor qiymati asosida baxolanishi lozim;

mulkdor ixtiyorida foydalanishda bo‘lgan va investitsion yoki ortikcha xisoblanmagan barcha ixtisoslashtirilmagan mol-mulk mavjud foydalanish uchun bozor qiymati asosida baxolanadi;

mulkdor ixtiyorida foydalanishida bo‘lgan barcha ixtisoslashtirilmagan molk-mulk mavjud foydalanish uchun bozor qiymati asosida baxolanadi;

mulkdor ixtiyorida foydalanishda bo‘lgan barcha ixtisoslashtirilgan molk-mulk eskirishni xisobga olgan xolda o‘rini bosish xarajatlari asosida baxolanadi. Bozor qiymati uslublarni kullash mumkin bo‘lganda, ushbu baxolash uslubidan foydalanilmaydi.

Odatda savdo yoki ishlab chiqarish saloxiyati asosida baxolanadigan molk-mulk mulkdor ixtiyorida foydalanishda bo‘lgan boshqa molkdan ajratilishini lozim.

Baxolash er uchastkalari va kurilmalaridan farqlanuvchi mol-mulkni o‘z ichiga olganda, bunday mol-mulkning bozor qiymati er uchastkalari va kurilmalaridan aloxida ko‘rsatilishi lozim. Agar bunday turdagi mol-mulk, odatda, er uchastkalari va kurilmalari bilan birgalikda sotilsa, u xolda uning bozor qiymati er uchastkasi, kurilmasi va boshqa mol-mulkning birgalikda olingan bozor qiymatining unsuri sifatida aniq-ravshan aniqlangan bo‘lishi lozim.

Baxolovchilar mulkdor-korxona direktorlaridan baxolanishi lozim bo‘lgan, quyidagi toifalardan biriga tegishliligi ko‘rsatilga aktivlar ro‘yxatini olishlari lozim: foydalaniladigan aktivlar ortikcha aktivlar yoki investitsion aktivlar - yuqorida ta’kidlangan bandga muvofiq tegishli baxolash bazasini tanlash uchun.

Agar, istisno tarikasida, Baxolovchi aktivlarning toifasi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmaydigan topshirik olsa, u aktivlarni ulardan xaqiqatda foydalanishga asoslangan xolda baxolashi lozim, ya’ni ularning foydalaniladigan, ortikcha yoki investitsion ekanliklarini aniqlashi, va tegishli ma’lumotlarni xisobot da keltirishi lozim. Bunday xolat kompaniyalarni birlashtirishda yoki bir kompaniya boshqasini "nodo‘stona" tugatganda, shuningdek Baxolovchi ixtiyorida tegishli ma’lumot bo‘lmasa yoki axborot ishonchiz bo‘lgan boshqa xolatlarda yuzaga kelishi mumkin.

Baxolovchining tegishli xatti-xarakatlari baxolash to‘grisidagi xisobotda aniq-ravshan yoritib berilishi lozim.

Moliyaviy xisobot uchun amalga oshirilgan baxolash natijalarini bayon etishda, Baxolovchi quyidagi ma’lumotlarni aniq va ravshan ochib berishi lozim:

olingan ko‘rsatmalar va baxolash maqsadlarining tavsifi;

qiymatning turi va ta’rifini o‘z ichiga olgan xolda, baxolash bazasi;

aktivlarga egalik qilish muddati va baxolanayotgan xuquqlar tasnifi;

baxolash sanasi;

aktivlar nomi va ularning joylashgan joyi, shuningdek ulary tadkik etish sanasi va darajasi;

me’yoriy xujjatlar bilan belgilangan chegaralar;

barcha o‘ziga xos taxminlar va/yoki cheklovchi shart-sharoitlar;

ishlab chiqarish vositalari va mashinalar;

baxolashning amalga oshirilishiga (sezilarli) oid bo‘lgan boshqa shart-sharoitlar.

Mexmonxonalar, yokilgi quyish shaxobchalari, restoranlar va xokazo kabi ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlarini baxolash, bozor qiymati bo‘yicha unga nafaqat er uchastkalari va kurilmalari, balki boshqa aktivlarning kiritilishini xisobga olgan xolda, amalga oshirilishi mumkin.

"Savdo saloxiyatiga ega mol-mulk deb ataluvchi aloxida ravishdagi er, kurilma va boshqa ob’ektlarning qiymatini belgalash murakkab bo‘lgan yoki buning imkoni bo‘lmagan bunday mol-mulk ob’ektlari, odatda, bozorda yagona faoliyat yurituvchi majmua sifatida sotiladi. Bozor qiymatining baxolanishini amalga oshira turib, Baxolovchi er uchastkasi, kurilmasi va boshqa unsurlarning qiymatini ajratishi, yoki mukobil xolatda, baxolash butun bir majmua uchun amalga oshirilganlipshi yakkol ko‘rsatib berishi lozim.

Baxolovchining boshqa majburiyatlari Baxolovchilar ish jarayonida aktivlar joylashgan xududda aktivlarni baxolashda tegishli malaka va zarur tajribaga ega bo‘lgan ishonchli xodimlardan foydalanishlari lozim. Professional Baxolovchilar ularning amaliyoti uchun yangi xududlarda aktivlarni tegishli tarzda baxolash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin.

Ayrim xolatlarda tashkaridan professional yordam talab etilishi mumkin. Bunday xolatlarda baxolash to‘grisidagi xisobot yoki baxolash sertifikatida taklif etilgan mutaxassislarning familiyalari, ularning malakasi va bajarilgan ishdagi ulushini ko‘rsatish lozim.

Baxolovchi baxolash munosabati bilan manfaatlarniig nizosi yuzaga kelmagan xolatdagina o‘z ishini me’yoriy bajarishi mumkin. Barcha extimoliy, aniq va noaniq nizolarni korxona direktorlari bilan muxokama qilish tavsiya etiladi. Noaniq nizolar xaqiqiy materiallarning ochib berilishida bartaraf etilishi mumkin, biroq baxolovchi, extimol, agar uning mustakil baxolovchi sifatidagi obro‘si tushadigan bo‘lsa, shartnomani rad etishga majbur bo‘lishi mumkin.

Umumiy masalalar:

MBMS bilan belgilangan bozor qiymati konsepsiyalari va tamonillari baxolovchilarga:

1) o‘ziga xos xolatlar yoki kiska muddatli omillarning xarakati sababli, bozorning deformatsiyalanishi shart-sharoitlarida narxni kiimatdan farqlash,

2) bozor qiymati ta’rifi va konsepsiyasini bozorning cheklanganligi yoki to‘lik mavjud emasligi shart-sharoitida va/yoki boshqa kamdan-kam uchraydigan xolotlarda ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlariga nisbatan qo‘llash imkonini beradi.

Ayirboshlashdagi qiymat mazkur aktivga mulk xuquqini ayirboshlash okilona taxmin qilinadigan bozor nuqtai nazaridan aktiv qiymatidan iborat. Ayirboshlash qiymati konsepsiyasi 2-sonli MBMSda keltirilgan ta’rifga muvofiq bozor qiymatining xisob-kitobi asosida yotadi. Ayirboshlashdagi qiymat sof bozor konsepsiyasi bo‘lib xisoblanadi va uning miqdori bozor ma’lumotlariga asoslanga ob’ektiv uslublar va tartibotlar yordamida xisoblanishi mumkin.

"YAnada extimolli foydalanish" atamasi bilan "yanada samarali foydalanish" ifodasi o‘zaro bogliq. Ishlayotgan korxonaning foydalanilayotgan aktivlarini baxolash munosabati bilan so‘nggi ifoda karab chiqiladigan bo‘lsa, u xolda mazkur aktivlardan yanada extimolli foydalanish va yanada samarali foydalanish farqlanishi mumkin. Boshqa tomondan, biznes extiyojlari bilan taqqoslaganda ortikcha xisoblangan va ochiq bozorda sotish uchun taklif etilishi mumkin bo‘lgan aktivlar uchun mazkur ikki ifodaning mazmuni odatda

mos tushishiga yakin turadi.

"YAnada samarali foydalanish" odatda jismoniy mumkin bo‘lgan, mantikiy oklangan, baxolanayotgan aktivning bozor qiymati maksimal bo‘lganda, moliyaviy amalga oshirish mumkin bo‘lgan real, yuridik jixatdan maqbul mukobil foydalanish variantlari sifatida aniqlanadi. "Mavjud foydalanish" aktivdan, aktivning korxona qiymatiga o‘z ulushini kiritishda davom etishi imkoniyatini xisobga olib, biroq u sotilganda mukobil yoki

yanada extimolli foydalanish variantlarini xisobga olmasdan, baxolash sanasidagi kabi foydalanishni taxmin qiladi.

Mavjud foydalanish uchun bozor qiymati yoki mavjud foydalanish qiymati ta’rifi moliyaviy xisobot uchun aktivlarni baxolashda qo‘llaniladi, biroq ortikcha mol-mulk, investitsion mol-mulkni baxolash yoki kengrok kilib aytganda, moliyaviy xisobot talablari doirasidan tashkari baxolashda undan foydalanib bo‘lmaydi.

Ortiqcha aktivlarning bozor qiymati endi korxonaning ularga boshqa extiyoji yo‘kligidan iborat bo‘lgan fikga asoslangan, lekin ulardan foydalanishning aloxida shakli shakli bo‘lganda - yangi funksional foydalanishdan to lom sifatida foydalanish.

Investitsion mol-mulkning bozor qiymati uning sotilishi bo‘yicha bitimning (kelishuvning) MBMS matnida keltirilgan bozor qiymati ta’rifida ta’kidlangan talablar va shart-sharoitlarga muvofiq amalga oshirilishi taxmin qilinishida aktivning ochiq bozordagi qiymatiga asoslangan.

Investitsion mol-mulk.

Investitsiya kompaniyalari, pensiya (jamgarma) fondlari, trast kompaniyalari yoki mol-mulk xuquqlarining o‘xshash shakllariga ega kompaniyalarning uzok muddatli investitsiyalariga oid daromad keltiruvchi mol-mulk odatda aloxida aktivlarning belgilangan savdo rejalariga muvofiq realizatsiya qilinishi asosida baxolanadi. Portfel investitsiyalari yoki mol-mulk ob’ektlarining guruxi sifatida karaladigan bunday aktivlarning bozor qiymati aloxida olingan barcha aktivlarning bozor qiymati summasidan ko‘prok yoki kamrok bulishi mumkin. Agar ushbu xolat o‘z o‘rniga ea bo‘lsa, bu xakda aloxida direktorlar yoki baxolash buyurtmachilariga xabar berishi lozim.

Institutsional investitsiyalarga nisbatan maxsus talablar rivojlanish boskichidagi mol-mulk ob’ektlari kabi aktivlarning turli toifalariga o‘ziga xos yondashuvning zaruriyatiga olib kelishi mumkin. SHunga o‘xshash,umumqabul qilingan buxgalteriya kelishuvlari doirasida takdim etiladigan ma’lumotlarning ochilishiga nisbatan oddiy talablardan tashkari, boshqa ko‘shimcha talablar xam yuzaga kelishi mumkin.

Jami foydalilik bilan taqqosiagandagi iidividual foydalilik.

Aktivning baxolash bazasi undan kay tarzda foydalanish va/yoki uning bozorda qanday sotilishiga bogliq bo‘ladi. Ayrim aktivlar individual tartibda foydalanilganda, optimal foydalilikka ega bo‘ladi. Boshqalari esa ayrim aktivlar guruxining tarkibiy qismi sifatida foydalanilsa, kata foydalilikka ega bo‘ladi.

Me’yoriy shart-sharoitlarda aloxida joylashgan, mustakil faoliyat yurituvchi mol-mulk ob’ektlari, odatda, individual tartibda sotiladi va aynan shu nuqtai nazardan baxolanadi. Agar bunday ob’ektlarning qiymati boshqa mol-mulk ob’ektlari bilan funksional yoki iqtisodiy alokalari xisobiga ortsa (yoki kamaysa), u xolda bunday ko‘shimcha yoki maxsus qiymat baxolash jarayonida aniqlanishi va baxolovchining o‘z kuzatishlari asosida yoki mijozdan olingan ko‘rsatmalarga muvofiq xisobotda kayd etilishi mumkin.

Biroq, xech bir o‘ziga xos tarzda xisoblangan qiymatni tegishli asoslarsiz bozor qiymati deb xisoblab bo‘lmaydi.

Aloxida mol-mulk ob’ekti o‘zicha unga tutash boshqa mol-mulk ob’ekti bilan o‘zining jismoniy yoki funksional alokalari xisobiga yoki o‘ziga xos manfaatlarga ega bo‘lgan xaridor uchun o‘zining jozibadrrligi xisobiga ega bo‘lgan qiymatdan yuqori ko‘shimcha yoki maxsus qiymatga ega bo‘lishi mumkin. 4-sonli MBMSda berilgan ta’rifga muvofiq belgilangan bozor qiymatidan tashkari, xisobotda bunday ko‘shimcha yoki maxsus qiymatning

me’yorlari yoki miqdorini ko‘rsatish lozim.

O‘zgacha sinchkovlik bilan u ishlab chiqarish korxonasi yoki bir joyda yoxud turli joylarda ko‘pgina aktivlarga ega bo‘lgan korxonaning-tarkibiy qismini tashkil kilgan xolatda, aktivlarning foydaliligi ta’rifiga yondashish lozim. Bunday xollarda odatda korxona faoliyat yurituvchi xisoblangan aktivlarning jami foydaliligi xakida so‘z yuritish axamiyatga ega.

Agar baxolash maqsadi iqtisodiy birlik sifatida faoliyat yurituvchi korxonaning moliyaviy xisobotlarini tayyorlash bilan bogliq bo‘lsa xamda xisobotda talab etiladigan qiymat faoliyat yurituvchi korxonaning qiymati bo‘lib xisoblansa, u xolda aktivlarning foydaliligi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi biznesning bir qismi sifatida yalpi karalishi mumkin (mulkdorlar yoki direktorlar tomonidan ortikcha yoki xarakatsiz xisoblangan aktivlardan tashkari). Aktivlarni faoliyat yurituvchi korxona konsepsiyasiga muvofiq baxolashda, ularning qiymati foydalanishdagi umumiy qiymatni, ya’ni mukobil foydalanishda ularning individual foydaliligidan farqli ravishda, ularning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi umumiy ulushini aks ettiradi.

Joriy foydalilik va kelgusi foydalilik.

Foydalilik uzok istikbolga - odatda, aktivning butun me’yoriy xizmat ko‘rsatish muddati uchun aniqlanadi. Biroq, ayrim aktivlar korxona uchun vaqtinchalik ortikcha bo‘lib kolishi mumkin; ular "saklab turiladi" yoki qandaydir boshqacha yo‘l bilan ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi, mukobil foydalanish uchun o‘zgartiriladi yoki oldindan aniqlangan muddat davomida bekor turadi. Boshqa xolatlarda bozorga nisbatan tashki shart-sharoitlar -iqtisodiy yoki siyosiy - noma’lum vaqtga ishlab chiqarishni kiskartirishga majbur qilishi mumkin.

SHunga o‘xshash xolat aktivlar uzok xuddalarda joylashganda xam sodir bo‘lishi mumkin. Baxolash sanasiga ularning foydaliligi darajasini aniq belgilash nyuoyatda murakkabdir. Bunday xolatlarda Baxolovchi korxona mulkdorlari yoki direktorlari bilan maslaxatlashish yo‘li bilan aktivlardan kelgusida foydalanishning yanada extimolli varianti va ularning kaysi toifaga tegishli ekanliklarini aniqlashi lozim.

Aktivlar kelgusida foydalanish uchun "saklab turiladigan" xolatlarda, ularni baxolash uchun eskirish, o‘xshash saloxiyatli foydalilikni xisobga olgan xolda, o‘rnini bosish xarajatlaridan foydalanuvchi uslub qo‘llanilishi mumkin. Xar qanday xolatda Baxolovchi yaxshi xabardor xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan narxga oid masalani o‘rganib chiqishi lozim. Ayrim xolatlarda tajribali Baxolovchi bozor qiymatining oxirgi belgilanishi mumkin bo‘lgunga kadar, vaqt, tavakkalchilik, saklash xarajatlari (ular mavjud bo‘lganda) va boshqa omillarni xisobga olgan xolda, erkin bozorning aktiv xududlarida joylashgan o‘xshash foydalilikka ega o‘xshash aktivlarning bozor qiymati bilan taqqoslash yo‘li bilan baxolashni amalga oshirishi (yoki boshlangich ma’lumotlarni interpolyasiya qilishi) mumkin.

Unumdorlik yoki samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadigan foydalilikning o‘zgarishi noaniqlik, shu jumladan iqtisodiy xolatning tatbik etilgan natijasi xisoblanadi. Bunday xollarda Baxolovchi korxona direktorlari va/yoki boshqa vakolatli shaxslar bilan maslaxatlashgan xolda,o‘xshash xodisalarning davomiyligiga nisbatan bozor taxminlariga oid dalillarni takdim etishi lozim. Korxonalarning vaqtinchalik yopilishi aktivlar qiymatiga sezilarsiz (yoki nolli) ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu vaqtda faoliyatning uzok muddatli to‘xtatilishi istikbollari qiymatning doimiy pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Baxolanadigan aktivlarni ularning faoliyat yuritishi natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha ichki va tashki omillar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish lozim.

Ixtisoslashtirilgan aktivlar va cheklangan realizatsiya imkoniyatlariga ega aktivlar.

Ixtisoslashtirilgan aktivlar va cheklangan realizatsiya imkoniyatlariga ega aktivlar ochiq bozorda yoki ajralmas qismi xisoblangan biznes tarkibida (ba’zan u "egalik qilishdagi biznes" deb ataladi)kamdan-kam sotiladi. Agar bunday aktivlardan extimolli foydalanish egalik qilishdagi biznes bilan bevosita bogliq bo‘lsa, u xolda ularning qiymatini baxolash jarayoni bozorga bogliq emas xamda butun korxona qiymatining mazkur qiymatni keyinchalik uning tarkibiy qismlari bo‘yicha tarkatish bilan baxolanishini talab qilishi mumkin. Ayrim aktivlar fakat faoliyat yurituvchi korxona sifatida maxsus qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday turdagi baxolashni amalga oshirishda baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobotda mazkur qiymat turi va uning bozor qiymatidan farqini aloxida ko‘rsatish lozim (3-sonli MBMSga karang).

Ko‘pincha eskirish, o‘xshash saloxiyatli foydalilik yoki funksional saloxiyatni xisobga olgan xolda o‘rnini bosish xarajatlari uslubi cheklangan realizatsiya imkoniyatiga ega aktivlar uchun yanada muvofiq baxolash tartiboti bo‘lib xisoblanadi. Ushbu uslubning qo‘llanilishi baxolovchidan baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobotda tegishli izoxlarni,xususan, - uning bozor ma’lumotlari yoki boshqa axborotlarga asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga aniqlik kiritishni talab etadi.

Firmalararo ijara.

Ayrim firmalar guruxi ichida ijara to‘grisidagi firmalararo kelishuv bo‘yicha kompaniya tomonidan olinadigan mol-mulk ob’ekti rasmiy yoki norasmiy - mulkdor tomonidan olinadigan mol-mulk sifatida baxolanadi.

Mulkdorlar tomonidan olinadigan ko‘chmas mulk ob’ektlari.

Agar Baxolovchidan yuridik yoki boshqa asosli sabablar tufayli mazkur mol-mulk ob’ekti mulkdor tomonidan voz kechilishi to‘grisidagi taxminlarni qabul qilish talab etilsa, u xolda baxolash to‘grisidagi xisobot yoki baxolash sertifikati taqqoslama ob’ektlarning sotilishi to‘grisidagi bozor ma’lumotlari asosida belgilangan qiymatga tegishli bo‘lishi lozim. Aks xolda mulkdor tomonidan olinadigan mol-mulk ob’ektlari mavjud foydalanishdan kelib chiqkan xolda baxolanadi.

Baxolash to‘grisidagi xisobotlar yanglishishga olib kelmasligi lozim.



Odatda 4-sonli MBMSga muvofiq tuzilgan baxolash to‘grisidagi xisobotlar 2-sonli MBMSda bayon qilingan xisobotlar talablariga javob berishi lozim. Xususan, baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobot baxolash maqsadlari, qo‘llash soxalari va baxolash sanasi, shuningdek Baxolovchi tomonidan olingan yo‘riknomalar va uning ixtiyorida mavjud axborotlarning aniq ko‘rsatmasini o‘z ichiga olishi lozim. Ushbu yo‘riknomalar va 4-sonli MBMS o‘rtasida karama-karshiliklar mavjud bo‘lganda, Baxolovchi xisobot foydalanuvchispning e’tiborini mavjud farqlarga karatishi xamda 4-sonli MBMSdan chetga chiqish xolatlarni kayd etishi shart. SHunga o‘xshash xolda, baxolash to‘grisidagi xisobot yoki baxolash sertifikatida to‘lik axborotning yo‘kligi yoki baxolashni amalga oshirish bilan bogliq o‘ziga xos xolatlar bilan izoxlangan maxsus taxminlarning mavjudligi xollari kelishilgan bo‘lishi lozim. Baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobot xisobotni butunlay yoki uning ayrim qismlarining, unga yoki unda mavjud ko‘rsatkichlarga, baxolovchilarning ismlari va professional tegishliligiga,baxolovchilarning yozma ruxsatisiz nashrning shakli va kontekstiga tegishli nashr etilishini takiklovchi bandiga ega bo‘lishi shart. Baxolash sertifikatp yoki baxolash to‘grisidagi xisobot, shuningdek, baxolashning mazkur yoki boshqa tan olingan standartlarga muvofiq, mijoz yoki boshqa manfaatdor tomonlarga nisbatan mustakil va xolis amalga oshirilganligi tasdigi, shuningdek mazkur. standart tomonidan ochib berilishi talab etiladigan boshqa ma’lumotni o‘z ichiga olishi lozim. Baxolovchi o‘z yollanishining shart-sharoitlari sifatida baxolovchi xulosasiga xavola berilgan xar qanday xujjat barcha maxsus cheklovlar, taxminlar va MBMSdan chetga chiqishlarning bayonini o‘z ichiga olishini talab qilishi lozim. Agar baxolash "ichki Baxolovchi", ya’ni baxolanayotgan mol-mulkka egalik kiluvchi korxona yoki buxgalteriya firmasida ishlovchi, moliyaviy xujjatlar va/yoki korxonaning moliyaviy xisobotini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladigan bo‘lsa, u xolda baxolash to‘grisidagi sertifikat yoki xisobotda tegishli o‘zaro munosabatlarning mavjudligi va xususiyatlari to‘grisida maxsus band bo‘lishi lozim.

Nazorat savollari:

  1. Qat’iy belgilangan (yoki uzok muddatli) aktivlarni izoxlang?

  2. Bozor qiymatini izoxlang?

  3. Faoliyat yurituvchi korxona qiymati izoxlang?

  4. Bozor qiymat izoxlang?

  5. Adolatli qiymat qanday aniqlaniladi?

  6. Moliyaviy xisobotni ta’riflab bering?

  7. Aktivlar baxolash deganda nimani tushunasiz?,

  8. Investitsiya kompaniyalari deganda qanday korxonalarni tushunasiz?

  9. Pensiya (jamgarma) fondlari qanday jamgarmalar?

  10. Trast kompaniyalari qanday korxonalarni tushunasiz?

  11. Institutsional investitsiyalar deganda nimalarni nushunasiz?

  12. Aktivning baxolash bazasi qanday aniqlaniladi ?

  13. Joriy foydalilik nima va qanday aniqlaniladi ?

  14. Kelgusi foydalilik deganda nimani tushunasiz va qanday aniqlaniladi?

  15. Jxtisoslashtirilgan aktivlar ?

  16. Cheklangan realizatsiya imkoniyatlariga ega aktivlar?



    1. MAVZU. SSUDA, GAROV VA QARZ MAJBURIYATLARINI TA’MINLASH UCHUN BAXOLASH ASOSLARI (5-sonli MBMS)


Reja:

1.Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun baxolash

2. Standartlar talablari

3. 5-sonli MBMSdan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar

4. Axborotlarning ochilishiga qo‘yiladigan talablar
Tayanch iboralar: Ssuda, garov, qarz, Moliyalashtirish, foydaliligi, foydalanish, yaroqlilik, aktivlarning, bozor qiymati, muqobil turdagi qiymat, baxolovchining majburiyatlari, kredit, qarzni so‘ndirish,kreditlashning ta’minoti, tiklanmaydigan aktivlar, bozor stavkasi

1.Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun baxolash
Mazkur "Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun baxolash" Mulkni baxolash milliy standarti (5-sonli MBMS) O‘zbekiston Respublikasining "Baxolash faoliyati to‘grisida"gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan xamda O‘zbekiston Respublikasida baxolash faoliyatini me’yoriy tartibga solishning tarkibiy qismi bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2006 yil 14 iyundagi 01/19-23-sonli qarori bilan tasdiqlangan

5-sonli MBMSning vazifasi - ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun baxolashning 4-sonli MBMSga muvofiq o‘tkaziladigan moliyaviy xisobot uchun baxolashdan farqini aniqlashdan iborat. 5-sonli MBMS Baxolovchi ishonchga asoslangan jismoniy shaxslar va korxonalarni kreditlashdan farqli ravishda, muayyan qat’iy belgilangan aktivlarning ta’minoti ostidagi moliyalashtirishni taqdim etuvchi kredit muassasalari va boshqa tashkilotlarning topshirigi bo‘yicha molmulkning baxolanishini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan doiralarini belgilaydi. Baxolovchi maslaxatlari boshqa soxalarga tatbiq etilishi mumkin, biroq 5-sonli MBMS

faqat ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun mol-mulkni

baxolashga tegishlidir.

Moliyalashtirish to‘grisidagi ko‘pgina kelishuvlar aniq aktivlar bilan ta’minlanadi. Ssuda, garov yoki boshqa qarz majburiyati bo‘yicha olinadigan ta’minot tushunchasi yanada kengroq aniqlanishi mumkin. Ayrim xollarda aniq aktivlar muxokama qilinmasdan korxona xususiy kapitalining garovi ta’minot sifatida ishtirok etishi mumkin. Odatda, aniq aktivlarni baxolashda moliyalashtirishni ta’minlash sifatida baxolovchi bozor qiymati bilan ish ko‘radi. Ba’zan, xolatlar, qonunchilik qoidalari va mol-mulkni qabul qiluvchi tomonlarning talablariga qarab, Baxolovchi ta’minot sifatida faoliyat yurituvchi korxona qiymati, tugatish qiymati yoki boshqa qiymat turlarini qarab chiqishi mumkin, biroq moliyalashtirishni taqdim etuvchilarni odatda, bozor qiymati qiziqtiradi.

Mol-mulk ob’ektlari ularning joylashgan joyi, foydaliligi, foydalanish muddati, yaroqlilik darajasi va boshqa omillar bo‘yicha farq qilsada, asosiy baxolash tamoyillari o‘zgarishsiz qoladi. Baxolovchilar xolis, tushunarli va foydalanuvchi talablariga javob beradigan baxolashni amalga oshirgan xolda, baxolash tamoyillarini 5-sonli MBMSning amal qilishi soxasi doirasida bosqich-bosqich qo‘llashlari muxim.

5-sonli MBMSni Baxolovchilardan maslaxat berish yoki kredit muassasasi yoxud qarz kapitalining boshqa ta’minotchilariga, agar baxolash maqsadlari ssudalar, garov yoki qarz majburiyatlari bilan bogliq bo‘lganda, taqdim etish talab etiladigan barcha xolatlarda qo‘llash mumkin. 5-sonli MBMSni 2-sonli MBMSning kengaytmasi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.

2-sonli MBMSda aniqlangan bozor qiymati baxolovchi o‘z ishini quradigan asos bo‘lib xisoblanadi. U quyidagicha aniqlanadi: bozor qiymati - bu xar bir tomon kelajakda yaxshigina xabardor bo‘lgan xolda, rejali va ixtiyoriy ravishda xarakat qiladigan tegishli marketing tadqiqotlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim (kelishuv) natijasida baxolash sanasida manfaatdor sotuvchi va manfaatdor xaridor o‘rtasida aktivning ayirboshlanishi sodir bo‘lgan xisob-kitob pul summasi.

Moliyaviy xisobot uchun aktivlarni baxolashdan farqlanuvchi mol-mulkni baxolashda, 5-sonli MBMS 3-bandining birinchi xat-boshida keltirilgan "aktivlar" atamasi odatda Baxolovchilar tomonidan "mol-mulk" atamasi bilan almashtiriladi. Ushbu almashtirish moliyaviy xisobot uchun amalga oshiriladigan va korxonaning buxgalteriya xisobi xujjatlarida aks ettiriladigan aktivlarga tegishli baxolarni baxolash bo‘yicha boshqa topshiriq turlaridan farqlashga yordam beradi.

Bozor qiymatini xisoblashning barcha uslublari, usullari va tartibotlari, agar ularni qo‘llash va ulardan oqilona va to‘gri foydalanish mumkin bo‘lsa, bozorga oid kelib chiqish mezonlariga asoslanganda, bozor qiymatining umumiy ifodasiga olib keladi. Savdolarni taqqoslash uslubi yoki bozorga oid taqqoslashlarning boshqa uslublari bozor tadqiqotlaridan kelib chiqishi lozim. Qurilish xarajatlari va eskirish summasi bozor ma’lumotlari va jamgarilgan eskirish xarajatlarini xisoblash taxlili asosida aniqlanishi lozim. Daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki diskontlangan pul oqimi uslubi bozor aniqlaydigan pul oqimlari va bozor ma’lumotlariga asoslangan daromadlilik stavkalariga asoslanishi lozim.

Garchi ma’lumot olish imkoniyatlari, shuningdek bozor va aktiv atrofidagi xolat qaysi baxolash uslubining maqbulligi va mosligini aniqlaydigan bo‘lsa, u xolda yuqorida ta’kidlangan xar qanday tartibotlardan foydalanish, agar xar bir uslub bozor ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsa, bozor qiymatining belgilanishiga olib keladi.

Bozor qiymatini belgilashning turli uslublari va tartibotlarining qo‘llanilishi mol-mulk, odatda, ochiq bozorda qay tarzda sotilishidan kelib chiqib aniqlanadi. Bozor ma’lumotlariga asoslangan xolda, xar bir uslub taqqoslash uslubidir. Baxolash bilan bogliq xar bir xolatda bir yoki bir nechta uslublar ochiq bozor faoliyati to‘grisida ko‘proq tasavvur beradi.

Bozor qiymatini belgilash bo‘yicha xar bir topshiriqda Baxolovchi barcha uslublarni ko‘rib chiqishi va ulardan eng maqbullarini aniqlab olishi lozim.

Moliyalashtirish ostidagi ta’minotga ega bo‘lish yoki ushbu ta’minot xolatini baxolashga intilayotganlar baxolashning bozor qiymatidan farqlanuvchi bazada amalga oshirilishini talab qilishlari mumkin. Bunday xolatlarda Baxolovchi qo‘llash mumkin bo‘lgan me’yoriy-xuquqiy qoidalarga ega bo‘lishi xamda xar qanday baxolashni, agar ushbu baxolash tegishli qonun va yo‘riqnomalarga zid bo‘lmasa, va boshqa xollarda anglashilmovchilikka olib

kelmaydigan bo‘lsagina, bozor qiymatidan farqlanuvchi bazada amalga oshirishga tushishi lozim. Ushbu xollarda Baxolovchi, odatda, bozor qiymatining xisob miqdori yoki nobozor qiymati va bozor qiymatining xisob miqdorlari o‘rtasidagi extimoliy farqlarga oid boshqa tegishli ma’lumotni xisobotga kiritishi lozim 3-sonli MBMSda keltirilgan, bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat ta’riflariga e’tiborni qaratish lozim. Baxolovchi "nobozor qiymati"ning xisob miqdorini bozor qiymati bilan chalkashtirish mumkin bo‘lgan xolatlardan qutulish maqsadida o‘ziga xos extiyotkorlikni ko‘rsatishi lozim.

Garchi muayyan xollarda nobozor qiymatning xisob miqdorlari o‘xshash xolat bo‘lishi mumkin, ulardan foydalanuvchilar bozorda realizatsiya qilinayotganda ushbu qiymat miqdorlariga xam ega bo‘lmasligini (odatda shunday xolat sodir bo‘ladi) bilishlari lozim.

Ssudalar, garov yoki qarz majburiyatlarini ta’minlash munosabati bilan amalga oshiriladigan baxolashlar moliyaviy xisobotning ommaviy ochib berilishi maqsadlari uchun amalga oshiriladigan baxolashlar kabi shart-sharoitlarga javob berishi majburiy emas.

Masalan, mavjud foydalanish uchun bozor qiymati konsepsiyasi odatda aktivlarni ta’minot maqsadlari uchun baxolashga to‘gri kelmaydi.

SHunga qaramay, Baxolovchi MBMS talablarini qo‘llash mumkinligi yoki mumkin emasligini belgilab olishi lozim, agar mumkin bo‘lsa, u ulardan to‘gri foydalanishni kafolatlashi va tegishli izoxlarni berishi lozim.
2. Standartlar talablari
Natijalaridan ssuda, garov va qarz majburiyatlarini olish uchun foydalaniladigan aktivlarni baxolashda, baxolovchi odatda, 5-sonli MBMSga muvofyq ushbu aktivlarning bozor qiymatini belgilashi lozim.

Xolatlar, me’yoriy qoidalar va qonunchilik bozor qiymatini baxolash bazasi sifatida foydalanishdan chekinishni ko‘zda tutgan yoki talab qilgan xollardagina Baxolovchi qiymat va baxolash tartibotlarining tegishli ta’riflarini qo‘llaydi. Ushbu chekinish baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobotda belgilanishi lozim bo‘lgan qiymatning ko‘rsatilishi va uning ta’rifi, shuningdek chekinish sabablarining izoxi bilan birgalikda aks etishi va tushuntirib berilishi lozim. Aktivlarning bozor qiymati va muqobil turdagi qiymat o‘rtasida sezilarli farq mavjud bo‘lganda, ushbu xolat baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobotda qayd etilishi lozim va uni mijoz bilan muxokama qilish maqsadga muvofiqdir.

Odatda, Baxolovchining majburiyatlariga ta’minot uchun taqdim etiladigan aktivlarning baxolanishini amalga oshirishda aktivlarning baxolanishi tartibga solinadigan qonun, qoida va tartibotlarning rioya qilinishi kafolatining ta’minlanishi kiradi. Buxgalterlar yoki boshqa mutaxassislar o‘rtasida mavjud bo‘lgan xuquqiy kolliziyalar yoki qarama-qarshiliklar munosabati bilan bunday rioya qilinishini kafolatlab bo‘lmaydigan noodatiy yoki engillashtiruvchi xolatlar xam bo‘lishi mumkin.

Garchi bunday xollarda Baxolovchilar talablarga rioya qilishni kafolatlash xolatida bo‘lmasalarda, talab etilayotgan baxolash tegishli qonun, qoida va tartibotlar bilan muvofiq emas, yoki baxolash natijalari noto‘gri talqin etiladi yoki qo‘llaniladi deb xisoblasalar, ular vazifalarning bajarilishini boshlamasliklari lozim. Baxolovchini yollash shart-sharoitlari uchinchi tomonning foydalanishi uchun mo‘ljallangan xar qanday baxolash sertifikatlari yoki baxolash to‘grisidagi xisobotda aniq bayon qilingan bo‘lishi lozim, ularning barcha xisobotlari esa shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, savodxon o‘quvchilar ularni anglashilmovchilikka rlib boruvchi sifatida qaramasliklari lozim.

Banklar yoki boshqa moliya muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ssudalarning sezilarli ulushi kreditlanadigan kompaniya va jismoniy shaxslarning aniq aktivlarda ulushli ishtirokining kafolati bilan ta’minlanadi. Bunday shart-sharoitlarda Baxolovchilar mazkur muassasalarning talablari, shuningdek kredit shartnomasi doirasida shart-sharoitlar va kelishuvlarning tuzilmasini xar tomonlama tushunishlari lozim.

Ta’minot uchun taqdim etiladigan aktivlarni baxolashning barcha xolatlarida ishning moxiyatini aniq, xolis aks ettirishi xamda xisobotni o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lishi, shuningdek qiymatning xisob-kitob mazmuni muxim axamiyat kasb etadi. Ochiq bozorda kotirovka qilinadigan qarz majburiyatlari uchun baxolash moliya xisobotlari, shuningdek 4-sonli MBMSga oid maxsus qoidalarning ta’siri ostiga tushishi mumkin. Baxolovchilar bunday baxolarga nisbatan barcha maxsus talablarni aniqlab olishlari, tushunishlari va bajarishlari lozim.

Baxolovchi xisobotda mazkur topshiriqqa oid mavjud barcha jixatlarni ochib berishlari, xamda quyida ko‘rib chiqilgan xisobotni tuzishda MBMSga amal qilishlari lozim.
3. 5-sonli MBMSdan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar
Ta’minot sifatida taqdim etiladigan aktivlarni baxolash uchun 5-sonli MBMS talablari umumiy jixatlarda bozor qiymatini baxolash bo‘yicha boshqa topshiriqlar uchun belgilangan talablarga o‘xshashdir. Xususan, standartdar xar qanday chekinish xisobotda belgilanishi va va asos keltirilishi lozim. Quyida bayon etilgan muloxazalardan kelib chiqib, xar xil mol-mulk turlari maxsus yondashuvlarni talab etadi.

Iivestitsion mol-mulk ob’ektlari.

Mol-mulkning daromad ob’ektlari odatda aloxida baxolanadi, biroq kredit muassasalari ob’ektlar portfelining bir qismi sifatida mol-mulk ob’ekti qiymatini belgilash istagini bildirishlari mumkin. Bunday xollarda saloxiyatli farqlanuvchi yondashuvlar o‘rtasidagi farqni yaqqol ko‘rsatish lozim.

Investitsion mol-mulk ob’ektlari xolatida baxolovchiga jalb etilgan qarz vositalari va ularsiz xisobga olgan xolda, mol-mulk tomonidan olib kelinadigan umumiy daromad o‘rtasidagi farqni aniqlash tavsiya etiladi.

SHunga o‘xshash, "ichki daromadlilik stavkalari"ga (IDS) xavolalarda qarz majburiyatlarining xisobga olinishi yoki olinmasligini ko‘rsatish lozim.

Bundan tashqari, soliqqa tortishga bo‘lgan maxsus yondashuvga izox berish maqsadga muvofiqdir.

Mulkdor tomonidan olinadigan mol-mulk ob’ektlari.

Mulkdor tomonidan olinadigan mol-mulk ob’ektlarini mulkdor tomonidan voz kechilgan ob’ektlar sifatida, xamda yanada samarali foydalanishdan kelib chiqqan xolda baxolash maqsadga muvofiqdir. U mulkdorni bozor ishtirokchisi sifatida muxokama qilishni mustasno qilmaydi, biroq shu bilan birga biznesni baxolashda aks etishi mumkin bo‘lgan mulkdorning ob’ekt bilan shugullanishi bilan bogliq xar qanday o‘ziga xos ustunlikning mol-mulk qiymatidan ajratilgan bo‘lishini talab qiladi.

Qarzni so‘ndirish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda, kreditlashning ta’minoti sifatida ishtirok etuvchi mol-mulk faqat ushbu mol-mulk bandligining o‘zgarishi bilan realizatsiya qilinishi mumkin. Agar Baxolovchidan boshqa baxolash bazasini taqdim etish talab etilsa, u xolda baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobot shuningdek mulkdor

voz kechgan o‘xshash ob’ektlarning savdosi bo‘yicha bozor ma’lumotlari asosida olingan qiymatga bo‘lgan xavolani o‘z ichiga olishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlari.

Ta’rif bo‘yicha realizatsiya qilish imkoniyatlari cheklangan, xamda aloxida olingan xolda biznesning tarkibiy qismi sifatida qiymatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlari ssudalarning ta’minoti sifatida noloyiq bo‘lishi mumkin. Agar ular garov (qisman yoki umuman)sifatida ishtirok etishsa, u xolda ularni mulkdor voz kechgan mol-mulk ob’ektlari sifatida yanada samarali foydalanish bazasi asosida baxolash maqsadga muvofiqdir, barcha qilingan taxminlarga esa mukammal izox berilishi lozim. Ixtisoslashtirilgan mol-mulk ob’ektlarini baxolash uchun bozor ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda, odatda eskirishni xisobga olgan xolda, o‘rnini bosish xarajatlari uslubi qo‘llaniladi, biroq uni ssudalarni ta’minlash uchun baxolashning bozor uslublari (shu jumladan, bozor ma’lumotlariga asoslangan xarajatlar uslubi bilan xam) bilan chalkashtirish maqsadga muvofiq emas.

Odatda savdo tashkilotlari sifatida baxolanadigan mol-mulk ob’ektlari.

Ayrim mol-mulk toifalari, shu jumladan (biroq nafaqat)mexmonxonalar va rekreatsion soxaning boshqa tashkilotlari, odatda, kuzatish ma’lumotlari bo‘yicha o‘rta darajadan ortiq boshqaruv darajasi xisobiga olingan maxsus miqdor - gudvilldan tashqari, buxgalteriya xisobi yoki prognozi ma’lumotlaridan olingan barqaror daromad darajasining sinchkov

taxliliga muvofiq baxolanadi. Bunday xollarda kreditorning diqqat e’tiborini qiymatdagi faoliyat yurituvchi korxona va quyidagilar oid bo‘lgan korxona o‘rtasida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan sezilarli farqqa qaratish maqsadga muvofiqdir:

biznesning yopilishi;

zaxiralarning chiqarib tashlanganligi;

franchayzing to‘grisidagi litsenziyalar/sertifikatlar, kelishuvlar

yoki ruxsatlar bekor qilingan yoki tavakkalchilik ostida;

mol-mulkning madaniyatsiz muomaladan zarar ko‘rishi, yoki keyingi faoliyat yuritish natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa sabablarning mavjudligi.

Baxolovchi maslaxatlari bilan qamrab olingan muammolar doirasi ularga ssudalarning ta’minoti sifatida qabul qilinadigan mol-mulk xolatida saloxiyatli o‘zgarishlar to‘grisidagi masala kiritilgunga qadar kengaytirilishi mumkin. Masalan, agar mol-mulk bilan ta’minlanadigan erkin pul oqimlari sezilarli darajada muayyan ijarachi yoki ijarachilar - bitta yagona tarmoq vakillari, shuningdek kelajakda beqarorlikni olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa shart-sharoitlarga bogliq bo‘lsa, u xolda baxolovchi ushbu ma’lumotlarni baxolash to‘grisidagi xisobot yoki baxolash sertifikatida qayd etishi lozim. Ayrim xolatlarda mol-mulk ob’ektini muqobil foydalanish uchun mulkdor voz kechgan mol-mulk sifatida baxolash maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.

Rivojlanish bosqichidagi mol-mulk ob’ektlari.

Rivojlanish yoki ixtisoslashtirilmagan binolarning qurilishi uchun maydon sifatida saqlanadigan, daromad keltirmaydigan ko‘chmas mulk ob’ektlari rivojlanish va ularning nazoratini amalga oshirish uchun mavjud va saloxiyatli xaq-xuquqlardan kelib chiqib baxolanishi lozim. Rejalantirish va boshqa mavjud omillarga oid xar qanday taxminlar oqilona bo‘lishi xamda baxolash sertifikati yoki baxolash to‘grisidagi xisobotda yaqqol ko‘rsatilishi lozim.

Kreditor bilan kredit kelishuvining qismi xisoblangan bos-qichma-bosqich moliyalashtirish jadvalini muxokama qilish maqsadga muvofiqdir. Rivojlanish jarayoni davomida bozor baxolarini davriy amalga oshirish zarur.

Rivojlanish ob’ektlarini baxolash uchun mos uslubni tanlash xisobotda ko‘rsatilgan baxolash sanasidagi ishlarning xolati, xamda ushbu ob’ekt tugatilgunga qadar uning oldindan sotilishi yoki ijaraga berilishi darajasiga bogliq. Baxolovchi o‘ziga xos sinchkovlik bilan:

rivojlanishning yakunlanishi va baxolash sanasi o‘rtasidagi vaqt farqini xisobga olishi lozim. Ushbu taxlilda, agar zarur bo‘lsa, diskontlangan qiymatning xisob-kitobidan foydalangan xolda, xarajatlar va daromadlarga bo‘lgan qo‘shimcha rivojlanish extiyojlarining ta’siri aks ettirishi zarur;

rivojlanishning yakunlanishiga qadar qolgan muddat davomida kutiladigan bozor xolatidagi o‘zgarishlarni o‘xshash tarzda ko‘rsatishi;

rivojlashsh bilan bogliq bo‘lgan tavakkalchilik me’yorlarini tegishli

tarzda ko‘rib chiqishi va ko‘rsatishi, va rivojlanishga jalb etilgan tomonlarning xar qanday ma’lum o‘zaro munosabatlarini ko‘rib chiqish va ochib berishi lozim.

Tiklanmaydigan aktivlar.

O‘ziga xos muammolar tiklanmaydigan aktivlarning baxosi bilan bogliq. Xususan, ssudalarni so‘ndirish muddati va jadvali, shu jumladan, tiklanmaydigan aktivlarning miqdori va ularni chiqarish va foydalanishning rejalashtiriladigan dasturi bilan bogliqligi munosabati bilan qarz foizlari va asosiy summasini to‘lash sanalariga e’tibor qaratish zarur.

To‘lovi bozor stavkasidan oshadigan va shu bilan birga ijarachiga afzallik yaratuvchi ijara tegishli ko‘chmas mulk ob’ekti bilan bogliq bo‘lgan asosiy aktivdan iborat bo‘lishi mumkin. SHu kabi xollarda unga qo‘shiladigan xar qanday qiymat ijara to‘lovlarini kiritish va ijaraning bozor stavkalari o‘sishi munosabati bilan olinadigan miqdorga nisbatan ijarachi afzalliklarining kamayishiga qarab kamayganligi sababli ijarani tiklanmaydigan aktiv sifatida qarash mumkin.

Baxolovchi. Topshiriq xarakteri va doiralari nafaqat Baxolovchi, balki uning xizmatidan foydalanuvchilar uchun xam muxim axamiyat kasb etadi.

Moliyaviy xizmatlar soxasidagi faoliyatni tartibga soluvchi ayrim me’yoriy-xuquqiy xujjatlar maxsus litsenziyalashtirish yoki taqdim etiladigan Baxolash xizmatlari nafaqat mol-mulk qiymati, balki kimmatli qogozlarning chiqarilishiga oid bo‘lgan xollarda ro‘yxatga olishni talab etishi mumkin.

Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash to‘grisidagi ko‘pgina kelishuvlarning o‘ziga xos ishonchli munosabatlarga asoslanganliga sababli, Baxolovchining mustaqil bo‘lishi, o‘zaro moliyaviy munosabatlarga kirishgan yoki kirishmoqchi bo‘lgan xech bir tomon bilan bogliq bo‘lmasligi ayniqsa muxim. SHuningdek, baxolovchi baxolanishi lozim bo‘lgan mol-mulk joylashgan xududda muayyan mol-mulk turi bilan ishlash tajribasiga egaligi,

yoki ega bo‘lish xolatidaligi xam juda muximdir.


4. Axborotlarning ochilishiga qo‘yiladigan talablar
Baxolash to‘grisidagi xisobotlar yanglishishga olib kelmasligi lozim.

Umuman 5-sonli MBMSga muvofiq amalga oshirilgan baxolash uchun tayyorlangan bunday xisobotlar 2-sonli MBMSda bayon etilgan xisobotda qo‘yilgan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. Xususan, ular 5-sonli MBMSda beriladigan bozor qiymati ta’rifiga bo‘lgan muayyan xavolani, shuningdek mulkning uning foydaliligi yoki yanada samarali foydalanilishi nuqtai nazaridan baxolanishiga bo‘l-gan xavolani o‘z ichiga olishi lozim.

Bunday baxolashlar shuningdek muayyan baxolash sanasiga (qiymat axamiyatining belgilanishini qo‘llash mumkin bo‘lgan sanaga) tegishli bo‘lyshi lozim. SHuningdek, baxolashning maqsadi va funksiyalari, xamda ishga aloqasi bo‘lgan va Baxolovchi tomonidan olingan natija, muxokama va xulosalarning mos va oqilona izoxlab berilishini kafolatlash uchun qodir bo‘lgan boshqa mezonlarni xam ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Ayrim xollarda qiymatning muqobil ifodasi konsepsiyasi, undan foydalanish va qo‘llash muvofiq bo‘lsada, Baxolovchi, agar qiymatning bunday muqobil miqdorlari xisobotda topilgan va aks ettirilgan bo‘lsa, u xolda ularning qonuniyligi va o‘xshashligi xamda bozor qiymatining ifodasi sifatida izoxlanmasligini kafolatlashi lozim Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun bozor qiymatini baxolash to‘grisidagi xisobotni tuzishda Baxolovchi:

baxolash to‘grisidagi xisobotni anglashilmovchilikka olib kelmaydigan tarzda to‘liq va tushunarli taqdim etishi;

xisobotni o‘quvchi va unga asoslanuvchilarga baxolovchining muxokama va xulosalari asosida yotgan o‘xshash ma’lumotlar, muxokama va taxlillarni to‘liq tushunishga imkon beruvchi etarli ma’lumot xajmini taqdim etishi;

baxolash asoslangan barcha taxmin yoki cheklovchi shart-sharoitlarni shakllantirish;

baxolanadigan mol-mulkni identifikatsiyalash va yoritib berish;

baxolanadigan ulush yoki mulkdagi ulushni identifikatsiyalash;

baxolanadigan mol-mulk ta’rifini berish, baxolash maqsadi, baxolash sanasi va xisobot chiqish sanasini ko‘rsatish;

qiymatni baxolashning foydalaniladigan bazalariga to‘liq va mukammal tushuntirish berish, shuningdek ularning qo‘llanilishi va xulosalarini asoslash;

baxolashning xolisligi va xaqqoniyligini tasdiqlovchi, imzolangan professional sertifikat, baxolovchining professional ulushii, 5-sonli MBMSning qo‘llanilishini taqdim etishi, shuningdek ishga aloqador bo‘lgan boshqa ma’lumotni ochib berishi lozim.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling