Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

 
 
 
 


205 
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA MUL’TIMEDIADAN FOYDALANISH 
 
Mirsavurova N.R. - Sergeli tibbiyot kolleji 
90-yillarga kelib, shaxsiy kompyuterlarning quvvati yetarlicha rivojlangach
kompyuterning ovoz va video bilan ishlash masalasi o'rtaga tashlandi. Bu 
muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchilar orasida multimedia deb nom olgan 
texnik uskunalar yaratildi. Bu uskunalar tarkibiga ovoz kartasi, ovoz kuchaytirgich va 
karnay hamda kompakt disk nomini olgan doimiy tashqi xotira diskyuritgichi kiradi. 
Bu uch qurilma bilan ta'minlangan kompyuterlar mul’timedia kompyuterlari deb 
ataladi. 
Ovoz bilan video kompyuter imkoniyatlarini qanchalik kengaytirganligini sezish 
uchun kompyuteringizning ovoz karnaylarini o'chirib qo'ying va ovozsiz ishlashga 
qancha vaqt sabringiz etishini tekshirib ko'ring. Aminmanki, bir soat ham o'tmay 
ovozni yana yoqib qo'yasiz. Multimedia so'zi nimani anglatadi? Media so'zi juda ko'p 
uchraydi va u ko'pincha muhit deb tarjima qilinsa-da, muloqat degan ma'noda ham 
ishlatiladi. Kompyuter multimediali bo'lishi uchun birinchidan, multimedianing texnik 
ta'minoti, ikkinchidan, uning dasturiy ta'minoti va uchinchidan, multimedia axborotlari 
mavjud bo'lishi kerak. 
Dasturiy ta'minotlar Windows operasion sistema tarkibiga kirgan bo'lib, ularni 
chaqirish uchun Pusk tugmasini bosib, Programmi bo'limiga kiramiz; undan 
Standartnie bo'limiga o'tib, undagi Razvlecheniya bandiga kiramiz va undan kerakli 
dasturni tanlab, ishga tushiramiz. Hozirgi paytda multimedia bilan ishlash uchun 
mo'ljallangan ko'plab dasturlar mavjud. Ularga misol qilib, musiqani eshitish uchun 
mo'ljallangan Winamp (Windows amplifier - Windows ovoz kuchaytirgichi); video 
ko'rinishidagi axborotlarni tahrir qilish uchun mo'ljallangan Adobe Premier 
dasturlarini keltirish mumkin. 
Multimedia mahsulotlari deb, oddiy axborot matn va grafikadan tashqari ovoz 
va video axborotlar ham tarkibiga kirgan va bundan tashqari, oddiy videodan farq qilib, 
tarkibiga axborotlar oqimini boshqarish farmoishlari ham kirgan dasturiy vositalarga 
aytiladi. Mul’timedia mahsulotlarining juda ommaviylashib ketishining asosiy sababi 
ham ularda ana shu boshqarish farmoishlarining mavjudligidir. Bu farmoishlar haqida 
to'liqroq ma'lumotga ega bo'lish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. 
Oddiy kitob masalan, informatika bo'yicha darslik varaqlar ketma-ketligidan 
iborat, bu kitobning elektron variantini butunlay boshqacha qilish mumkin. Masalan, 
kitob mundarijasiga kirib, kerakli bobni tanlab, kiritish tugmasini bossak, elektron 
kitob ana shu bobni ekranga chaqiradi va biz u bilan tanishishimiz mumkin. Bu bobdagi 
biron-bir tushuncha bizga notanish bo'lsa, uni ajratib yana kiritish tugmasini bossak, 
bu tushuncha batafsil tushuntirilgan varaq ekranga chiqadi va u bilan tanishib, qaytish 
tugmasini bossak, yana avvalgi bobga qaytib o'tamiz. 
Elektron kitob matnidagi bu kabi bir joydan ikkinchi joyga o'tishlar 
giperbogʻlanishlar deb ataladi. Giperbogʻlanishlar bilan to'ldirilgan matn gipermatn 
deb ataladi. Multimedia mahsulotlari ana shu gipermatnlarning o'zidir, faqat uning 
tarkibiga matn va grafik axborotlar bilan birga ovoz va video axborotlar ham kiradi. 
Masalan, zoologiya darsligida bulbullar haqidagi mavzu bilan tanishib chiqayotib, 


206 
uning ovozini eshitish yoki geografiya darsida o'lkaning ekologik ahvolini 
o'rganayotib, daryo qirgʻoqlarining yemirilishi jarayoni aks etgan videolavhalar bilan 
tanishish bir tomondan darsning qiziqarligini oshirsa, ikkinchi tomondan uning 
samaradorligini ko'taradi. 
Mul’timedia mahsulotlariga 
- elektron kataloglar; 
- elektron kitoblar; 
- birgalikda malaka oshirish, o'qish, o'rganish; 
- tijorat va marketing taqdimotlari; 
- o'quv trenajyorlari; 
- kompyuter o'yinlari va boshqalar misol bo'la oladi. 
Mul’timedia internet tarmogʻida juda keng qo'llaniladi. Gipermatn va 
multimedia mahsulotlari tarkibiga kiruvchi giperbogʻlanishlar HTML deb nom olgan 
til yordamida yaratiladi. Bu tilning ommaviylashib ketishining asosiy sabablaridan biri 
bu til yordamida nafaqat bitta faylda joylashgan matnlar orasida, balki turli fayllarda 
va hatto turli kompyuterlarda joylashgan matn, hujjat va ob'ektlar orasida bogʻlanish 
yarata olish imkoniyatidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling