Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Graphics Interchange Format (GIF)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Graphics Interchange Format (GIF) 
U 65535 X 65535 piksellardan iborat maksimal oʻlchamning 256 ta rangi (8 
biti) uchun standartlashtirilgan. Bu grafikni siqish koʻp uchraydigan bitlar guruhini 
kichik bitlar kombinatsiyasi bilan almashtirish algoritmiga asoslanadi va bitlar 
miqdorini 2 dan 3 koeffitsiyentgacha qisqartiradi. Bunday siqish algoritmi uning 
ixtirochisi Lempel-Ziv-Uelch nomiga atab LZV siqish kabi nom berilgan. Bu 
yoʻqotishlarsiz siqish algoritmidir, ya’ni siqish jarayonida xechqanday axborot 
yoʻqolmaydi. Birinchi qadam sifatida, berilgan tasvirning 1 piksel uchun 24 bitlik 
ranglari skaner yordamida 1 piksel uchun 8 bitgacha qisqartiriladi. Bu 8 bitli guruhlar 
ranglar jadvalidagi 256 xil ranglarning birini ifodalash uchun qoʻllaniladi. Ranglardan 
birini, odatda VDU da qoʻllaniluvchi, masalan, ekran fonining rangiga oʻxshash rangni 
och (moviy) rang deb atash mumkin. Bitlarning 24 dan 8 bitga qisqartirilishi tasvirni 
67 % ga siqish imkonini beradi. Bundagi ranglarning qisqarishini esa sifat nuqtai 
nazardan qaraganda katta yoʻqotish emas, chunki aksariyat insonlar 256 tadan ortiq 
rangni qabul qilishga qodir emaslar. GIF formatining ommabor boʻlib ketishiga sabab 
boʻlgan assosiy xususiyatlaridan biri – uning toʻqimasidir. Dekompressiya jarayonida 
tasvirning har bir alternativ chizigʻini boshidan uzatadi, natijada, odatda tasvirni tez 
koʻrishga shoshiluvchan foydalanuvchi koʻziga yuvilgan tasvir koʻrinadi. Barcha 
chiziqlar ketma-ket joylashtirilaganligi toʻliq va sifatli rasmni hosil qiladi. GIF formatli 
tasvirni ranglarni siqish va kombinatsiyalashning LZV usulida 1:6 dan 1:10 gacha 
siqishga erishish mumkin.
GIF formatini oq va qora rangli yarim tonli tasvirlar fayllarida foydalanish 
qoʻlayroq, chunki bunday tasvirlar 1 pikseliga faqat 8 bit mos keladi. Agar tasvir 
tarkibida ranglar qorishmalari va rangli surat qismlari mavjud boʻlmagan rasm, 
multfilm, qoʻlyozmali matni yoki rentgen boʻlsa, u holda GIF formatli siqish yaxshi 
natija beradi. Bunday format koʻproq axborotning yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan 
tibbiy tasvirlar uchun tavsiya etiladi.
GIF formatda tasvirning ichki animatsiyasini tashkil etish mumkin, PNG 
formatda esa bu imkoniyat mavjud emas.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling