Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polialfavitli almashtirish usuli
Sehrli kvadrat usuli: Sehrli kvadrat deb, katakchalariga 1 dan boshlab sonlar
yozilgan, undagi har bir ustun, satr va diagonal bo‘yicha sonlar yigindisi bitga songa teng bo‘lgan kvadrat shaklidagi jadvalga aytilali. Agar 4x4 jadval bo‘lsa har bir ustun, satr va diagonal bo‘yicha sonlar yigindisi 34 ga teng bo‘ladi. Sehrli kvadratdagi sonlar o‘rniga matn joylashtiriladi va matn satr bo‘yicha o‘qiladi. Misol: AMALIY MATEMATIKA 4x4 ulchovli sexrli kvadratni olamiz, bu erda sonlarning 880 ta xar xil kombinatsiyasi mavjud. Kuyidagicha ish yuritamiz: 16 3 2 13 5 10 11 8 9 6 7 12 4 15 14 1 Jadvalga matnni joylashtiramiz A A M T I E M A T Y M A L K I A Shifrlangan matn jadval elementlarini satrlar bo‘yicha uqish natijasida quyidagi ko‘rinishda shakllanadi: AAMT IEMA TYMA LKIA Polialfavitli almashtirish usuli: Bu usul dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagicha tasavvur etish mumkin. N-alfavitli almashtirishda dastlabki A 0 alfavitdagi S 01 simvoli A 1 alfavitdagi S 11 simvoli bilan almashtiriladi va h. S 0n ni S nn simvol bilan almashtirilganidan so‘ng S 0(n+1) simvolning o‘rnini A 1 alfavitdagi S 1(n+1) simvol oladi va h. Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Vijiner jadvalini ishlatuvchi algoritm eng keng tarqalgan. Vijiner jadvali [RxR] o‘lchamli kvadrat matritsadan iborat bo‘lib, (R-ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni) birinchi qatorida simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab simvollar chapga bitta o‘ringa siljitilgan holda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar o‘ng tarafdagi bo‘shagan o‘rinni to‘ldiradi (siklik siljitish) [2-68.b]. Agar o‘zbek alfaviti ishlatilsa, Vijiner matritsasi [36x36] o‘lchamga ega bo‘ladi ( 1 -rasm). 1-rasm. Vijiner jadvali SHifrlash takrorlanmaydigan M simvoldan iborat kalit yordamida amalga oshiriladi. Vijinerning to‘liq matritsasidan [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi 210 T(SH) ajratiladi. Bu matritsa birinchi qatordan va birinchi elementlari kalit simvollariga mos keluvchi qatorlardan iborat bo‘ladi. Agar kalit sifatida qatordan iborat bo‘ladi. (2- rasm) 2.-rasm. «G‘O‘ZA» kaliti uchun shifrlash matritsasi. Vijiner jadvali yordamida shifrlash algoritmi quyidagi qadamlar ketma- ketligidan iborat. 1-qadam. Uzunligi M simvolli kalit K ni tanlash. 2-qadam. Tanlangan kalit K uchun [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasini qurish. 3- qadam. Dastlabki matnning har bir simvoli tagiga kalit so‘zi joylashtiriladi. Kalit keraklicha takrorlanadi. 4-qadam. Dastlabki matn simvollari shifrlash matritsasi asosida shifrlanadi 5-qadam. Shifrlangan ketma-ketlik ma’lum uzunlikdagi (masalan 4 simvolli) bloklarga ajratiladi. Oxirgi blokning bo‘sh joylari maxsus simvol-to‘ldiruvchilar bilan to‘ldiriladi. Polialfavitli almashtirish usullarining kriptoturg‘unligi oddiy almashtirish usullariga qaraganda aytarlicha yuqori, chunki ularda dastlabki ketma-ketlikning bir xil simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning statistik usullarga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq. Yuqorida keltirilgan algoritmlar asosida katta turdagi ma’lumotlarni himoyalash ularning ishonchliligini oshirish imkoniyatlari mavjud. Ma’lumotlarni shifrlashning bir qancha usullari mavjud, shifrlash algoritmlarining murakkablik darajasi yuqori bo‘lsa ma’lumotlarning himoyalanganlik koefetsenti ham yuqori bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling