Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING IQTIDORLI YOSHLARNI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet162/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING IQTIDORLI YOSHLARNI 
RAQOBATBARDOSH KADR SIFATIDA SHAKLLANISHIDAGI 
AHAMIYATI
 
Mamarajabov O.E. – Nizomiy nomidagi TDPU Axborot texnologiyalari
kafedrasi o‘qituvchisi, M.O.Toirova - Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji 
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning izchil sur’atlarda rivojlanishini 
vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ularini shakllantirmasdan hal etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 
iqtidorli yoshlarni tarbiyalash shunchalik muhim, murakkab va ko‘p qirraliki, 
mamlakatning har bir rivojlanish bosqichlarida bu masala qayta va qayta ko‘rib 
o‘tiladi. Axborot kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni turli sohalarda jadal 
tarzda joriy etib borilishi bilan bizning jamiyatda iqtidorli yoshlarga, ularning etuk kadr 
bo‘lib shakllanishiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shaxsning ijtimoiy jihatdan 
shakllanishida tarixiy-madaniy yodgorliklarni, tarixiy obidalarni o‘rganish, asrash va 
anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni tashabbuskorlik ruhida tarbiyalash 
asosida – vatanga, yashash joyiga, xalqiga, o‘z oilasiga bo‘lgan sadoqati va hurmat 
e’tibori yotadi. SHu bois ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari shaxsning 


293 
ruhan etuk inson bo‘lib shakllanishida axborot manbai sifatida foydalanib kelinmoqda. 
Axborot tizimini joriy etilishi yosh avlodni qadr-qimmatini, dunyoqarashini, vatanga 
sadoqatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga kelib 
ko‘pchilik yoshlar g‘arb mamlakatlari tomonidan targ‘ib etilayotgan hayot tarziga o‘tib 
bormoqda. Shuning uchun ham hozirgi zamon yoshlaridagi o‘zgarishlar, hususiyatlar 
va qiziqishlarni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish zarur. 
Bugungi kunda Internet tarmog‘iga kiruvchilar kontingentini katta qismini 
asosan yoshlar tashkil etadi. Yosh avlodning Internet axborot resurslaridan foydalanish 
huquqi ularning yoshi va ruhiy holati hususiyatlariga bog‘liq xolda O‘zbekiston 
Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonuni va qonun osti xujjatlari 
bilan belgilab qo‘yilgan. Axborot tizimi yoshlarni elektron adabiyotlar bilan 
tanishishga, madaniyatni o‘rganishga, o‘zaro axborot almashinuviga keng imkoniyat 
yaratib bermoqda. Natijada yoshlarda chet-el tillarini o‘rganishga ishtiyoq va ehtiyoj 
tug‘ilmoqda, bu o‘z navbatida kengroq doiradagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga olib 
kelmoqda. Internet orqali bilim olish, estetika va sanat, tarixiy voqealar, ekologik 
jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish haqidagi ma’lumotlardan nogiron yoshlarning 
xabar topishiga imkoniyat yaratildi. Lekin Internet axborot resurslari barcha yoshlarga 
birday ijobiy ta’sir etmay, balki ularning ongiga, madaniyatiga, milliy urf-odatlariga, 
huquqiy, tashabbuskorlik holatiga, diniy dunyoqarashiga va ekologik tarbiyasiga 
turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois ham oilada ota-ona, o‘quv dargohida 
murabbiylar tomonidan yoshlarning qaysi sohaga oid Internet axborot resrslari bilan 
qiziqayotganligi va foydalanayotganligini nazoratga olishlari maqsadga muvofiq. 
Yoshlarda tez moslashuvchanlik hislatlari katta yoshdagilarga nisbatan ancha yuqori 
darajada bo‘lganligi uchun ularning xulq atvori, ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni 
muntazam ravishda kuzatib borish lozim. 
Internet tarmog‘ining afzalligi shundaki, ixtiyoriy ma’lumotni bir zumda 
olishingiz va uni qayta ishlashingiz mumkin. Har bir yosh o‘zini qiziqtirgan sohaga oid 
elektron axborot resurslari jamg‘armasini yaratishi, ijodiy faoliyat olib borishi va 
erishilgan natijalarni jamiyatning biron bir sohasiga tadbiq etishi mumkin. 
Raqobatbardosh etuk mutaxassis bo‘lib etishishga zamin yaratiladi. Yoshlarning 
ma’naviy saviyasi oshadi, dunyoqarashi shakllanadi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni 
tahlil qilishlari asosida tashabbuskorlik xislatlari yanada rivojlanadi. 
Yoshlarda tashabbuskorlikni shakllantirish dialektik bog‘lanishlar, ya’ni 
intellektual – anglash, emotsional-qadriyat, amaliy faoliyat elementlariga bog‘liq. 
Shuning bilan birga yoshlarda muhim insoniylik fazilatlari va sifatlarini shakllantirish, 
jamiyatning turli sohalarida bo‘layotgan o‘zgarishlarni anglashi, bilishi va unga 
moslashishga tayyor bo‘lishi yosh avlodni rivojlanishida asosiy maqsad hisoblanadi.
Bunda yoshlarning davlat gimni, bayroq, davlat gerbi ramzini bilishligi talab etiladi. 
Shuning bilan birga mamlakatda olib borilayotgan siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar, konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni to‘g‘ri tushunib anglashni 
taqozo etadi. Tashabbuskorlik bugungi kunda yoshlarning ruhiy-insonparvarlik 
holatini belgilovchi faktor hisoblanib, jamiyatning mo‘tadilligi, davlatning xavfsizligi 
va mustaqilligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham yoshlarni tashabbuskorlik ruhida 
tarbiyalashning negizida tarixiy ongning shakllanishi yotadi. Tarixiy tarbiya – kelib 
chiqish avlod ajdodlarimiz, urf-odatlarimizni bilish bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatning 


294 
dunyo miqyosida tutgan o‘rni, ko‘pmillatligi, tarixiy jarayonlar, urf-odatlar, diniy 
e’tiqod, mintalitet hususiyatlarini tushinish, tashqi axborot xurujlaridan himoyalanish 
darajasi bilan ifodalanadi. 
Iqtidorli yoshlarga hukumat, o‘quv yurtlari va oila a’zolari tomonidan 
e’tiborning kuchaytirilishi, ularning zamonga hamnafas xolda jamiyat uchun etuk 
raqobatbardosh kadr bo‘lib etishishiga zamin yaratadi. Bu borada Internet axborot 
resrslaridan ijodiy izlanishlar olib borish, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini 
boyitishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlarini tashkil etilishi 
bugungi kunning taqozasi hisoblanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling