Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA INTERFAOL USULLARDAN
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH Ilhomova H.M. - Sergeli tibiyot kolleji Zamonaviy oʻqituvchi qanday boʻlishi kerak? Hozirgi kundagi global oʻzgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr oʻqituvchisidan pedagogik mahoratni, oʻtkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o‘z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkumi, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali boʻlishni talab qiladi. Bugungi kun o‘qituvchisi ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yin, mashg‘ulotlari, zamonaviy interfaol usullardan, texnik vositalardan, kompyuterdan faoliyati davomida o‘rinli foydalana turib, mul’timedia darslarini qo‘llash orqali sifat va samaradorlikka erishishi mumkin. Demak, zamonaviy oʻqituvchi hozirgi kunda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar va interfaol usullarni dars jarayoniga tadbiq eta olishi bilan ajralib turadi. Biz quyida kasb-hunar kollejlarida “Amaliy geografiya” darsida foydalanish mumkin boʻlgan zamonaviy interfaol usullarning tadbiqi bilan tanishamiz. “Blits-soʻrov” usuli. Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi. Ushbu usul bir necha bosqichda oʻtkaziladi: -Oʻqituvchi hamma oʻquvchilarga alohida-alohida tarqatma material beradi va ulardan ushbu materialni sinchiklab oʻrganishlarini soʻraydi; -Oʻqituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa (tarqatma materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini toʻgʻri belgilash, belgini qogʻozda alohida ajratilgan boʻlimga raqamlar bilan qoʻyish kerakligi)ni tushuntiradi; -Tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta’kidlaydi; -Har bir oʻquvchi oʻzining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi “yakka baho” boʻlimiga berilgan xarakatlarning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi; 288 -Barcha kichik guruhlar oʻz ishlarini tugatgach, oʻqituvchi harakatlar ketma- ketligi boʻyicha toʻgʻri javobni beradi, ya’ni oʻquvchilardan ularga tarqatilgan qogʻozlardagi “toʻgʻri javob” boʻlimiga u tomonidan aytilgan harakatlar ketma- ketligi raqamlarini yozishni soʻraydi; -Oʻqiyuvchi “toʻgʻri javob” boʻlimida braqamlar bilan “yakka baho” hamda “guruh bahosi” boʻlimidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda “yakka xato” va “guruh xatosi” boʻlimlariga yozishlarini soʻraydi; -Oʻqituvchi “Toʻgʻri javob ” boʻlimida berilgan raqamlar bilan “yakka baho” hamda “guruh bahosi” boʻlimidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda “yakka xato” va “guruh xatosi” boʻlimlariga yozishlarini soʻraydi; -Oʻqituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni boʻyicha tushuncha beradi va ularni har birini alohida –alohida sharxlab beradi; -Oʻqituvchi mashgʻulotni yakunlab, ba’zi guruhlarning mashgʻulot mobaynidagi ish faoliyatlariga oʻz fikrini bildiradi va oʻquvchilarning bilimini ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan toʻgʻri javoblar soniga qarab har bir oʻ[quvchi oʻz bahosini ilovada koʻrsatilgandek aniqlaydi. “Zilzilalar” mavzusini mustahkamlash uchun Blis-soʻrov. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling