Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
OʻRTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI VA OLIY TA’LIM
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
OʻRTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI VA OLIY TA’LIM
OʻRTASIDA HAMKORLIKDA ISHLASH TIZIMI Ibragimova G.R. - Sergeli tibbiyot kolleji O‘zR VMning 16.02.06 dagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘rsida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” ga ko‘ra: 1. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bazaviy ta’lim muassasalari, ta’lim muassalslariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning ilmiy- tadqiqot va metodik markazlari, jumladan: “.... zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqadilar”. 2. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, jumladan: “O‘qitishning interaktiv metodlarini, Internetning global tarmog‘idan foydalangan holda pedagoglarning tanqidiy va ijodiy tafakkurini rag‘batlantirishga, mustaqil ma’lumot olishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etadilar”. 3. Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo‘yiladigan talablarda esa jumladan: “yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik” kabi talab va vazlfalar qo‘yilan . O‘zR VMning 25- sonli qarori bilan belgilangan ushbu vazifalardan ko‘ramizki, malaka oshirish jarayonida tinglovchilar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asoslarini, bunday texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali qo‘llashni egallashlari kerakligi nazarda tutiladi. Hozirgi kunda yuqoridagi talablarni bajarishda hamkorlikda ishlash oʻzining samarali natijalarini berib kelmoqda. Hamkorlikda ishlash tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad – avvalo, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta'limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi amalda faoliyat ko‘rsatadi. ta'lim-tarbiya, o‘quv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta'minoti sifatini oshirish 286 hamda pedagog kadrlar bilan ta'minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. Oliy ta’lim tizimining “Hamkorlikda ishlash” boʻlimning asosiy vazifalari: • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish; • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam berish va hamkorlik qilish; • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq kollej va akademik litseylarda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni amaliyotga joriy etilishini o‘rganish va tegishli tashkiliy-uslubiy yordam berish; • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mutaxassisliklar o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv-didaktik materiallar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etilishiga amaliy-uslubiy yordam berish; • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish,kompyuter va Internet savodxonligini, chet tilini bilish va undan amaliy foydalanish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish; • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning iqtidorli o‘quvchilarini izlab topish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish; • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarini, xususan, yosh iqtidorli pedagoglarini ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etish, akademik litseylar va kasb- hunar kollejda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fan doktorlarini tayyorlashga (jumladan maqsadli asosda) ko‘maklashish; • Turli davra suhbatlari, tadbirlar, tanlovlar, seminar-treninglar o‘tkazish; • Institut qoshidagi akademik litseylar o‘quvchilarining OTMlarga oʻqishga kirish ko‘rsatkichlari hamda o‘qishga kirmagan o‘quvchilarni “Abituriyentlar shtabi”ga jalb etish va bandligini ta’minlash; • Institutda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini jalb etgan holda uslubiy seminarlar tashkil etish; • Institut professor-o‘qituvchilari kasb-hunar kollejlarining o‘quv rejalari, fan dasturlarini tayyorlashda, ekspertiza qilishda doimiy ishtirokini ta’minlash; • Institutning ko‘plab tajribali va professor-o‘qituvchilarini akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o‘rindoshlik hamda soatbay asosida o‘qituvchilikka jalb etish; • Institut professor-o‘qituvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishini ta’minlash; • Institut professor-o‘qituvchilarining ochiq darslariga akademik litseylar va kasb- hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash; • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, o‘quvchilari uchun institut axborot–resurs markazi hamda uning o‘quv zallaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish; • Institut qoshidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘rnatilgan tartibda axborot taqdim etib, Internetdagi institutning veb saytida joylashtirilgan elektron ta’lim 287 resurslaridan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglari, o‘quvchilari samarali foydalanishini tashkil qilish; • Akademik litseylar va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish masalalarida hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish; • Akademik litseylar va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilariga institut Axborot-resurs markazidan foydalanishga imkoniyat yaratish; • Institut bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollej ehtiyojiga muvofiq ishga jo‘natish; Hamkorlikda ishlash asosida har bir ishtirokchi kollej yoki litsey vakili fandan, oʻquv dasturi, innovatsion texnologiyalar va fanning gumanitar mazmuni asosida tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmuaga ega boʻladilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling