Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY FANLARNI OʻQITISHDA AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TA`LIM VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI Sindarova F.A.
Литература
1. Алпатов А.П., Прокопчук Ю.А., Костра В.В. Госпитальные информационные системы: архитектура, модели, решения. - Днепропетровск: УГХТУ, 2005. 2. Г.И.Назаренко, Я.И.Гулиев, Д.Е.Ермаков. Медицинские информационные системы: теория и практика. – М.; ФИЗМАТЛИТ, 2005. 3. Коннолли Т., Бегг К. Базы данных. Проектирование, реализацияисопровождение. Теорияипрактика Database Systems: A Practical Approach to Design, Implementation, and Management. — 3-еизд. — М.:Вильямс, 2003. 4. Гарсиа-Молина Г., Ульман Дж., Уидом Дж. Системы баз данных. Полный курс. — М.: Вильямс, 2003. 5. Безнос О.С. Подходы при создание медицинских информационных систем,Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований 2013. 6. Фролова М.С. Принципы интеграции медицинской техники в медицинскую информационную систему, Журнал: Современные наукоемкие технологии 2013. 7. Коробкина Д.В., ВарановскийН.В. Перспективы создания МИС Журнал Cloudofscience 2014. 8. Дж. Уорсли, Дж. Дрейк PostgreSQLдля профессионалов 2003, 380 с. 9. АкиловФ.А., Арипов М., Бабаев О., Мухтаров Ш., Элов Б.Б. К разработке медицинской информационной системы. Труды международной конференции “Актуальные проблемы прикладной математики и информационных технологий – Аль-Хорезми 2014”, Самарканд, 2014, 81-83. 10. Акилов Ф.А., Мухтаров Ш.Т.Локальная компьютерная сеть – центральная нервная система ЛПУ, или как эффективнее использовать компьютеры в медицинских учреждениях. 2011. IJTIMOIY FANLARNI OʻQITISHDA AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING TA`LIM VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI Sindarova F.A. – Toshkent shahar Sergeli politexnika KHK o‘qituvchisi, kasb-hunar ta`limi a`lochisi Ta`lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bugungi kunning dolzarb va asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim sohasiga AKTni joriy etish: - zarur o‘quv va ilmiy axborotni izlash vaqtining qisqarishi va ulardan foydalanish; 232 - o‘quv va uslubiy adabiyotlarni yaratish va yangilash jarayonining jadallashuvi; - individual mustaqil ishlash; - ta’lim jarayonining sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Ko‘rgazmalilikni ta’minlash, turli hil didaktik materiallardan foydalanish, darsda bajaradigan ishlarning 1,5-2 barobar oshirish imkonini beradi. O‘quvchilar uchun iqtidor va qobiliyatni yanada o‘stirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, chuqur bilim olish istiqbolini rivojlantirish, bilim sifatini oshirish; fikrlashning yangi usullarini shakllantirish uchun sharoit yaratadi. Oʻquv jarayonini AKT yordamida ko‘rgazmali tashkil qilishda uchta asosiy vazifani bajarish lozim: - ko‘rgazmali qurol asosida o‘rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish; - ko‘rgazmali qurolning o‘zi oʻquvchilarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil etish; - nazariy bogʻliqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o‘quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirish. O‘quv materiallarini AKT yordamida uzatishda ogʻzaki tushuntirish, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qoʻllash mumkin. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda ta’limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishini kuzatish, nazorat olib borish, zarur boʻlganda tuzatib borish imkoniyati yaratiladi. Ta`lim jarayonida ko‘rgazmali axborot ishlatilganda oʻquvchilarda taassurot hosil bo‘lishi ogʻzaki bayon qilishga nisbatan 5-6 marotaba tezroq kechadi. O‘quv materialini kompyuter texnologiyalari yordamida ko‘gazmali uzatish, axborotning oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishining samaradorligini ta`minlaydi. Ijtimoiy fanlarni axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish, bir tomondan darsning sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarda shu vositalarni chuqur o‘rganish bilim va ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bugungi kunda ijtimoiy fanlarni oʻqitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun ishlatiladigan turli dasturiy ta’minotlar mavjud bo‘lib, ular: - MS-Word. Bu dasturda matn yozish, uni qayta ishlash va takomillashtirish, tasvirlar va matnlar joylashtirilgan hujjatlar yaratish mumkin. - MS-PowerPoint. Microsoft PowerPoint – ushbu dastur yordamida yuqori darajali taqdimotni ishlab chiqish va slaydlarni namoyish qilish mumkin. - Adobe PhotoShop. Adobe Photoshop yoki oddiygina Photoshop, grafiklarni tahrir qiluvchi dastur. Photoshop dasturida yuqori darajali tasvirlar yaratishda keng foydalanish mumkin. Ijtimoiy fanlardan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanilganda: - o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati shakllanadi va rivojlanadi; - dars jarayoninida o‘quvchilarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini, tarixiy ong va tafakkurini shakllantirishda yordam beradi; 233 - o‘quvchilarning bilish faoliyatni kuchaytiradi, texnologik yondoshishga o‘rgatadi; - dars jarayonida fanlararo integratsiyani kuchaytiradi; - dars jarayonida kompyuter vositalaridan unumli foydalanishga ko‘mak beradi; - dars jarayonining texnologik bazasini takomillashtirishga ko‘maklashadi; - dars jarayonida fanga oid yangi ma`lumotlardan foydalanish imkonini beradi. Kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa hech qanday texnik vosita bilan taqqoslab bo‘lmaydi. AKT ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni amalga oshiradi: - didaktik – kompyuter dasturlaridan ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish; - uslubiy – mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni ishlatish usullarini belgilash; - tashkiliy – jarayonni qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish; - ta`limiy – o‘quvchilarda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Xulosa o‘rnida. Ijtimoiy fanlarni oʻqitishda AKTdan foydalanish o‘quvchilarning tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirishlarida va ular to‘gʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlishlarida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling