Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASOFAVIY TA’LIMNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI Toirova M.O.
Adabiyotlar ro‘yhati:
1. Toshpulatov T, G‘afforov YA. Tarix o‘qitish metodikasi.T., 2000 2. G‘affarov YA.X, G‘affarova M. O‘zbekiston xalqlari tarixini o‘qitish usullari.T., 2008 3. G‘ulomov S.S, Alimov R.X, va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. “SHarq”, T-2000 y. 4. Xodiev B.YU., Alimov R.X., YUlchieva G.T., va boshqalar. Axborot texnologiyalari va tizimlari. Darslik-T.: TDIU, 2010y. 5. www.uza.uz MASOFAVIY TA’LIMNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI Toirova M.O. - Sergeli politexnila kasb hunar kolleji Masofaviy ta’limning metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlari va afzalliklarga xamda uzining kamchiliklari va salbiy tomonlarga ega. Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Dars jadvalning qulayligi. O‘quvchi uziga ma’qul boʻlgan vaqtda o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin. Qulay foydalanish manzillari. O‘quvchi uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin. Qulay o‘qish tempi. Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o‘tkaziladi. Qulay o‘quv reja. O‘quv rejani talabalarga individual va davlat ta’lim talablariga mos xolatda tashkil qilish mumkin. Ma’lumotlar bazasini to‘planishi. Oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va undan foydalanish imkoniyati. Ko‘rgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati. 234 Malakali o‘qituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb qilish. Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Cheksiz masofaga ta’lim berish. O‘qituvchi va o‘quvchilar urtasidagi masofa xech qanday axamiyatga ega emas. Ish jarayoniga xalaqit bermasligi. O‘quvchi ishdan ajralmas xolatda ta’lim oladi. O‘quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta’lim texnologiyalarni toʻliq qoʻllagan o‘quv muassasa talabalar soni 2-3 barovar oshishi mumkin. Narxi. Masofaviy ta’lim kurslari 2 va 3 barovar oddiy kurslarga qaraganda arzon. Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Ijtimoiy guruxlarga ajratish yoʻqligi. Masofaviy ta’lim kursida ikkinchi oliy yoki qoʻshimcha ma’lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik oʻtash istagida bulganlar; ikkinchi paralel ma’lumot olishni xoxlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam oʻzlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaxslar; armiya xizmatida boʻlgan shaxslar; erkin koʻchib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin. Yosh cheklanishlari yoʻqligi. O‘qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi. Masofaviy ta’limda salbiy tomonlari xam borligi xaqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Elektron xolatdagi ta’lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual xolatdagi ta’lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtki) ta’lim turlarida o‘qish istagida bulishadi. Davlat masofaviy ta’lim standartlari yoʻkligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan koʻpgina masofaviy ta’lim kurslari bitiruvchilariga fakat ushbu kursni bitirganligi xakida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi. Virtual muxit va texnika ta’minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta’lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling