Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet resurslari
- Normatova N.R.
Dastur kirish oynasi
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Культин Н. Б. Основы программирования в Delphi_7.- СПб.:Питер, 2000. 2. Nazirov Sh. Delphi tilida dastrurlash asoslari.- T.,2008. 3. В. Н. Андриенко Delphi. Секреты программирования. – М.:ABF, 2005 4. Фаронов В.В. Программирование на языке высокого уровня Delphi. – M., 2003. 5. Архангельский A.Я. Программирование в Delphi. Учебник. (www.ozon.ru/context/detail/id/2705337/) 6. www.Delphiexpert.ru Internet resurslari 1. www.Ziyonet.uz 2. www.Delphiexpert.ru 3. www.Google.ru 179 ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI SIFATINI BAHOLASH KRITERIYALARI Mamarajabov M.E. - Nizomiy nomidagi TDPU Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, Normatova N.R. - “Ta’limda axborot texnologiyalari” 1-bosqich magistranti Zamonaviy ta’lim bosqichlarining rivojlanishi fundamentalizmga qaratilgan aniq maqsadli tendensiyalar, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, shaxsiy xislatlar komponentlarini yaratish, ta'lim jarayonida faollikni oshirish, o‘quv jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirishni amalga oshirish bilan xarakterlanadi. Elektron ta’lim resurslari (ETR)ni yaratish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish ta’lim jarayoning barcha ko‘rinishlarini axborotlashtirishning asosiy jihati hisoblanadi. ETRning ta’limdagi rolini ta’lim jarayonidagi axborot xizmatlarida, dasturiy-metodik ta’minot sifatida, ta’limda nazorat tizimi sifatida, fan yoki o‘quv dastur mazmunini qamrab olgan infrastruktura sifatida ko‘rish mumkin. Elektron ta’lim resurslari(ETR)ga ko‘plab pedagog olimlar ta’rif berganlar. Masalan: O.V.Solnishkova- didaktik xususiyatga ega bo‘lib, aniq bir didaktik vazifani amalga oshiruvchi interfaollikni qamrab olgan har qanday ta’lim resursi albatta ETR sifiga mansubdir 3 , deb fikr bildirgan. V.V.Dovgan, I.V.Robert, T.A.Lavina, L.P.Martirosyann, A.N.Tixonov va boshqalar esa AKTning didaktik imkoniyatlarini takomillashtiruvchi elektron nashr yoki elektron vosita ko‘rinishidagi ilmiy – pedagogik, o‘quv – metodik materiallar majmuasi 4 deb hisoblaganlar. S.I.Makarov esa elektron ta’lim resurslari- ta’limning metodik tizimi doirasida jarayonning zarur va yetarli elektron o‘quv materiallar majmuaviy ta’minotidir 5 , degan fikr bildirgan. Hozirgi kunda o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo har qanday vosita elektron ta’lim resursi bo‘la oladimi? U qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?, kabi savollarga quyida javob beramiz. Har qanday ta’lim materiali kabi ETR ham sifat kriteriyalari bilan baholanishi kerak. Shu sababdan baholash kriteriyalarini an’anaviy va innovatsion turlarga ajratish mumkin. An’anaviy sifat kriteriyalarga: - Ta’lim dasturi bilan muvofiqligi (TDM)( maktab, litsey, oliy ta’lim); 3 О.В.Солнышкова Повышение эффективность подготовки студентов в процессе использования интерактивных образовательных ресурсов: дис. кан.пед.наук: Барнаул, 2014. - 188 л. 4 В.В.Довган, И.В.Роберт, Т.А.Лавина, Л.П.Мартиросянн, А.Н.Тихонов Создание и использование электронного образовательного ресурса в составе информационно- методического обеспечения учебного процессе: автореф.дис.канд.пед.наук: Ин-т информатизация образования Рос. акад. образования. –М., 2012.-23 с. 5 С.И.Макаров Методические основы создания и применения образовательных электронных изданий: автореф. дис. д-ра пед.наук.: Ин-т общего средного образования Рос. акад. образования.-М.,2003-39 с. 180 - Taqdim etilayotdan materiallarning ilmiyligi(MI) (fanga doir bilimlar bilan mosligi); - Yagona metodik birligi(YMB) (“oddiydan murakkabga”, materiallarni ketma- ketlikda taqdim etilishiga amal qilinishi); - Faktografik xatoliklar, noetik komponentlardan foydalanmaslik(FX+NK); - O‘quv resursining texnologik sifatining optimalligi(TSO) (masalan, sifatli poligrafiya, dizayn); ETR ning asosiy innovatsion sifat kriteriyalariga: 1. Ta’lim jarayonining barcha komponentlari bilan ta’minlanganligi(BKT); - Axborot olish (nazariy ma’lumot); - Amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotlari; - Attestatsya(ta’lim darajasini baholash); Bunda an’anaviy darsliklar faqatgina nazariy ma’lumot berish jihatini hisobga olsak, ETR ning ustunligini ko‘rishimiz mumkin. 2. Interfaollik ya’ni aktiv-faoliyat ta’lim shakliga asoslangan bo‘lib, talabada mustaqil ta’lim olish va o‘z-o‘zini baholash sektorining tezkor rivojlantirishni ta’minlanganlgi(IMO‘S); 3. Masofali ta’lim olish imkoniyatlarining mavjudligi(MT). Zamonaviy elektron ta’lim resursi yangi pedagogik vositalardan foydalanish orqali yuqorida aytib o'tilgan innovatsion fazilatlar bilan bir qatorda: - interaktiv; - multimediya (haqiqiy yoki hayoliy dunyo fragmentining audiovizual taqdimoti); - modellashtirish (audio-vizual aks ettirish bilan obyektning mohiyati, turi va sifat o'zgarishlarini imitatsion modellashtirish); - kommunikativ (telekommunikatsiya bilan ta'minlanganlik); - mahsuldorlik (foydalanuvchi samaradorligi) kabi pedagogik uskunalarini ham qamrab oladi. Yuqoridagi kriteriyalarni quyidagi formula orqali ifodalasak, an’anaviy kriteriya(AK) AK= TDM+ MI+ YMB+(FX+NK)+ TSO Bunda: TDM=20 ball MI=20 ball YMB=20 ball (FX+AN)=20 ball TSO=20 ball Innovatsin kriteriya(IK) formulasini quyidagicha yozamiz: IK=BKT+ IMO‘S+ MT BKT=50 ball IMO‘S=25 ball MT=25 ball kabi taqsimlash mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling