Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Bug’ bilan isitish qozonxonasining jihozlari


Download 4.59 Mb.
bet103/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   135
Bog'liq
B majmua

Bug’ bilan isitish qozonxonasining jihozlari
Bug’ bilan isitish cho’yan qozonining prinsipial sxemasi Rasmda ko’rsatilgan. Past bosimli bug’ qozon-lari quyidagi qurilmalar bilan jihozlanadi.
Bug’ cho’yan qozonlarini bosim ko’tarilishidan saqlash uchun himoya chiqarish moslamalari o’rnatiladi Bunday moslama pastki kollektor 1 va yuqori bakcha 5, pastki kollektorni yuqori bakchaga birlashtiradigan har xil diametrli trubalar 4, chiqarish moslamasini qozonga ulaydigan truba 3 dan iborat. Past bosim­li bug’ qozonlarining
saqlash-chiqarish moslamasi:
1 — pastki kollektor, 2— vodoprovodga ulash uchun truba, 3—qozonga ulash uchun truba, 4—biriktirish trubalari, 5 — bakcha, 6 — bakchaga suv kiritish tru­basi, 7 — t ukish trubasi, 8 — kontrol kran, 9 — tukish liniyasi.
Bu truba bug’ qozoni patrubogiga ventil oldidan o’rnatiladi. Moslama biriktirish trubalari 4 balandligining o’rtasigacha suv bilan to’ldiriladi. Qozon ishlamay turganda barcha trubalarda suv bir sathda turadi. Qozondagi bug’ning bosimi oshganda truba 3 dagi suvning sathi pasayadi, boshqa trubalarda esa ko’tariladi. Ana shu bosimlar farqi qozondagi bug’ning bosimiga to’g’ri keladi. Qozondagi bosim bundan ham oshganda bug’ truba 6 dan bakcha 5 ga suvni siqib chiqaradi va chiq,arish trubasi 7 orqali atmosferaga chiqib ketadi. Qozondagi bug’ning bosimi pasayganda suv bakchadan trubaga qaytadi, himoya chiqarish moslamasi yana ishga tayyor holga keladi. Biriktirish trubasi 4 ning bagini, kalta trubalarning radiatorlarga to’g’ri qiyalanganligini, truba va radiatorlarning puxta o’rnatilganligini, rezbali birikmalardan chiqib qolgan zig’ir tolalari yaxshi tozalanganligini, trubalar to’g’ri mahkamlanganligini, xomutlar devorlarga mahkamlangan joylarning sirti sement qorishmasidan tozalanganli­gini yaxshilab tekshirib ko’rish kerak.
Trubalar xomutlar, orayopmalar va devorlarda bemalol suriladigan qilib o’tkazilishi kerak. Bunga erishish uchun xomutlar trubalardan biroz kattaroq qilib yasaladi.
Devorlar va orayopmalarga trubalar uchun gilzalar o’rnatiladi. Gilzalar truba bo’lagidan yoki tunuka po’latdan tayyorlanadi va diametri truba diametridan bir oz kattaroq bo’ladi, shuning uchun temperaturalar o’zgarganda trubalar bemalol uzayadi. Bundan tashqari, gil­zalar poddan bir necha mm chiqib turishi kerak. Issiqlik eltgichning temperaturasi 100°S dan yuqori bo’lganda trubalar asbest list bilan ham o’ralishi kerak. Agar izolyasiya bo’lmasa trubadan yog’och va boshqa yonuvchan konstruksiyalargacha kamida 100 mm joy qolishi lozim. Issiqlik eltgichning temperaturasi 100°S dan past bo’lganda gilzalar asbest listi yoki kartondan qilinishi mumkin. Trubalarni tomga yopiladigan tol bi­lan o’rash yaramaydi, chunki shipning truba o’tadigan joyidan qorayib chiqib qoladi.
Isitish asboblari taxmonga o’rnatilganda va stoyaklar ochiq o’tkazilganda kalta trubalar to’g’ri qilinadi. Asboblar taxmonga o’rnatilganda va trubalar yashirin o’tkazilganda, shuningdek asboblar taxmonsiz devorlar­ga o’rnatilganda va stoyaklar ochiq o’tkazilganda kalta trubalar pog’onali qilinadi. Agar ikki trubali isi­tish sistemalarining trubalari ochiq o’tkazilsa, truba­larni samraydigan skobalar stoyaklarda bukiladi. Skobalar xona tomonga qarab bukilishi kerak. Ikki truba­li isitish sistemalarining trubalari yashirin o’tkazilganda skobalar qilinmaydi, trubalar kesishgan joylarga stoyaklar bir oz chuqurroq o’tkaziladi.
Armatura va shakldor qismlarni o’rnatishda ularni to’g’ri vaziyatga qo’yish uchun rezbani teskari yo’nalishda burash (bo’shatish) yaramaydi, aks holda issiqlik eltgich sizishi mumkin. Agar rezba silindrik rezba bo’lsa, bunday hollarda shakldor qism yoki armaturani bo’shatib, tagiga zig’ir tola o’rash va yana burab qo’yish kerak.
Kalta trubalarning uzunligi 1,5 m dan oshsagina ularga xomutlar o’rnatiladi.
Isitish asboblarini hisoblashda trubalarning issiqlik berishi ham hisobga olinadi, shuning uchun stoyaklar chizmada ko’rsatilgan xonalardan o’tishi muhimdir.
Trubalarni rezba yordamida yig’ishdan tashqari, ko’-pincha ular payvandlab ham yig’iladi. Payvandlab yig’ilgan bir trubali isitish sistemasining stoyagi Rasmda ko’rsatilgan.


Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling