Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
ТУПЛАМ 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY TARJIMADA USLUB VA USLUBIY MOSLASHTIRISH
REFERENCES:
1. The Turns of Translation Studies: New Paradigms or Shifting Viewpoints? 2. Early Years in Machine Translation: Memoirs and Biographies of Pioneers; 3. Christopher Kasparek, "The Translator's Endless Toil", The Polish Review, vol. XXVIII, no. 2, 1983, pp. 84-87. 4. The Oxford Companion to the English Language, Namit Bhatia, ed., 1992, pp. 1,051–54. 5. "Early Years in Machine Translation: Memoirs and biographies of pioneers. BADIIY TARJIMADA USLUB VA USLUBIY MOSLASHTIRISH 66 Shermatova B. I.(SamDCHTI o’qituvchisi) Usarova D. R. (SamDHCTI talabasi) Annotatsiya: Ushbu maqolada tarjima nazariyasi asoslariga tegishli bo'lgan muammolardan biri badiiy tarjimada uslub va uslubiy moslashtirish muammolari haqida so’z yuritiladi. Tarjimon tarjima jarayonida o’z bilim va ko’nikmalariga asoslanib tarjima qiladi shunga qaramasdan, mutaxassis shu jarayonda muallif uslubini saqlab qolishi hamda unga o’z uslubini aralashtirib tarjimaga noaniqlik kiritmasligi kerak hisoblanadi. Bu orqali tarjimon muallif asardan ko’zlagan maqsadni to’laqonli yetkazib bera oladi. Abstract: This article deals with one of the problems related to the basics of translation theory which is the problem of style and methodological adaptation in literary translation. The translator translates based on his / her knowledge and skills in the translation process, however, the expert should keep the author's style in the process and not confuse the translation with his / her own style. Translator is able to fully convey the purpose of the work that the author means. Barchamizga ma'lumki, tarjima inson faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Har qanday davrda ham insonlar tarjimonlarga ehtiyoj sezishgan. Tarjima orqali dunyodagi xalqlar o'rtasida do'stik, ijtimoiy-itisodiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalar vujudga kelgan. Tarjima qilingan asarlar orqali odamlar jahon adabiyoti bilan tanishishadi va shu asarlar orqali odamlar o'zlariga estetik zavq olishadi. Shu bilan birga ushbu asarlar orqali jamiyatda ham yangicha qarashlar qaror topadi. "Tarjima Vatan adabiyotiga yangi obrazlar, badiiy tasviriy vositalar hadya etadi." - degan edi tarjimashunos olim Qudrat Musayev o'zining "Tarjima nazariyasi va asoslari" kitobida [3: 9]. Darhaqiqat, tarjimon tarjima jarayonida boshqa tilda yaratilgan matnni o'girilayotgan tilda qayta yaratadi. Albatta bu jarayonda tarjimon tarjima nazariyasi qonuniyatlariga tayanib ish tutadi. Zero, “Tarjima – bu ilhom, yuksak iste’dod va intuitsiya bilan chuqur filologik bilim, tinomsiz lug’aviy mehnat hamda o’rinli ilmiy sharhning qorishmasidan iborat nazariy-ijodiy jarayondir.”[ 7:149,150]. Tildagi tarjimalar xilma xil turlarga bo’linadi va ular orasida badiiy tarjima alohida ahamiyat kasb etadi. Badiiy tarjimaning boshqa tarjima turlaridan farqi shundaki, unda filologik tahlil hamda lisoniy uslubiy qiyosning ishtirok etishidir. Bir asar boshqa bir asarga o’xshamagani kabi har bir yozuvchining o’z yozish, ifoda etish usuli mavjuddir. U bu bilan boshqa yozuvchi shoirlardan farqlanib turadi. Tarjimon esa buni anglay bilishi va badiiy asar o’z tilida qanday estetik zavq bilan o’qilsa o’girilayotgan tilda 67 ham shunday estetik zavq uyg’otishi kerak. Shu o’rinda uslub terminiga “Adabiyotshunoslik terminlar lug’atida” quyidagicha ta’rif berilgan: “Uslub – keng ma’noda – yozuvchi ijodidagi g’oyaviy-badiiy xususiyatlar birligi, tor ma’noda – ifoda usuli (tarsi, bayon). Keng ma’noda uslub tushunchasi shoirning dunyoqarashi, asarlaring asosiy leytmotivini tashkil etuvchi g’oyalar, syujet va xarakterlar doirasi badiiy tasvir vositalari, tili va boshqalarni qamrab oladi.”[1:605]. Har bir ijodkor o’z individual uslubiga egadir. Bu uslub uning bir nechta asarlarida uchraydigan badiiy tasvirlar va albatta obrazdir. Ijodkorning uslubi u o’zi yashab turgan davrga ham bog’liq bo’ladi. Bu haqida tarjimashunos olim G’aybulla Salomov shunday degan: “Individual uslub deganda biron avtorning muayyan davrda yaratgan asarlarida doim uchrab turadigan yoki uning butun ijodiga xos asosiy uslubiy unsurlar majmuasi tushuniladi. Shuningdek ijoiy faoliyatga munosabatidan qat’iy nazar , biron shaxsning og’zaki yoki yozma nutqda muntazam ishlatilgan so’z va iboralari ham individual uslubni keltirib chiqaradi.” [6: 66]. Har bir shoir yoki yozuvchining o’z uslubi bo’lgani kabi, ar bir tarjimonning hm o’z uslubi mavjuddir. Badiiy tarjima jarayoni shunisi bilan murakkabki, tarjimon badiiy asrni tarjima qilish jarayonida muallifning uslubini to’laligicha saqlab qolishi kerak yo’qsa, bu asar boshqa tilga o’girilgach o’z badiiy qiymatini ya’ni estetik zavqini yo’qotishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu esa tarjima nazariyasi muammolaridan biri hisoblanadi. Badiiy tarjima ham boshqa axborot matnlari tarjimasi kabi aniqlikni talab qiladi. Bunda tarjimon aniqlikni yozuvchning individual uslubidan izlashi maqsadga muvofiqdir. “Badiiy tarjimada aniqlikka erishish faqat yozuvchining individual uslubini aks ettirish orqali amalga oshadi. Uslubni berolmagan tarjimon aniqlikka da’vo qilolmaydi.”[5: 113]. Tarjimon badiiy tarjima jarayonida yozuvchining uslubini saqlash bilan bilan birga unga o’z uslubini ham qo’shadi. Ya’ni uslublar moslashadi. Tarjimon uslublarmi moslashtirish orqali badiiy asar estetik zavqi va estetik didini ham saqlab qoladi. “Uslubiy moslashtirish yoki taqlidda muayyan janr, ijtimoy muhit, davr va boshqalarga xos bo’lgan naql yoki nutq uslubiga taqlid, o’xshatma yoinki monandlik tarzida tushuniladi. Bundan maqsad biron nuq maqomining ”Ayni o’zi haqida taasuurot tug'dirishdir" [2: 6]. "Tarjima bu - uslub. Uslub esa jumla. Jumla yaratish mahorati. Jumlasi yo'q odam yozuvchi, shoir, dramaturg bo'lolmaganidek, jumlasi yo'q kimsa ham hech qachon tarjimon bo'lolmaydi." [2: 56] Darhaqiqat, har bir she'rmi, hikoyami, dostonmi, butun boshli romanmi farqi yo'q. Ular har biri 68 gaplardan, gaplar esa ma'lumki jumlalardan iborat bo'ladi. Har qanday tarjima jarayonida ham ya'ni u badiiy yoki axborot matni bo'lishidan qat'iy nazar. U avvak gaplarga so'ngra esa jumlalarga bo'lib tarjima qilinadi. Badiiy asarning tili ham o'sha jumlalarga bog'liq ya'ni tarjimon jumlalarni to'g'ri tarjima qila olsa u uslubni ham maromiga yetkazib tarjima qila oladi, albatta. Tuzilgan jumlalar o'z mualliflarini ajratib turadi. Boshqacha qilib aytganda jumlalar orqali yozuvchi shoirlar bir biridan ajralib turishadi. Tarjimashunos olim I.G'ofurov aytganidek - "Jumla - badiiy uslubning javhari va kimyosi".[2: 56] Jumlaning qiymatini uning qanday tuzilganligi va qanday ohangdorlik, qanday estetik zavq uyg'ota olishi bilan bog'liq. "Jumla yaratish tuyg'usini tarbiyalash - talantni tarbiyalash, talantli tarjimonlarni tarbiyalash, yaba ham to'g'rirog'i, tarjimon talantini tarbiyalash deganidir."[2: 56] Xulosa qilib aytganda, badiiy tarjima jarayoni ilmiy tarjima jarayonidan bir muncha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki, ilniy tarjimada tarjimon tarjimaga ilmiy jihatdan yondashadi va gaplarning strukturaviy qurilishiga ko'proq e'tibor beradi. Badiiy tarjimada esa tarjimon berilgan matnga nafaqat tarjimon sifatida, balki ijodkor sifatida yondashadi. Shu bilan birga u tarjima qilayotgan matnni uslubini o'zicha saqlash va moskashtirish uchun matndagi har bir so'zning asliyatda qanday ma'no ifodalashga xizmat qilgan, unga qanday pragmatik ma'no yuklangan va qanday uslubni shakllantirishga xizmat qilayotganini bilishi va aniqlashi kerak. U shu orqaligina badiiy asar ruhini saqkab qola oladi. Badiiy tarjima asliyatni o'zicha qaytarish emas, uni bishqa tilda qayta yaratishdir. Shu borada tarjimonlar tilning boyidhiga ham xizmat qiladilar. Badiiy tarjima jarayonida asliyatda mavjud so'zlarga, gapning qurilishiga ohangdorlik va ma'nolarning yuzaga kelishiga tarjimonlar erkin ya'ni ijodkorona munosabayda bo'lishadi va bu orqali o'zlari ko'zlagan maqsadlariga yetishadi. Asliyatda uchragan ba'zi so'z, so'z birikmakari yoki atamalar tarjima qilinayotgan tilda mavjud bo'lmasligi mumkin, bunday holatda esa tarjimon asar ustida ishlab yangidan yangi so'z birikmalari va atamalarni tilga olib kiradi, albatta, uning o'z semantik va pragmatik salohiyatini saqlagan holda. Bu bilan esa tilning boyishiga tarjimon ham o'z hissasini qo'shgan bo'ladi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling