Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1831891
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
ТУПЛАМ 6

ADABIYOTLAR 
1. Galperin I.R. Stylistics М.: Либpoком, 2010, 2014. - 336 с.
2. Hamidi A. and Pöchhacker F. (2007). “Simultaneous consecutive 
interpreting: a new technique put to the test, - 26 p. 
3. Henderson, John A. (1976). “Note-Taking for Consecutive Interpreting”, 
Babel. V22, No3, 1976. - 116 b. 
REALIYA VA NOMLARNING TARJIMADA BERILISHI 
Absamatova G. (SamDAQI o’qituvchisi) 
Tarjima ilmi va amaliyotida o‘girish qiyin bo‘lgan so‘zlar bir talay. 
Ularning asosiylari milliy o‘ziga xos so‘zlar bo‘lib, xalqaro terminda 
realiyalar deyiladi. Realiyalar deganda ma’lum bir millat va elatga xos narsa-
hodisalarni ifodalovchi so‘zlar va tushunchalar anglashiladi. Ularni boshqa 
tilga o‘girishda tarjima tilining taraqqiyot darajasiga qarab katta-kichik 
muammolar paydo bo‘ladi. Bu muammolarning yechimi, ularning tasnifi va 
tavsifi tarjima nazariyasida o‘rganilmoqda. Umumiy qonun-qoidalar bilan 
birga har bir til juftligida maxsus qoidalar ishlab chiqilmog‘i lozim. 
Chet tillardan o‘zbek tiliga o‘girilayotgan asarlarda ana shu 
muammolar hanuzgacha tarjimonlar va muharrirlarning boshini qotirib 
kelmoqda; bir nomning o‘zini bir necha xil yozish va talaffuz qilish hollari 
har qadamda uchramoqdaki, bu yakdillik talab qiladi. Ushbu maqolada 
asosan boshqa tillardagi atoqli otlar toifasiga kiruvchi kishi nomlari tarjimasi 
va o‘zbek tilida yozilishi haqida fikr yuritamiz. 
Ozodlik xalqimizga barcha sohalarda mustaqil va dadil qadam 
tashlash, rivojlanish imkonini berdi. Yangiliklar osongina amalga 
oshirilmaydi, albatta. 


92 
Biz nafaqat o‘zimizga, balki boshqa xalqlar va ellarga, ularning 
qadriyatlari va o‘zliklariga ham yangicha qarashni, o‘rganishimiz kerak. 
Jahon xalqlari qadriyatlarini yangicha idrok va e’tirof etsakkina, bizni ham 
ular etirof etadi, yangidan kashf qiladi va ana shu ma’naviy e’tiroflar siyosiy 
e’tiroflarga quvvat bo‘ladi; bu esa, o‘z navbatida, chet elliklarga yurtimizga 
nafaqat mehmon yoki sayyoh ko‘zi bilan, balki iqtisodiy hamkor va istiqbolli 
investor ko‘zi bilan ham qarashga yo‘l ochadi. 
Olmon va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yigirmanchi 
yillarda madaniy hayotimizning muhim omili bo‘lmish tarjima jarayoni 
boshlab bergan bo‘lsa, hozirgi kunda bu aloqalar, albatta, tillarimizda o‘z 
aksini topmoqda. Jumladan, ona tilimizda 300 dan ortiq olmoncha so‘zlar 
faol iste’molda ekanini olimlar isbot qilishgan ( O. Jumaniyozov). Ammo 
ana shu borada – chet el, jumladan, olmon xalqiga xos milliy koloritni o‘zbek 
tilida qayta yaratishda jiddiy muvaffaqiyatlar bilan birga juz’iy 
kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. 
Shunday muammolardan biri olmonlarning ism-familiyalarini o‘zbek 
tiliga to‘g‘ri “tarjima qilish” va “imloviy o‘zlashtirish” bilan bog‘liq. 
Oilada tug‘ilgan har bir go‘dakka ota-onasi shirin orzular, yorug‘ 
niyatlar bilan yaxshi ism qo‘yishga harakat qiladi. Go‘dak ismini taniy 
boshlar ekan, faqat o‘z ismini aytib chaqirganlaridagina qayrilib qaraydi. O‘z 
ismini minglab ismlar orasida ajratib oladi. Ya’ni, u o‘z ismi orqali o‘zligini 
– o‘z olamini kashf etadi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan 
bo‘lsak, tarixdan munosib o‘rin olgan barhayot siymolarning ismlari boshqa 
halqlar tillari va dillarida aynan o‘z xalqi tilida jaranglaganday yangrashi – 
Yohain Volfgang Gyote, Haynrih Hayne, Haynrih Mann, Hermann Kant
Friydrix Hegel, Ludvig Foyerbax, Artur Shoppenhauyer, Albert Aynshtayn, 
Ernest Hemengvay, Gi do‘ Mopassan shaklida o‘zbek imlosiga 
uyg‘unlashishi ayni muddao bo‘lur edi. Biroq chet elliklar, jumladan, 
olmonlarning nomini to‘g‘ri aytish va yozish tarjimachiligimizda hanuzgacha 
muammoligicha qolmokda. 
Ma’lumki, bir tildagi ism-shariflar va joy nomlari ikkinchi tilga asosan 
ikki usul – transliteratsiya yo‘li bilan (ya’ni o‘z tilida qanday yozilsa) va 
transkripsiya usuli bilan (ya’ni qanday talaffuz qilinsa) o‘zga tilga 
shundayligicha o‘tkaziladi, iloji boricha asliyatga yaqin shakl va ohangda 
o‘tishiga harakat qilinadi. Bunda chet tilining tovush tizimi, alifbosi, imlo 
qonuniyatlarini ona tili tovush tizimiyu imlo imkoniyatlari asosida adekvat 
(muqobil) tarzda qayta tiklash muammosi paydo bo‘ladi. Mushkullik, avvalo, 
shundan iboratki, dunyodagi bir-biriga fonetik va orfoepik jihatdan to‘la mos 


93 
keladigan ikkita bir xil til yo‘q. Masalan, olmon tilidagi ch tanglayoldi 
tovushi boshqa ko‘p tillarda, xususan, rus va o‘zbek tillarida yo‘q. Demak, 
ismlarda uchrovchi va ularning oxirgi bo‘g‘inini yakunlovchi shu yumshoq 
tanglay undoshini rus tilida qattiq “x”, o‘zbek tilida yumshoq “h” tovushi 
bilan qayta tiklashdan o‘zga chora yo‘q: Heinrich – Xaynrix – Haynrih. Rus 
va o‘zbek tillaridagi tarjimalarda esa bu ismning birinchi bo‘g‘ini butunlay 
o‘zgarib, negadir Genrixga aylanib qolgan. Muammoning ikkinchi muhim va 
qiyin, ammo hal qilsa bo‘ladigan tomoni hammaga ma’lum quyidagi fakt 
bilan bog‘liq: deyarli ko‘pchilik olmoncha ismlar rus tiliga o‘tayotganda shu 
til tovushi va alifbosi imkoniyatlari va imlo xususiyatlariga bir karra 
moslashib, til osha uchinchi til – o‘zbek tilida paydo bo‘lganda, ko‘pincha 
xuddi o‘rischaday ko‘rinishi yoki yana bir bor “o‘z to‘nini yangilash”i kerak 
bo‘lmoqda. 
Shu o‘rinda professor I. Mirzayevning quyidagi fikri masalaga 
oydinlik kiritishga yordam beradi: “Bizga rus tili orqali kirib kelgan G. de 
Mopassan, O. de Balzak, F. de Sossyur kabi familiyalarni istiqlol bergan 
imkoniyatdan foydalanib, to‘g‘ri talaffuz kilish va yozish vaqti yetdi. Ruslar 
bu familiyalarni o‘zlaricha, ya’ni shunday o‘qish va yozishni xohlaganlari 
uchun emas, balki ob’yektiv sabablarga ko‘ra – tillarida “o‘” tovush-
harfining yo‘qligi uchun yozib keladilar. Bizning tilimizda esa bunday 
tovush, harf bor”. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, faqat bevosita 
tarjima orqaligina ikkinchi “filtr”ni bartaraf etish mumkin. Bugungi 
kungacha olmon-o‘zbek tarjimachiligida deyarli barcha badiiy asarlar rus tili 
(tarjimasi) orqali o‘girilgan. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling