3. Chigitning namligi normallashtirish. Chigitning optimal namligi 10-11%
bo’lsa; uni maydalash, yanchish va qozonlarda qovurish jarayoni juda oson
bo’ladi, yog’ isrof bo’lmaydi. Agar chigitning namligi 8-9% bo’lsa uning
namligini oshirish kerak. Ezilgan mag’izni qovurish uchun uning namligi 12-14%
bo’lishi kerak. Ezilgan mag’izni bir tekis namlash juda qiyin. Shuning uchun
chigitni maydalanmasdan namlash zarur.
CHigitni namlashning eng oddiy usuli ombordagi chigitga branspoyt bilan suv
purkab ikki yoki uch kun saqlangandan keyin qayta ishlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |