4. Yog’li urug’larni saqlash. Qabul qilingan va quritilgan urug’lar naviga
qarab omborlarga joylanadi. Xom terilgan paxtaning chigitida nam ko’p
bo’lganligi uchun bunday chigitni saqlash qiyin. Yaxshi yetilgan xom-ashyoda
ham ortiqcha nam bo’lmaydi. Yog’li xom ashyo zavodda yaxshi saqlanishi uchun,
avvalo u optimal muddatda yig’ib-terib olinishi kerak.
Yig’ib-terib olingan urug’larni daladan tez olib chiqib ketish kerak, aks
holda ularga har xil zararkunandalar, mikroorganizmlar va xas-cho’p aralashib
ketib xom ashyoning sifati buziladi. Natijada urug’nining temperaturasi oshadi,
mog’or bosadi, achchiq ta‘mli bo’ladi, rangi qorayadi, kislota miqdori ortadi,. Ana
shunday holat yuz bermasligi uchun yog’li xom ashyoni saqlashdan oldin tozalash,
qeyin quritish, so’ngra ikkinchi marta tozalash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |