1.5 Mikroorganizmlar va zararkunandalar ta‘siri. Yog’li urug’larning
sifatini buzadigan faktorlardan biri mikroorganizmlardir. Keltirilgan xom ashyo
tarkibida mikroorganizmlarga boy har xil chiqindilar bo’ladi. Agar ob-havo nam
kelib, urug’larning kritik namligi yuqori bo’lsa, ulardagi mikroorganizmlar
aktivlashib, mag’izning buzilish jarayoni tezlashadi. Mikroorganizmlardan
saprofit, fitogen va patogen deb ataladigan turlari ayniqsa hafli. Masalan,
saprofitlar mog’or hosil qiladi, fitogenlar urug’larni puch qilib qo’yadi, patogenlar
esa qoqshol, sil va manqa kasalliklarni qo’zg’atadi. Urug’larni yaxshilab quritish
bilan bo’lardan qutilish mumkin.
Mikroorganizmlar bilan bir qatorda urug’larga ombor zararkunandalari ham
zarar yetkazadi. Ular urug’lar mag’zining oziq moddalarini yeb, yog’ olish
texnolgiyasini va mahsulot sifatini buzadi. Ombor zararkunandalarini urug’ini
quritib namini kamaytirish va omborlarda alohida kimyoviy chora-tadbirlar ko’rish
yo’li bilan yo’qotiladi. Ularning ba‘zilari 50-550S da, boshqalari 1000S nobud
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |