Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Download 227.79 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
1.3. Gidroskopik nuqta. Urug’lar har xil gigroskopik xususiyatga ega
bo’lganligi uchun ulardagi adsorbtsiya va desorbtsiya jarayonlari ham har xil bo’ladi. Tashqaridan singayotgan bug’ va urug’lardagi ichki suv molekulalari bir muvozanatga yetganidan keyin urug’lar «doimiy namlik» holatga keladi. Shu holatdagi urug’lar uzoq saqlash uchun yoki sifatli yog’ olish uchun juda qo’laydir. Urug’larning suvga munosabati, ya‘ni mag’zidan gidrofil moddalarning suvda yaxshi erish yoki erimasligi, ularning botanik naviga qarab har xil bo’ladi. Mag’iz ichidagi tolali naychalar va teshikchalarning soni har-xil. Shuning uchun urug’larning nisbiy namligi bir xil bo’lsa ham, ulardagi suv miqdori har xil bo’ladi. Havoning nisbiy namligi ortishi bilan urug’larning muvozanat namligi ham ortadi, ularning hajmi oshadi va saqlanayotgan urug’lar zichlashib qoladi. Masalan, kungaboqar urug’ning namligi 6,72 % bo’lsa, hajmi 100% oshadi, (13,60%da – 113% ga, 16,20%da – 120% ga).
Muhitning namligi kamayganda, urug’larning namlik muvozanati bo’ziladi, namlik kamayadi. Muhit bilan urug’larning namligi teng bo’lgan davr gigroskopik nuqta deyiladi. Gigroskopik nuqta ko’tarilganda urug’lar nam, pasayganda quruq holatda bo’ladi. Yog’li urug’lar suv shimganda temperaturasi ortadi; havodagi bug’lar suvga aylanishi sababli o’zidan issiqlik chiqaradi. Agar bug’ning suvga aylanishi intensiv ravishda bo’lsa, urug’larning namligi ham kamayib boradi. Bu holat havoda quritilgan holat deb ataladi. Urug’lar tarkibidagi suv miqdori kritik namlikdan ortganda urug’lar buzila boshlaydi. Download 227.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling