Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги


  Urug’lar  tarkibida  suvning  holati


Download 227.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana09.01.2022
Hajmi227.79 Kb.
#257799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-мавзу

1.2.  Urug’lar  tarkibida  suvning  holati.  Kungaboqar  urug’ning  namligi  9-

11%  bulsa,  quruq,  13-14%  bulsa  o’rtacha  nam,  14,5%  dan  ortiq  bulsa  nam 

deyiladi.  Nam  urug’larni  saqlash  oldidan  quritish  yoki  tezda  ishlatib  yuborish 



kerak.  Urug’lar  namligini  optimal  holatga  keltirish  konditsiyalash  deyiladi. 

Konditsiyalash urug’lar tarkibidagi suvning holatini aniqlashga asoslangan. 

  Ma‘lumki, urug’lar serg’ovak kopillyar kolloid moddalardan tashkil topgan. 

Xujayralarning  yadrosida  kolloid  moddalar  joylashgan,  bu  moddalar  asosan 

gidrofil xususiyatli oqsillardan iborat. 

  Yog’li urug’lar turli moddalarning bug’ini va gazlarni sindirish xususiyatiga 

ega. Ularning bu xususiyati sorbtsion (singdirish) qobiliyati deb ataladi. Bir vaqtda 

singdirilgan  gaz  yoki  bug’  miqdori sorbtsiya  tezligini  ifodalaydi.  Urug’lar o’ziga 

xos  sorbtsiya  hajmiga  ega  bulib,  ba‘zan  singdirilayotgan  suv  (gaz)  bug’lanib 

ketishi, ya‘ni teskari jarayon ruy berishi mumkin. Bu holat desorbtsiya deb ataladi. 

  Sorbtsiyada qo’yidagi jarayonlar boradi: 

Tashqi  diffuziya.  Bunda  suv  bug’lari  urug’lar  oralig’idan  o’tib  har  bir  dona 

sathini namlaydi; 

Ichki  diffuziya.  Bunda  bug’  urug’lar  sathidan  o’tib,  urug’larning  mag’ziga 

singadi. 

Tashqi  va  ichki  diffuziya  jarayoniga  turli  omillar  ta‘sir  ko’rsatadi,  tashqi 

diffuziya tezligi temperatura va bug’larning qayishqoqligiga bog’liq. Temperatura 

qancha  yuqori  bo’lsa,  duffuziya  jarayoni  shuncha  tez  boradi.  Ichki  duffuziya 

urug’larning tuzilishi va kimyoviy tarkibiga bog’lik. Urug’ donachalarining qobig’i 

qancha  yumshoq  va  mag’zi  tarkibida  suvda  tez  eriydigan  oqsil  moddalar  qancha 

ko’p bo’lsa, ichki duffuziya shuncha tez boradi.  

  Urug’lar  serg’ovak  bo’lganligi  uchun  suv  bug’lari  g’ovaklardan  o’tib  urug’ 

sathiga  yig’ilishi  davrida  katta  bosim  hosil  bo’ladi  va  natijada  suv  molekulalari 

zudlik  bilan  singga  boshlaydi.  Ma‘lum  muddatdan  so’ng  bug’larning  singishi 

susayadi,  mikrokanalchalar  suvga  to’lganligi  uchun  tuyingan  bug’ning 

qayishqoqligi kamayadi va natijada bug’ suvga aylanib sorbtsiya jarayoni tuxtaydi. 

  Suv  oqsil  moddasi  globulalari  atrofida  gidrat  parda  hosil  kiladi.  Agar  suv 

molekulalari  sathiga  yaqin  joylashgan  bo’lsa,  ular  mahkam  bog’langan  bo’ladi, 

o’zoqlashgan sari bog’lanishi ham susayadi. Globulalar sathiga yig’ilgan (singgan) 

suv bog’langan suv deyiladi. Molekulalari oqsil globulalari sathidan uzoqlashgan 

suv erkin suv deb ataladi. 


Download 227.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling