1.6 Urug’larni shamollatish. Urug’larni shamollatish ham texnologik
jarayonining muhim bir qismidir. Ba‘zi vaqtda kuz seryog’in kelganda namligi
standartdan yuqori bo’lgan urug’larni ham yog’ zavodlari qabul qilishiga to’g’ri
keladi. Quritish agryog’atlari yetarli bo’lmaganda bunday urug’lar vaqti-vaqti bilan
shamollatib turiladi. Shamollatish ikki xil profilaktik va aktiv shaklda bo’ladi.
Urug’larning namligi har xil bo’lganligi uchun ular profilaktik shamollatiladi,
bunda urug’lar massasining har xil darajadagi namligi bir xil bo’lib qoladi.
Profilaktik shamollatish bir tonna urug’nini soatiga 30m3 issiq havo beradigan
ventilyator yordamida bajariladi. Shunda urug’lar 1-3% gacha namini yo’qotadi va
12-16 0S gacha soviydi.
Aktiv shamollatish kuchli bosim ostida urug’lar massasidan havo o’tkazish
yo’li bilan bajariladi. Shuni yaxshi bilish kerakki, aktiv shamollatish bir tomondan
foydali, ya‘ni buzilish jarayonini to’xtatadigan bo’lsa, ikkinchi tomondan zarar
ham yetkazishi mumkin; Issiq havo ta‘sirida urg’larda bo’zilish jarayoni kuchayib
ketishi mumkin. Shunga ko’ra shamollatishdan samarali foydalanish uchun
texnolog kerak bo’ladigan havo miqdorini va minimal temperaturani aniqlash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |