Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


partiya – davlat organlarini qattiq nazorat ostida olib borilar edi. O’sha paytda


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz


partiya – davlat organlarini qattiq nazorat ostida olib borilar edi. O’sha paytda 
modernizasion o’zgarishlar mulkchilik shakllarini tadbiq etishga, odamlarni bir xil 
mehnat faoliyatni, o’xshash lam olish va maishiy sharoitlarini tashkil etishga 
qaratilgan edi. Aynan o’sha davrda ijtimoiy amaliyotni turli darajalari o’rtasidagi 
boshqaruvni iyerarxik vertikal hokimligi o’rnatilgan edi. Davlatda zahiralarni turli 
region va ijtimoiy qatlamlar, shuningdek jamiyat ishlab chiqarishi va aholiga xizmat 
ko’rsatish o’rtasidagi markaziy o’zaro taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lgan rejali 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy siyosat olib borilar edi.
Xo’jalikni turli sohalarida texnikaviy va boshqa yangiliklarni joriy etish bilan 
bog’liq bo’lgan amaliyot mavjud edi. Ahamiyati bo’yicha biirnchi o’rinda harbiy 
38


sanoat komlpeksi, og’ir sanoat, yoqilg’i – energetika komlpeksidagi inovasiyalar 
turar edi. Xizmat ko’rsatish va maishiy xizmat sohalari jamiyat zahiralari eng oxirgi 
navbatda ajratiladigan amaliyot jabhalari hisoblanar edi. Ammo bu sohalarni ilmiy-
texnikaviy jarayon chetlab o’tmadi. Sovet jamiyatida zamonaviy servis shakllarini va 
zamonaviy turmushni ko’pgina sifatlarini shakllanishi uchun zamin yaratilgan edi. 
Mamlakatni katta va o’rta shaharlaridagi aholi indstruial – sanoat ishlab chiqarishida 
ishlar edi. Sovet fuqarolarini ko’pgina maishiy, ijtimoiy, bilish ehtiyojlari zamonaviy 
asosda rivojlandi va xizmat ko’rsatishni jamiyat shakllari tomonidan amalga oshirilar 
edi.
Aholini daromadlarini davlat korxonalaridagi va kolxozlardagi maosh 
(jumladan, premiyalash, qo’shimcha ish haqi, jamiyat ijtimoiy jamg’armalari 
tomonidan beriladigan to’lovlar – nafaqalar, stipendiyalar, yordam pullari) shaxsiy 
yordamchi xo’jalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan olingan pul 
mablag’lari, bank jamg’armalaridagi daromadlar tashkil etadi. Fuqarolar o’z 
ehtiyojlarini ancha qismini pullik iste’mol orqali, ya’ni mahsulotlar va xizmatlarni 
ma’lum qismini oila byudjeti orqali to’lash natijasida qondirar edi.
Bu yuqorida ta’kidlangan almashish va pullik xizmat ko’rsatish shakllari 
kapitalistik jamiyatdagi kabi bozor munosabatlarini yaratmadi. Bu 70-80 yillardagi 
iqtisodiy adabiyotlarda sosialistik ichki bozor deb nomlanar edi, u rejali hodisa 
bo’lib, davlat boshqaruvi doriasida faoliyati yuritar edi.
Pullik iste’mol bilan bir qatorda “to’lanmaydigan iste’mol” mavjud bo’lib, uni 
moliyalashda oila byudjeti ishtirok etmaydi. Bu yaxlit jamiyat jamg’armalari hisobida 
amalga oshirilar edi. Bunday iste’mol turi tibbiy xizmat ko’rsatishni (kasalxonalarda 
davolanishi, ovaqatlanish aholiga poliklinikalarda xizmat ko’rsatish va boshqalar), 
ta’lim, madaniy tashkilotlarni pulsiz xizmatlarini iste’mol qilish va boshqalarni o’z 
ichiga oladi. Shaharlarda fuqarolarga yashash joylarini pulsiz berish ham edi. Aholi 
tomonidan qisman to’lanadigan imtiyozli iste’mol ham mavjud edi. Turar joy-
kommunal, maktabgacha tarbiya tashkilotlari, dam olish uylari, sanatoriyalar va 
boshqalarni xizmatlari aynan ana shunday iste’mol hisoblanadi.
39


60-70 yillarda hayot kechirishni sosialistik modeli mamlakatda o’rta 
ta’minlangan qatlamni shakllanishi uchun zamin yaratdi.
Sovet jamiyati 50-yo’llirani o’rtalarida aholini asosiy qismini past hayot 
darajasini saqlab turgan bo’lsa, 70-yillardagi statistik ma’lumotlar aholini ko’p 
qismini hayot darajasini oshishidan dalolat berar edi. Muhim material ne’matlarni: 
maosh, boshqa manbalardagi daromadlar, uy-joy bilan va boshqa xizmatlar bilan, 
jumladan madaniy xizmatlar bilan ta’minlanganlik (ta’lim, kasbiy malakani oshishi, 
ommaviy informasiyalar) bir xil taqsimlanishgi ro’y bera boshladi.
Mamlakatda o’z vaqti uchun yetarlicha samarali bo’lgan umumiy ta’lim va 
turli faoliyat sohalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash kuchsiz himoyalangan 
qatlamlar ijtimoiy himoyalangan bo’lib, u o’rta va past yordam me’yorlariga ko’ra 
amal qilar edi. Bu esa mamlakatni cheka joylari, uzoq qishloqlari aholisini ham 
qamrab olish imkonini berar edi. Shuning uchun aholini barcha asosiy guruhlari, 
jamiyat xizmatlarini iste’mol qilish uchun yetarli bo’lgan ma’lum daromad darajasiga 
ega edilar.
Mamlakat hududlarida, jumladan, informasion, ilmiy va ta’lim markazlari 
tarmoqlarini qamrab olgan yaxlit ijtimoiy-madaniy infrastruktura vujudga keldi. 
Katta, o’rta, mayda shaharlarda teatr, kinoteatr, konsert zallari, muzey, klublarni keng 
tarmoqlaridan iborat madaniy xizmat ko’rsatish infrastrukturasi faoliyat yuritar edi. 
Ammo qishloq aholisiga madaniy xizmat ko’rsatish bir muncha qiyinroq kechar edi. 
Faqat katta qishloqlarga professional yoki xavaskor badiiy-ijodiy jamolar chiqishi 
mumkin edi. Aholini turli qatlamlari, turli elat, din vakillarini umum hayot tarzlari, 
faoliyatni bir xil ma’no-mohiyat va ahamiyatli jihatlari shaklana boshladi, milliy 
umumijtimoiy o’xshashlik elementlari amal qila boshladi.
Ushbu davrda Rossiya jamiyati o’rta fuqarosini hayot tarzi standarti shakllandi. 
U o’rta, o’rta-maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo’lib, davlat korxonasi va 
tashkilotida ishlar, oilada esa bir yoki ikkita farzandlar bor edi. Oilani asosiy daromad 
manbaini katta yoshdagi, oila a’zolarini ijtimoiy imtiyoz va jamiyat iste’mol 
fondlaridan beriladigan yordam pullari bilan sezilarli to’ldirib boriladigan maoshlari 
tashkil etar edi. Oila a’zolariga qator hayotiy va madaniy ne’matlardan (bolalarni 
40


maktab, oliy o’quv yurtlarida o’qishi, tibbiy xizmat ko’rsatish, sayohlik va 
sanatoriyada dam olishlari, madaniy boyliklarni o’zlashtirish) foydalanish imkoniyati 
mavjud edi. Oila stantart mebellar va elektro-maishiy asboblar nabori bor bo’lgan 
ikki yoki uch xonali kvartiraga ega edi.
Sobiq ittifoq davrida to’liq davlat boshqaruvi sharoitida mavjud bo’lishi 
mumkin bo’lgan mamlakat fuqarolarini iste’mol, ta’lim va qisman madaniy – estetik 
umumiyligiga erishilgan edi. Jamiyat fikrini ma’naviy qadriyatlarni, dunyo haqidagi 
bilimlarni shakllantirishni asosiy mexanizmini gazeta-jurnal nashrlari, kitoblar, radio, 
televideniye, shuningdek madaniy tashkilotlarni keng tarmoqlari: teatrlar, kino, 
konsert zallari, klublar va boshqalar tashkil etar edi.
Shuning bilan birgalikda sovet jamiyatining keng qatlamlarini hayot standart 
iva ularga xizmat ko’rsatish sifati qoniqarli deb hisoblash qiyin edi. Ularni darajasi 
pasayish yoki qadrsizlanish tendensiyasiga ega edi. O’rta ta’minlangan oilani 
talablari uni humkron xizmat ko’rsatish tizimi doriasida qondirish imkoniyatlariga 
nisbatan jadal sur’atlar bilan o’sib borar edi. Shuning uchun oila material 
ta’minlanganligini ham mehnat (tamorqa xo’jaligi, qo’shimcha ish haqi orqali), 
shuningdek xizmat mavqyei, qarindoshlar yordamida kerakli xizmatlarga qo’shimcha 
haq to’lash kamchil tovarlarni sotish vositasida oshirish imkoniyatlaridan foydalanar 
edi.
Bundan tashqari, amaldagi xizmat ko’rsatish tizimi egiluvchan emas edi va 
aholini real ehtiyojlarini yarmini qiyinchilik bilan qondira olayotgan o’ta 
chegaralangan xizmatlar qatoridan iborat edi. Zamonaviy xizmatlarni tarqalishida 
katta shaharlarda yaratilgan xizmat ko’rsatish bo’yicha kompleks markazlarni 
(maishiy xizmat uylari, “Zarya” firmasi, uydagi texnikalarni ta’mirlash bo’yicha 
srevis markazlari va boshqalar) ahamiyati katta bo’ldi. Ammo ular keng 
diapozondagi zamonaviy xizmat ko’rsatish shakllarini rivojlantira olmasdilar va 
sifatiga ko’ra iste’molchilarni hamma vaqt ham oladigan standart xizmatlar 
majmuasini taqdim etishar edi.
Sobiq ittifoq tarixining ma’lum davridan boshlab ijtimoiy universiallashtirish 
va davlat – partiya boshqaruvi jarayonlari yangi ziddiyatlarni – davlat byudjeti 
41


defisitini yuzaga keltira boshladi. Turli regionlarda xo’jalik yuritishni sarflash 
mexanizmidagi kamchiliklar tufayli aholini hayotini ekologik sifatlari yomonlasha 
boshladi. Hududiy jamoalarni, shuningdek turli qatlam ehtiyojlari o’xshash 
bo’lmagan guruhlar vakillarini ijtimoiy va madaniy qiyofasizlanishi chuqurlashib 
bordi.
Bularni hammasi 80-yillarni o’rtasida mamlakatda islohotlarni yangi 
bosqichini amalga oshirilishi zarurligidan dalolat berar edi. Markaz va regionlar, 
regionlar o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni muvozanatlovchi zamonaviy rivojlanish 
prinsiplaridan foydalangan holda yangilanish startegiyasini axtarib topish zarur edi.
80-yillarni o’rtalarida qabul qilingan islohotlar, keyinchalik sobiq ittifoqni 
parchalanishidan keyin mustaqil davlatlarda mdernizasion tavsifga ega bo’ldi. Ushbu 
modernizasiya ikki bosqichda amalga oshirildi. Dastlab, sosializmni rivojlantirishga 
qaratilgan o’zgartirishlar, keyingi bosqichda esa “shok terapiyasi” metodlaridan 
foydalanilgan liberal reformalar o’tkazildi. Islohotlarni ikkala bosqichlari ham 
xizmatlar sohasini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
80-yillarni o’rtalaridagi islohotlar maishiy xizmati sohasi, madaniy va sport 
tashkilotlarni davlat tadbirkorligi tizimi darajasida to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini 
moliyalashtirishga o’tkazish imkoniyatni berdi. Sirklar, kionstudiyalar va 
kinoprokatlar, sport-tomosha korxonalari va boshqalar shular jumlasiga kiradi. To’liq 
bo’lmagan xo’jalik hisobi tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan servis segmentlari 
(turar-joy kommunal xo’jaligi, madaniy va istirohat bog’lari, teatr-tomosha 
korxonalari, pullik poliklinikalar va boshqalar) o’z faoliyatini davom etirar edi.
Ijtimoiy-madaniy kompleksni byudjetdagi xizmat ko’rsatish korxonalarida 
o’zgarishlar ancha murakkab kechdi, chunki pullik xizmatlarni rivojlanishi xizmatlar 
sifatini yaxshilamasdan, uni turlarini ko’paytirmasdan birdaniga xizmatlar narxini 
oshishi bilan kecha boshladi. Bir vaqtni o’zida byudjetdagi davlat tashkilotlari 
mehnatni to’lashga yangi me’yorlardan foydalanish, o’z mustaqilligini 
kengaytirishlari kengayib bordi.
42


Bu davrda ijtimoiy va madaniy xizmatlar bozorida xususan savdo, umumiy 
ovqatlanish, maishiy xizmat ko’rsatish va transport va boshqalarda keng tarqalgan 
xususiy va kooperativ sektorlar paydo bo’ldi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling