Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- © J.S.Fayziyev 2 Mavzu 1. Servis tizimi faoliyati asoslari fanini predmeti, vazifasi va
- 1.1. Servis faoliyatini tahlil etilishini dolzarbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish kafedrasi J.S.Fayziyev SERVIS TIZIMI FAOLIYATI ASOSLARI fanidan MA’RUZALAR MATNI SAMARQAND - 2008 Tuzuvchi: SamISI dosenti, t.f.n. J.S.Fayziyev Taqrizchilar: Qurbonov J.M.- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Ishniyazova Sh.A - Samarqand qishloq xo’jaligi instituti dosenti “Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasining 2008 yil noyabr oyidagi yig’ilishi bilan tavsiya etilgan. Bayonnoma № 4 Institut o’quv-uslubiy kengash №5-son bayoni bilan tasdiqlangan, 24 dekabr 2008 yil Annotasiya Ushbu ma’ruzalar matnida servis faoliyati mohiyatini nazariy tushunilishi, uni tarixiy va zamonaviy faoliyatiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ma’ruzalar matni “Servis” yo’nalishidagi bakalavriatura talabalari uchun mo’ljallangan. Ma’ruzalar matnidan xizmat ko’rsatish sohasi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin. © J.S.Fayziyev 2 Mavzu 1. Servis tizimi faoliyati asoslari fanini predmeti, vazifasi va maqsadi Ma’ruza rejasi: 1.1. Servis faoliyatini tahlil etilishini dolzarbligi 1.2. Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati 1.1. Servis faoliyatini tahlil etilishini dolzarbligi Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va xizmatlarni iste’mol qilinishiga asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste’mol qilinishi odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi. Xizmatlar sohasi jamiyat hayotini muhim sohalaridan biri hisoblanadi va bizni faoliyatimizni barcha tomonlariga sezilarli ta’sir qiladi. Shu sababli servis faoliyati odamlarni moddiy hayot ta’minotida ma’lum rol o’ynaydi, bu yerda ularni eng turli tuman ma’naviy faoliyat turlari amalga oshiriladi. Xizmatlar sohasi – bu bir tomondan aholiga ko’rsatiladigan servis xizmatlarini assortimenti bo’lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va yakka ijrochilar majmuasi bo’lib, ular servis faoliyati doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko’rsatishadi. Xizmat sohasini va servis xizmat ko’rsatishni rivojlantirish masalalariga bo’lgan jiddiy munosabat sobiq sovet vaqtida boshlangan edi. O’sha vaqtda partiya rahbariyati xizmat ko’rsatish sohasini yirik mexanizasiyalashgan xalq xo’jaligi sohasiga aylantirishga qaror qilgan edi. Bunday direktiv vazifa xalqni moddiy farovonligini oshirish dasturini amalga oshirilishida paydo bo’lgan bo’lib, dolzarb iqtisodiy ehtiyojni ifodalar edi. O’sha vaqtda xizmat ko’rsatish sohasini xalq xo’jaligini mustaqil tarmog’iga aylantirilishi rivojlanayotgan mehnat taqsimoti sababli yuzaga kelgan obyektiv 3 jarayon sifatida qaralar edi. Mehnat taqsimoti xizmatlar ko’rinishidagi ma’lum jamiyat mehnati qismini ajralishi bilan kechdi va uni bevosita maqsadi ehtiyojlarni qondirish, odamni hayotiy vositalar bilan ta’minlash bilan bog’liq ma’lum ijtimoiy munosabatni shakllantirish edi. Bunday maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalarni yechish nazarda tutilgan edi: • odamlarni normal hayot faoliyati, tarixiy kelib chiqqan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lgan moddiy-texnik bazani yaratish; • hayotiy vositalarni ma’lum qismidan odamlar qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlashda unumli foydalanish; • odamlarni muloqot doirasini nafaqat ehtiyojlarni qondirish jarayonida, balki did va talablarni shaklanishida ham kengaytirish. Bu vazifalar real bajarilishidan yiroq bo’lib, ko’proq darajada deklarasiya tavsifiga ega edi. Ammo shunga qaramasdan odam hayot faoliyatini maishiy sohasi mustaqil institutga aylandi va uni maqsadi odam ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo’ldi. Mamlakat iqtisodini rivojlanishi bilan birga xizmatlar sohasini faoliyat maydoni ham kengayib bordi. Shu bilan birgalikda oxirgi 10-15 yilda sobiq SSSR vaqtida ishlab kelayotgan xizmat sohasi korxonalarini ko’pligi yopildi. Ular o’rniga xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatayotgan yangi zamonaviy servis tashkilotlari paydo bo’lmoqda. Zamonaviy raqobatbardosh servis tashkilotlarini ish asoslini samarali xizmat ko’rsatish texnologiyalari, zamonaviy jihozlar, sifatli xom- ashyo, yuqori malakali personal tashkil qiladi. Iqtisodiy farovonlikni oshishi va ishbilarmonlik iqtisodiy hayotni rivojlanishi yangi xizmat turlariga bo’lgan talablarni shakllantiradi, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish sifatiga bo’lgan talablarni oshirdi. Ilmiy-texnikaviy progressni rivojlanishi informasiyani uzatish, ishlov berish va tahlil etish bilan bog’liq yangi xizmat turlarini (informasion va hujjatli servis, auditorlik xizmatalri, simsiz aloqa, interaktiv aloqa xizmatalri) paydo bo’lishiga olib keldi. 4 Ijtimoiy-madaniy servis sohasida xizmat ko’rsatishni yanada didli shakllari va turli-tuman xizmatlar turlari paydo bo’ldi. Servis xizmatlari bozorida doimiy ravishda yuqori sifat darajasiga ega bo’lgan yangi xizmat ko’rsatish yo’nalishlari paydo bo’lmoqda. So’ngi yillarda respublikamizda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha izchil choralar qo’rilmoqda. Xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari - bank, moliya, sug’urta, axborot – kommunikasiya xizmatlari va boshqalarni rivojlanish hisobida takomillashmoqda. Oilalarni murakkab, maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni oshishi, ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarni kengayishiga imkon berdi. Shu bilan birga, xizmat sohasini rivojlantirishdagi jiddiy kamchilik, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko’paytirish, mahalliy byudjetlarni to’ldirishni manbai sifatida servis va xizmat ko’rsatish imkoniyatlaridan kam foydalanilishi hisoblanmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi qishloq joylarda sust rivojlanmoqda. Shular sababli, xizmat ko’rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bozor mezonlariga mos kelmaydi va uni dunyoni rivojlangan mamlakatlarida bu sohada erishilgan ko’rsatkichlarga taqqoslab bo’lmaydi. Bu mamlakatlarda xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-80 %ni tashkil qiladi, xizmat sohasida iqtisodiyotda band bo’lgan aholining qariyb 70 %i mehnat qiladi, aholining iste’mol xarajatlari tarkibida esa, mazkur soha 50-60 %ni tashkil qiladi. Respublikamizda esa, bu ko’rsatkich 10-15 %dan oshmaydi. O’zberiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf eti shva soha istiqbolini belgilashga qaratilgan. Qarorda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan: • xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun shart-sharoit yaratish va shu asosda 2010 yilgacha xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 %ga yetkazish; 5 • 2006-2010 yillarda xizmatlar ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi sonini 1,6 marta ko’paytirish; • qishloq joylarda isteqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish; • an’anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda yangi istiqbolli – yuridik, konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal rivojlantirish; • mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasi va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish; • xizmatlar ko’rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash. Servis tashkilotlari iste’molchilar uchun qattiq raqobat jangini olib borishmoqda va bunda iste’molchilar talabiga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar yutib chiqishadi. Xizmat ko’rsatish tashkilotlari xizmat ko’rsatish shakl va usullarini, xizmat ko’rsatish texnikasini taraqqiy ettirib iste’molchilarni o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga intilishadi. Tovar va xizmatlar iste’molini globallashuvi servis tashkilotlaridan xizmatlarni xalqaro sifat standartlari talabiga moslashtirishni talab qiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun servis tashkilotlariga servis faoliyatini tashkil eta olishga qobiliyatli va iste’molchilarga zamonaviy, qulay va xavfsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlay oluvchi bilimli va ruhiy tayyorlangan personal kerak bo’ladi. Servis sifatini oshirishda xizmat ko’rsatish sharoiti va xizmat ko’rsatish zonasidagi muhit (servis tashkiloti joylashgan bino interyeri, mebellashganligi, jihozlari, xona mikroklimati, xizmat ko’rsatuvchi personalni tashqi ko’rinishi va uni malakaviy mahorati) muhim rol o’ynaydi. 6 Servis tashkilotini ish sifati xizmat ko’rsatishni saviyali loyihalashtirish va tashkillashtirishga ham bog’liq. Zamonaviy xizmat ko’rsatish jarayoni odamlarni yakka xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil etishga, xizmat ko’rsatish jarayonini, material obyektlarni va xizmatlarni diagnostika va modellashtirishga asoslanadi. Servis tashkilotlarini raqobatbardoshligi buyurtmachilar ehtiyojlarini, jinsga, yoshga, iste’molchilarni yakka xususiyatlariga bog’liq holda xizmatlarga bo’lgan talab xususiyatlarini xizmat ko’rsatish jarayonini ruhiy omillarini, modda ruhiyati, reklamani ta’sir etish ruhiyati masalalarini tahlil etishga asoslanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling