Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Nazorat uchun savollar:
1.
Industrial madaniyat doirasida rivojlanayotgan davlatlarga qanday 
xususiyatlar xos?
2.
Indistruial ishlab chiqarishni tavsiflang?
3.
Ommaviy kommunikasiya vositalari servis tashkilotlari tomonidan 
qanday maqsadda foydalaniladi?
4.
Indistruial jamiyatda ishchi shaxsida, fuqarolarni hayot tarzida qanday 
o’zgarishlar ro’y berdi?
5.
postindustrial jamiyatni tavsiflang?
6.
“Informasion revolyusiya”, “iqtisodni servislashtirish” tushunchalarini 
izohlang?
7.
Postindustrial iqtisodni farqli xususiyati nimada?
8.
Postindustrial jamiyatni vazifalari nimaga yo’naltirilgan?
9.
Industrial rivojlanishni salbiy oqibatlari nimada namoyon bo’ldi?
28


Mavzu 4. Jamiyatda xizmatlar va servis faoliyatini 
rivojlanishi
 
Ma’ruza rejasi:
4.1. Hududiy-klimetik zonalar, jamiyatni xo’jalik va etnik-madaniy turli-
tumanligini xizmatlar rivojlanishiga ta’siri.
4.2. Xizmatlar rivojlanishiga davlat mexanizmlarini ahamiyati.
4.3. Servis faoliyatini revolyusiyaga qadar, sobiq ittifoq va undan keyingi 
rivojlanishi
4.1. Hududiy-klimetik zonalar, jamiyatni xo’jalik va etnik-madaniy turli-
tumanligini xizmatlar rivojlanishiga ta’siri
Xizmatlarni xarakteri va rivojlanishi hayotni klimatik sharoitlari, keng 
o’zlashtirilmagan hududlarni mavjud bo’lishi, mamlakat aholisiga xos bo’lgan 
ijtimoiy, regional va madaniy-diniy dunyolarni turli tumanligi bilan belgilanadi.
Xizmatlarni rivojlanishiga hududiy klimatik zonalar turli tumanligini ta’siri 
sezilarli bo’ldi. Bu eng avvalo, mamlakat fuqarolarini hayotiy muhim ehtiyojlarini 
qondirish usullarida o’z aksini topdi.
Birlamchi ehtiyojlar odamlarda mustahkam uy-joy, issiq kiyim mavjud bo’lishi 
zarurligi, organizmni murakkab hayotiy sharoitlardagi resurs xarajatlarni qoplaydigan 
yuqori kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi, shuningdek keng hudud 
bo’ylab harakatlanish va odamlarni madaniy kommunikasiyalarini amalga oshirish 
imkoniyatlarini yaratish bilan belgilandi.
Qulay klimatik sharoitlarga nisbatan bu sharoitlarda kerakli hajmdagi va sifatli 
mahsulotlar yaratish, uni saqlash va iste’molchiga yetkazish uchun ancha ko’p vaqt 
29


va kuch sarflashga to’g’ri kelar edi. Uy-joy va yo’llar qurilishi jarayonlari ko’p 
mehnat talab qilgan.
Yo’llarni qurish va ularni yaxshi holatda saqlashda ancha qiyinchiliklar 
vujudga kelgan. Bularni hammasi yo’llar va uy-joyni qurish, kiyim tikish, maishiy 
xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan hunarmandchilik mashg’ulotlari xarakterini, 
keyinchalik kasblarni paydo bo’lishini belgiladi.
Kam va tezda izdan chiquvchi yo’llar haraktalanish vositalariga (telega, 
tarantas va boshqalar) o’ziga xos talablar qo’yar edi. Bu noqulayliklarni temir yo’l 
bartaraf etishi mumkin edi. Ammo, temir yo’llarni ham yaxshi holatda saqlash ko’p 
harakatlar talab etar edi.
Aynan ana shu qiyinchiliklarni yengib o’tish maqsadida YaM xizmati 
yaratilgan edi va u temir yo’llar qurilgunicha amalda bo’ldi. YaM xizmati uzoq vaqt 
davomida odamlarni tashish orqali davlat va aholini ehtiyojlarini qondirib keldi.
Noqulay tabiiy klimatik va landshaft sharoitlar tufayli yuz yillar davomida 
bozor munosabatlarini kengaytirish va dinamik tarzda rivojlanish uchun obyektiv 
baza mavjud bo’lmadi.
Xo’jalik va etno-madaniy turli tumanligining ham iqtisodiy faoliyat 
jarayonlarini rivojlanishiga ta’siri o’ziga xos bo’ldi.
XV asrdan boshlab Rossiya davlat hududiga turli xo’jalik madaniyatiga ega 
bo’lgan turli etno-madaniy guruhlar yashayotgan yerlar qo’shila boshladi. Davlat 
fuqarolarini turli hayot tarzi, odat, turli dinga mansub bo’lgan xalqlar tashkil eta 
boshladi.
XIX asrdagi Rossiyada zamonaviy iqtisodiy faoliyat turlari (temir yo’l 
qurilishi, bank faoliyati, yerga ishlov berishni ilg’or texnologiyalari) bilan bir qatorda 
an’anaviy mashg’ulotlar (ko’chmanchi chorvachilik, suv hayvonlari ovi va boshqalar) 
mavjud edi.
Xo’jalik va ma’naviy nuqtai nazardan rang-barang bo’lgan jamiyatni 
birlashtiruvchi omil rus madaniyati bo’ldi, rus tili esa davlat tili bo’lib millatlararo 
muloqot vositasi edi. Integrasiyalashni kam axamiyatli bo’lmagan omillari umumiy 
mehnat, mamlakatni turli millat vakillarini bir-biri bilan yaqin va teng huquqli 
30


yashashi hisoblanadi. Ularni birgalikdagi hayot faoliyati va ommaviy o’zaro ta’sirlari 
davomda bir xil psixologik sifatlar, hayotga bo’lgan umumiy qarashlar paydo bo’ldi. 
Shunday umum dunyoqabul qilishdan xo’jalik praktisizmini o’xshash tug’ildi.
Mamlakat aholisi praktisizmni g’arbiy Evropa madaniyatidagi praktisizmga 
ishlab chiqarishni kengaytirish, daromadga erishishi, shaxsiy shuhrat vav boshqalar 
nisbatan bir muncha boshqacharoq tushunadi.
Evroosiyo xalqlarini praktisizmi o’rab turgan muhitni og’ir tabiiy-klimatik 
xarakter iva potensial xavfliligini yengib o’tish, mehnat va xizmatni korporativ 
shakllarini ko’paytirish, minimal maishiy qulaylikda kamtarona hayot tarzini olib 
borish qobiliyatidan kelib chiqadi. Shunga qaramasdan revolyusiyaga qadar bo’lgan 
xo’jalik amaliyotini turli subyektlari praktisizmni o’zlariga tushunishi saqlab qolgan 
holda, uni G’arbdan kelayotgan mohiyatini ham o’zlashtira boshlashdi. Aks holda, 
ular g’arb sheriklar bilan teng huquqli ish olib borisholmasdi.
Jamiyatni va madaniyatni yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari xizmatlar 
rivojlanishiga bevosita ta’sir qildi. Masalan, turli etnik va madaniy guruhlarda 
ijtimoiy talablarni iyerarxiyasi haqida bir xil tasavvurga ega bo’lmaslik, qulay 
hayotni, sog’liqni saqlash usullarini, yuqori talablarni rivojlantirishni va boshqalarni 
bir xil tushunmaslik xos edi. Xizmat ko’rsatishni G’arbiy Evropadan kelayotgan 
yangi samarali shakllari dastlab shaharlarda aholini ma’lumotli qatlamlari o’rtasida 
ildiz otar, mamlakat hududi bo’ylab tarqalishi imkoni kam edi. Ularga mahalliy 
an’analar, bir xil bo’lmagan hayot sharoitlari, shuningdek, oilaviy eskicha yashash 
odati qarshilik ko’rsatar edi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling