Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyatini tahlil etishning nazariy
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
5.3. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyatini tahlil etishning nazariy
asoslari XX asrning 70 yillardagi ijtimoiy va energetik inqirozlar iste’mol jamiyatini optimistik baholashni o’zgartirdi. Rivojlangan davlatlarni navbatdagi ijtimoiy 49 evolyusiyasi bosqichiga (hozirgi paytda «postindustrial jamiyat», «informasion jamiyat», «xizmatlar jamiyati» deb nomlanadi) xos bo’lgan yangi konsepsiyalar paydo bo’ldi. Bu konsepsiyalarni mualliflari asosiy e’tiborini tabbiy muhitdan foyldalanishni salbiy oqibatlarini tahliliga qaratishdi va rivojlangan davlatlarni u yoki bu ommaviy ehtiyojlarni qondira olish imkoniyati hisoblana boshlandi. Shu sababli iqtisodiy o’sish chegaralari haqidagi (Dj.Medouza, A.Pechchey, P.Draketa ma’ruzalari) savolni qo’yilishi zaruriyati anglab yetildi. Bunday sharoitda ko’pgina tadqiqotchilar (R.Aren, O.Bella va boshqalar g’oyalari) rivojlangan davlatlarni tovar ishlab chiqarishdan rivojlanayotgan fanga boy ishlab chiqarish, samarali texnologiyalar va informatizasiya jarayonlari asosida shakllanayotgan servis iqtisodiga o’tishni asoslab berishmoqda. XX asr oxirida g’arb nazariyotchilari odamlarni, xususan rivojlangan G’arbiy Evropa davlatlari fuqarolarni yuqori hayot darajasi va iste’molini boshqa davlatlar aholisi hisobida ta’minlash zarurligini asoslashni davom ettirishmoqda (F.Fukuyama va boshqalar ishlaridagi «Tarix oxiri» g’oyasi). Bunday holda globalizasiya jarayonlari bir tomonlama, ya’ni hayotni ta’minlash resurslarini dunyo chetki regionlaridan rivojlangan davlatlarga masshtabli qayta taqsimlanish tarzida qaralmoqda. Bunday qarashlar g’arb fanii postindustrial rivojlanish va servis iqtisodini dunyo xalqlariga ijobiy ta’sir etishi haqidagi tassavurlarini umuminsoniy ahamiyatini yo’qotishga olib keldi. XX asrni oxirgi yillarida dunyoni global kelajagi haqidagi tassavurlar shakllandi va ular iqtisodiy nazariyalarda, madaniyatlararo ta’sirlar tadqiqotlarida o’z aksini topdi. Yerdagi hamma odamlarni hayoti uchun yaxshi sharoitlar yaratish zarurligidan kelib chiqqan holda, olimlar ularni o’rta hayot sharoitlarini ta’minlash mumkinligini, boy va kambag’al davlatlar, shuningdek jamiyatdagi o’ziga to’q va kambag’al qatlamlar o’rtasidagi farqni kamaytirish muhimligini ta’kidlashmoqda (A.Pechchen, P.Kenyedi, Ya.Tibergen, N.Moissev, Yu.Yakov, S.Glazyev ishlari). Hozirgi dunyoda turli davlatlar aholisini normal hayoti uchun qator tendensiyalar havf solmoqda. Bular qo’yidagilar: 1. Ekologik yaxshi bo’lmagan holatni kuchayishi. 50 2. Regional harbiy to’qnashuvlar ehtimolligini yuqoriligi. 3. Boy va kambag’al davlat va qatlamlar o’rtasidagi farqni chuqurlashishi. 4. Siyosiy va diniy ekstremizm. 5. Kriminal va narkotiklarni tarqalishi. Zamonaviy dunyoni rivojlanish tendensiyalarini xizmatlar istyemolini, material ne’matlar iste’moliga nisbatan o’sib borishidan dalolat bermoqda, bu esa seris faoliyatini ahamiyatligini oshiradi. Shu sababli, nomoddiy resurslarga katta e’tibor berilgan industrial servis iqtisodiy modeli ahamiyati oshmoqda. Jamiyatni nomoddiy resurslariga (“insoniy kapital”) ishchilarni, umuman olganda, aholini konstruktiv sifatlari tushuniladi. Bularga, fuqarolarni yuqori ma’lumotlilik darajasi, ularni informasion – bilish ehtiyojlari, sog’liqlari va uni saqlay olishlari, o’z kasbiy darajalarini doimiy ravishda oshirishga intilish va boshqalar tegishlidir. Rivojlangan davlatlarni xo’jalik amaliyotida yuz berayotgan o’zgarishlar ta’siri ostida industrial servis iqtisodiyoti haqida yangi tasavvurlar shakllanmoqda. Bunda, bir tomondan servis tipidagi yirik transmilliy kompaniyalarini va transmilliy banklar ahamiyatini oshib borishidir. Bunday korxonalar o’z faoliyati doirasida, u yoki bu iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan va nafaqat o’z mamlakatida, shuningdek dunyoni turli regionlarida ham uzoq muddatli sotuvga ega bo’lgan yangi mahsulot yaratiladi. Ular o’z faoliyatini marketing strategiyasiga bo’ysundiradi, intellektual mulk va shuningdek brend-tovar markasi bilan savdoni faollashtiradi. Ikkinchi tomondan rivojlangan mamlakatlarni iqtisodiy amaliyotida turli-tuman venchurli o’rta, mayda va o’ta mayda korxonalar sonini ortishi va sifatiy o’zgarishlari ro’y bermoqda. Bunday holda xizmatlar dinamikasini markazi sifatida asosiy fondlar, boshqaruv resurslari emas, balki shunday korxonalar tomonidan vujudga keltiriladigan yaxshi tashkil etilgan informasiya, rivojlangan, mustaqil, personallashtirilgan faoliyat muhiti namoyon bo’la boshlaydi, ularni doriasida esa “insoniy kapital” yuqori ahamiyatga ega. Bunday korxonalarni faoliyatidagi yutuqlar o’ziga xos ishchilar, ya’ni yaqqol namoyon bo’lgan ijodiy shaxslarga bog’liq bo’lib, 51 ularni sonini ko’p bo’lishi shart emas. Aynan ana shunday shaxslar mahoratga ega bo’lib, bunday korxonalarni asosiy sifatlarini aniqlash va rivojlanish istiqbollarini belgilash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shunday qilib, jamiyatni nomoddiy resurslari XXI asrda jamiyat va iqtisodiy rivojlanishni asosiy optimallashtirish omili sifatida qaralmoqda. Aynan ijtimoiy- madaniy xizmatlar (ta’lim xizmatlari, bilimlar ishlab chiqarish va foydalanish oxborot almashinuvi, madaniy xizmat ko’rsatish va boshqalar) guruhiga birlashtirilgan ko’pgina tipologik shakllar orqali servis faoliyati nomoddiy resurslarni “insoniy kapitalni” (jumladan, “intellektual kapital” ham) shakllantirishni asosiy omili hisoblanadi. Shunday qilib, madaniyat, kasbiy mahorat, informasiya bilan bog’liq bo’lgan zamonaviy jamiyat nomoddiy tarkibiy qismlarini kuchayish tendensiyalari yangi jamiyat dunyosidagi global jarayonlar va postindustrial rivojlanishni belgilash boshlaydi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling