Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

chiqarish mehnati xizmat ko’rsatish sohasidagi noishlab chiqarish mehnatiga 
nisbatan muhimroq deb qarala boshlandi.
Ko’pgina xizmatlarni ko’rsatishdagi sezilmaydigan, nomoddiy mehnat natijasi 
servis faoliyatini material ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish mehnatidan farqli 
ravishda, noishlab chiqarish mehnati deb hisoblashga yo’l qo’ydi. Bu pozisiya 
nafaqat XVIII-XIX asrlar iqtisodchilariga xos edi, balkim o’z tarafdorlarni topib, XX 
asr davomida ham mavjud bo’ldi. Bu holat ko’pgina iqtisodchilar tomonidan ne’mat 
– xizmatni rasional mazmunini va tovar shaklini yetarlicha baholanmasligiga, 
xizmatni iqtisodiy kategoriya sifatida yetarlicha tahlil etilmasligiga olib keldi.
Marksistik tahlil metodologiyasini meros tariqasida qabul qilgan sovet siyosiy 
iqtisodida ham bunday tushunchalar keng tarqaldi. K.Marksni kapitalistik xo’jalik 
yuritish usulidan sosialistikka o’tishdagi tushunchalari asos qilib olindi. Bu holda, 
ehtiyojlarni qondirish umum iqtisodiy qonunlarni harakati, material ishlab chiqarishni 
rivojlanishiga bo’yinsindirilgan bog’liqlikda qo’yildi.
Sobiq SSSRda iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlantirish orqali jamiyatning 
barcha a’zolarini ko’pgina ehtiyojlarini qondirish, shaxsni barkamol rivojlanishi 
46


uchun sharoitlar yaratish, maqsad etib qo’yildi. Bunday holda odamlar ehtiyojlarini 
oqilona, turli-tuman va asta-sekin taraqqiy etgan xarakterga ega bo’lishi faraz 
qilingan edi.
Sovet jamiyati bu, maqsad yo’lida ancha oldinga siljiy oldi, ammo turli 
sabablarga ko’ra, jumladan aholiga xizmat ko’rsatish faoliyatiga xos barcha 
muammolarni sayoz nazariy ishlanishi tufayli, uni to’liq amalga oshirish mumkin 
bo’lmay qoldi.
5.2. Iste’mol jamiyatni doirasidagi servis faoliyatini 
o’rganishga yondoshish
XX asrni 50-60 yillaridan boshlab chet el analitiklari G’arbiy Evropa va 
Shimoliy Amerika davlatlari iqtisodiyotidagi xizmatlarni intensiv rivojlanish 
jarayoniga alohida e’tibor qaratishmoqda. Ushbu davrda “iste’mol jamiyati”, “mo’l 
ko’lchilik jamiyati”, “umum ne’matlar jamiyati” kabi konsepsiyalar rivojlantirildi.
Ularda turli xil ehtiyojlarni faqatgina sanoat o’sishi hisobida emas, balkim 
texnologik yangilanishlar natijasida ham qondirish va bu asosda ijtimoiy bir 
jinslilikga erishish imkoniyati asoslandi (J.Gelbrayt, U.Rostou va boshqalar 
g’oyalari). Bu holatda ijtimoiy amaliyotdagi ommaviy iste’mol kutishlarini 
kengayishi rag’batlantirildi va oqlandi.
XX asr o’rtalarida iqtisodiy amaliyotdagi o’zgarishlar, shuningdek psixologik 
qarashlarni transformasiyasi tufayli rivojlangan G’arb davlatlarini nazariy fikrlari 
servis faoliyatini tahlilini kengaytirdilar va uni iqtisodiy o’rganish doirasini boshqa 
dissiplinar yondashishlar yordamida o’rganish bilan to’ldirdilar. Iqtisodiy fanni 
o’zida xizmatlarni ishlab chiqarish mexnatini elementi ekanligini qayta fikrlash ro’y 
bera boshlandi. Material va nomaterial ne’mat – xizmatlarni o’zaro farqini 
ta’kidlagan hamda ko’pgina iqtisodchilar shunga iqror bo’lishayaptiki, jamoa uchun 
foydali maqsadlarga erishilishga olib keluvchi har qanday mehnat ishlab chiqarish 
mehnati hisoblanadi. Material va nomaterial ne’matlarni o’zaro bir – biriga o’tishi 
mumkinligi ham tan olinadi.
47


Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, iqtisodiy tizimda ne’mat-
xizmatlarni xarakatlanishi material ne’matlarni xarakatlanishidagi sifatlarga ega 
ekan. Bu fakt xizmatlar sohasidagi almashinuv jarayonlarni irrasional xarakteri 
haqidagi oldingi tushunchalarni yengib o’tish imkonini beradi. Tovar ishlab 
chiqarish sharoitidagi bozor munosabatlariga xos barcha elementlar va tavsiflar 
xizmatlar sohasidagi aniq mexnatga ega, shu o’rinda servis faoliyatini qator 
xususiyatlari unga o’ziga xos tavsif beradi.
Shunday qilib, xizmatlar tahliliga predmet – dissiplinar yondashuvni 
kengayishi ro’y bermoqda. Iqtisodiy g’oyalar bilan bir qatorda ijtimoiy, ijtimoiy–
psixologik, politologik, madaniy–antropologik va boshqa nazariy yondashuvlar keng 
ishlatilmoqda. Bu esa, servis faoliyatini metodologik tahlilini sezilarli boyitadi.
Extiyojlarni ijtimoiy–psixologik bazasi haqidagi tushunchalardan keng 
foydalanilmoqda, servis faoliyatini davlat tomonidan boshqarilishi haqidagi xizmat 
sohasi korxonalari menejmenti haqidagi nazariy g’oyalar ishlab chiqilmoqda.
Ijtimoiy o’zaro ta’sir va almashinuv nazariy yondashuvlari yordamida 
odamdagi iqtisodiy intilish odatda uning yuksalishiga, maqsadga intilishi, ba’zi 
hollarda esa, atrofdagilarga o’xshashga intilishi ma’lum ekanligi aniqlangan.
Ijtimoiy va ijtimoiy-psixolog nazariyalar g’oyalarini o’ziga sindirgan ilmiy 
tahlil yo’nalishi tushunchalari turli guruh iste’molchilarini iste’molchilik faolligini 
psixologik xususiyatlarini, ularni yuqori status pozisiyalarini egallashga intilishlarini 
konkretlashga doimiy ravishda iste’molchilik qadri va talablarini yangilab turishga 
yordam berdi. Ular hammasi iste’molchi harakati nazariyasini yaratilishiga zamin 
tayyorlaydi.
Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlanishini to’g’ridan-to’g’ri zamonaviy ishlab 
chiqarish ishchilarini bo’sh vaqtini ko’payishi bilan bog’ladilar. Asta-sekin dam 
olishni tahlili bilan bog’liq bo’lgan sosiologiya bo’limi – bo’sh vaqt va sog’liqni 
tiklash sosiologiyasi shakllandi. Bu sog’liqni tiklash yo’nalishlari va sohasini 
o’rganishda faqat sosiologik ma’lumotlar bilan chegaralanish mumkin emasligi, 
haqida xulosa chiqarishga yordam berdi. Sosiologlar xizmatlar sohasini turli 
48


bo’g’inlaridagi servis xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy g’oyalarga suyanishga 
majbur bo’ldilar.
Effektiv xizmat ko’rsatishga marketing va reklama imkoniyatlaridan 
foydalanish bo’yichsa amaliy tavsiyalar ham shakllandi. Servis faoliyatini tahlilidagi 
muhim yo’nalish, ishlab chiqarish menejmenti, shuningdek servis faoliyati 
menejmenti haqidagi tushunchalarni shakllanishi bilan bog’liq.
Menejment tahlili korxona tabiati va moxiyatini tushunishi bilan, shuningdek 
uning bozor sharoitida samaradorligini baholash bilan bog’liqdir.
Shu bilan bir qatorda, menejmentni nazariy asoslash asta–sekin to’ldirilib va 
murakkablashib bormoqda. Servis korxonasini boshqarish, uning faoliyatini 
bashorat qilish va rejalashtirishga, ishchi va xodimlarni boshqarish va tashkil etish 
material – moliyaviy zahiralarni hisobga olish va tahlil qilish, har tomonlama nazorat 
qilishga qaratilgan ko’p funksiyali faollik sifatida qaralmoqda. Menejmentda hozirgi 
va strategik boshqaruv personalni boshqarish, moliyaviy, investision, innovasion, 
ijtimoiy menejment, tabiatni muhofaza qilish yo’nalishi va boshqalar kabi bloklar 
mavjud. 
Ishlab chiqarish menejmenti funksiyalari va bloklari orasida asosan servis 
faoliyati bilan bog’liq maxsus boshqaruv vazifalari mavjud. Misol uchun, servis 
korxonalari rahbarlari tomonidan servis mahsulotlari ishlab chiqarishning 
boshqaruvchilik rostlash qonuniyatlari va servis oqimlarini optimizasiyalash haqidagi 
bilimlarga ega bo’lishlarini ta’kidlab o’tish mumkin. Shunday qilib, servis fani 
doirasida mustaqil amaliy yo’nalish – servis logistikasi yuzaga kelmoqda. Hozirgi 
paytda, servis logistikasi xarajatlar va iste’molchilar talablarini qondirish nuqtai 
nazaridan effektiv xizmat ko’rsatish uchun zarur logik operasiyalarni 
muvofiqlashtirish jarayoni sifatida belgilanmoqda.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling