Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Turli tasniflash sxemalarini xususiyatlari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
6.2. Turli tasniflash sxemalarini xususiyatlari
Shimoliy Amerika, kontinentida qabul qilingan xizmatlar tasnifi modeli mazmuniy - funksional kriteriy asosida tuzilgan bo’lib, qo’yidagi yirik servis faoliyati yo’nalishlarini o’z ichiga oladi: • transport (temir yo’l, aviasiya, yuk tashish, yo’lovchi tashish va boshqalar); • komunikasiyalar (telefon, telegraf, radio va boshqalar); • jamiyat uchun foydali xizmatlar (elektr, suv va gaz ta’minoti va boshqalar); • ommaviy faoliyat (chakana va ulgurji savdo); • moliyalashtirish, sug’urtalash, shu jumladan ko’chmas mulk bilan ishlash; • bevosita servis (otellar, shaxsiy tavsifdagi xizmatlar, ommaviy tadbirkorlikni tashkil etish bo’yicha maslahatlar, avtomobil remonti, turli predmetlarni ta’mirlash, kinofilmlar prokati, ko’ngil ochish va dam olish va boshqalar); • boshqa servis turlari. Dunyo amaliyotida dunyoni turli region va davlatlarida qabul qilingan tahlil etishni tasniflash sxemalarini turlicha o’qilishi va o’zaro taqqoslash mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni yengib o’tish usullari axtarilmoqda. Rivojlangan davlatlarda statistika organlari tomonidan hisobga olinadigan xizmatlar 54 taqqoslanadigan statistik ma’lumotlar bilan o’zaro solishtirish, o’rganish uchun juda qulay. Bu xizmatlar qo’yidagilar hisoblanadi: • ishbilarmonlik xizmatlari; • aloqa xizmatlari; • qurilish va injiniring xizmatlari; • distribyuter xizmatlari; • umum ta’lim xizmatalari; • moliyaviy xizmatlar, jumladan sug’urta ham; • sog’liqni saqlash va sosiologik xizmatlar; • turizm va sayoxat qilish; bo’sh vaqtni tashkil etish xizmatlari; • transport xizmatlari; • boshqa xizmatlar. Rivojlangan davlatlarni davlatlararo amaliyotida ikkita o’zaro bog’langan kriteriyalarga (xizmat turi va uni foydalanishi doirasi) asoslangan tasniflar ishlatiladi. Xizmat turi Foydalanish doirasi Ishlab chiqarish injiniring, lizing, jixozlarga xiziatlari xizmat ko’rsatish (ta’mirlash), va boshqalar. Taqsimlash xizmatlari savdo, transport aloqa. Jamiyat xizmatlari televideniye, radio, ta’lim, madaniyat. Qator davlatlarda xizmatlarni tasniflash tarmoqli yondashishga asoslangan bo’lib, tarixiy xo’jalik yuritish amaliyoti va xizmat sohasidagi davlat boshqaruvi bilan bog’langan. Shunga o’xshash tasniflash sxemasi, Rossiya xo’jalik yuritish amaliyotida ishlatiladi va u asosida axoliga xizmat ko’rsatishni umumrossiya klassifikatori ishlab chiqilgan. Bunda xizmatlar soxasida servis faoliyatini qo’yidagi sohalari (tipologik yo’nalishlari) mavjud: 55 • savdo; • ovqatlanish va yashashni ta’minlash xizmatlari; • transport; • aloqa va informasion xizmat ko’rsatish; • material texnik resurslar bilan ta’minlash, tayyorlash va saqlash bo’yicha xizmatlar; • kredit, moliyalar va sug’urtalash, ko’chmas mulk bitimlari; • ta’lim, madaniyat va san’at; • fan va fan xizmatlari; • sog’liqni saqlash, jumladan jismoniy tarbiya va sport; • uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatish xizmatlari (uy joyni ta’mirlash, ishlab chiqarish - maishiy va komunal xizmatlar); • shaxsiy xarakterdagi xizmatlar (noishlab chiqarish, maishiy va boshqalar); • davlat boshqaruvi xizmatlari; • boshqa xizmatlar. Rossiya va shimoliy Amerika xizmatlar tasnifi modellarini o’zaro taqqoslash, shuni ko’rsatadiki, Rossiya modeli ba’zi xizmatlar turlari bo’yicha chuqur tasniflangan bo’lsa, boshqa xizmat turlarini unchalik to’la aks ettira olmagan. Xususan, unda bozor – tijorat turidagi xizmatlar nazarda tutilmagan va ularni bu holda «boshqa xizmatlar» guruhiga kiritishga to’g’ri keladi. Rossiya xizmatlar tasnifini bunday o’ziga xos xususiyatlari «Sfera uslug v Rossii» (M, 2000) statistika to’plamida o’z aksini topgan. Unda 1998 - 1999 yillarda Rossiya xizmatlar tasnifida ko’rsatilgan Rossiya iqtisodiyotidagi servis faoliyati turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, qo’shimcha bo’limda alohida yo’nalish sifatida ajratilmagan yangi xizmatlar haqida ham batafsil statistik ma’lumotlar keltirilgan va ular umumiy holda «boshqa xizmatlar» guruxida aks ettirilgan. Bu yangi xizmatlar qo’yidagilardir: • ko’chmas mulk bitimidagi vositachilik xizmatlari; • mulk narhini baholash bo’yicha xizmatlar; 56 • informasin – kompyuter xizmatlari; • reklama sohasidagi xizmatlar; • o’yingohlar faoliyati; Davlat tomonidan hisobga olish va statistikasi amaliyotida ishlatilayotgan umum axamiyatga ega bo’lgan guruhlar bilan birgalikda iqtisodiy tahlil uchun qulay bo’lgan xizmatlarni tasniflash yo’nalishlari va guruhlari ishlab chiqilmoqda. Servis faoliyatida ko’pgina hollarda xizmatlarni funksional mohiyati bilan bog’liq bo’lgan qo’yidagi yo’nalishlardagi yirik guruhlar ajratiladi: • ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlar - iqtisodiy strukturalarga ko’rsatiladi va ularni ishlab chiqarish extiyojlari bilan bog’liq (jumladan, qorovullik ta’mirlash, bank, ishbilarmonlik va boshqalar); • savdo xizmatlari (chakana va ulgurji); • hayot ta’minoti xizmatlari - fuqarolarga oila – uy aloqalari doirasida xizmat ko’rsatish bilan bog’liq (uy – joyni jixozlash, uy xo’jaligini olib borish, oilaviy extiyojlarni qondirish, oilaviy dam olish); • sosial xizmatlar – ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida odamlar uchun zarur bo’lgan tovar, sifat va funksiyalarga bo’lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan: transport, moliyaviy, pochta, rekreasion, ta’lim olish, informasion va boshqalar. • madaniy xizmatlar – bilish-ilmiy , badiiy estetik, tomosha xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’langan; Ushbu servis foaliyatini tipologik yo’nalishlari varianti xizmatlar sohasini tahlil etish amaliyotida keng tarqalgan. Ikkita oxirgi guruhlar, odatda, birlashtiriladi va yirik ijtimoiy – madaniy xizmatlar segmentini hosil qiladi. O’z navbatida bu tasniflash variantidagi har bir gipologik yo’nalishlar mayda turlar va guruhlarga bo’linishi mumkin. Masalan, uy xo’jaligiga yo’naltirilgan xizmatlar unda tozalikni saqlash, maishiy texnikani ta’mirlash, texnikaviy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan, kommunal xizmatga bo’linadi. O’z navbatida uy xo’jaligiga texnikaviy xizmat ko’rsatish elektriklar, slesar – santexnik, gazchilar va boshqalar xizmatiga bo’linadi. Shu bilan birga ushbu tasniflash varianti 57 kamchiliklardan ham xoli emas. Ko’pgina hollarda ba’zi xizmatlarni qaysi yo’nalishga kiritish noaniq bo’lib qoladi. Xizmatlar tasnifi am aliyotida xizmatlarni material va nomaterial xizmatlarga bo’lish ham keng tarqalgan. Ammo, xizmatlarni bunday bo’lish shartli bo’lib, u yoki bu turdagi xizmatlarni ham material, ham ma’naviy xizmat ko’rsatish elementlarisiz amalga oshirish mumkin emas. Servis ishlab chiqarish – iqtisodiy amaliyoti uchun muhim hisoblangan va o’zaro muvofiqlashtirilgan kriteriyalarga asoslangan tasniflash varianti ham mavjud. Bunda bir xizmat turli sifatlariga ko’ra turli guruhlarga tegishli deb topilishi mumkin. Markaziy va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni (aholini ijtimoiy himoyalash, aholini intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini oshirish, aholini bozorni ijtimoiy zararlaridan himoyalash, tadbirkorlikga ko’maklashish sohalari, aholini maishiy madaniyatini oshiruvchi tarmoqlar va boshqa xizmatlar sohasi) qamrab olgan tasnif ham katta ahamiyatga ega. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling