Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
xarakterga ega bo’lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat
qilyotgan vaziyat, ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi. 60 Servis xizmatchisi xizmatni amalga oshira turib, aniq narsalarni o’ta nozik xususiyatlari, ijtimoiy aloqalar, odamlarni psixologiyasi va ongi bilan ish ko’radi. Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri obyektiv sifati(strukturasi)ga ko’ra murakkab bo’lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi. Shunga qaramasdan xizmat bilan bog’liq mehnat o’zini bozor narxiga ega. Servis faoliyatini ko’rsatkichlari milliy statistikani, to’laqonli komponentni deb tan olingan. Servis faoliyatiga o’ziga xos xususiyatlar bag’ishlovchi xizmatlar belgilari: • xizmat ko’rsatish jarayoni shunday faoliyatki, unda ishlab chiqaruvchi va iste’molchini sheriklik o’zaro ta’siri xos; ushbu faoliyat natijasi sifatida xizmat iste’molchisi uchun muhim bo’lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to’laydi; • ko’rsatiladigan xizmatlar sezilmaydigan, nomoddiy xarakterga ega, ammo xizmatlarni amalga oshirish uchun material resurslar, moddalar, texnika, maxsus jihozlar zarur bo’ladi; • xizmatlar ular ko’rsatilgunga qadar mavjud bo’lmaydi, ularni saqlash va taxlab qo’yish mumkin emas. Xizmatlarni ishlab chiqish jarayoni ularni iste’mol qilinishi bilan bir vaqtda kechadi; • iste’molchi ko’p hollarda xizmat ko’rsatish jarayonida to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi. Ammo qator xizmatlarni ishlab chiqish iste’molchini ishtirokisiz boshlanishi mumkin, iste’molchi esa xizmat ko’rsatishni ma’lum bosqichida paydo bo’lishi mumkin. Iste’molchi xizmat ko’rsatish jarayonida albatta, paydo bo’lishi kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo’lmaydi; • xizmat iste’molchisi uni mulkdori bo’la olmaydi. Ammo bu xizmat ko’rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim); • xizmat ko’rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to’lanmay turib baholanishi mumkin emas; 61 • aniq xizmat o’zini iste’mol qiymatiga ma’lum vaqt davomida aynan shu yo’nalishga ega bo’ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi. Bu xususiyatlar xizmatlar va servis faoliyatini ishlab chiqaruvchidan mahorat, hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy faollik bo’lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga turli xizmatlar bir-biriga nisbatan o’zaro to’ldiruvchilik xarakterida bo’lishadi, busiz servis faoliyati amalga oshmaydi. Misol uchun, metropolitendagi transport xizmatlari doimiy ravishda elektr toki berilishi bilan (energetiklar xizmati), informasion xizmatlar, stansiya va o’tish yo’llaridagi tozalikni saqlash xizmatlari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, savdo xizmatlarini mavjud bo’lishi bilan kechadi. Servis subyektlari o’zaro ta’sir etishib va bir-birlarini faolligini to’ldirib servis mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig’indisi sifatida qaraladi: • ushbu xizmat turini ishlab chiqarishga aloqador barcha servis faoliyati subyektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo’shni korxonalar); • mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni ishi; • xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar. Qator servis mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy resurslar (sayyohlikda, sanatoriyada) qo’lda barpo etilgan obyektlar (ekskursion xizmat ko’rsatishda) foydalaniladi va ularsiz odamlarni o’ziga xos talablarini qondirish mumkin emas. Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga nisbatan firmada yaratilgan umumiy muhit, aniq ishchilarni kayfiyati, xizmat ko’rsatish xonasidagi shinamlik) ahamiyati katta bo’lib, aniq korxonani servis mahsulotini shakllantiradi. Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni turli yo’nalishlari va turlarini o’zaro to’ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi. 62 Turli servis mahsulotlari nafaqat tashkilot va firma darjasida, balki tarmoq, region, milliy amaliyot darajasida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, milliy turistik mahsulotni yaratilishi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling