Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Servis faoliyatini xo’jalik amaliyotidagi o’rni
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
7.2. Servis faoliyatini xo’jalik amaliyotidagi o’rni
Sobiq ittifoq davrida xo’jalik iqtisodiy amaliyoti ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo’linar edi. Oxirgisini doirasida xizmatlar sohasi (yoki xizmat ko’rsatish sohasi) ajratilar edi. Sobiq ittifoq iqtisodini xizmat ko’rsatish sohasi, chegaralari aniq bo’lgan bir butun tarmoq sifatida, davlat tomonidan nazorat qilingan va aholiga ma’lum xizmatlarni ko’rsatish bilan band bo’lgan davlat korxonalari va tashkilotlarini o’z ichiga qamrab olgan. Ushbu korxonalar va tashkilotlar qatoriga asosan aholiga maishiy va shaxsiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lganlari tegishli edi (turar joy, kommunal idoralar, maishiy te’xnika va shaxsiy transportni ta’mirlash tashkilotlari, sartaroshxonalar va boshqalar). Ushbu soha ne’matlarni jamiyat qayta taqsimlash prinsiplari asosida faoliyat yuritar edi, ya’ni ko’pgina xizmatlar iste’molchilar uchun pulsiz edi, ammo xizmatlarni qisman to’lash amaliyoti ham mavjud edi. O’sha vaqtda jamiyat xizmat ko’rsatishlini medisina va sanitar sog’lomlashtirish tashkilotlari, ta’lim tizimi, madaniyat tashkilotlari va boshqalar xizmatlar sohasiga tegishli emas edi. Zamonaviy amaliyotda xizmatlar sohasi (yoki “servis sohasi”) xizmatlar iste’molchilari va servis tashkilotichilarini kontaktli ro’y beradigan iqtisodiy va ijtimoiy o’zaro ta’sirlarni keng oblasti sifatida namoyon bo’ladi. Demak, xizmatlar sohasi servis faoliyatini amalga oshirishning keng maydoni hisoblanadi. Bugungi kunda xo’jalikni sohalarga bo’lishni ba’zi prinsiplari faoliyat yuritayotgan bo’lib, ular milliy iqtisodni rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. Bu tarmoqlar strukturasi quyidagi birliklarni o’ziga qamrab oladi: • birlamchi tarmoqlar: qazib olish, sanoat va qishloq xo’jaligi; 63 • ikkilamchi sohalar – ishlov beruvchi sanoat; • uy-joy qurilishi, transport, savdo, huquqni himoyalash, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatish; • boshqaruv, fan va fan xizmatlari. Xo’jalikni geoterritorial joylashuvi doirasida ko’rib chiqilishida qishloq xo’jaligi va sanoatdan tashqari yana ikkita infrastruktura bo’g’inlari ajratiladi: • ishlab chiqarish infrastrukturasi, ya’ni ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni faoliyatini ta’minlovchi xo’jalik obyektlarini majmuasi (trasnport, aloqa, energiya ta’minoti, material-texnik ta’minoti va savdosi, kapital qurilish va boshqalar): • ijtimoiy infrastruktura, ya’ni odamlarni jamiyat va yakka ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan xo’jalik obyektlari va xo’jalik yurituvchi subyektlar majmuasi. Bunga mehnat resurslari, aholi, odamlarni hayot darajasi va ularga xizmat ko’rsatish (uy xo’jaligi, savdo va boshqalar tegishli. Xo’jalik amaliyotini bo’linishining ikkala variantlari zamonaviy xizmatlar sohasini chegaralari haqida ma’lumot bermaydi. Servis sohasining u yoki bu davlat umumxo’jalik mexanizmidagi o’rnini yanada aniqroq belgilashida davlat statistik hisobida ishlatiladigan yondoshuv ishlatiladi. Milliy hisoblar tizimiga ko’ra: • birlamchi sektorga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilishi, baliq ovlash, ovchilik, o’rmonchilik tegishli. Bu yerda ishchilar biotabiiy resurslar bilan o’zaro ta’sirga kirishib jamiyat uchun zarur bo’lgan bioxom-ashyo, o’simlik materiallari va mahsulotlarini yetkazib berishadi; • ikkilamchi sektorga industrial tarmoqlar tegishli, ya’ni qazib oluvchi, sanoat, shuningdek qurilish industriyasi, elektr, suv va gaz resurslarini ishlab chiqarish va jo’natish. Bunda ishchilar qator tabiiy boyliklarni ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlar uchun tayyorlash va o’zgartirish bilan ish ko’rishadi, sanoat ishlab chiqarilishida ishtirok etib, mexanizmlar, kundalik talab tovarlarini 64 yaratishadi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishadi, turli texnik inshootlar, sanoat komplekslari qurishadi va boshqalar; • uchlamchi sektor – xizmatlar sohasi. Bu yerda ishchilar odamlar va ishlab chiqarish kollektivlari bilan o’zaro ta’sirda bo’lishadi, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan o’ziga xos ehtiyojlarni qondirishga mo’ljal olishadi. Bu holda uchlamchi sektorga quyidagilar tegishli: transport va aloqa, savdo, davlat ma’muriyati, ta’lim, huquqni himoyalash, muxandislik maslahat xizmatlari, aholiga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlar va boshqalar. Servis faoliyatini ba’zi segmentlarini xarakteri noma’lum bo’lib, ularni ham uchlamchi, ham ikkilamchi sektorga tegishli deb topish mumkin. Masalan, transport, qurilish, elektr va suv ta’minoti, aloqa kabi infrastruktura bo’g’inlarini tasniflash murakkab muammo bo’lib, ular ham ishlab chiqarishda, ham ijtimoiy xizmat ko’rsatishda bir xil muhim ahamiyatga ega. Oxirgi yillarda xizmat ko’rsatish amaliyoti uchlamchi sektorni kengayishi, uni deferensiasiyalanishi, unda yangi segmentlar paydo bo’layotganligidan dalolat bermoqda. Bu sektorni kengayishi natijasida 4 va 5 sektorlar ajratilmoqda. To’rtlamchi sektor - ilmiy-tadqiqot, informasion, telekommunikasion xizmatlar. Beshlamchi sektor – yuqori intellektual ijodiy mehnat bilan bog’liq. Shunday qilib, iqtisodi rivojlangan zamonaviy jamiyat iqtisodiy amaliyotidagi servis faoliyati qator yirik yo’nalishlar, segment va guruhlarga bo’linadi va ulardagi mehnat o’z xarakteri va boshqa sifatlariga ko’ra sezilarli farqlanadi. Masalan, bank, pochta, uy-joydan foydalanish, tibbiyot tashkilotlari yoki dafn marosimlarini o’tkazish kontoralari ishchilari mehnati bir-biridan shunchalik farqlanadiki, ular faoliyatini yaxlit kasb, mehnat, ijtimoiy yoki ma’naviy-psixologik sifatlardan kelib chiqqan holda o’zaro taqqoslash juda qiyin. Ammo yuqorida sanab o’tilgan har bir mehnat turlarini farqli xususiyati shundaki, u fuqarolar va mehnat jamoalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq, ya’ni avvalo jamiyat, guruh va yakka ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan. 65 Yuqorida aytib o’tilganlar, servis faoliyatini sinflar, yo’nalishlar, turlar bo’yicha bo’lish murakkabligidan dalolat beradi. Quyida servis faoliyatini yanada aniqroq va mantiqan jiddiy tasniflash sxemasini keltiramiz. Ammo ushbu tasniflash varianti ham hamma turli-tuman servis mashg’ulotlarini qarab olaolmaydi: • ishlab chiqarish servisi (texnikani ta’mirlash xizmatlari, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar, jumladan sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlar ham); • jamiyatni qurish sohasi servisi (himoyalash, jamiyat tartibini saqlash, milliy moliya tizimini rivojlantirish va boshqa xizmatlar); • ijtimoiy-madaniy servis (jamiyat ahamiyatidagi va shaxslar uchun zaruriy darajalarda bo’lishi mumkin). Bularga maktabgacha tarbiya, sayyohlik, badiiy- estetik va boshqa xizmatlar tegishli; • intellektual servis (ta’lim sohasidagi yuridik, moliyaviy, informasion servis va boshqalar); • tovar va xizmatlarni aylanishi sohasidagi servis (savdo, umumiy ovqatlanish, kommunikasion va transport xizmatlari, omborxona xo’jaligi xizmati va boshqalar); • xo’jalik-maishiy servis (shahar xo’jaligi, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, jumladan fuqarolarni yakka ehtiyojlarini qondirish xizmatlari). Servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradigan qator xususiyatlar mavjud: • servis faoliyati subyektlarini iste’molchilarga nisbatan amalga oshiriladigan mehnat va foydali intilishlari ularni tovar ishlab chiqarish darajasidagi xizmat ishlab chiqaruvchilarga aylantiradi; • xizmat ishlab chiqaruvchilarni foydali intilishlari servis iste’molchilariga qaratilgan bo’lib, ularga ma’lum ne’mat, foyda, qulaylik beradi. Bunda ishlab chiqarilgan xizmatlar iste’mol qiymatiga ega bo’lib, u jamiyat mehnatiga teng. Bu holda xizmatlar tovar sifatida namoyon bo’lib, servis faoliyatini muhim elementi hisoblanadi; • zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyatini turli turlari va yo’nalishlari sanoat ishlab chiqarilishini natijalari bilan juda yaqin birlashadi. Chunonchi, servis 66 faoliyati subyektlari quyidagilarni iste’molchilarga yetkazishadi (sotishadi), so’ngra esa ko’p hollarda ularni ta’mirlashadi va ularga xizmat ko’rsatishadi: - maishiy texnika, shaxsiy transport vositalari; - kiyim-kechak, interyer predmetlari; - sanoat mollari; - o’qitish va shaxsni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tovarlar (kitoblar, kompyuterlar); - ko’ngil ochish va dam olish uchun tovarlar (kompakt-disklar, musiqa sintezatorlari, o’yin avtomatlari) va boshqalar. Shuning bilan birgalikda ikkilamchi sektor ishlab chiqarilishini (qurish ishlari, elektr-, suv va gaz ta’minoti) yakuniy bosqichi, shuningdek oziq-ovqat, yengil sanoat, avtomobilsozlik va boshqalarda yaratiladigan tovarlar to’g’ridan-to’g’ri xizmatlar sohasi bilan bog’langan. • Servisni sanoat bilan bog’liqligi, yuqorida sanab o’tilgan tovarlarni sotish, ularga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bilan chegeralanib qolmasdan, xizmat sohasidagi mehnat ham ko’p hollarda texnik moslamalar va avtomatlar majmuasi vositasida amalga oshiriladi. Oxirgi o’n yilliklarda xizmatlar sohasi tadbirkorlari servis ishlab chiqarilishi ishchilari mehnatini tashkil etishida, shuningdek servis korxolnasini boshqaruvida sanoat ishlab chiqarilishini mehnat elementlari va menedjmentini joriy etish borasida ko’pgina ishlar qilishdi. Yuqorida ta’kidlanganlarni hammasi sanoat ishlab chiqarilishi va xizmatlar o’rtasida yaqin aloqalarni shakllantiradi va srevis korxonalaridagi mehnat va xizmat ko’rsatishni ko’pgina hollarda industrial ishlab chiqarish tipida tashkil etilishiga olib keladi. Bunday industrial ishlab chiqarilishi yirik sanoat komplekslari doirasida amalga oshiriladi va ulardagi mehnat yuqori texnikaviy qurollanganlik darajasi bilan farqlanib turadi. Bu esa mehnat unumdorligini bir necha marotaba oshirish va ommaviy talablarni qondirish imkonini beruvchi katta hajmdagi ishlab chiqariladigan mahsulot olinishiga imkon yaratadi. 67 Aholiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq industrial ishlab chiqarishlar misollari sifatida shaxsiy kottedjlarni va ko’p xonali uylarni ommaviy qurilishi, yo’lovchilarni havo, temir yo’l, avtotransportda tashishni va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bu barcha xizmatlar turlari sanoat ishlab chiqarilishi bilan taqqoslanishi mumkin bo’lgan muhim parametrlarni: texnik-texnologik tavsiflar, material va yoqilg’ini sarfi, moliyaviy harajatlar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. Shunday qilib, zamonaviy servis faoliyati shaxsiy xarakterga ega bo’lmoqda va iste’molchilarni yakka va guruh ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Bularni hammasi rivojlangan davlatlarda servis xizmatini ishlab chiqarish haqida yoki ularda servis industriyasi mavjud ekanligi haqida gapirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda “tashish industriyasi”, “sayyohlik industriyasi”, “ko’ngil ochish industriyasi”, “ta’lim olish industriyasi” haqida haqli gapirish mumkin. Bu ko’rsatilgan servis faoliyati yo’nalishlari texnika va mehnatni sanoat ishlab chiqarilishi tipi bo’yicha tashkil etishga tayangan holda qisqa muddat ichida minglab va millionlab iste’molchilarga xizmat ko’rsatishga qodir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling