qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga
bo’lgan ehtiyojlardir.
Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman
mamalkat aholisiga xosdir. Ular o’zini qondirilishi uchun o’ziga xos sharoitlarni talab
qiladi. Ularni ko’pchiligini
bir odam amalga oshiraolmaydi,
ular faqat jamiyat
faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga
oshirilishi
mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo’lgan
ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o’z kombinasiyasiga ko’ra, aniq
odamlarga xos bo’lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini
individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat
qilish orqali amalga
oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo’lib, ko’pgina hollarda o’ta
muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo’ldosh bo’ladi.
Ularni
xususiyati shundaki, tug’ma etiyojlardan farqli o’laroq, ko’pgina hollarda madaniy
muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy
rivojlanishi bilan bog’liq.
Shuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi,
masalan
fiziologik ehtiyojlar kabi o’ta zarur emas. Bir qism
ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar
ko’pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki
ijtimioy muhitni maqsadli
yo’naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo’ladi. Xususan ko’p hollarda odam ijtimoiy
informasiya, moda va reklama ta’siriga moyil.
Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng
murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: