Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 9. Servis faoliyati jarayon sifatida. Xizmatlar sohasidagi innovasiyalar Ma’ruza rejasi
- 9.1. Servis faoliyati jarayon sifatida
Nazorat uchun savollar:
1. Davlat organlari xizmat turlarini rivojlantirishda qanday mexanizmlarni joriy etishadi? 2. Xizmatlarni moslashuvchanligi servis sohasidagi biznesni qanday xususiyatlari bilan belgilanadi? 3. Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari nima? 4. Tashkillashtirishni tarmoqli turiga o’tishda qanday omillar hisobga olinadi? 5. Firmalararo tarmoqlarni turlari va ularga xos sifatlarni izohlang 6. Xizmat sohasidagi korxonalar turlari, ularni afzalligi va kamchiliklarini tushuntiring? 76 Mavzu 9. Servis faoliyati jarayon sifatida. Xizmatlar sohasidagi innovasiyalar Ma’ruza rejasi: 9.1. Servis faoliyati jarayon sifatida 9.2. Xizmatlar sohasida innovasiyalar kiritilishini xususiyatlari 9.3. Xizmatlarni hayotiy davri 9.1. Servis faoliyati jarayon sifatida Servis faoliyati vaqt bo’yicha kechadi va ma’lum muddatga ega. Demak, servis faoliyati rivojlangan jarayon sifatida namoyon bo’lib, adaptasion, ya’ni moslashuvchanlik xususiyatlariga ega. Bu jarayonlarni qo’pgina jihatlari xizmatlarni ishlab chiqish va iste’mol qilinishiga, shuningdek servis sohasidagi biznes samaradorligiga sezilarli ta’sir qiladi. Servis faoliyatini dinamik – vaqtli jihatlarini hisobga olish birinchi navbatda tadbirkorlar uchun, shuningdek servis biznesini barcha korporativ muhiti uchun muhimdir. Iste’molchilar ham xizmatlarni ushbu jihatlariga o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, fikrlab yondashadilar. Chunki, ular o’z manfaatlarini, shuningdek xizmat ko’rsatishga sarflangan vaqtni qadrlaydilar. Faqat xizmatlarni vaqtli ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda, servis faoliyati ma’muriy–huquqiy organlar tomonidan tartibga solishi mumkin. Sevis faoliyatini tezkor ijtimoiy-iqtisodiy amaliyot tarkibida qaralishi muhimdir. Chunki, bu yerda servis jarayonlari bir necha o’n yilliklar, yillardan boshlab, bir necha oy, kun, hattoki soat, daqiqalaridan iborat vaqt davrlarida mavjud bo’lishadi. Tahlil etish predmeti sifatida aniq ishchilar, shuningdek firma jamoasi, korporativ birlashma va tarmoq strukturasi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan servis tavsiflari olinadi. Shu sababli ham, servis faoliyati umum iqtisodiy dinamika doirasida qaralishi lozim. Tovar va xizmatlar bozorini ushbu vaqt davrida vujudga kelgan va oldingi 77 davrlardan farq qiluvchi o’zgarish darajasi, yo’nalishi iqtisodiy kenyuktura sifatida namoyon bo’ladi. Hatto yil davomidagi turli davrlarni xo’jalik hayotini konyunkturasi bir–biridan sezilarli farqlanishi mumkin. Iqtisodiy dinamikani, iqtisodiy konyuktura tavsiflarini o’rganish asosida (IX va XX asr boshlarida K.Marks, A.Marshall, U.Mishel, V.Paretto, Y.Shumpeter, M.I.Tugan, Baranovskiy, P.B.Struve, N.D.Kondratyev va boshqalar tomonidan) xo’jalik amaliyotida ro’y berayotgan o’zgarishlarni bir xil ahamiyatga ega emasligi haqidagi g’oyalar shakllangan. Notekis (tasodifiy, oldindan aytib bo’lmaydigan hodisalar ta’sirida paydo bo’ladi) va bir tekis (oldindan aytib bo’lmaydigan) o’zgarishlar mavjud. Bir tekis o’zgarishlar o’z navbatida evalyusion (qaytmaydigan), ya’ni birdaniga ruy beradigan chet ta’sirlar bo’lmaganda chiziqli yo’nalishda davom etadi va to’lqinsimon - siklik (qaytadigan, takrorlanadigan), ya’ni o’z yo’nalishini davriy ravishda o’zgartirib ertami yoki kechroq boshlang’ich holatiga qaytadigan bo’lishi mumkin. XX asrni 20-30 yillari tadqiqotchisi N.D.Kondratov chet el mualliflarini ko’p sonli tadqiqotlarini umumlashtirib, jahon kon’yukturasini bir tekis sikllaroi haqidagi tassavurni ilgari surdi. Bunga ko’ra, har bir sikl yuqori ko’tarilishi (oshuvchi faza), inqiroz (pasayuvchi faza) va depressiyadan (turg’unlik yoki chuqurlashib boruvchi turg’unlik fazasi) iborat. Kichik (4-11 yil) va katta (40-70 yil), shuningdek har yili avj oladigan mavsumiy sikllarni mavjudligi aniqlangan. Umumiqtisodiy bir tekis o’zgarishlarni bilish asosida bashorat qilish, ya’ni servis faoliyatini u yoki bu segmentidagi konyunktura prognozlarini ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiy konyukturani prognozlash murakkab muammo bo’lib qolmoqda. Bu boradagi katta noaniqliklar, katta ijtimoiy- iqtisodiy inqirozlar falsafasidagi va ular paytidagi davrlarda kuzatiladi. Shunga qaramasdan iqtisodiy konyukturasini samarali pronozlash xizmatlar sohasini, shuningdek uni turli yo’nalishlarini, aniq firmalarni samarali strategiyalarni ishlab chiqish extimolini oshiradi. Konyukturani prognozlashda tahlil obyektlari sifatida xizmatlar amaliyotini sistemali tavsiflari (ularni o’zgarishi bir nega yildan boshlab, 78 bir necha o’n yillar mobaynida sodir bo’ladi) ishlatiladi. Ushbu tavfsiflar qo’yidagi ko’rsatkichlar bilan belgilanadi: • kapital xarajatlarini, shuningdek servis faoliyati yo’nalishlarini texnikaviy, programmali ta’minoti bo’yicha xarajatlarni o’zgarishini baholash; • xizmatlar sohasidagi muhim material – resurs, texnikaviy, moliyaviy, tovar oqimlari haqidagi ma’lumotlar; • talab va taklif darajasi, xizmatlar bozoridagi raqobat xarakteri; • xizmat va servis mahsulotlari turlari bo’yicha sotuv hajmlari; • kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. Servis faoliyatini ko’rsatkichlarini yomonlashtiradigan iqtisodiy omillar qo’yidagilar hisoblanadi: • sobiq ittifoq ichidagi regionlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni buzilishi; • sanoat ishlab chiqarilishi hajmlarini tutib kelishi; • aholini daromadlarini va hayot darajasini pasayishi; • turli resurslar, sanoat mahsulotlari va xizmatlar narxlarini turli-tumanligi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling