Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 8. Zamonaviy servis faoliyatini iqtisodiy va tashkiliy jihatlari Ma’ruza rejasi
Nazorat uchun savollar:
1. Servis faoliyati qanday xizmat ko’rsatish subyektlari tomonidan ishlab chiqiladi? 2. Xizmat sohasidagi mehnat qanday farqli jihatlarga ega? 3. Xizmatlarga qanday belgilar xos? 4. Servis mahsuloti nima? 70 5. Davlat statistika hisobida ishlatiladigan yondashuvdav xizmat sohasini umum xo’jalik mexanizmidagi o’rni qanday? 6. Qanday jihatlar servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradi? 7. Ehtiyojlarni yuzaga kelishi qanday omillar bilan belgilanadi? 8. Qanday ehtiyoj turlari mavjud? Mavzu 8. Zamonaviy servis faoliyatini iqtisodiy va tashkiliy jihatlari Ma’ruza rejasi: 8.1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi 8.2. Servis sohasidagi korxonalar turlari 8.1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi Servisni, xususan uni ijtimoiy va madaniy turlarini rivojlantirishda, jamiyat to’liq tijoratlashtirishni va davlat tomonidan ma’muriy majburlashni chetlab o’tishiga harakat qiladi. Hukumatni davlat va regional organlariga servis biznesini iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarini bozor jarayonlarida teng imkoniyatli ishtirokini ta’minlovchi ijtimoiy – huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish imkoniyati yuklatiladi. Bunday mexnanizmlar turli resurslarni foydali va zarar bilan ishlovchi servis faoliyati segmentlari o’rtasida, past narxlari ishlab chiqarish xarajatlarini qoplay olmaydigan tijorat strukturalariga (turar – joy, komunal xo’jaligi, transport darsliklarni nashr etish va sotish va boshqalar) subsidiya ajratish yo’li bilan qayta taqsimlash imkonini beradi. Monopolizi zarar keltiruvchi joylarda (savdo, umumiy ovqatlanish va boshqalar) yo’qotiladi, jamiyat uchun muhim bo’lgan monopol strukturalar (elektroenergetika kompaniyalari, transportchilar xizmatlari va boshqalar) esa qo’llab – quvvatlab turiladi. Ko’pgina mamlakatlarda davlat iste’molchi uchun tekin jamiyat 71 xizmatlarini bajaruvchi notijorat tashkilotlari (oliygohlar, tibbiy sog’lomlashtirish markazlari, madaniy tashkilotlar ishi) faoliyatiga faol aralashadi. Hozirgi zamonaviy xizmatlar o’zgarayotgan hayot sharoitiga nisbatan egiluvchan bo’lib, iste’molchilar so’roviga elastik moslashish strategiyasiga ega. Bunga bu sohadagi biznesni qo’yidagi xususiyatlari ko’maklashadi: • kapital va investisiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi; • nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari; • yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko’p bo’lmagan boshlang’ich kapitalni zarurligi; • servisni ko’pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi. Hozirda servis faoliyati nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo bo’layotgan ko’pgina innovasiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovasiyalarni ishlab chiqaruvchisi ham hisoblanadi. XX asrni 60 yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi. Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda, ma’lum sonli mustaqil firmalar o’rtasidagi munosabatlar to’plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab chiqiladi va ularga o’z biznesini umumiy jihatlarini o’ziga xos tarzda rostlash imkonini beradi. Bunda firmalararo bog’liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan tashkilotga birlashuvidan va o’z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi. Bu tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko’pgina ichki qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi. Tarmoqga birlashgan firmalar o’zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir butun sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko’pgina faoliyat sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona sarflanishiga olib keladi. Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o’tishda quyidagi omillar hisobga olinadi: • nou – xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo’lgan yuqori talab; 72 • bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati; • yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi; • ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati. Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud: • qo’shma korxona; • franchayzing; • konsorisium; • komersiyali tijoratli kelishuv; • subpodryadlar bo’yicha ishlar bajarish; • personal tarmoqlar. Tadbirkorlik tarmoqlariga qo’yidagi konstruktiv sifatlar xos: • dinamizm – o’zgarayotgan vaziyatga moslasha olish; • ko’p o’lchovlilik – turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish; • yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o’z-o’zini rostlay olishi. Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo’qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar bilan birlashini afzal ko’rishadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling