Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Chekkaga chiqib xizmat ko’rsatishda
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Xizmatlarni bajarilishi muddatlarini ahamiyati
Chekkaga chiqib xizmat ko’rsatishda servis korxonasini chetga chiquchi
brigadalari yashash yoki ish joylarida xizmat ko’rsatishadi. Bunday xizmat ko’rsatish shakli qishloq joylaridagi aholiga xizmat ko’rsatishda ishlatiladi. Kombinasiyalashgan (kompleksli) xizmat ko’rsatish bir joyda, iste’molchilar vaqtini minimal sarfini ta’minlagan holda ko’p sonli xizmatlarni taklif etishdan iborat. Yuqorida faqat savdo, maishiy va moliyaviy servisda keng tarqalgan xizmat ko’rsatish shakllari sanab o’tildi. Haqiqatda esa ular juda ko’p. Servis amaliyoti bu shakllarni doimiy ravishda ko’paytirib boradi, bu nafaqat raqobat, shuningdek, o’sib borayotgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish zaruriyati bilan belgilanadi. 10.3. Xizmatlarni bajarilishi muddatlarini ahamiyati Har bir servis faoliyati turida, turli xizmat ko’rsatish shakllarida xizmatlarni bajarilishi muddatlari haqidagi me’yoriy tasavvurlar juda o’zgaruvchan. Ammo bu vaqtli parametr ahamiyatini kamaytirmaydi. Ko’pgina xizmatlarni sertifikatlashda 91 vaqt ko’rsatkichlarini asosiy deb qaralishi tasodifan emas. Bundan tashqari, xalqaro standartlarda qator xizmatlar uchun buyurtmalarni bajarish, tovarni yetkazish, kutish vaqtlari qattiq belgilangan. Misol uchun, quyidagi faktlarni keltiramiz. “Amerika Eyrlayn” firmasi ishlab chiqqan standartlar uni ichki avialiniyalarda eng ma’qul deb tan olinishiga olib keldi. Uni servis faoliyatida quyidagi me’yorlar mavjud: buyurtmalar haqidagi qo’ng’iroqlarga 20 sekund davomida javob berish; 85 % yo’lovchilar navbatda 15 minutdan ortiq kutishlari mumkin emas; havo kemasini eshiklari uni harakati tugagandan keyin 70 sekund o’tgach ochilishi kerak va hokazolar. Hamma vaqt ham iste’molchi buyurtma berish va xizmatlarni bajarishni kutishga sarflaydigan vaqt sarflarini qisqartirish mumkin emas. Bunday natija ishlab chiqaruvchi uchun harajatlarni oshishi bilan kechadi, chunki buning uchun qo’shimcha jihozlar, malakali ishchilar sonini oshirish, ularni ish samaradorligini oshirish va boshqalar talab qilinadi. Bundan tashqari, ba’zi servis faoliyati turlarida xizmat ko’rsatish vaqtini qisqartirish iloji yo’q yoki bu maqsadga muvofiq emas. Ammo vaqtli omil barcha hollarda muhim rol o’ynaydi va bu bilan servis faoliyatini turli yo’nalishlarida, har bir xizmat ko’rsatish turida hisoblashish zarur. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling