Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 13. Servis korxonasini umumiy boshqaruvi va tashkiliy tuzilmasi Ma’ruza rejasi
- 13.1. Servis korxonasini umumiy boshqaruvi
Nazorat uchun savollar:
1. Servis tadbirkorligini rivojlanishiga qanday omillarni ta’siri ahamiyatli hisoblanadi? 2. Servis tadbirkorligini rivojlanishida mahalliy hokimiyat organlarini tutgan o’rinlari qanday? 3. Xizmatlar sohasida o’z faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkorlar nimalarni bilishlari va e’tiborga olishlari lozim? 4. Servis sohasidagi tadbirkorlarga qanday shaxsiy sifatlar xos? 5. Omadli tadbirkorlarga qanday sifatlar xos bo’lishi kerak? 120 Mavzu 13. Servis korxonasini umumiy boshqaruvi va tashkiliy tuzilmasi Ma’ruza rejasi: 13.1. Servis korxonasini umumiy boshqaruvi 13.2. Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi 13.3. Servis korxonasidagi ishlab chiqarish menejmenti xususiyatlari 13.1. Servis korxonasini umumiy boshqaruvi Servis korxonasini boshqarish jarayoni qishloq xo’jaligi yoki industrial sektorda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni boshqarishi bilan ko’pgina umumiy tavsiflarga ega. Ko’pgina tashkilotlar kabi bu yerda boshqaruv jarayoni mehnatni vertikal taqsimlanishi (umumiy rag’barlik, o’rta va quyi bo’g’inlarga rahbarlik), shuningdek servis ishlab chiqarilishini bo’lim, bo’lma, sektor va boshqalarga taqsilanishi bilan bog’liqdir. Servis korxonasidagi boshqaruv jarayonlarini xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Boshqaruvni asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: • ishlab chiqarish faoliyatini, maqsad va vazifalarini shakllantirish; • maqsadlarga erishishni rejalashtirish va vazifalarni hal qilish; • yechimlarni qabul qilish, ya’ni u yoki bu harakat variantlarini qabul qilish; • yechimlarni amalga oshirish, ya’ni buyruqlarni ishlab chiqish, personalni tayyorlash, ularga instruksiya berish va ularni uyushtirish, majburiyatlarni taqsimlash, buyruqlarni bajarish jarayonini tartibga solish; • belgilangan rejalarni, berilayotgan buyruqlarni va boshqalarni bajarilishini nazorat qilish. Servis sohasidagi boshqaruv xizmat ishlab chiqarishni bozor rivojlanishi vazifalariga (personal ishini tashkillashtirish, ishchilarni mehnat samaradorligini oshirish, xizmatlarni raqobatbardoshligiga erishish, ularni daromadligi va boshqalar) buysundirilgan. Bir vaqtni o’zida u xizmat ishlab chiqaruvchilari bilan bozor 121 almashinuvi jarayonlariga kirishayotgan katta odamlar guruhi, aniq odamlarni turli talab va ehtiyojlarini amalga oshirishga yo’naltiriladi. Ammo xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari o’rtasidagi munosabatlar to’liq bozor almashinuvi bilan chegaralab qo’yilmasdan, ular o’rtasida ijtimoiy, ruhiy, madaniy komponentlar bilan to’yingan jiddiy munosabatlar quloch otadi. Boshqacha qilib aytganda, servis korxonasini boshqaruvi ichidagi ishlab chiqarish – texnologik jarayonlar servis korxonasi faoliyatidagi yagona, hal etuvchi emas ekan. Bularni hammasi servis menejmentini jamiyat tipidagi tashkilotlardagi boshqaruvdan farqlarini shakllantiradi. Xizmat sohasi korxonalaridagi boshqaruv jarayonlarini servisni o’ziga xosligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqamiz. Korxona rivojlanishini yaxlit siyosatini ishlab chiqish va strategik boshqaruv bilan chambarchas bog’liq bo’lgan umumiy menejmentni tahlil qilishdan boshlaymiz. Bunda umumiy boshqaruv xarakteridagi ko’pgina tomonlar korxonani faoliyat ko’lami, undagi personal soni, uni tashkiliy-huquqiy shakliga bog’liq bo’ladi. Servis tarmog’ida faoliyat yuritayotgan aksionerlari soni 50 tadan oshiq bo’lgan yirik aksiyadorlik kompaniyasini yuqori rahbariyati direktorlar kengashi, qo’mita va boshqarmadan iborat. Direktorlar kengashi umumiy siyosatni ishlab chiqadi, boshqarma uni amalga oshiradi. Bosh menedjer (bosh ma’mur, direktor, boshqaruvchi va boshqalar) esa firma (korxona) yoki bosh korxona va uni filiallaridan iborat tizim ishi tizginlarini o’z qo’lida ushlab turadi. Servis sohasini o’rta korxonalardagi boshqaruvni yuqori bo’g’ini kam sonli idora qiluvchi kuchlardan iborat. Bu holda 3-7 kishidan iborat ma’muriyat korxona uchun muhim yechimlar qabul qiladi va ularni amalga oshirilishini kuzatadi. Ma’muriyat guruhi odatda, yuqori lavozimli shaxs (direktor yoki boshqaruvchi), uni bir yoki bir necha o’rinbosarlari va korxonani muhim bo’limlarini boshqaruvchi bosh menedjerlardan (ishlab chiqarish boshqaruvchisi yoki xizmat ko’rsatish jarayonini boshlig’i, kadrlar bo’yicha inspektor) iborat bo’ladi. Servis korxonasi yuqori menejment bo’g’ini majburiyatlari doirasiga kiruvchi ish va vazifalarni ko’rib chiqamiz, uning muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 122 • korxona faoliyatini maqsadi, rivojlanish strategiyasi va rejalarini ishlab chiqish; • korxonani bozor salohiyatini baholash va faoliyati samaradorligi mezonlarini aniqlash; • umumiy ma’muriy-buyruq berish va tashkiliy tartibga solish harakatlarini amalga oshirish; • jamoa ichidagi va jamoani tashqi muhit bilan kommunikativ – muvofiqlashtirish vazifasi; • asosiy faoliyat yo’nalishlari va personalni nazorat qilish; • korxona ishini umumiy xavfsizligi va xizmat xavfsizligini ta’minlash; • iste’molchilarga xizmat qilish umumiy strategiyasini ishlab chiqish va jamiyat fikrida korxonani ijobiy imidjini yaratish; • kompaniyani xo’jalik – ijtimoiy muhit bilan aloqalarini rivojlantirish; • informasion jamiyatda biznesni dinamizasiyalash talablari bilan bog’langan ishga bog’liq ma’lmuotlarni yig’ish, tahlil qilish va foydalanish. Keltirilgan bu vazifalar ko’pgina xususiy faoliyat turlariga bo’linadi, shuning uchun oliy menejment bo’g’ini haqiqatda ko’p vazifalarni bajaradi. Bu servis korxonasini rivojlanish strategiyasi va maqsadlarini ishlab chiqish misolida yaqqol ko’rinib turadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling