Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

1. Klassik yondashuv diqqatni korxonani maqsadlariga jamlaydi, iyerarxik 
boshqaruv shakllariga xos norasmiy munosabatlar strukturasini taklif qiladi. Bunda 
texnik va texnologik talablar va umumiy tashkiliy tamoyillar muhimligiga asoslanadi.
130


2. Inson munosabatlari doirasida yondashish, bunda asosiy e’tibor mehnat 
sharoitini ijtimoiy omillariga (mehnat sharoitlari, rasmiy va norasmiy guruhlar, 
liderlik, ishchilarni o’zini tutish) qaratiladi.
3. Tizimli yondashuv klassik va inson munosabatlari doirasidagi yondashuvni 
integrasiyasi hisoblanadi.
4. Kontingentirlash yondashuvi korxonani tashkillashtirishga oxirgigacha eng 
yaxshi yondashuvni ishlab chiqish mumkin emasligidan kelib chiqadi. 
Tashkillashtirishni strukturasi, uning menejmenti ko’pgina vaziyatli o’zgaruvchilarga 
bog’liq bo’lib, bu unga egiluvchan tavsif berilishini taqozo qiladi.
Servis faoliyatini tabiati va mohiyatidan kelib chiqqan holda, korxonani 
tashkiliy muhitini ishlab chiqishga qaratilgan yuqorida keltirilgan yondashuvlarni 
absolyutlashtirish va bir-biriga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas. Ularni har birini 
elementlari servis amaliyotida keng foydalaniladi. Ammo, ularni har bir elementini 
servis faoliyatini u yoki bu bosqichida to’g’ri ishlatish yoki ularni o’z o’rnida o’zaro 
kombinasiyalash qiyinchilik tug’diradi.
Kontingentlash yondashuviga e’tibor qaratadigan bo’lsak, shuni ta’kidlash 
kerakki, u servis faoliyatini vaziyatli parametrlariga diqqatni jamlaydi. Bu 
parametrlarni haqiqatdan ham bir xil emasligi korxona ishlari soni va hajmini, xizmat 
ko’rsatish standartlarini, turli servis sektorlarida foydalaniladigan texnologiyalarni, 
mijozlar fe’lini va ularni talablarini xilma xil ekanligida ko’rinadi.
Turli servis faoliyatini zamonaviy amaliyotida xizmat sohasi korxonasini tez 
o’zgarayotgan tashqi muhit sharoitida ishlashi kuzatiladiki, bunda menedjerlar zarur 
bo’lgan hollarda iyerarxik qattiq strukturadan chetlashishga va faoliyatini egiluvchan 
tashkiliy usullarini va bir ishchiga to’g’ri keladigan ko’p funksiyali yuklamalarni 
ishlab chiqilariga to’g’ri keladi. Bu esa, eskirgan xizmat ko’rsatish elementlarini 
qandaydir yangi darajada qaytadan vujudga keltiradi. Masalan, unchalik katta 
bo’lmagan otel, kempinglarni sayohlik mavsumidagi faoliyati yoki personalni 
yarmarkali savdo sharoitida ishlashi aynan ana shunday hisoblanadiki, bunda vaziyat 
doimiy ravishda transformasiyalanib boradi va har bir ishchi o’z funksiyalarini tez 
qayta aniqlashi kerak bo’ladi. Servis faoliyatini bunday turlari o’zida 
131


kontingentlangan yondashuvni amaliy aks ettiradi. Ammo, bu holda bunday 
yondashuvni absolyutlashtirmaslik muhim hisoblanadi. Aks holda, servisni tashkiliy 
strukturasiga bo’lgan boshqa yondashuvlarni sog’lom tavsiflari (formallashtiruvchi, 
uyushtiruvchi, napzorat qiluvchi, muvofiqlashtiruvchi va boshqalar) yo’qotilishi 
mumkin.
Tashkiliy strukturani ishlab chiqish va taraqqiy ettirshda mutaxassislar 
korxonani maqsadli funksiyalari va u yoki bu bo’limlarni, ishchilarni, operasiyalarni 
funksional mo’ljallanilishi haqidagi tassavurlardan kelib chiqishadi. Tashkiliy 
tuzilma hal qiluvchi funksiyalarni bajaruvchi bo’limlarga qaratiladiki, ularga ikkinchi 
darajali, uchinchi darajali bo’limlar birlashadi.
Ammo, hamma vaqt ham oqilona bo’limlar iyerarxiyasini tuzish oson emas. 
Yordamchi bo’limlar sifatida xavfsizlikni ta’minlash, muxandislik strukturalari
buxgalteriya hisobi, ma’muriy faoliyat olib borayotganlar va boshqalar bilan bog’liq 
bo’lganlar namoyon bo’lishadi. Ammo, ba’zi bu bo’limlarni ishchilari ham yanada 
muhimroq rol o’ynashga harakat qilishlari mumkin. Masalan, buxgalteriya nazorat 
funksiyalarini bajarishga harakat qilishi mumkin, ayni vaqtda esa u faqat korxonani 
faoliyatini qo’llab quvvatlashni ta’minlab turadi. Moliyaviy nazorat moliyaviy 
siyosatni elementi sifatida namoyon bo’ladiki, uni rahbariyat bo’g’inini vakillari 
amalga oshirishadi. Shu bilan birga har bir servis korxonasidagi personal xizmatini 
ahamiyati beqiyos bo’lib, uni funksional, ikkinchi darajaliga tegishli deb bilish 
mumkin emas.
Tashkiliy tuzilmani ishlab chiqishda funksional kriteriy bilan bir qatorda turli 
bo’limlarni ish ixtisosligi, vakolat hajmi va nazorat funksiyalarini o’lchash, 
shuningdek, ularni o’zaro muvofiqlashtirish metodlari hisobga olinadi.
Turli servis korxonalarida iyerarxiyani turli sondagi darajalari mavjud 
bo’ladiki, bunda buyruq berish pog’onalari vertial qatorga tiziladi va rahbarlar va 
bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar quriladi. Bo’ysunuvchilar va buyruq 
beruvchi darajalar sonlari o’rtasidagi eng ma’qul nisbatni topish juda qiyin. Oldinroq 
bir rahbar yettita bo’ysinuvchini optimal boshqarishi mumkin deb faraz qilinar edi. 
132


Hozirgi kunda esa, turli vaziyatlar rahbarni bir xil bo’lmagan bo’ysunganlari sonini 
belgilaydi deb hisoblanadi.
Korxona rahbariyati korxona iyerarxiyasidagi darajalarni asoslanmagan 
ko’payishi boshlanayotganligini vaqtida aniqlay olishi lozim. Bunday xavf katta 
iyerarxik darajalar mavjud bo’lgan katta servis korxonalarida yuzaga kelishi mumkin.
Xizmat ko’rsatish korxonalari amaliyoti ortiqcha bo’ysunuvchi daraja va 
korxona personali sonini kamaytira turib, iqtisodiy konyunkturaga hozir javob 
bo’ladigan ishni tashkiliy shakllarini o’zlashtirganlar. Hozirgi vaqtda bunday 
shakllarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda informasion texnologiyalarni 
o’zlashtirilishi, ishchilarni qisman yollashni (soatbay, to’liq bo’lmagan ish haftasiga) 
joriy qilinishi va boshqalar ko’maklashadi. Hozirgi sharoitda korxonani 
tashkillashtirishda ishchilarni uch guruhi farqlanmoqda:

asosiy guruh – asosiy ishlab chiqarish funksiyalarni bajaruvchi va to’liq ish 
stavkasida ishlayotgan personal;

rahbarlik qiluvchi guruh – stabil yollanma rejimida mehnat qiluvchi va 
umumiy rahbarlikni , subpodryad ishlarni nazorat qilish va boshqalarni amalga 
oshiruvchi rahbar ishchilar;

yordamchi guruh – egiluvchan ishchi guruhidan iborat.
Oxirgi guruhdagi ishchilar soni sharoitga qarab ko’paytirilishi yoki 
kamaytirilishi mumkin. Bu guruhni afzalligi ishchi kuchini arzonligi, ishchilarni 
yollash va bo’shatish soddaligi bilan belgilanadi. Bu guruh personalini har safar 
o’qitish, ularni samarali boshqarish va nazorat qilish talab qilinadi. Ammo, bunday 
tashkillashtirish o’zini oqlaydi.
Iyerarxik pog’onalar va personal sonini qisqartirish ba’zi xizmat ko’rsatish 
bo’g’inlarini avtomatlashtirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi 
menedjerlar avangard yechimlar qabul qila turib, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish 
jarayoniga ishtirok etish imkonini berishadi (masalan, restoranlar va otellarda).
Faoliyatni ko’p sonli tashkiliy jihatlarini optimallashtirish uchun katta servis 
korxonalarida nazorat qilish xizmati tashkillashtirilishi joriy etilmoqda. Bu xizmat 
to’g’ridan-to’g’ri korxona rahbariyatiga yoki uni o’rinbosarlariga bo’ysunadi. U 
133


mustaqil bo’lib, chiziqli (ma’muriy) boshqaruvni turli darajalariga nisbatan xolisdir. 
Uning mohiyati asosiy maqsadlar bajarilishini kuzatish, korxona miqyosidagi turli 
bo’lim va barcha ishchilarni muvofiqlashmagan harakatlarini yengib o’tishga 
qaratilgan bo’ladi.
Shu bilan birga tashkiliy faoliyatni qator jihatlarini optimallashtirish qiyin 
kechmoqda, servis korxonalarini ayrim tomonlari esa ko’p hollarda o’zgarishlarga 
uchragan. Bu quyidagi fakt va tendensiyalarda namoyon bo’lmoqda:

ko’pgina xizmat sohasi korxonalarida formulyarlarni to’ldirishni yaxlit tizimi 
va tartibga solingan hujjat yuritish mavjud emas. Bu xizmatlar bajarilishi, 
buyurtmalarni hisobga olish va tayyorlanishi bo’yicha tezkor boshqarishni 
yo’lga qo’yish imkonini bermaydi;

ishlarni ixtisoslanishi, ularni funksional mo’ljallanishi ko’p hollarda 
aniqlanmagan yoki aniq emas. Bundan ishchilarni lavozim majburiyatlarini 
aniq taqsimlanmasligi kelib chiqadi;

turli bo’limlarni o’zaro ta’siri va ularni muvofiqlashtirish yaxshi yo’lga 
qo’yilmagan;

bo’limlar va aniq ishchilar ishi ustidan puxta fikrlangan nazoratni bo’lmasligi;

firmani bir ishchisiga me’yoridan ko’p vazifa yuklanishi va boshqalarini bo’sh 
qolishi hollarini uchrashi.
Demak, servis korxonasi faoliyatini tashkiliy-ma’muriy jihatlari o’ziga e’tiborli 
munosabatni talab qiladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling