Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
Uchinchidan, bu holat sifatli ishni jiddiy ko’rsatkichi sifatida shikoyatlarni yoki
mijozlar bilan ziddiyatlarni bo’lmasligi namoyon bo’ladi. Vositachilik, dilerlik xizmatlari, sug’urtalash xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish jarayonlari o’ziga xos ishlab chiqarish va tashkiliy sifatlarga ega. Bu funksiyalarni bajaruvchi ishchi bu hollarda doimiy ish joyiga ega bo’lishi mumkin emas, odatda, uni murakkab instrumentlari yoki o’ziga xos jihozlari bo’lmaydi. Ammo, u uchun bir vaqtni o’zida mijozlar bilan aloqa o’rnatishni turli shakllarini (telefon, kompyuter, pedjer va boshqalar) mavjud bo’lishi katta ahamityaga ega bo’ladi. Kasbiy tajriba, fe’l-atvorini shaxsiy sifatlari, xususan turli odamlar bilan kommunikasiyani saqlay olishi, ularni ishontira olish qobiliyatlari, ular faoliyatida birinchi o’rinni egalalydi. Ko’pgina servis korxonalaridagi boshqaruvchilik e’tibori markazida servis amalga oshiriladigan jihozlar, instrumentlar holati turadi. Ular texnologik, zamonaviy dizaynli, ishlatishga qulay bo’lishi, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish xonalarida ortiqcha shovqin, titrashlarni yaratmasligi lozim. Mijozga xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan jihozni xavfsizligiga asosiy e’tibor qaratiladi. Jihozlar va instrumentlarni yaxshi ishlashini saqlash, zarur bo’lganda, ularni tex ta’mirlashni ta’minlab turish kerak bo’ladi. Umuman olganda, korxonani xizmat xonalarida doimiy ravishda ergonomiklik holatini, qulaylik, tozalikni saqlab turish muhim hisoblanadi. Mijozlarga xizmat ko’rsatish xonalari esa yana estetik talablar va shinamlik talablariga javob berishi lozim bo’ladi. Ushbu maqsadda aloqa zonasini hamma joylariga, xususan mijozlar o’rinlarini, shuningdek xizmat ko’rsatish personalini ish joylarini holatiga alohida ‘tibor qaratish kerak bo’ladi. Turli guruh ishchilarini ish o’rinlari uchun turli rasional ichki planirovka xillari qo’llanilgan bo’lishi kerak. Ish o’rnida barcha instrumentlar, jihozlar, yordamchi materiallar maqsadga muvofiq joylashtiriladi. Ishchini o’rni uni qulay ishchi holatini, charchatmaydigan va qisqa mehnat harakatlarini, iloji boricha ikkala qo’lga bir xil yuklamani ta’minlashi lozim. 138 Joriy va tezkor boshqarishni predmeti xizmatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar, xom-ashyo, mahsulotlarni mavjudligini va sarflanishini tekshirishdan ham iborat bo’ladi. Materiallar, xom-ashyo, mahsulotlar har bir servis turida turlicha bo’ladi. Shuningdek, ularni xizmat ko’rsatish jarayonida foydalanishi hajmlari ham bir xil emas. Bu ma’noda masalan, teatr bufeti va katta davolash poliklinikasi va ko’p tarmoqli kasalxona va shunga o’xshashlar foydalaniladigan mateirallarni kunlik me’yori va nomenklaturasi bir-biridan ancha farqlanadi. Shu bilan birga hamma joylarda mateiallar va xom-ashyoni sarflash me’yorlari mavjud. Materiallar va xom-ashyoni sarf me’yori bu uni ishlab chiqarishni aniq tashkiliy-texnik sharoitlarida belgilangan sifatdagi birlik mahsulotni (servis ishini) ishlab chiqarish uchun maksimal yo’l qo’yiladigan miqdoridir. Servis amaliyotida materiallarni iqtisod qilinishi, ularni me’yoridan ortiq sarflanishi kabi holatlari uchraydiki, ularni ikkalasi ham xizmat jarayonlarini me’yorida bajarilishi uchun noxush hisoblanadi. Materiallarni foydalanilishini nazorat qilish xizmat ko’rsatish samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi standartlardan chetlashishlarni aniqlash bilan bog’liq. Servis korxonasidagi ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida joriy va tezkor rejalashtirishni ahamiyati beqiyosdir. Bu holda gap ishchilar uchun mo’ljallangan smena-kunlik vazifalar rejasi, shuningdek barcha bo’linmalar yoki aniq brigadani kalendar, oylik, kvartal, yarim oylik rejalari haqida ketayapti. Ular buyurtmalarni mavjudligi, talab darajasi, ularni material va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar asosida tuziladi. Odatiy rejimdagi xizmat ko’rsatishni samaradorligi va sifati ham tezkor boshqarish obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bu yo’nalishda mijozlar bilan u yoki bu ishlarni bajarish uchun talab qilinadigan vaqt hajmlarini nazorat qilish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, ishchi muhitni osoyishta saqlash, ular va personal o’rtasida yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni hal etish muhim hisoblanadi. Servisni asosiy ishlab chiqarish jarayonini har tomonlama faoliyat yuritishi material-texnik ta’minot xizmati (energetika, telefon xizmati, muxandislik-texnik ishlar, yordamchi materiallarni saqlash va berilishi, firmani qo’riqlash va boshqalar) 139 tizimchasini samarali ishlarisiz amalga oshmaydi. Bu xizmatlarni mehmondorchilik, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari va boshqalar kabi ko’p funksiyali xizmat ko’rsatish turlaridagi ahamiyati juda katta. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling