Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Ishlab chiqarish zahiralari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

Ishlab chiqarish zahiralari bilan bog’liq bo’lgan va ishlab chiqarish jarayonini 
ta’minotiga mas’ul bo’lgan tizimchani ko’rib chiqamiz. Xizmat sohasi iste’mol 
qiladigan zahiralar o’z tarkibi va tavsifi bo’yicha turli-tuman bo’lib, ular xom-ashyo, 
materiallar, ehtiyot qismlar, komplektasiya buyumlari, tarani qamrab oladi. Zahiralar 
ba’zi servis korxonalarida texnik tovarlardan, boshqalarida ovqatlanish mahsulotlari, 
ichimliklardan, uchinchilarida esa, bosma mahsulotlaridan (kitob, jurnal va 
boshqalar) iborat bo’ladi. Chakana savdo, omborxona xo’jaligi, ulgurji bozor 
korxonalari faoliyatini asosiy mazmuni har xil tavsif va mo’ljallanishdagi turli sifatli 
sotuv buyumlarini to’plash va saqlash bilan bog’liqdir.
Material zahiralarni alohida guruhini yo’ldosh tovarlar va prokat buyumlari 
tashkil qiladi. Yana bir alohida guruhni ta’mirlash, yangilash, ishlov berish va 
boshqalarga muhtoj bo’lgan iste’molchilarni moddiy-buyum boyliklari tashkil qiladi.
O’ziga xos zahira turi madaniy tashkilot va korxonalarda uchraydi. Masalan, 
muzeylarni zahira fondi odatiy material boyliklardan emas, balki jamiyat ma’naviy 
boyliklari bo’lgan va yuqori moliyaviy qiymatga ega bo’lgan san’at obyektlaridan 
iborat bo’ladi. Kutubxonalarni kitoblar saqlanadigan joylari, kostyum va dekorasiya 
saqlanadigan teatr omborxonalari, sirk rekvizitlari ham shunga o’xshash sifatlarga 
ega. Ularni saqlash malakali mutaxassislar va jihozlangan xonalarni talab qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini samarali boshqarish material-texnik ta’minot 
tizimini rasional tashkillashtirilishi, material zahiralarni saqlash va harakati
shuningdek, material va xom-ashyolarni hisobga olish, taqsimlanishi bilan bog’liq. 
Zamonaviy sharoitlarda yuqorida ko’rsatilgan ko’p funksiyali jarayon uzilishlarsiz, 
tegishli hajmlarda va yaxshi saqlangan holatda amalga oshirilishi kerak.
Servis korxonasi ishlab chiqarish menejmentini e’tibori omborxona xo’jaligini 
tashkillashtirishga qaratilgan bo’lib, u quyidagi ishlardan iborat bo’ladi:
140



xizmat ko’rsatish jarayonlarini proporsionalligini, uzluksizligini va bir 
maromda kechishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish strukturalarini 
tahlil qilish;

omborxonalarni tezkor – kalendar ish rejimlarini ishlab chiqish;

ishlab chiqarish zahiralari oqimlarini omborxona orqali harakat qilishini 
hisobga olish va nazoratni tashkillashtirish;

yuklarni iste’molchilarga tarqatish va yetkazib berishni tashkillashtirish;

omborxona xo’jaligi ish samaradorligini tahlil qilish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling