Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
1.2. Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati
“Servis tizimi faoliyati asoslari” fani o’z oldiga “Servis” va “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishida ta’lim oluvchilarni fan asoslari bilan tanishtirishni maqsad qilib qo’yadi. Ushbu ma’ruzalar kursida servis faoliyati mohiyatini nazariy tushunilishi yoritiladi, uni tarixiy va zamonaviy amaliyoti kuzatiladi. Servis faoliyati mohiyatini tushunishda, “servis”, “xizmat” nazariy tushunchalarini ahamiyati katta. “Servis” tushunchasi (ingliz tilida servise – xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi ma’noni, ya’ni “xizmat ko’rsatish, turli xizmatlarni taqdim etish”ni anglatadi. Shu bilan birgalikda “servis” so’zini ma’nosi bizni oxirgi o’n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega bo’ldi. 70-80 yillarda bizni mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalarni texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog’lanar edi. “Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne’mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bog’langan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil 7 ma’noga ega bo’lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko’rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so’z birikmasini ham hosil qilishi mumkin. Servis faoliyatini nazariy tushunilishi servisni ko’p qirrali tabiatini aks ettiruvchi chuqur mazmunga ega bo’lmoqda. Hozirda servis faoliyati amaliyoti ikkita muhim tomonlar jalb qilingan keng xo’jalik faolligi maydoni sifatida qaralmoqda. Unda xizmatlar ishlab chiqaruvchi va undan bozor almashinuvi asosda foydalanishni taklif etuvchi ixtisoslashgan strukturalar mavjud. Servis faoliyati xizmat ishlab chiqaruvchilari uchun xo’jalik yuritish sohasidagi kasbiy mehnat, biznes, boshqaruv turi sifatida namoyon bo’ladi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari o’z mehnati jarayonida albatta, iste’molchilar bilan to’qnashadilarki, ular servis faoliyatiga, ularni manfaatlari, ruhiy holati, maqsadli mo’ljallanishlari keltirib chiqaradigan noiqtisodiy tavsiflar bag’ishlashadi. Servis faoliyati maydonida xizmat iste’molchilari bozor almashinuvi orqali o’z ehtiyojlarini hisobga olgan holda, aniq ne’matlar olishni hohlovchi boshqa tomonni tashkil qiladi. Iste’molchi servis faoliyatiga o’z talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutilgan keng diapozondagi o’ziga xos talablar qo’yishadi. Servis faoliyatini bunday tushunilishi unga ko’p qirrali iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy fenomen sifatida yondashishga imkon beradi. U bir vaqtni o’zida jamiyat va yakka ehtiyojlarni qondirishning xo’jalik mexanizmi, jamiyat qayta ishlab chiqarilishini, tovarlarni taqsimlash va iste’mol qilishni muhim bo’g’ini, shuningdek, odamlar farovonligini oshirishning ijtimoiy mexanizmi sifatida namoyon bo’lmoqda. Hozirda servis faolligini ijtimoiy-madaniy innovasiya manbai, jamiyat rivojlanishini informasion xizmat ko’rsatish, bilish xizmatlarini kengaytirish orqali dinamizasiyalash usuli sifatidagi ahamiyati qayta fikrlanmoqda. Servis faoliyatini tushunishga bo’lgan bunday jihat va yondashuvlar uni displinalararo ilmiy tahlilni murakkab obyekti sifatida qarashga imkon beradi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling