Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 3. Zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyati va xizmatlar
Nazorat uchun savollar:
1. Tarixgacha bo’lgan tushumlardagi xo’jalik va jamiyat mashg’ulotlarini differensialanishini izohlang? 2. Ibtidoiy jamiyatda mexnat taqsimoti kurtaklarini vujudga kelishini misollar bilan tushuntiring? 3. Qadimiy jamiyatlarni tarixgacha bo’lgan tuzumlardan farqlab turuvchi xususiyatlarni izohlang? 4. Qadimiy dunyo jamiyatlarida qanday xizmatlar turlari shakllandi? 5. Qadimiy dunyo jamiyatidagi oilani izoxlang? Oila doirasidagi xizmatlarni tushuntiring? 6. O’rta asr jamiyatlaridagi ilmiy-falsafiy fikrlar ahamiyatini izohlang? 7. O’rta asrlar oxiri va yangi vaqtda jamiyat va xo’jalik rivojlanishidagi chuqur o’zgarishlar natijasida xizmatalrni shakllanishi qanday kechgan? 21 Mavzu 3. Zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyati va xizmatlar Ma’ruza rejasi: 3.1. Industrial ishlab chiqarishning servis faoliyatiga ta’siri. 3.2. Postindustrial jamiyatdagi servis faoliyati. 3.1. Industrial ishlab chiqarishni servis faoliyatiga ta’siri Zamonaviy turdagi xizmatlar industrial madaniyatni shakllantirgan G’arbiy Evropa davlatlarida paydo bo’ldi. Industrial madaniyat doirasida rivojlanayotgan davlatlarga ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni xuquqiy asosda joriy etilgan va rivojlantirilgan yetuk tovar-pul shaklidagi kapitalistik munosabatlar xos. Bu jamiyatlarni iqtisodiy amaliyotida ishlab chiqarish mehnatini ilmiy bilimlar va o’zlashtirilgan texnologiyalar bilan birlashishi ro’y beradi. Bu qo’l mehnatini ommaviy idustrial ishlab chiqarish bilan almashishiga olib keladi. Bunday ishlab chiqarishni asosiy bo’g’ini yirik mashina asosidagi sanoat hisoblanib, u odamni og’ir jismoniy mehnatini bosqichma-bosqich mashina ishi bilan almashtiriladigan, o’zaro bog’langan ishlab chiqarish tuzilmalarini birlashtiradi. Bu masshtabli ishlab chiqarish birlashmalarni faoliyat yuritishi uchun unda turli kasb va malakali ishchilarni jamlanishi lozim. Ular o’zaro xamkorlikda bir xil andozadagi tovar yaratadilar, natijada maxsulot ishlab chiqarishni yuqori sur’atlariga va katta xajmlariga erishiladi. Industrial sanoat ishlab chiqarishni murakkab strukturasi xo’jalikni turli soxalari o’rtasida resurslarni yangi qayta taqsimlanishiga ko’maklashib, jamiyatni strukturasini, odamlarni xayot tarzini chuqur o’zgarishlariga olib keladi. Endi ko’p resurslar an’anaviy jamiyatdagi kabi savdo ishida emas, balkim katta ishlab chiqarish va kredit bank sektorida to’planadi. Shahar aholisini ulushi o’sib boradi, jamiyatni tabaqalanishini chuqurlashtiruvchi va mashinalarni ishlatish bilan bog’liq yangi kasblar paydo bo’ladi. Industrlashtirishni birinchi bosqichida aholini ma’lum qatlamini iqtisodiy ahvolini yomonlashuvi ro’y bersada, ammo, XIX asrni oxirida 22 rivojlangan g’arb davlatlarini aholisi industrlashdan yutib chiqqanligi ma’lum bo’ldi. Bunga nafaqat sanoat, shuningdek ko’pgina g’arb davlatlarini mustamlakalarini mavjudligi ko’maklashdi va ulardan sanoat rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tabiiy resurslar olib kelinar edi. Ilmiy-texnikaviy revolyusiya jamiyatda texnika bilan bog’liq bo’lgan va tadbirkorlarga keng ommaga murojaat qilish imkonini beruvchi yangi kommunikasiya vositalarini (kitob, gazeta, jurnallarni chop etilishi) paydo bo’lishiga olib keldi. Aloqa texnikasini rivojlanishi natijasida informasiyani tarqatishni boshqa usullari (radio, kino, televideniye, kompyuter) ham paydo bo’ldi. Ommaviy kommunikasiya vositalari (ommaviy informasiya vositalari, mass- media) industrial jamiyatda doimiy ravishda an’analardan uzoqlanilishiga olib keladi. Ommaviy informasiya vositalarini tarqalashi natijasida xalq san’ati, mifologiyani ahamiyati yo’qolib boradi, odamlar tomonidan borliqni o’zlaricha va boshqa o’ziga xos anglash shakllari tugallanadi. Nafaqat shahar, shuningdek qishloq aholisi ham texnogen muhit bilan o’ralgan bo’lib, ular odamlarni miflar dunyosida, romantik hayollar og’ushida qolib ketishiga yo’l qo’ymaydi va ularni dunyoga pragmatik qarashga majbur qiladi. Ishlab chiqarish strukturalari va servis tashkilotlari ommaviy informasiya kanallarini ommabop san’at, ommabop informasiya va reklamani uzatish vositasiga aylantirib, shaxs va jamiyat ongiga ta’sir etishadi. Endi odamlarni talab va iste’molchilik hatti-harakatlari nafaqat chinakkam ehtiyojelar bilan, balkim reklama va mass-media tomonidan qo’llab quvvatlanadigan soxta ehtiyojlar bilan belgilanadi. Industrial jamiyatda ehtiyojlari bir xil bo’lmagan qatlam va guruhlarni turli- tumanligi darajasi oshib boradi. Bular esa hozirgacha mavjud bo’lmagan yangi ne’mat va xizmatlarni paydo bo’lishi imkoniyatini oshiradi. Bu paytgacha ahamiyatli hisoblangan uy xo’jaligini ijtimoiy-iqtisodiy mav’qyeini o’zgarishiga olib kelinadi. Endi uni a’zolari uy xizmatchilari yoki o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillariga suyana olishmaydi. Ular tovar-bozor, turli kasblar asosida ishlovchi va o’z ishini ishlab chiqarish faoliyati tamoyillari asosida tashkil etuvchi jamiyat xizmat ko’rsatish sektoridan foydalanishga majbur bo’lishadi. 23 Industrial jamiyatda ishchi shaxsi bilan bog’liq hammasi tubdan o’zgaradi. Ishchilar endi an’anaviy me’yorlar yoki ajdodlar vasiyatlariga ko’ra emas, balkim kasbiy tayyorgarligi, malaka darajasi, umumiy madaniyatini o’sib borishiga muvofiq mehnat qilishadi. Shu sababli G’arbiy Evropa davlatlarida umumiy va kasbiy ta’lim tizimi jadal rivojlandi. Jamiyat rivojlanishini sanab o’tilgan bu omillari fuqarolarni yangi hayot tarzini shakllantiradi. Mashina texnologiyalari vositasida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini va kundalik ehtiyoj tovarlarini sotib olish, tipaviy uy-joylarni industrial asosida qurish usullari ijtimoiy amaliyotda sezilarli bo’ladi. Zamonaviy hayot tarzini muhim tavsifi kunlik vaqt hajmini taqsimoti bilan bog’liqdir. Odamni industrial davrdagi kundalik hayot kechirishi ishda, uyda, dam olishda va boshqa joylarda ma’lum vaqt davomida bo’lishiga yo’naltirilgan. Bunday hayot tartibi odamlarni ishlab chiqarish majburiyatlariga e’tiborini kuchaytiradi, ishlab chiqarish unumdorligini, intizomliligini oshiradi. Ayni shu vaqtda intensiv mehnat maqomi ishchilarda charchoqlikni oshiradi, ularda stressli va ruhiy chetlanishlarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birgalikda odamlarni ma’lum bo’sh vaqti kun, hafta oxirida emas, balkim yil davomidagi ta’til paytida ham paydo bo’ladi. Bunday vaziyatda odamlarni asosiy tashvishi bo’sh vaqtdan o’z kuchlarini tiklash, yaqin odamlar bilan muloqotda bo’lish, ko’ngilni ochish uchun samarali foydalanishga qaratilgan bo’ladi. Bularni hammasi servisni yirik segmenti bo’lmish rekreasiya, o’yin faoliyati, ko’ngil ochish sohalarini paydo bo’lishi uchun zamin yaratadi. Shunday qilib, industrlashtirish natijasida servis faolligi o’zi ichida o’zini tashkillashtirishni yangi shakllarini va turli-tuman zamonaviy xizmatlarni ishlab chiqish orqali rivojlanish uchun katta turtki oladi. Servis faoliyati yangi ijtimoiy- madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltirish imkoniga ega bo’ladi, iste’mol bozori hajmini oshiradi. Ko’pgina xizmat ko’rsatish sohalarida xizmatlarni sanoat ishlab chiqarilishi texnologiyalari bilan yaqin bog’liqligini taqozo etadigan «servis industriyasi» shakllanadi. 24 XX asrni o’rtalarida rivojlangan G’arbiy Evropa va Shimoliy Amerika davlatlarini asosiy fuqarolarini hayot darajasi eng yuqori bo’ldi. Rivojlangan jamiyatdagi odamlar yuqori maosh olib, unga nafaqat oilani boqish, bolalarga yaxshi ma’lumot berish, uy-joy, shaxsiy avto transport sotib olish, shuningdek, ta’til paytida boshqa kontinent kurortlarida dam olish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling