Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


O’rta asr G’arbiy Evropa jamiyatidagi xizmatlar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

2.3. O’rta asr G’arbiy Evropa jamiyatidagi xizmatlar
O’rta asrlarga V –XV asrlardagi tarixiy davr mansub. Ushbu davrni G’arbiy 
Evropa, O’rta yer denigizi va yaqin Sharq davlatlari misolida ko’rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir. Bu vaqtda aynan shu yerda yangi turdagi iqtisod va xizmatlar 
shakllanishiga bevosita aloqador bo’lgan xo’jalik va bozor munosabatlari 
defferensiasiyalanishini chuqurlashtiruvchi ko’pgina ishlab chiqarish - moliyaviy va 
jamiyat mexanizmlari ishlab chiqilgan edi. Bularni yangi tipdagi iqtisod va 
xizmatlarni shakllanishidagi axamiyati juda katta edi. 
Ko’xna dunyo jamiyatlaridagi xizmatlar o’ta patriarxal tavfsifga ega bulib, 
bu jamiyatlar uchun umuman olganda sust rivojlanish, jamiyat rivojlanishini faza 
va sifatlarini sust almashinuvganligi xos edi.
Shunga qaramasdan qadimiy Gresiya va Rimda jamiyat rivojlanishini 
dinamizasiya qilishga qobiliyatli faoliyat turlari paydo bo’ladi va o’rta asrlarda 
chuqurlashib bordi. Bu jamiyat madaniyatlarida odamlarni tarqqiy ettirishga 
yo’naltirilgan o’sha davr uchun kuchli ilmiy falsafiy fikr, shuningdek san’at 
mavjud edi. Yaqinlashib kelayotgan g’arb sanoat rivolyusiyasi uchun bu fenomentlar 
katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ammo g’arb davlatlaridagi ilg’or fikr vakillari 
o’zlaridan oldingilarni yutuqlaridan birdaniga foydalana olishmadi.
Dastlab qadimiy dunyo ilmiy falsafiy merosi IX – XI asrlarda arab - 
musulmon dunyosida talab qilib olindi. Musulmon e’tiqodiga qarshi bo’lmagan, uni 
qo’llab – quvvatlaydigan to’plangan bilimlar sohasida (matematika ximiya, medisina 
18


va boshqalar) arab fani gullab yashnadi. Shuning uchun sharq musulmon vakillari 
o’z ilmiy yutuqlarni keng ro’yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo’lishimadi.
Qadimiy dunyo va o’rta asrlar davrlaridagi xitoyliklar juda yaxshi xo’jalik 
yurituvchilar (tovar ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar, sayoxatchilar), o’zida katta 
amaliy effekt (porox, kompas, qog’oz va boshqalar)larni jamlagan ixtirolar 
mualliflari sifatida mashhur edilar. Ammo Xitoy madaniyatida xususiy an’analarni 
yangilashga emas, balkim uni mustaxkamlashga bo’lgan intilishlar sababli bu 
oqilona fikrlar rivojlanmadi.
XX asrga qadar sharq madaniyati jamiyatni sust dinamika bilan rivojlanishini 
sablab turishdi. Bu esa turli soxalarda, jumladan xo’jalikda ham inovasiyalar 
kiritilishiga to’sqinlik qilib keldi. Faqat o’rta asrlarni oxirgi asrlarida, shuningdek 
yangi vaqtda XVII asrlardan boshlab O’rtayer dengizi va G’arbiy Evropa 
davlatlarida jamiyat va xo’jalik rivojlanishini evolyusion monotonligi buzildi. Bu 
yerda iqtisodiy, mehnat munosabatlarida, shuningdek odamlarni dunyoqarashida 
butun jamiyatni ma’naviy rivojlanishida katta o’zgarishlar ro’y berdi.
G’arb davlatlarida quldorlik ishlab chiqarishi, xunarmandchilik ustaxonalari 
o’rniga mexnatni yanada deferensiyalanishini va spesializasiyasi bilan bog’liq 
manufaktura ishlab chiqarish kela boshladi. Qatta pul zaxiralarini ma’lum shaxs 
qo’llarida to’planishiga va ularni ishlab chiqarishni rivojlantirishga foizli kritish 
imkoniyatini yaratuvchi moliya kredit tashkilotlari paydo bo’ldi. Bir tomondan ishlab 
chiqarish tashkilotchisi bo’lmish mulkdor va ikkinchi tomondan yollanma ishchilar 
o’rtasidagi munosabatlar tovar pul mexanizmlari prinsiplari bilan belgilana 
boshlandi. 
Savdodagi professional - korporativ munosabatlar taraqiy etgan shakllarga 
erishdi. Korparasiya ichidagi savdo aktivligi me’yorlarini (sotish, savdo xavfsizligi va 
boshqalar) rostlash imkonini beruvchi savdo assosiasiyalari (jamiyatlar,gildiya), 
ganzey ittifoqlari tuzildi. Aynan shu maqsaddlarda ishlab chiqarishdagi mehnat 
tartibini belgilovchi hunarmandchilik sexlari, korparasiyaviy birlashmalar tuzildi. 
G’arbiy Evropaning qator shaharlarida universitetlar, maktablar paydo bo’ldi.
19


O’rta asrlar oxirlarida xristian dunyo qarashi i diniy tashkilotlar mavqyei 
yuqori bo’lgan sharoitda ham, Shimoliy O’rtayerdengizi shaxarlarida savdo tizimi, 
buning natijasida bozor tipidagi pul muomalasi keskin rivojlana boshladi. Aynan 
savdo G’arbni o’rta asr iqtisodini jonlanishiga, uning ixtisoslanishga pul, yo’l 
boshlovchi bo’ldi. Hurnarmandlarni taklifi savdogar talabiga buysunganedi. Bu 
davr savdogarlari haqiqiy ish bilarmon edilar. U bozor va yarmarkalarni aylanar, 
hunarmandlarni ham ashyo bilan ta’minlar, ular uni tayyor mahsulotga 
aylantirishganda esa, bu tovarlarni sotib olar va ular bilan savdo qilar edi. Bularni 
hammasi moliyaviy aylanmalar ahamiyatini oshirar edi. Shimoliy Italiya shaharlarida 
hozirgi kredit – bank tizimini prototili paydo bo’la boshladi, bu esa bu yerda 
kapitalistik xo’jalik yuritishini dastlabki shakllarini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. 
Pullarni o’sishga foizli berish imkoniyati o’rta asrdagi Evropada paydo bo’ldi va bu 
jarayon kurapsiz va murakkab to’siqlarsiz kechmadi. Xristian tashkilotlari uzoq davr 
mobaynida bu prosedurani aldamchilik deb hisoblashdi va bunga qarshilik qilishdi. 
Ammo, XIII asrdan boshlab Lombardiya va Shimoliy Italiya bankirlari bu man 
etishlarni yengib, pullarni foizli berish jarayonini rivojlantira boshlashdi.
Moliyaviy tizimlar dunyosida birinchi marta katta pul mablag’larini uzoq 
masofalarga mahsus qog’ozlar – Veksellar yordamida ko’chirish xristian Xram 
Ordeni a’zolari tampliyerlar tomonidan XII asrda yaratildi. Tampliyerlarni moliyaviy 
tajribasi G’arbiy Evropani bank uylari tomonidan foydalanildi.
O’z xo’jaliklarini kapitallashtirish yo’li bilan borayotgan jamiyatlarda 
zamonaviy servisni asosiy bo’g’ini: “Xizmat ishlab chiqaruvchilar - iste’molchilar” 
shakllana boshladi. Ushbu zanjir intensiv ravishda sayyohatlar sohasida faoliyat 
ko’rsata boshladi. Sayyohlar sonini o’sib borishi yaxshi yo’llar, mehmonxonalar, 
ovqatlanish joylari bo’lishini taqozo etdi. Xizmat ko’rsatuvchilar va xizmatdan 
foydalanuvchilarni o’zaro munosabati dastlab an’analar diniy qarashlar, har kungi 
o’zini tutish me’yorlari bilan rostlangan bo’lsa, keyinchalik ular munosabatlarida 
davlat tomonidan beliglangan huquqiy stereotip va me’yorlar kuchayib bordi. 
Bu davrda G’arbiy Evropa davlatlarida xristian dinini ijtimoiy mavqyei ham 
o’zgardi. XV asr oxiridagi islohotlarni muhim g’oyalardan biri aynan, odamni xudo 
20


oldidagi shaxsiy javobgarligi, yuqori mehnat faoliyati faolligini xudoga bo’lgan 
muhabbat sifatida qaralishi hisoblandi. Islohot davrini radikal jarayonlari G’arbiy 
Evropada kapitalistik ishlab chiqarishni shakllanishiga, shuningdek burjuaziyani 
jamiyatdagi mavqyeini birinchi o’ringa chiqarishga imkon berdi.
Kapitalistik munosabatlarni rivojlanishi sarin tovar va xizmatlar ishlab 
chiqaruvchilarni iste’molchilarning talabini qondirishga, shuningdek o’z foydasini 
o’stirishga intilishi kengaydi va mustahkamlandi. Bu esa qadimiy dunyoda kam 
uchraydigan hodisa edi. Ammo, bu ijobiy jarayonlar jamiyat kelisha olmaydigan 
hodisalar bilan ham kechdi. Turli xizmatlar tashkilotchilari odamlar talabini 
qondirishga intilib, o’z foydasini ko’zlab odamlarni kuchsiz tomonlaridan 
foydalanishdan ham tonmas edilar. Odamlarni ojiz tomonlaridan foydalanib tomosha 
yoki o’yinda ishtirok etish orqali tezlik bilan qandaydir ne’mat olinishini taklif 
etuvchi g’irromlar “xizmatlari” ham ma’lum.
Iqtisodiyot sohasida kapitalistik munosabatlarni poydo bo’lishi va bozor 
xizmatlarini tarqalishi an’anaviy jamiyatlarni XVII va XVIII asr boshlarida G’arbiy 
Evropa davlatlarida ro’y bergan sanoat revolyusiyasiga tayyorladi. Yangi vaqtda 
G’arbiy Evropa sivilizasiyasi jamiyat rivojlanishni yangi omillarini (texnika, sanoat 
ishlab chiqarilishi va fan) faollashtirdi va ular yangi industrial jamiyatni asosini 
tashkil etdi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling