Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


 Qadimiy dunyo jamiyatlarida xizmatlarni paydo bo’lishi va


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana18.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1707729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Kitob 4644 uzsmart.uz

2.2. Qadimiy dunyo jamiyatlarida xizmatlarni paydo bo’lishi va 
rivojlanishi
Qadimiy dunyo jamiyatlariga tarixiy vaqt davrida dunyoni qator katta 
regionlarida (Nil, Tigra, Yevrat, Inda, Xuanxe vodiylari, shuningdek g’arbiy Evropa 
janubida) mavjud bo’lgan xalqlar va davlat tuzilmalari tegishli bo’lib, ular haqida 
insoniyat yozuvli guvoxliklarga ega. Ushbu davrga bizning eramizga qadar 3000-
4000 yillar va bizni eramizdagi V- asr o’rtasidagi vaqt oralig’i tegishlidir. Bu tarixiy 
davrni dastlabki bosqichlarida odam yangi faoliyat turlarini o’zlashtira boshladi: 
12


ko’chmanchilikdan muqim yashash xayot tarziga o’tdi, metal eritishni o’zlashtirdi, 
yozuvni ishlab chiqdi. 
Ammo bu sanab o’tilgan yangiliklar qadimda unda yashayotgan avlodlar uchun 
deyarli sezilmagan holda bosqichma–bosqich paydo bo’ldi va rivojlandi. Aniq 
odamlarni hayoti oldingidek udumlar, an’analar bilan belgilanar edi. Shuning uchun 
bunga o’xshash tuzumlar ko’pgina hollarda an’anaviy deyiladi, chunki bu yerda 
hayot faoliyatini va kundalik amaliyotni ananaviylik prinsiplari, ya’ni odatdagi 
faoliyat me’yorlari, tassavurlar, ma’naviy qadriyatlar singib o’tadi. Aynan 
an’anaviylik qadimiy dunyoni buyuk madaniyatlari – Qadimiy Yegipet
Mesopotamiya, Qadimiy Xindiston, Qadimiy Xitoy, antikliklar (Qadimiy Gresiya va 
Qadimiy Rim madaniyatlari) asoslari hisoblanadi.
Olimlar, ilmiy faktlar va nazariy bilimlar asosida, qadimiy tuzumlarni 
tarixgacha bo’lgan tuzumlardan farqlab turuvchi qator muxim xususiyatlarni 
belgilashgan. Bu xususiyatlarni sanab o’tamiz:
- jamiyat amaliyotini tashkil etish va boshqarishni huquqiy shakllari shakllandi; 
- xususiy mulkchilik rivojlandi, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalanishga olib 
boradi; quldorchilik instituti paydo bo’ladi; 
- xo’jalik amaliyotida tovar – bozor munosabatlarini oddiy elementlari paydo 
bo’ladi, bu esa mexnat taqsimotini chuqurlashtiradi, katta xo’jalik soxalarini – 
qishloq xo’jaligi, savdo, xunarmandchilik ishlab chiqarishi va xokazolarni yuzaga 
keltirdi;
- ko’plab yangi mashg’ulotlar va mutaxassisliklar (jumladan, yozuv bilan 
bog’liq bo’lgan, davlat boshqaruvi va huquqiy faoliyat va boshqalar);
- ma’naviy faollik shakllari rivojlandi, uning vakillari avvalo diniy xizmatchilar 
(jreslar, Xram xizmatchilari), shuningdek badiiy–estetik boyliklarning yaratish bilan 
bog’liq bo’lgan namoyandalar (aytib beruvchilar, rassomlar, musiqachilar, artistlar) 
hisoblandi; 
- bir tomondan katta ijtimoiy guruxlarni (xalqlar, davlatlar shaharlar) paydo 
bo’lishi, boshqa tomondan mayda ijtimoiy yacheyka-oilani shakllanishi.
13


Qadimda, allaqachon davlat va xuquq tizimi tomonidan ko’rsatiladigan jamiyat 
xizmatlari paydo bo’ldi va rivojlana boshladi. Misol sifatida shuni aytish mumkinki 
bizgacha yetib kelgan eng ko’xna xuquqiy kodekslar – Xammurapi qonunlari 
(bizning eramizga qadar 1792-1750 yillardagi qoidalar) – Vavilonda yaratilgan. 
Huquqiy kodekslar uyilgan qora bazaltli ustun Vavilondagi bozor maydonida 
o’rnatilgan edi. Ushbu ustunda tarixda birinchi marta faoliyatini hozirgi paytda 
bizlar xizmat sohasi bilan bog’laydigan qator mutaxassilar ishini tavsiflashga 
harakat qilingan. Chunonchi, bu ustunda agar quruvchi qurgan uy qulab tushsa va 
uy egasini bossa, unda quruvchini o’lim kutadi deb ko’rsatilgan. Agar uy egasini 
o’g’li vafot etsa, unda quruvchini o’g’lini o’ldirishgan. Agar vrach operasiyani 
yomon o’tkazsa, unda uni qo’llari kesib tashlangan.
Qadimiy dunyo madaniyatida turli xizmatlar bilan bog’liq faoliyatni yuzaga 
kelishi uchun ko’plab omillar mavjud edi. O’sha davrda hayot faoliyatini turli 
sohalarida hozirgi kunda ham mavjud bo’lgan muhim xizmatlar turlari shakllandi 
va faoliyat yurita boshladi:
-iqtisodiy munosabatlar sohasida (xunarmandchilik ishlab chiqarishi, savdo, 
pul muomilasi va boshqalar);
-davlat xuquq munosabatlari sohasida;
- ma’naviy va badiiy estetik extiyojlar soxasida;
- ma’ishiy sharoitda va yakka extiyojlarni qondirishda.
Qadimiy savdo – iqtisodiy xizmatlar shakllari o’zini ko’pgina sifatlari 
bo’yicha qator zamonaviy talabalarga javob berishi mumkin. Bu ko’p darajada 
qadimiy Gresiyada mavjud bo’lgan, qadimiy tuzumlar o’rtasida savdo va pul 
munosabatlarini yuqori rivojlanishi darajasi bilan farqlanib turuvchi xizmatlarga 
tegishlidir. Gresiya shaharlaridagi bozor odatda bosh maydonda joylashgan bo’lar 
edi. Ba’zi hollarda bozor uchun maxsus binolar ajratilar edi.
Chunonchi, Afinada bizni eramizga qadar V asrda un va don sotiladigan 
savdo rastalari barpo etilgan edi. Bozorga hunarmandlar (qurol, mebel, teri 
mahsulotlari tayyorlovchilar va boshqalar) o’z mahsulotlarini kiritar edilar. Buyerga 
14


meva-sabzavot, vino, parranda va boshqalar bilan savdo qiluvchi atrofdagi dehqonlar 
ham o’z tovarlarini keltirishar edi.
Gresiya shaharlarida bozorni boshqaruvchi maxsus saylanadigan chinovniklar 
mavjud edi. Ularni majburiyatiga bozorlardagi tartibni, bozor to’lovlarini xazinaga 
kelib tushishini, sotiladigan tovar sifatini kuzatish kirar edi. Hukumat savdo 
jarayonida o’lchov va tarozilarni to’g’riligini jiddiy kuzatar edi. Ammo, chinovniklar 
chakana savdo operasiyalariga aralashmas edilar, ammo ba’zi hollarda u yoki bu 
tovarni sotish qoidalarini belgilashar edi.
Shuning bilan birgalida qadimiy dunyodagi xizmatlar zamonaviy nuqtai 
nazaridan ekzotik ko’rinishiga ega edi. Chunonchi, Qadimiy Gresiya shaharlarida 
tovar ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari) ularni 
sotilishi yoki boshqa kerakli tovarga ayriboshlash bilan kechar edi. Bozor hududida 
qullar bilan savdo qilish uchun maxsus joy ajratilar edi. Shu yerning o’zida turli 
ishlarni (oshpazlik, sartaroshlik va boshqalar) bajarish uchun yollanadigan bo’sh 
odamlar o’z xizmatini taklif etishar edi.
Savdo va maishiy xizmatlar bilan birgalikda qadimiy dunyo madaniyatida 
hunarmanchilik bilan bog’liq bo’lgan, shuningdek yuqori malakali tayyorgarlikni 
talab etuvchi ko’p sonli mashg’ulotlar paydo bo’ldi. O’rta yer dengizi shaharlarida 
va Sharqda tosh o’yuvchilar va haykaltaroshlar, bolalarni maktabda o’qitadigan 
yozuvchilar va o’qituvchilar, ovqatlanadigan joy va saroylar egallari ishlar edilar.
Qadimiy Xitoyda boshqa madaniyatlarda ma’lum bo’lmagan mutaxassislar 
paydo bo’la boshladi. Xitoyni amaliy san’at buyumlarini dunyoda mashxur bo’lishda 
fil suyagiga ishlov beruvchilar, lak miniaturasi, emal bo’yicha mutaxassislar, shoyi 
matoxlar, chinni ishlab chiqaruvchilar xizmati katta bo’ldi. Xitoyda, jumladan 
machitlarda ham san’atga, psixologik va jismoniy rivojlanish usulariga o’rgatadigan 
markazlar mavjud edi.
Qadimiy Hindistonda budda machitlari ma’lum vaqtga o’quvchilar qabul 
qilishgan bo’lib, ular bu yerda jismoniy va axloqiy yuksalishni boshlang’ich kursini 
o’tashgan, ma’lum falsafiy bilimlar hajmi bilan tanishishgan. Bular mustaqil hayot 
yo’lidagi muhim bosqich sifatida qaralgan.
15


Qadimiy greklar va rimliklarda suxandonlik san’at, falsafa, aktyorlik asoslariga 
o’rgatuvchi, sport musobaqalariga ishtirok etishni hohlovchilarni yo’naltiruvchi 
o’qituvchilar mavjud edi. Bu barcha o’qitish turlari uchun haq olingan. 
Bu misollar ko’rib chiqilayotgan tarixiy davrda oiladan tashqari xizmatlarni 
xo’jalik va ijtimoiy amaliyotni muhim qismiga aylanayotganligidan dalolat beradi. 
Ammo, bu xizmatlarga haq to’langan hollarda ham ular xizmat ko’rsatishni bozor 
shakllari bilan to’liq o’xshashlikga ega bo’lmagan. Bu holat bozor munosabatlarini 
endigina paydo bo’layotganligi bilan tushuntiriladi. O’sha davrda xizmat ko’rsatishga 
intilishni ko’p foyda olish istagi emas, balkim ko’proq mijozlar to’plash va o’z 
sohasini kasb lideri bo’lish istagi belgilar edi. O’sha paytdagi har bir mashg’ulot 
yashash, oilani boqish usuli edi. Shahar aholisini asosiy qismi o’zini o’rta hol 
hayot darajasini tabiiy holat sifatida qabul qilishgan va uni yaxshi tomonga 
o’zgartirishga intilmas edilar.
Qadimiy dunyoda uydan tashqari xizmatlar bilan bir qatorda ancha hajmdagi 
xizmatlar oila doirasida amalga oshirilar edi. Bu o’zini ta’minlash mexanizmlarini 
saqlanib qolinganligi va o’ziga xizmat ko’rsatishni katta ahamiyati haqida dalolat 
beradi. Qadimiy dunyo jamiyatlarida oila umumiy uy xo’jaligi sifatida namoyon 
bo’la boshladi. Ammo qadimiy dunyo jamiyatlaridagi oilani, ayniqsa uni 
boshlang’ich rivojlanish bosqichlarida, bizni kunlardagi shahar oilasi bilan 
tenglashtirish mumkin emas. An’anaviy oila – katta qarindoshlar, oila a’zolari, uy 
xizmatchilari jamoasidir. Qadimiy dunyoni o’ziga to’q oilalarida uy xizmatchilari 
vazifasini qullar bajarishgan. Keyinchalik, o’rta asrlardagi g’arbda bu funksiyalar 
xovli xizmatchilari, yangi vaqtda esa - yollanma xizmatchilar zimmasiga o’tdi.
Xoxlagan an’anaviy madaniyatdagi (Qadimiy Rim madaniyati bundan istasno 
bo’lishi mumkin) xususiy hayot nisbatan yopiq, xizmatchilar yoki qullar mavjud 
bo’lgan yarim natural uy xo’jaligi asosida o’tar edi. An’anaviy madaniyatni oddiy 
vakili haqida gapiradigan bo’lsak, uni bo’sh vaqti yo’q edi. Boshqacha qilib aytganda 
kun, hafta, oy davomida odamni mehnat bilan band bo’lgan aniq belgilangan vaqti 
mavjud emas edi, mehnat majburiyatlarini bajarish uchun kunni yorug’ vaqti ajratilar 
edi. Shuningdek ishlab chiqarish – mehnat funksiyalari va undagi majburiyatlarni 
16


bajarish o’rtasidagi aniq chegaralar yo’q edi. Odamni hamma vaqti oila - mehnat 
majburiyatlarini bajarish bilan to’lgan bo’lib, ular jismoniy dam olish (uyqu, xordiq) 
bilan almashib turar edi. Ko’pgina odamlarni uzoq dam olish, bo’sh kunlari yoki 
sayohat qilish imkoniyati bo’lmagan, bunday kun kechirishi bir umr davom etar edi.
Oliy sinf vakillarini, erkin kasb egalarini, o’z ishini ustalarini kunlik kun 
kechirish xarakteri boshqacha edi. Birinchidan, ularni ko’pchiligi o’zlari uchun eng 
muhim yoki yoqimli bo’lgan mashg’ulotlar bilan shug’ulana olishsa, ikkinchidan ular 
boshqa shaxslar (xo’jain ixtiyorida bo’lgan qaramlar, qullar) xizmatidan foydalana 
olishar edi. Bu tabaqa va kasbiy gurux vakillari erkin vaqtga ega bo’lib, ular uni 
sayohatga, sog’lig’ini tiklashga, o’z ichki dunyosini rivojlantirishga sarflay olar 
edilar. Bu tabaqa doirasida keng diapazondagi talablarni berish jarayonlari, 
shuningdek ularni qondirish kriteriyalari ishlab chiqilar edi.
An’anaviy tuzumlarda an’anaviy tomoshalarni tashkil etish bilan bog’liq 
bo’lgan xizmatlar dastlab diniy, badiiy, sport - musobaqa shakllarida bo’lar edi. 
Chunonchi, Qadimiy Yegipet, Qadimiy Gresiyada xram oldilarida diniy 
mavzulardagi ommaviy tomoshalar - misteriyalar o’tkazilar edi. Qadimiy Gresiyada 
sport musobaqalari, jumladan Olimpiada o’yinlari, Qadimiy Rimda esa Gladiatorlar 
musobaqalari o’tkazilar edi. Gladiatorlik janglarini doimiy ravishda o’tkazilib turishi 
ularni tashkiliy ishlarni o’tkazilishini talab etuvchi ommaviy tomoshalarga aylantirdi.
Dastlab mifologik syujet, keyinchalik mualliflik pyesalari asosida 
bajariladigan teatr tomoshalari qadimiy dunyoni muhim regionlarida keng tarqalgan 
edi. Ammo Xitoy bundan istasno bo’lib u yerda teatr mustaqil san’at sifatida nisbatan 
kechroq – II ming yillikni boshlarida imperator saroyidagi spektakllar asosida paydo 
bo’ldi. Oddiy xitoyliklarni sevimli tomoshalari sirk tomoshalari hisoblanib, boshqa 
davlatlar singari ko’p hollarda bozor maydonlarida va odamlar gavjum joylarda 
o’tkazilar edi. Ammo badiiy - estetik faoliyat turlari boy xonadonlar, o’ziga to’q 
oilalarda tashkil etilishi mumkin edi.
Qadimiy Xitoydagi sirk san’atida ham dunyoni boshqa regionlari kabi sirk 
turlari mavjud bo’lib, ammo Xitoy sirki xalq san’atiga tayanganligi, artistlarni o’ziga 
xos mashq tayyorgarligi va psixologik tayyorgarligi sababli original hodisa edi. Xon 
17


saroyida mifologik syujetdagi (masalan akrobatika, raqs, musiqa va tomosha 
effektlari bilan uyg’unlashib ketgan «Baliqni ajdahoga aylanishi») sirk tomoshalari 
qo’yilar edi. 
Xitoy sirki xalq tomoshasi bo’lib, kezib yuruvchi sirkchilar qiziqarli nomerlar 
bilan hudud va kichik qishloqlarda ham bo’lishar edi. Ularda shunday tirik jonzotlar 
baliq, chumoli, toshboqalarni dressirovka qilish an’analari mavjud edi. Xitoy 
auditoriyasida fokuslar alohida mashhurlikga ega edi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling