Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги
Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4644 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy tuzilmani chiziqli turi quyidagilardan iborat
- Tashkiliy tuzilmani funksiyali turi
- Tashkiliy tuzilmani chiziqli-funksional turi
13.2. Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi
Servis industriyasidagi boshqarish jarayonlari va ishlarni bajarish korxonani tashkiliy tuzilmasi doirasida amalga oshiriladi. Bu holda struktura korxonani tashkiliy tuzilishini, undagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish usullarini, shuningdek turli bo’lim ishchilari o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi. Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi kim, nimani, qayerda, qanday vositalar bilan, qachon va qanday muddatlarda bajarishi kerak degan savollarga javob bera oladi. U korxona xodimlari o’rtasidagi vazifalar va faoliyat turlarini ma’lum taqsimlanish tartibini belgilaydi, shuningdek rejalashtirish, yechimlar qabul qilish, ularni bajarish va nazorat qilish uchun vakolat va mas’uliyat hajmini reglamentlaydi. Tashkiliy tuzilma, amaliy nuqtai nazardan korxonani asosiy bo’lim va bo’lmalari, shuningdek odamlar o’rtasidagi bog’liqliklar va munosabatlar, ishga aloqador informasiya va moddiy resurslar oqimlaridan iborat. O’rnatilgan struktura asosida ishchilarni foliyati yo’naltiriladi va nazorat qilinadi, farmoyish va buyruqlar beriladi, 127 iste’molchilar oqimi tashkil etiladi. Struktura maqsadli ravishda quyidagilar sababli ishlab chiqiladi: • personal ishini funksiyaviy va mazmun vazifalari bo’yicha oqilona taqsimlash va ixtisoslashtirish imkoniyatini yaratishi; • jamoa ichidagi, shuningdek ishchilarni iste’molchilar bilan muhim munosabatlar va aloqalar yo’llarini shakllantira olishi; • har bir ishchini vazifa va majburiyatlarini belgilashi; • ishchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, shuningdek ularni kasbiy rollarini belgilashi. Industirlashtirishga qadar va industirlashtirish davrlarida xizmat korxonalari oddiy tashkiliy tuzilmaga ega bo’lib, unda xizmat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlab chiqarish va asosiy ishlab chiqarishni ish sharoitini yaratishga yo’naltirilgan boshqa bo’lim (ko’p hollarda ishchilar soni va ish hajmi kam) shakllangan. Ko’p hollarda bir ishchi ko’plab ishlab chiqarish – xizmat funksiyalarni birga olib borgan. Hozirgi vaqtda mayda, o’ta mayda, qisman o’rta servis korxonalarida bu struktura o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Bu yerda tashkiliy tuzilmaga quyidagi tavsiflar xos: • mehnat taqsimotini past darajasi, ishchilar ko’p hollarda ko’plab xizmat funksiyalarini birga olib borishganlari sababli ko’p ish bajarishadi; • rahbar bevosita servis ishlab chiqarishda ishtirok etadi; • bo’limlarga bo’linish deyarli uchramaydi; • ishchilar o’rtasida qisqa informasion aloqa kanallari ustunlik qiladi; • turli xodimlar ishini muvofiqlashtirish bevosita ularni o’zlari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri kelishuv va bitim tuzish yo’li bilan o’rnatiladi; • ishchilar o’rtasida norasmiy (shaxsiy) munosabatlar ustunlik qiladi; • bularni hammasi iste’molchilar talabi o’zgarishiga yuqori darajadagi tashkiliy egiluvchanlikni va boshqalarni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ko’pgina katta, shuningdek qisman mayda servis korxonalarida differensiyalangan, kompleksli tashkiliy strukturalar amal qiladi. Ko’plab zamonaviy 128 servis korxonalarini asosiy ishlab chiqarishi bir necha bo’lmalarga bo’linadiki, ular o’rtasida asosiy xizmat turlarini ishlab chiqarishga, ya’ni tayyorlash, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi ishlarga tegishli bo’lgan tashkiliy tuzilmalar ajratiladi. Masalan, zamonaviy otel uchun ikkita muhim xizmat ko’rsatish bo’g’inlari: joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlarini mavjudligi xos. Boshqa xizmatlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, ko’p hollarda ular uchun ham tarmoqlangan mayda strukturalar xos. Bu esa mehmondorchilik industriyasidagi mehnatni chuqur taqsimlanishidan dalolat beradi. Mayda, o’rta va katta servis korxonalari (tashkilotlari)da uchraydigan tashkiliy tuzilmalarni muhim turlarini keltiramiz. 1. Tashkiliy tuzilmani chiziqli turi quyidagilardan iborat: • yuqori rahbariyat darajasi (rahbar, uni o’rinbosari, ma’muriyat a’zolari); • yordamchi bo’lmalar – buyurtmalarni qabul qilish guruhi, xizmat ko’rsatish guruhlari (buxgalteriya, kadrlar bo’limi, texnik xizmat ko’rsatish va boshqalar) tayyorlovchilar guruhlari (xom-ashyo, material, tovarlar va boshqalarni tayyorlash); • xizmat ko’rsatuvchi asosiy bo’lmalar: xizmat ko’rsatuvchi personal va ular ishini rahbari. Chiziqli tashkiliy tuzilma turi unchalik katta bo’lmagan (mayda, o’rta) servis korxonalari (sartaroshxona, atelye, maishiy asboblarni ta’mirlash ustaxonalari, kafe yoki unchalik katta bo’lmagan umumiy ovqatlanish joylari va boshqalar) uchun xos. 2. Tashkiliy tuzilmani funksiyali turi servis korxonasini bo’lim va guruhlari o’rtasida ko’plab funksional aloqalar va munosabatlarni kesishganligi tufayli yanada murakkab xarakterga ega. Funksional struktura mavjud bo’lganida ikkinchi daraja yanada tarmoqlashgan xarakterga ega bo’ladi va uni ta’sir doirasiga iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni amalga oshiruvchi bo’lmalar tushadi. Bunday struktura servis ishlab chiqarishni qator bo’lmalariga ega bo’lgan, shuningdek ichki xizmat ko’rsatish funksiyasini bajaruvchi bo’limlar (buyurtmani, reklamani va informasiyani qabul qilish bo’limi, rejalashtirish ishlab chiqarish bo’limi, texnik xizmat ko’rsatish bo’limi, moliyaviy bo’lim va 129 boshqalar) yaratgan katta servis korxonalari uchun xos. Ushbu struktura doirasida tuman poliklinikalari, o’rta otellar, magazinlar ishi tashkil etiladi. 3. Tashkiliy tuzilmani chiziqli-funksional turi servis korxonasi keng ko’lamli xarakterga ega bo’lgan va yirik tashkiliy birliklar – bo’lmalardan iborat bo’lgan hollarda o’rinlidir. Faoliyat maqsadlari bo’yicha markaziy rahbariyatga bo’ysungan bu har bir bo’lmalar yordamchi guruhlar va xizmat ko’rsatuvchi bo’limlar majmuasi bilan ta’minlangan. Bunday tashkiliy tur misoli sifatida yirik (500 dan ortiq o’rinli) otellarni, banklarni, kasalxonalarni, oliygohlarni ko’rsatish mumkin. Bu yoki boshqa yerlarda o’z filiallariga ega bo’lgan servis tashkilotlariga ham aynan shunday tashkiliy tuzilma turi xos. Chiziqli-funksional struktura turini yana bir ko’rinishi bu brigadali tashkillashtirish hisoblanadi. Bu holda korxona turli xizmat va mehnat operasiyalari majmuasiga ega bo’lgan servis ishlab chiqarishning qator uchastka va sexlariga ega bo’lishi kerak. Bu uchastka yoki sex doirasida iste’molchilarga tezkor xizmat ko’rsatishni amalga oshiruvchi brigadalar (3-12 kishi) mehnat qilishadi. Brigadali struktura turi misoli sifatida katta shaharlardagi tuman turar-joy ekspluatasiya kontoralarini tashkillashtirilishini keltirish mumkin. Aniq kontorani ishchilari ularga qarashli bo’lgan joylarda va tura rjoy fondida turli servis ishlarini (ko’cha va zinapoyalarni tozalash, kvartiralardagi santexnika jihozlarini ta’mirlash, barcha elektr yoritish tizimlarini yaxshi holatda saqlash, kommunal to’lovlarni to’plash va hisoblash va boshqalar) bajarishadi. Bu ko’rsatilgan ishlarni ko’p qismi ixtisoslashgan brigada a’zolari tomonidan bajariladi. Shu bilan birga, ularga umumiy xizmat ko’rsatishni yordamchi bo’lim va guruhlar amalga oshiradi. Servis ishlab chiqarishni samarali tashkil etish sifatli servisni ta’minlaydi. Samarali tashkiliy konstruksiyalashni ta’minlashning ko’pgina yondashishlari mavjud. Ularni tasnifini keltiramiz: Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling